08.09.2025 yildagi PQ-278-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.09.2025 yildagi PQ-278-son
Date of entry into force
18.09.2025
Hujjat 18.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi avlod muhandislarini tayyorlash va muhandislik taʼlimini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhandislik yoʻnalishini maktab taʼlimida ustuvor yoʻnalish sifatida joriy etish, mazkur yoʻnalishda taʼlim sifatini oshirish va malakali pedagoglarni taʼlim jarayoniga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Asosiy maqsad
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu qarorning asosiy maqsadi etib muhandislik taʼlimini rivojlantirish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston — ilgʻor muhandislar mamlakati” tashabbusini amalga oshirish belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) mamlakatda yangi avlod muhandis kadrlar tayyorlash, oliy taʼlim tashkilotlarining sanoat bilan uzviy integratsiyasiga asoslangan muhandislik maktablari tarmogʻini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) respublika miqyosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim maktablari) oʻrtasida muhandislikka oid fanlarni oʻqitish boʻyicha raqobat muhitini yaratish hamda umumtaʼlim maktablarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Muhandislik maktablari tarmogʻini tashkil etish va muhandislik taʼlim dasturini joriy qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida 1-ilovaga muvofiq faoliyati tugatiladigan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari negizida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) muhandislik maktablariga oʻquvchilarni saralab olish va qabul qilish 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi. Bunda bir sinfda oʻquvchilar soni 24 nafardan oshmasligini hisobga olgan holda:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) birinchi oʻquv yilida, istisno tariqasida, 7 — 10-sinflarga, ikkinchi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarining 6-sinf bitiruvchilari orasidan 7-sinfga qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) muhandislik maktablarida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oʻqitiladigan oʻquvchilarning umumiy cheklangan soni 240 nafar etib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) muhandislik maktablariga oʻz quvvatidan kelib chiqqan holda pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish, shu jumladan, qoʻshimcha sinflar ochish va oʻqish uchun toʻlov miqdorini belgilash huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) muhandislik maktablarida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi muhandis kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — muhandislik oliygohlari) bilan integratsiyalashgan muhandislik taʼlim dasturi joriy etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) oʻquv jarayonini 5 yillik dastur asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etish, dastlabki 3 yilda fizika, matematika va xorijiy til fanlaridan, keyingi 2 yilda muhandislik fanlari boʻyicha boshlangʻich tayyorgarlikka eʼtibor qaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) muhandislik maktabining 10-11-sinf hamda muhandislik oliygohlari tegishli taʼlim yoʻnalishining 1-kurs oʻquv rejalarini integratsiya qilish. Bunda oʻquvchi muhandislik oliygohining oʻquv rejasiga oid fanlar (keyingi oʻrinlarda — oliy taʼlim fanlari) boʻyicha qoʻshimcha oʻqitiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) oliy taʼlim fanlarini oʻqitishni kredit-modul tizimi asosida tashkil etish va ushbu fanlar boʻyicha akademik koʻrsatkichlarni (Academic Performance) belgilangan tartibda tan olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) muhandislik maktablarida muhandislik taʼlim dasturini joriy etish 2-ilovada koʻrsatilgan muhandislik oliygohlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) muhandislik taʼlim dasturini joriy etish hamda muhandislik oliygohlari va muhandislik maktablariga uslubiy yordam koʻrsatish uchun mutanosib ravishda “Yangi Oʻzbekiston” universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tayanch oliygoh va tayanch maktab sifatida belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) muhandislik taʼlim dasturlari doirasida integratsiya qilinadigan taʼlim yoʻnalishlari muhandislik oliygohi tomonidan mustaqil belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) oliy taʼlim fanlari muhandislik oliygohining professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻqitiladi va ushbu jarayonga oid barcha xarajatlar ushbu muhandislik oliygohining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) quyidagi talablarni bajargan muhandislik maktablari bitiruvchilariga muhandislik taʼlim dasturi boʻyicha tegishli taʼlim yoʻnalishida bir yillik qoʻshimcha davlat granti asosida 2-kursdan test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz oʻqishni davom ettirish huquqi beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Scholastic Assessment Test (SAT) xalqaro imtihon tizimi boʻyicha eng kamida 1 300 ball toʻplash yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etiladigan muhandislik oliygohi