05.02.2026 yildagi O‘RQ-1118-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 05.02.2026 yildagi O‘RQ-1118-son
Date of entry into force
10.05.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 8-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 4-sentabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda transport sohasini rivojlantirishga, tashishlarning xavfsizligini yuqori darajada taʼminlashga, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga transportda tashishlarga nisbatan qoʻyiladigan talablar va shartlarga amal qilinishi borasida tashuvchilarning masʼuliyatini oshirish, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda korrupsiyaga barham berish, transport sohasidagi nazoratning samaradorligini yanada oshirish uchun maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzurida Transport nazorati inspeksiyasi tashkil etilganligi munosabati bilan transport sohasidagi qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish tizimini takomillashtirishga hamda tashuvlar samaradorligini va sifatini oshirish orqali yuk hamda yoʻlovchilar tashishdagi xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining dispozitsiyasidagi “qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hamda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining” degan soʻzlar “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi qismining dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Obyektlarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasini yoki Transport nazorati inspeksiyasini xabardor qilmasdan yoxud roʻyxatdan oʻtkazmasdan qurish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 1131-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1131-modda. Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yoʻlovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bogʻliq hodisani, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, xuddi shuningdek ushbu hodisa toʻgʻrisidagi axborotni qasddan buzib koʻrsatish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl transportida va metropolitenda yoʻlovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish qoidalarini buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 119-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“119-modda. Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yongʻinga qarshi va avariya qutqaruv vositalari bilan taʼminlanmagan yoki qonunchilik talablariga zid ravishda qayta jihozlangan kemalardan yoxud kichik hajmli kemalardan foydalanish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kemani yoki motorli kichik hajmli kemani kemalarni boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomondan boshqarish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kemalardan yoki kichik hajmli kemalardan, shuningdek kemalar yoki kichik hajmli kemalar turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish, texnik nosozligi boʻlgan, foydalanilishi taqiqlangan kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yilu olti oy muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqaro avtomobil tashuvlarini hamda M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharlararo (400 km va undan ortiq masofada) tashishni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz, nosoz taxografdan foydalangan holda yoki taxografni oʻchirib qoʻygan holda, haydovchining taxografda foydalaniladigan kartaga ega boʻlmagan holatida) amalga oshirish, shuningdek xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzishi, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yuk avtotransportida tovar-transport yuk xatlarini, xalqaro yuk tashishda yoʻl varaqalarini, shuningdek yoʻlovchilar avtotransportida chipta-hisob va yoʻl varaqalarini yuritish boʻyicha belgilangan talablarni buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 1252-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlarda tashish bilan avtotransport vositasining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab oʻtishi va tegishli tashish turini amalga oshirishi huquqini beruvchi ruxsatnomasiz shugʻullanish, ruxsatnoma toʻldirish boʻyicha talablarni buzish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab tranzit harakatlanish uchun moʻljallangan yoʻnalishlarga rioya etmaslik, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) quyidagi mazmundagi 1254-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1254-modda. Avtomobil transportida muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilarni tashish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni muntazam yoʻnalishlarda tashish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma yonida boʻlmagan holda yoʻlovchi tashish, belgilangan yoʻl haqi tariflarini oshirish, muntazam yoʻnalish boʻyicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yoʻnalish sxemasidan chetga chiqish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 132-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“132-modda. Kema haydovchilarining kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kema haydovchilari tomonidan kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarish, shuningdek kemalarni yoki kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaxslarga topshirish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan ikki yil muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) quyidagi mazmundagi 1331-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1331-modda. Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kemalar, shuningdek kichik hajmli kemalar haydovchilarining kemalar yoki kichik hajmli kemalarning harakat (suzish) xavfsizligi qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorida jarima solishga yoxud kema haydovchilarini kemani yoki kichik hajmli kemani boshqarish huquqidan bir yildan uch yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 145-modda ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 1461-moddaning sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 1763-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) quyidagi mazmundagi 1989-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1989-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarmaslik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarmaslik, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 245-moddaning birinchi qismidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“99 (yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“133” raqamidan keyin “1331” raqami bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1461-moddasida, 147-moddasida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1763, 1764” raqamlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1987” raqamidan keyin “1989” raqami bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “123, 125, 1251, 126-moddalarida” degan soʻzlar “123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 1251, 126-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandidagi “147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun)” degan soʻzlar “147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarida sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandidagi “54, 123, 125, 1251, 126-moddalarida” degan soʻzlar “54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 1251, 126-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandidagi “54, 123, 125, 1251, 126-moddalarida“ degan soʻzlar “54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 1251, 126-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “132” raqami “132, 1331 (kichik hajmli kemalarga nisbatan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “119 va 132-moddalarida” degan soʻzlar “119, 132 va 1331-moddalarida (kichik hajmli kemalarga nisbatan)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 251-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ushbu Kodeksning 116, 1163, 117-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori va uning oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari havo transporti organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) 2541-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2541-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 1131-moddasida, 123-moddasida (suv transporti sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 125-moddasining toʻrtinchi va sakkizinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1252, 1254-moddalarida, 144-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 1461-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslikka oid qismida), 1763, 1764-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va inspektorlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 1331-moddalarida (kemalarga oid qismida), 1989-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) 2684-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) 291-modda birinchi qismining “a” kichik bandidagi “1251-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “1251-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kema haydovchilarini kemalarni boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeks 2541-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan ijro etiladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 26-mayda qabul qilingan “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-386-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 5, 179-modda; 2018-yil, № 7, 433-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 10, 981-modda) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyati bajarilishini nazorat qilish transport sohasidagi quyidagi davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-ilova quyidagi mazmundagi 126 va 127-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

