27.11.2025 yildagi O‘RQ-1097-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 27.11.2025 yildagi O‘RQ-1097-son
Date of entry into force
28.02.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 13-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda korporativ munosabatlarni rivojlantirish hamda zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda, shuningdek tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini yengillashtirish va ragʻbatlantirish maqsadida sohaga oid bir qator tartib-taomillar tanqidiy jihatdan qayta koʻrib chiqilib, eskirgan, zamon talablariga javob bermaydigan byurokratik gʻovlar va toʻsiqlar bekor qilindi, respublikada ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari, kuzatuv kengashlari aʼzolarining fidutsiar majburiyatlari, majoritar aksiyadorlarining umumiy majburiyatlari hamda ushbu majburiyatlar boʻyicha javobgarlik belgilanishini huquqiy jihatdan tartibga solish, qonunchilikni xalqaro normalarga, shu jumladan Jahon savdo tashkilotining bitimlariga uygʻunlashtirish orqali tashki savdoni yanada liberallashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga aksiyadorlik jamiyatlari ijro organlari kuzatuv kengashi aʼzolarining fidutsiar majburiyatlarini, majoritar aksiyadorlarining umumiy majburiyatlarini xamda ularning javobgarligini aniqlashtirishga qaratilgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga eng koʻp qulaylik berish rejimiga ega boʻlmagan mamlakatlardan Oʻzbekistonga keltirilayotgan tovarlar uchun tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar mavjud boʻlmaganda import bojini ikki karra oshirib koʻllash amaliyoti bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining hamda majoritar aksiyadorining jamiyat va boshqa aksiyadorlar manfaatlarini koʻzlab, halol va oqilona ish olib borishiga, ularning masʼuliyatini oshirishga, shuningdek milliy qonunchilik normalarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirish hisobidan savdoni adolatli qoidalar asosida amalga oshirishga, import va eksport koʻlamini kengaytirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 223-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan OʻRQ-370-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 12, 880, 886, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 973-modda; 2022-yil, № 3, 216, 217-moddalar; 2023-yil, № 1, 1-modda; 2024-yil, № 2, 110, 111-moddalar; 2025-yil, № 2, 188-modda, № 4, 519-modda) quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“281-modda. Jamiyatning majoritar aksiyadori va uning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining ellik foizidan ortigʻiga egalik qiluvchi yoxud ovoz beruvchi aksiyalari miqdori jamiyatning boshqa har bir aksiyadori ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan hamda ovozi qaror natijasiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan aksiyador majoritar aksiyador deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar majoritar aksiyadorga qarorlar jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar keltirishi oldindan ayon boʻlsa, u mazkur qarorlarni shaxsiy manfaatlarini hisobga olib qabul qilmasligi, jamiyat boshqaruv organlarining yigʻilishi kun tartibiga jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga mos kelmaydigan masalalarni yoki hal etilishi jamiyatning va boshqa aksiyadorlarning manfaatlariga zarar yetkazishi oldindan maʼlum boʻlgan masalalarni kiritmasligi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamiyatning majoritar aksiyadori ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik natijasida jamiyatga va boshqa aksiyadorlarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fidutsiar majburiyatlarni bajarmaslik”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining hamda ishonchli boshqaruvchining fidutsiar majburiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazifa va majburiyatlarini amalga oshirishda vijdonan harakat qilib, jamiyat va aksiyadorlar manfaatlarini eng koʻp aks ettiruvchi usullardan foydalanishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat mol-mulkidan jamiyatning ustaviga va ichki hujjatlariga zid ravishda va (yoki) aksiyadorlar umumiy yigʻilishining va (yoki) kuzatuv kengashining qarorlarisiz, shaxsiy manfaatlarini koʻzlab foydalanmaslikni hamda undan boshqa shaxslar tomonidan shu tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning biznes imkoniyatlaridan yoki jamiyat uchun manfaatli boʻlgan obyektlardan oʻz vazifalarini bajarishi munosabati bilan yoki oʻz mavqeyidan kelib chiqqan holda, jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz, shaxsiy naf olish maqsadida yoki boshqa shaxslar manfaatlarini koʻzlab, shunday naf olishga koʻmaklashish maqsadida foydalanmaslikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning asosiy faoliyati yoʻnalishlariga xos boʻlgan sohadagi tadbirkorlik faoliyatini jamiyatning tegishli boshqaruv organlari roziligisiz amalga oshirmaslikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka, jamiyatning ichki hujjatlariga va shartnomaga muvofiq jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi maxfiy axborotni oshkor qilmaslikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish evaziga moddiy qimmatliklar olmaslikni yoki bundan manfaatdor boʻlgan shaxslardan mulkiy manfaatdor boʻlmaslikni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilikda, jamiyat ustavida va ichki hujjatlarida jamiyat kuzatuv kengashi aʼzolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv aʼzolarining hamda ishonchli boshqaruvchining boshqa fidutsiar majburiyatlari belgilanishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi qismi toʻqqizinchi qism deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-400-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, 1-songa ilova; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 670-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 589-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 969-modda; 2022-yil, № 2, 75-modda, № 7, 666-modda, № 12, 1190-modda; 2023-yil, № 12, 1010, 1011-moddalar; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 111, 113-moddalar, № 10, 1073-modda, № 11, 1190-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 43-bob quyidagi mazmundagi 3001-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3001-modda. Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari quyidagi miqdorlarda qoʻshimcha bojxona boji undiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona bojining advalor stavkasi turi oʻn foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — besh foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona bojining advalor stavkasi oʻn foizdan yigirma foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona bojining advalor stavkasi yigirma foizdan oʻttiz foizgacha boʻlgan tovarlarga nisbatan — oʻn besh foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona bojining advalor stavkasi oʻttiz foiz va undan yuqori boʻlgan tovarlarga nisbatan — yigirma foiz”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 328-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bojxona toʻlovlari bojxona organlarining qonunchilikka muvofiq shu maqsadlar uchun ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlovchi tomonidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlari toʻlangan va undirilgan bojxona toʻlovlarining, shuningdek penyalar va jarimalarning hisobini bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlangan bojxona toʻlovlaridan olingan mablagʻlar tovarlar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida avtomatik ravishda bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona toʻlovlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada toʻlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 366-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda tovarga nisbatan ushbu Kodeksning 3001-moddasida belgilangan qoʻshimcha bojxona boji qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro hokimiyati organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 27-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1097-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2025-y., 03/25/1097/1099-son)