11.11.2025 yildagi 715-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.11.2025 yildagi 715-son
Date of entry into force
12.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PQ-176-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining buyurtmasiga asosan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 11-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
715-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga
1-ILOVA

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Koʻkrak nishoni bilan ijtimoiy himoya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, faol va tashabbuskor, kompleks ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish va yuritish, nogironligi boʻlgan shaxslar bilan ishlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, uning muhtoj qatlamiga ijtimoiy yordam berish sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari taqdirlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham mazkur Nizom talablari asosida taqdirlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun takliflarni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining markaziy apparati boʻlinmalari, tizim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga nomzod boʻyicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzodning maʼlumotnoma-obyektivkasi, fuqarolik pasporti yoki ID-karta, uning soʻnggi uch yil davomida ijtimoiy himoya tizimida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik direktori tomonidan Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga ijtimoiy himoya sohasidagi tashkilotlar vakillari, yetakchi mutaxassislar, sohada faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiya yigʻilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari oʻrganilib, ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan mezonlarga muvofiq baholanadi hamda har yili 10-mayga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya xulosasi asosida har yili 20-mayga qadar Agentlik direktorining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan shaxslarga har yili 1-iyun — Agentlik tashkil etilgan kun arafasida Agentlik direktori (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agentlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (Agentlik) markaziy apparati boʻlinmalari, tizim tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Agentlikka taqdim etadi.

Har yili 20-aprelga qadar

2-bosqich

Agentlik

(Koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya)

Nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrganadi va baholaydi hamda eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosani qabul qiladi.

Har yili 10-mayga qadar

3-bosqich

Agentlik

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Agentlik direktorining buyrugʻi chiqariladi.

Har yili 20-mayga qadar

4-bosqich

Agentlik direktori

(yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar)

Munosib nomzodlarni “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.

Har yili 1-iyun — Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan kun arafasida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoniga nomzodlarni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MEZONLARI

T/r

Koʻrsatkichlar nomlanishi

Ball tizimi

1.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga professional ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatishdagi ishtiroki

1 balldan 5 ballgacha

2.

Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining professional imijini shakllantirishga qoʻshgan hissasi

1 balldan 5 ballgacha

3.

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qoʻshgan munosib ulushi

1 balldan 5 ballgacha

4.

Aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi tashabbuslarning amaliyotga tatbiq etilganligi

1 balldan 5 ballgacha

5.

Ijtimoiy loyihalarda volontyor sifatidagi ishtiroki va volontyorlik faoliyatini tashkil etganligi

1 balldan 5 ballgacha

6.

Ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish va homiylik xayriya ishlaridagi ishtiroki

1 balldan 5 ballgacha

7.

Ijtimoiy himoya sohasida olib borilayotgan islohotlardan keng jamoatchilikni, jumladan, aholini xabardor qilishdagi ishtiroki va targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirganligi

1 balldan 5 ballgacha

8.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning bandligini taʼminlaganligi, munosib ish sharoitlarini yaratganligi

1 balldan 5 ballgacha

9.

Ijtimoiy himoya sohasida alohida namuna va xizmat koʻrsatganligi, bolalar huquqlarini taʼminlashdagi tashabbuslari

1 balldan 5 ballgacha

10.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun munosib taʼlim va tibbiy xizmatlar koʻrsatilishidagi faolligi

1 balldan 5 ballgacha

11.

Ijtimoiy himoya sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish yoʻnalishlaridagi faolligi

1 balldan 5 ballgacha

12.

Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillarining ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorligi

1 balldan 5 ballgacha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Nomzodlarning erishgan natijalari boʻyicha qoʻyilgan ballari jamlanib, eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan shaxslar koʻkrak nishoniga nomzod sifatida tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur baholash mezonlarining koʻrsatkichlari nomlanishlari Komissiyaning tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrugʻi asosida oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishonining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI

“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishonining diametri 26 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining chetki qismida aylana boʻylab naqshinkor koʻrinishdagi uchburchaklar kompozitsiyasi kumush rangda joylashtirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining old yuqori qismida kumush rangli hoshiya bilan oʻralgan yashil rangdagi emal doira ichida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, uning pastki qismida “IJTIMOIY HIMOYA FIDOYISI” soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harflarning balandligi 2 millimetr.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishoni old tomoni markaziy qismida diametri 17 millimetr boʻlgan kumush rangdagi doira ichida toʻlqinsimon chiziqlar fonida Ijtimoiy himoya milliy agentligining logotipi joylashtirilgan boʻlib, unda erkinlik, baxt va farovonlik ramzi sifatida qanotlarini yozib turgan qush, birlik va insoniylik timsoli sifatida uch nafar odam tasviri hamda himoyani anglatuvchi qalqon aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida magnitli tugma bilan mahkamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Old tomoni

Orqa tomoni

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TAVSIFI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishonining guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — Guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) yashil rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 13 millimetr pastda, markazda, 15x15 millimetr oʻlchamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining logotipi joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Prezidenti huzuridagi”, uchinchi satrda “Ijtimoiy himoya milliy agentligining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 11 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 10 millimetr pastda ikki satrdan iborat, birinchi satrda “IJTIMOIY HIMOYA FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 7 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozuvlar oq rangda aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki chap tomonida (ikkinchi beti) markazida koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, “GUVOHNOMA” (katta harflarda, “Times New Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnoma tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pastki chiziqdan 7 millimetr quyida toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi”, ikkinchi satrda “Prezidenti huzuridagi”, uchinchi satrda “Ijtimoiy himoya milliy agentligi” va toʻrtinchi satrda “direktorining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 4 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ yil “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Undan 6 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “IJTIMOIY HIMOYA FIDOYISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), ikkinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan”, uchinchi satrda “mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda, “Direktor” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2025-y., 09/25/715/1033-son)