taʼlim yoʻnalishiga qarab matematika, fizika va kimyo fanlaridan biri boʻyicha eng kamida B2 darajadagi davlat namunasidagi sertifikatga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) oliy taʼlim fanlari boʻyicha akademik koʻrsatkichlarni (Academic Performance) oʻrnatilgan talab boʻyicha oʻzlashtirganlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kelgusi oʻquv yilidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat grantini taqdim etish tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlash tizimi boʻyicha davom ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) 11-sinf muhandislik maktablari oʻquvchilari uchun ikki oylik majburiy ishlab chiqarish amaliyoti (stajirovka) joriy etiladi. Bunda oʻquvchi muhandislik taʼlim dasturi boʻyicha tahsil olayotgan tegishli taʼlim yoʻnalishiga oid ishlab chiqarish korxonasida amaliyot (stajirovka) oʻtashi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) muhandislik maktablari binolarini kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, jihozlash va obodonlashtirish ishlari 3-ilovaga muvofiq 2026 — 2028-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Muhandislik maktablari faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Muhandislik maktablarida quyidagi boshqaruv lavozimlari joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oʻquv jarayonini tashkil etish va boshqarish boʻyicha akademik direktor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) maʼmuriy-moliyaviy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha ijrochi direktor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) muhandislik maktablarining soha korxonalari bilan yaqindan hamkorligini taʼminlash boʻyicha sanoat bilan aloqalar menejeri.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) akademik direktor lavozimi muhandislik oliygohining shtatlar jadvalida nazarda tutiladi hamda Agentlik bilan kelishilgan holda muhandislik oliygohi direktori tomonidan tayinlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) akademik direktor — muhandislik oliygohi dekaniga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) sanoat bilan aloqalar menejeri — Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktabning direktor oʻrinbosariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) qolgan barcha maʼmuriy-boshqaruv, pedagogik, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — Agentlik tizimidagi hududiy ixtisoslashtirilgan maktabning tegishli xodimlariga tenglashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) akademik direktor, ijrochi direktor va sanoat bilan aloqalar menejeri faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichi bitiruvchi oʻquvchilar oʻqishni muhandislik oliygohida belgilangan tartibda 2-kursdan davom ettirishi hisoblanadi va bir martalik ragʻbatlantirish mexanizmlari joriy qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) muhandislik maktablarini saqlash xarajatlari Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab har yili umumtaʼlim maktablari oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi (keyingi oʻrinlarda — Tanlov) oʻtkazilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar Tanlovni oʻtkazishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) umumtaʼlim maktablari oʻrtasida STEM fanlarini oʻqitishda raqobat va yangilikka intilish muhitini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) umumtaʼlim maktablarida STEM fanlari boʻyicha taʼlim jarayonining samaradorligi va sifatini oshirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) pedagog oʻqituvchilarning STEM fanlarini oʻqitishga boʻlgan qiziqishi va intilishini kuchaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Tanlov 3 bosqichda — tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda respublika miqyosida oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Tanlov natijalariga koʻra uning gʻoliblari quyidagi koʻrinishda ragʻbatlantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) 4-ilovaga muvofiq tanlov gʻoliblarini moddiy ragʻbatlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) Tanlovning respublika bosqichida 1-oʻrinni egallagan maktabga Davlat budjeti hisobidan muhandislikka oid laboratoriyalar jamlanmasini oʻz ichiga olgan innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda innovatsion texnoparkka ega boʻlgan maktablarda mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlariga koʻra fizika oʻqituvchisiga tenglashtirilgan 1 ta shtat birligida laborant lavozimi kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “Oʻzbekiston — ilgʻor muhandislar mamlakati” tashabbusini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida negizida muhandislik maktablari tashkil etilayotgan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlaridan boʻshagan mablagʻlar hisobidan nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 8-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-278-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faoliyati tugatiladigan va negizida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik maktablari tashkil etiladigan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari nomi*

