17.10.2025 yildagi O‘RQ-1088-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.10.2025 yildagi O‘RQ-1088-son
Date of entry into force
19.01.2026
Hujjat 19.01.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini yanada oshirishga hamda mahsulotlarni oʻz ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2025-yil 10-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 1-avgustda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy usullarni joriy etish orqali isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun taʼsir choralarini kuchaytirish, texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlik subyektlariga yengillik berish mexanizmlarini shakllantirish maqsadida qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi va “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini oshirishga hamda texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotni chaqirib olgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga, ularning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga, muvofiqlikni baholovchi organlarning masʼuliyatini oshirishga, sifatsiz mahsulotlarni bozordan chiqarish jarayonida tadbirkorlar ishtirokini ragʻbatlantirish orqali samarali huquqiy mexanizmlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar, № 6, 530-modda, № 9, 960-modda, № 11, 1193-modda; 2025-yil, № 2, 188, 194-moddalar, № 3, 370-modda, № 4, 519, 520, 522-moddalar) 1018-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi 221-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2008-yil, № 4, 183-modda; 2010-yil, № 10, 380-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 1, 4-modda; 2023-yil, № 2, 106-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda; 2025-yil, № 1, 7-modda, № 3, 372-modda) 20-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida isteʼmolchining hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan birga solidar javobgar boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — beshinchi qismlar tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-800-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2024-yil, № 8, 819-modda; 2025-yil, № 1, 1-modda) 27-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Standartlarning majburiy talablariga mos boʻlmagan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevralda qabul qilingan “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-819-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 2, 106-modda, № 11, 923-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi — toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 47-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan muvofiqlikni baholash organi va uning mansabdor shaxslari qonunga hamda sertifikatlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq javobgar boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1088-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2025-y., 03/25/1088/0948-son)