Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 17.12.1998 yildagi 525-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 17.12.1998 yildagi 525-son
Date of entry into force
17.12.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 17.12.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-2000-YILLARDA XUSUSIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh VA DAVLAT MULKINI SOTIShDAN DAVLAT BUDJETIGA MABLAGʻLAR TUShIShINI KOʻPAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtirish koʻlamlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablagʻlar tushishini koʻpaytirish, qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 6-avgustdagi F-880-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi tomonidan taqdim etilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtiriladigan korxonalarni va davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1999-2000-yillarda davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumot va amal qilish uchun qabul qilinsinki, davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlarni hisobga olish, taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 362-son qaroriga muvofiq taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, kompaniyalar, korporatsiyalar va uyushmalarning 1999-2000-yillarda davlat tasarrufidan chiqariladigan korxonalarning aksiyalarini sotishdan tushumlar prognozlari boʻyicha takliflariga 3-ilovaga* muvofiq hamda davlatga tegishli aksiyalar ulushi boʻyicha dividendlar prognozlari boʻyicha takliflariga 4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3 va 4-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kutilayotgan pul mablagʻlari tushumi prognozi toʻgʻrisidagi takliflariga 5-ilovaga* muvofiq rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 5-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1999-2000-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyatini takomillashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlar 6-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 6-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, yangi xususiylashtirilayotgan korxonalar mol-mulkini baholash qiymati xalqaro standartlar talablarini va shakllanayotgan bozor narxlarini hisobga olgan holda milliy valyutada, uni baholash paytida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutada qayd qilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7 va 8-ilovalarga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V. A. Chjen, Vazirlar Mahkamasining tarmoq komplekslari rahbarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 17-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
525-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiylashtiriladigan korxonalarni va davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish boʻyicha davlat tender komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini xususiylashtirishda xorijiy sarmoyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan davlat korxonalarini va davlatga tegishli aksiyalar paketlarini xorijiy investorlarga — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlariga sotish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish davlat tender komissiyasi (bundan keyin — Komissiya)ning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruv va mahalliy hokimiyat organlari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari (xoʻjalik uyushmalari), mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. KOMISSIYANING VAZIFALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarni va aksiyalarning davlat paketlarini sotib olishga xorijiy talabgorlarning eng foydali takliflarini tanlab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tendyerlar qatnashchilari uchun oshkoralik, xolis baholash va yagona talablar asosida teng raqobat sharoitlari yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender obyektlarini sotish masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlarining, xususiylashtiriladigan korxonalar rahbarlarining, yuridik shaxslar birlashmalari, emitentlar, banklar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. KOMISSIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ishlari tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqish va tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar mulkini baholash, kelgusida korxonani tender asosida xorijiy investorlarga sotish majburiyatlarini investitsiya banklariga yuklagan holda xususiylashtirish usullarini ishlab chiqish uchun xalqaro nufuzga ega boʻlgan xorijiy baholash kompaniyalarini va investitsiya banklarini tender asosida jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarni xorijiy investorlarga sotish boʻyicha xalqaro tendyerlar tashkil qilish uchun idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender hujjatlarini, tender obyektlarining sotilish bahosini, tender obyektlarini sotishga jalb etiladigan investitsiya banklarini tanlash shartlari va mezonlarini, ular uchun belgilanadigan mukofotlar miqdorini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruv organlaridan, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlaridan, yuridik shaxslar va xususiylashtiriladigan korxonalar birlashmalaridan oʻziga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur axborotlarni olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tender obyektlarini sotishni tashkil qilishga doir qarorlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir korxona boʻyicha alohida ishlab chiqiladigan tender hujjatlarining oʻz vaqtida tarqatilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender savdolari yakunlariga koʻra Komissiya qarorlarining bajarilishi ustidan monitoringni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. KOMISSIYA IShLARINI TAShKIL ETISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tender, shu jumladan investitsiya savdolarini tashkil etish va oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiya majlislari zaruratga qarab vaqti-vaqti bilan, aʼzolarining kamida toʻrtdan uch qismi ishtirokida oʻtkaziladi. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarorlari ovoz berishda qatnashgan Komissiya aʼzolari imzolaydigan va uning raisi yoki oʻrinbosari tasdiqlaydigan majlis bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Komissiya aʼzolari majlis bayonini imzolash chogʻida oʻzining alohida fikrini bildirishga haqlidirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tender obyektini uning gʻoliblariga berish Komissiyaning tegishli qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Komissiyaning tender savdolarini oʻtkazishni amalda tashkil etishni (tushadigan takliflarni baholashni, reklama ishlarini tashkil qilishni, tender va Komissiya hujjatlarini rasmiylashtirishni) amalga oshiruvchi ishchi organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Komissiya ishlarini yuritadi, tender takliflarini joʻnatadi, toʻplaydi hamda qonunchilik va ushbu Nizom asosida ishlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tender obyektini sotishga xorijiy baholash kompaniyasi yoki investitsiya banki jalb etilgan taqdirda Komissiya oʻzi bilan Yakka tartibda xususiylashtirish byurosi oʻrtasida (tender tanlovi yakunlariga koʻra) tuziladigan shartnomani koʻrib chiqadi, uning mazmuni quyidagilardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik topshiriq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mukofotlash summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tomonlarning majburiyatlari va shartnomaning amalda boʻlishini toʻxtatish shartlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma uni Komissiya raisi yoki uning oʻrinbosari tasdiqlagandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash toʻgʻrisidagi axborot baholash tartibotlariga rasman daxldor boʻlmagan shaxslarga maʼlum qilinmaydi. Komissiya aʼzolari ushbu axborotni oshkora qilganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiyaning tendyerlarni tashkil etish va oʻtkazish, shuningdek tender asosida xorijiy baholash kompaniyalarini va investitsiya banklarini tanlash hamda ularga mukofotlar toʻlash boʻyicha xarajatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jahon bankining institutsional qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirishga bergan qarzlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan (shu jumladan tender obyektlarini sotishdan) tushadigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
