Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
“Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi 1-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Muqaddimasi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasi talabiga koʻra, shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari tegishlicha uchinchi — beshinchi xatboshilari deb hisoblansin;
2. 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “ziyonni” degan soʻz “zararni (ziyonni)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3. 6-bandidagi “hukmda” degan soʻz “ayblov hukmida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4. 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “sanalishi” degan soʻz “topilishi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
5. 9-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish toʻgʻrisidagi masala hal qilinayotgan vaqtda uning boshqa davlatlar sudlarining hukmlari boʻyicha sudlanganligi ham hisobga olinishi mumkin.
Bunda sudlar boshqa davlat sudining hukmida koʻrsatilgan jinoyat uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ham jinoiy taʼqib nazarda tutilganligini, shuningdek ushbu Kodeks 34-moddasidagi shaxsni oʻta xavfli retsidivist deb topish uchun belgilangan mezonlarga muvofiqligini tekshirishlari kerak.”;
6. 11-bandi:
ikkinchi xatboshisidagi “jinoyat” degan soʻz “jinoyatlar” degan soʻz bilan;
“eng koʻp jazoning” degan soʻzlar “eng koʻp asosiy va qoʻshimcha jazoning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Aybga iqrorlik toʻgʻrisidagi kelishuv tuzilgan jinoyat ishlari boʻyicha shaxsga nisbatan jazo tayinlashda, agar tayinlanayotgan jazo JKning 572-moddasi talabiga koʻra, modda sanksiyasida koʻrsatilgan eng kam jazo miqdori yoki muddatidan kamroq boʻlishi lozim boʻlsa (masalan, JK 168-moddasining 4-qismi sanksiyasida sakkiz yildan oʻn yilga qadar ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan) JKning 572-moddasini qoʻllagan holda jazo tayinlanib, ayni vaqtda JKning 57-moddasini qoʻllash talab qilinmaydi.”;
uchinchi — beshinchi xatboshilari tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilari deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshining ikkinchi jumlasi alohida beshinchi xatboshisi sifatida quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eng koʻp jazo deganda, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida (moddaning qismida) nazarda tutilgan har qanday jazo turining eng yuqori muddati yoki miqdori tushunilishi lozim.”;
beshinchi — oltinchi xatboshilari tegishlicha oltinchi — yettinchi xatboshilari deb hisoblansin;
7. 12-bandi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarga jinoyat sodir qilgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo oʻrniga qonunda belgilangan majburlov choralarini kengroq qoʻllash tavsiya etilsin.”;
ikkinchi — yettinchi xatboshilari tegishlicha uchinchi — sakkizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda JK 57-moddasini qoʻllash talab etilmaydi, bundan sudlanuvchiga u aybdor deb topilgan JK Maxsus qismining moddasida nazarda tutilmagan boshqa yengilroq turdagi jazolarning tayinlanish hollari mustasno.”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishlicha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilari deb hisoblansin;
yettinchi xatboshida “82” raqamidan keyin “821” raqami kiritilsin;
8. 17-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarning eʼtibori oʻta xavfli retsidivistlar va oʻta ogʻir jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan hukmning ijrosini kechiktirish mumkin emasligiga qaratilsin.”;
9. 174-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Belgilangan tartibga asosan, quyidagilar majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlovchilar deb eʼtirof etiladi:
sudning hukmi qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab oʻn kun ichida hisobga turmagan, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash maqsadida yashiringan mahkum;
yozma ogohlantirish olganidan soʻng, oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar mavjud boʻlmasa-da, majburiy jamoat ishlarida bir oy davomida ikki martadan koʻp ishtirok etmagan mahkum (bu yerda yilning kalendar oyi emas, balki mehnat intizomini buzgan, yaʼni uzrli sabablarsiz majburiy jamoat ishlariga chiqmagan kundan boshlab bir oylik muddat nazarda tutiladi);
yozma ogohlantirish olganidan soʻng majburiy jamoat ishlarini oʻtash joyidagi (obyektidagi) tashkilotning ichki mehnat tartibi qoidalarini bir oy davomida uch martadan koʻp buzgan mahkum (bunday holatda mehnat tartibi qoidalarini buzish deb quyidagilar tushuniladi: ishga kechikish, ishga mast holda kelish; ishni oʻzboshimchalik bilan toʻxtatish; ish vaqti davomida jazoni oʻtash joyini muddatidan avval tashlab ketish; tasdiqlangan normalar va ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslik; texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini qasddan buzish; ish davomida jamoat tartibini buzish va mehnat majburiyatlarini bajarish davomida tashkilotga moddiy zarar yetkazish).
