30.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3682
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi, 30.09.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3682
Date of entry into force
30.09.2025
Hujjat 18.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 30 senyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3682]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi 313-son “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. TASHPULATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 17-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
523-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari D. ANARKULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 25-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Migratsiya agentligi direktori B. MUSAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 25-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari B. AʼLOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 21-iyun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 17-sentabrdagi 523-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirib berish toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Yoʻriqnoma xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga istisno holatlarda xorijga chiqish biometrik pasportini (bundan buyon matnda xorijga chiqish pasporti deb yuritiladi) rasmiylashtirib berish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
readmissiya — xorijiy davlat hududida amalda boʻlgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, chiqishi va boʻlishi masalalari boʻyicha qonunchilikni buzgan holda mazkur xorijiy davlatga kirgan yoki u yerda boʻlgan shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartib, shartlar va maqsadlarga koʻra ushbu xorijiy davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan topshirish va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilib olish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
readmissiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda readmissiya qilingan fuqaro deb yuritiladi) — xorijiy davlat hududida amalda boʻlgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning kirishi, chiqishi va boʻlishi masalalari boʻyicha qonunchilikni buzgan holda mazkur xorijiy davlatga kirganligi yoki u yerda boʻlganligi uchun xorijiy davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan topshirilgan va Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilib olingan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma — xorijga chiqish pasporti oluvchi haqida maʼlumotlarni yigʻish punkti tomonidan shakllantirilgan biografik maʼlumotlar va biometrik parametrlarni oʻz ichiga olgan elektron hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Yoʻriqnoma xorijiy davlatlardan readmissiya qilinmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan shaxslarning roʻyxatini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xorijiy davlatlardan readmissiya qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti (bundan buyon matnda MvaPD deb yuritiladi) tomonidan “Pasport-viza” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga (bundan buyon matnda “Pasport-viza” AAT deb yuritiladi) kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq readmissiya qilingan fuqarolarga “Pasport-viza” AATga ularning readmissiya qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab ikki yil davomida xorijga chiqish pasportini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. MvaPD va uning hududiy boʻlinmalari hamda davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan yoki fuqaroning oʻzi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi elektron talabnoma shakllantirilganda, talabnoma avtomatik ravishda “Pasport-viza” AATda onlayn tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, fuqaro xorijiy davlatlardan readmissiya qilinganligi aniqlangan taqdirda, elektron talabnoma axborot tizimlarida avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladigan istisno holatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi holatlarda istisno tariqasida readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasporti vakolatli davlat organlarida readmissiya qilingan fuqaroni xorijga chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi boshqa maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda rasmiylashtirib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
readmissiya qilingan fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
readmissiya qilingan fuqaro yoki uning yaqin qarindoshiga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish zarur boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan olimpiadasi, taʼlim yoki xalqaro sport musobaqasida ishtirok etadigan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasining chegara zonasi va eksklav hududlarida boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash zarur boʻlganda.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 17-sentabrdagi 31-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3942, 17.09.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 10/26/3942/0953-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Readmissiya qilingan fuqarolarga istisno tariqasida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirib berishda quyidagi maʼlumotlar asos boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnoma (maʼlumotnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish yoki jarrohlik amaliyotini oʻtkazish zarurligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan yoʻllanma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
readmissiya qilingan fuqaroning fan olimpiadasi, taʼlim yoki xalqaro sport musobaqasiga yuborilayotganligi toʻgʻrisida masʼul vakolatli davlat organining maʼlumotnomasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
readmissiya qilingan fuqaroning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasining chegara zonasi va eksklav hududlarda ekanligini tasdiqlovchi maʼlumot;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari hamda topshiriqlari.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 17-sentabrdagi 31-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3942, 17.09.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 10/26/3942/0953-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Readmissiya qilingan fuqaroning yaqin qarindoshi xorijda vafot etganda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy tibbiy xulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnomani (maʼlumotnoma) olishda readmissiya qilingan fuqaroga belgilangan tartibda koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Readmissiya qilingan fuqarolarga istisno tariqasida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Readmissiya qilingan fuqarolar istisno tariqasida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun asoslantirilgan hujjatlarni taqdim etgan holda MvaPDga yoki uning hududiy boshqarmalariga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, readmissiya qilingan fuqaroning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan avtomatik ravishda olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taqdim etilgan hujjatlar 3 ish kunida MvaPD yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilib, “Pasport-viza” AATga istisno tariqasida readmissiya qilingan fuqarolarga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirib berish mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maʼlumotlar “Pasport-viza” AATga kiritilganidan keyin readmissiya qilingan fuqaroga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishni rad etish avtomatik ravishda bekor qilinadi va readmissiya qilingan fuqaroga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish imkoni yaratilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Readmissiya qilingan fuqarolarga istisno tariqasida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqishlari tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2025-y., 10/25/3682/0885-son; 18.09.2026-y., 10/26/3942/0953-son)