17-dekabrdagi 525-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXAtI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarori 13-bandining uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotlarini sotish davlat-aksionerlik uyushmasi (“Oʻzdavpaxtasanoatsotish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 10-noyabrdagi 517-son qarori 12-bandining ikkinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 28-noyabrdagi 558-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qarorining 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisida 1993-yil 12-yanvardagi 21-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekmebel” Oʻzbekiston davlat-aksionerlik birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1993-yil 25-yanvardagi 47-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish (“Oʻzavtoyoʻl”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi 58-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“Oʻzbektransqurilish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 8-fevraldagi 65-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston farmatsevtika (“Oʻzfarmsanoat”) davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 17-iyundagi 290-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzdonmahsulot” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-iyundagi 311-son qarori 4-bandining oltinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbaliq” davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1994-yil 18-avgustdagi 427-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlar Mahkamasining “V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasini aksionerlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisida” 1996-yil 18-apreldagi 156-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga agrokimyo xizmati koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 7-avgustdagi 274-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasini aksiyalashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 19-sentabrdagi 327-son qarorining 7-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlar Mahkamasining “Savdo sohasida monopoliyadan chiqarishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-dekabrdagi 561-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-martdagi 133-son qaroriga 3-ilovaning 5, 24, 25, 28-bandlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi 45-son qarori 8-bandining ikkinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vazirlar Mahkamasining “Respublika meva-sabzavot xoʻjaligida monopoliyadan chiqarish va ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-iyuldagi 363-son qaroriga 6-ilovaning 8-boʻlimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi 4-son qaroriga 1-ilova.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
17-dekabrdagi 525-son qaroriga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZGARTIRIShLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziqovqat-sanoat” qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimliklar sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi 483-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida unga bersin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzavtosanoat” Oʻzbekiston avtomobilsozlik korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 143-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzeltexsanoat” Oʻzbekiston radioelektronika, elektrotexnika va asbobsozlik sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 144-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi (“Oʻzmashsanoat”)ni tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 147-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston kimyo sanoati korxonalari (“Oʻzkimyosanoat”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 149-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 150-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, davlatga tegishli aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnomaviy asosda uyushmaga oʻtkazsin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Yogʻmoytamakisanoat” yogʻ-moy va tamaki sanoati korxonalari uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati toʻgʻrisida” 1994-yil 26-sentabrdagi 482-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “shuningdek, ushbu aksiyalar boʻyicha dividendlarning bir qismini shartnoma asosida unga bersin” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova — “Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi toʻgʻrisida Namunaviy nizom”da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. banddagi “r” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“r) yirik bitishuvlarni sodir etish, ular quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday bitishuvlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanada qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiqni tashkil etuvchi mol-mulkni jamiyat tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita sotib olish yoki begonalashtirish, yoxud begonalashtirish imkoniyati bilan bogʻliq bitishuvlar yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuvlar, odatdagi xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etiladigan bitishuvlardan tashqari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning ellik foizdan ortiqni tashkil etuvchi oddiy (odatdagi) aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoxud imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq bitishuv yoki oʻzaro bir-biriga bogʻliq bir necha bitishuv. Yirik bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulk qiymatini belgilash jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. banddagi oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “e”, “z”, “l”, “m”, “r”, “s” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha qarorlar Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashuvchilarning kamida 75 foizdan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.14 - band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Aksiyalarning nominal egasi Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida aksiyalar egasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qatnashadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.5 - band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Agar takroriy yigʻilishda kvorum toʻplanmasa, u holda aksiyadorlar tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi va bundan keyin chaqirilmaydi; jamiyat Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki auditorining tashabbusi bilan chaqirilayotgan yigʻilish aksiyadorlar umumiy sonining kamida 60 foizi hozir boʻlishi taʼminlanmagungacha shuncha marta chaqiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilova - “Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi toʻgʻrisida Namunaviy nizom”da:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1 - banddagi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“-jamiyat aksiyadorlarining yillik va navbatdan tashqari Umumiy yigʻilishlarini chaqirish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-ilova — “Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida Namunaviy nizom”da 1.1 - band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Mazkur Nizom aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining maqomini belgilaydi va uning ishini, aʼzolarini tayinlash tartibini, shuningdek har bir aʼzosining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Ijro etuvchi organ deganda yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ (direktor), kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya), tushuniladi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadigan Kuzatuvchi kengash qaroriga koʻra ijro etuvchi organ vakolatlari shartnoma boʻyicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Shartnoma shartlari Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 5-ilova — “Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish tartibi”da 2.2 - band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: “Bunda depozitariy ishonchli boshqaruvchi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan aksiyalar paketini tasarruf etish imkoniyatini istisno qiluvchi tarzda aksiyalar paketini muhofaza qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasining “Sabzavot va mevalardan bolalar taomlari ishlab chiqarishni tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-yanvardagi 4-son qarorining 1-bandidagi “1-ilovaga muvofiq ustav jamgʻarmasi tuzilmasi boʻlgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilova tegishli ravishda 1-ilova deb hisoblansin.