 

 

 

126.

Yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlari uchun ruxsatnoma

Yoʻl infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish, yoʻl obyektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish.

Yoʻl obyektini balansida saqlovchi tashkilotlar, kommunikatsiya tarmoqlaridagi avariya bilan bogʻliq yoki boshqa kechiktirib boʻlmaydigan hollarda esa tuman (shahar) hokimligi

127.

Qurilishi tugallangan yoʻl obyektidan foydalanish uchun ruxsatnoma

Avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar qurilishi va rekonstruksiyasi tugallangan yoʻl obyektidan foydalanish.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari

 

 

 

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3-ilova 19-pozitsiyasining “Xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar” degan ustuni “inspeksiyalari” degan soʻzdan keyin “avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 4-ilovaning II boʻlimi quyidagi mazmundagi 116 va 117-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

116.

Yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlari uchun ruxsatnoma

200

117.

Qurilishi tugallangan yoʻl obyektidan foydalanish uchun ruxsatnoma

100

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 9-avgustda qabul qilingan “Transport toʻgʻrisida”gi OʻRQ-706-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 8, 798-modda) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“81-modda. Transport tizimini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport infratuzilmasini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va qayta rejalashtirish ishlari faqat transport xizmatlariga boʻlgan talabni (joriy va prognoz koʻrsatkichlarni) kompleks oʻrganishlar natijalari asosida shakllantirilgan uzoq muddatli bosh rejalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport infratuzilmasini rejalashtirish hamda loyihalashtirishda ekologiya va atrof-muhitga nisbatan salbiy taʼsir minimal boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport infratuzilmasini rejalashtirish quyidagi ketma-ketlikdagi ustuvorliklarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
piyodalar uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
velosiped va individual harakatlanish vositalari uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat transporti va maxsus transport uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa transport vositalari uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport oqimiga taʼsir koʻrsatuvchi obyektlarning qurilishini rejalashtirish bosqichida transport tarmogʻiga tushadigan yuklamalarni hisobga olgan holda yechimlar ishlab chiqilishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 5-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1118-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 03/26/1118/0120-son)