10. 176-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar mahkumning ishtirokisiz koʻrilib va majburiy jamoat ishlarining oʻtalmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda mahkumni hibsga olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak.”;
ikkinchi xatboshi tegishlicha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
11. 19-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “oʻziga nisbatan nogironlik belgilangan shaxslar” degan soʻzlar “birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
12. 20-bandi:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi tegishlicha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
13. 21-bandining birinchi xatboshidagi:
“oʻttiz kundan koʻprogʻini oʻtashdan boʻyin tovlangan taqdirda” degan soʻzlar “oʻttiz kundan koʻprogʻini oʻtashdan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlangan yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketilgan taqdirda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“jazo turi bilan” degan soʻzlar “jazoga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
“ahamiyati yoʻq” degan soʻzlardan keyin “(ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlanishi mumkin boʻlmagan shaxslar bundan mustasno)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tayinlangan jazo muddatining jami boʻlib oʻttiz kundan koʻprogʻini oʻtashdan uzrli sabablarsiz boʻyin tovlash deganda, ketma-ketligidan qatʼiy nazar jami oʻttiz kundan ortiq jazoni oʻtashdan boʻyin tovlash yoxud ushbu muddatda jazo ijrosini amalga oshiruvchi organ tomonidan jazoni oʻtash uchun yuborilgan korxona, muassasa, tashkilotga bormaslik tushuniladi.”;
ikkinchi xatboshi tegishlicha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
14. 23-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan qismini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirish haqidagi ishlar mahkumning ishtirokisiz koʻrilib va axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan qismi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan taqdirda mahkumni hibsga olish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish haqidagi masala sud tomonidan hal qilinishi kerak.”;
ikkinchi xatboshi tegishlicha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
15. 251-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlar jinoyat ishida sudlanuvchining haqiqatda oʻqishi va muqim ish joyiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud yoki mavjud emasligiga ahamiyat qaratishlari lozim.”;
uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari tegishlicha toʻrtinchi-beshinchi xatboshilari deb hisoblansin;
16. 251-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “jazolarni ijro etish inspeksiyasi” degan soʻzlar “probatsiya boʻlinmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
17. 252-bandi:
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sud hukmining qaror qismida mahkum aynan qanday joylarga borishi, qaysi turdagi ommaviy va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi, qanday faoliyat bilan shugʻullanishi, qanday buyumlarga ega boʻlishi yoki ularni oʻzida saqlashi taqiqlanayotgani aniq koʻrsatilishi kerak.”;
oʻn birinchi xatboshi tegishlicha oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “toʻla yoki qisman yuklatilishi” degan soʻzlardan keyin “yoki umuman yuklatilmasligi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
18. 254-bandining ikkinchi xatboshidagi “jazoni ijro etish idoralari” degan soʻzlar “probatsiya boʻlinmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19. 255-bandi ikkinchi xatboshisining “g” kichik bandidagi “jazolarni ijro etish inspeksiyasi” degan soʻzlar “probatsiya boʻlinmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
20. Quyidagi mazmundagi 257-band bilan toʻldirilsin:
“257. Sudlar jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan taqdirda, jinoyatning sodir etilish usullari hisobga olingan holda aybdor shaxsga nisbatan aloqa vositalaridan, shu jumladan, Internetdan foydalanmaslik qoʻshimcha taqiqlarini kengroq qoʻllash tavsiya etilsin.”;
21. 28-bandining ikkinchi xatboshidagi “yoki” degan soʻz “jazo JK 50-moddasining 6-qismi tartibida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
22. 38-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Shu bilan birgalikda, sudlar JK 44 — 50-moddalarida (voyaga yetmaganlarga nisbatan JK 82 — 85-moddalarida) nazarda tutilgan jazolarning minimal miqdoridan ham kamroq jazo tayinlash mumkin emasligiga alohida eʼtibor qaratishlari lozim.”;
23. 45-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 572-moddasiga asosan, aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlanishi JKning 45-moddasini qoʻllab, qoʻshimcha jazo qoʻllashni istisno qilmaydi”;
24. 54-bandining birinchi xatboshidagi “hukm eʼlon qilinganidan soʻng” degan soʻzlardan keyin “(shu jumladan, hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
25. 58-bandi:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda, sudlarning eʼtibori shaxs boshqa-boshqa jinoyatlarda emas, balki JKning aynan bir moddasi turli qismlarida (masalan, JK 168-moddasining turli qismlarida) nazarda tutilgan oʻxshash qilmishni sodir etganlikda aybli deb topilib, ulardan ayrimlari birinchi hukm chiqarilgunga, boshqalari esa, hukm chiqarilgandan soʻng sodir etilgan hollarda, jazoni JKning 33-moddasi ikkinchi qismi talabidan kelib chiqib, shu moddaning ogʻirroq jazo belgilangan qismi boʻyicha tayinlab, soʻngra JKning 60-moddasi tartibida tayinlashning oʻzi yetarli boʻlib, JK 59-moddasining 8-qismi qoidalarini qoʻllash talab etilmasligiga qaratilsin.”;
ikkinchi-uchinchi xatboshilari tegishlicha uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yoki ozodlikni cheklash” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
26. 60-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm yuzasidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan har xil jazolar tayinlanganda, shaxsning ushlab turilgan, uy qamogʻi va qamoqda saqlangan muddatlari JK 59, 59-moddasining 8-qismi va (yoki) 60-moddasi tartibida jazo tayinlanganidan soʻng JKning 62-moddasiga asosan ogʻirroq jazodan chegirilishi lozim”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi U. XOLOV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-noyabr,
22-son