Yangidan tashkil etiladigan muhandislik maktablari nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus raqamli texnologiyalar texnikumi

Nukus shahridagi muhandislik maktabi

2.

Andijon viloyati

Andijon transport texnikumi

Andijon shahridagi muhandislik maktabi

3.

Buxoro viloyati

Buxoro davlat texnika universiteti akademik litseyi

Buxoro shahridagi muhandislik maktabi

4.

Jizzax viloyati

Jizzax politexnika instituti akademik litseyi

Jizzax shahridagi muhandislik maktabi

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi

Qarshi shahridagi muhandislik maktabi

6.

Navoiy viloyati

Navoiy yuridik texnikumi

Navoiy shahridagi muhandislik maktabi

7.

Namangan viloyati

Namangan davlat texnika universiteti 1-son akademik litseyi

Namangan shahridagi muhandislik maktabi

8.

Samarqand viloyati

Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi

Samarqand shahridagi muhandislik maktabi

9.

Sirdaryo viloyati

Sobiq Mirzaobod texnologiyalar texnikumi (hozirgi Guliston davlat pedagogika instituti binosi)

Yangiyer shahridagi muhandislik maktabi

10.

Surxondaryo viloyati

Jarqoʻrgʻon qurilish va transport texnikumi

Termiz shahridagi muhandislik maktabi

11.

Toshkent viloyati

Toshkent viloyati pedagogika texnikumi

Olmaliq shahridagi muhandislik maktabi

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona soliq texnikumi

Fargʻona shahridagi muhandislik maktabi

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahar 1-son politexnikumi

Urganch shahridagi muhandislik maktabi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: faoliyati tugatiladigan akademik litsey va texnikumlarda oʻquv jarayoni amaldagi oʻquvchilar uni bitirib olgunga qadar amalga oshirilishi inobatga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhandis kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim tashkilotlariga biriktiriladigan muhandislik maktablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar

Muhandislik oliygohlari

Muhandislik maktabi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus davlat texnika universiteti

Nukus shahridagi muhandislik maktabi

2.

Andijon viloyati

Andijon davlat texnika instituti

Andijon shahridagi muhandislik maktabi

3.

Buxoro viloyati

Buxoro davlat texnika universiteti

Buxoro shahridagi muhandislik maktabi

4.

Jizzax viloyati

Jizzax politexnika instituti

Jizzax shahridagi muhandislik maktabi

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi davlat texnika universiteti

Qarshi shahridagi muhandislik maktabi

6.

Navoiy viloyati

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Navoiy shahridagi muhandislik maktabi

7.

Namangan viloyati

Namangan davlat texnika universiteti

Namangan shahridagi muhandislik maktabi

8.

Samarqand viloyati

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti

Samarqand shahridagi muhandislik maktabi

9.

Sirdaryo viloyati

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali

Yangiyer shahridagi muhandislik maktabi

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Termiz shahridagi muhandislik maktabi

11.

Toshkent viloyati

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali

Olmaliq shahridagi muhandislik maktabi

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona davlat texnika universiteti

Fargʻona shahridagi muhandislik maktabi

13.

Xorazm viloyati

Al-Xorazmiy universiteti

Urganch shahridagi muhandislik maktabi

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muhandislik maktablarini 2026 — 2028-yillarda kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, jihozlash va obodonlashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MANZILLI ROʻYXAT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan muassasalar nomi

Quvvati

Jami 2026 — 2028-yillarda

shu jumladan:

2026-yilda

2027-yilda

2028-yilda

Jami:

7 980

14

2

7

5

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahridagi muhandislik maktabi

360

1

1

2.

Andijon viloyati

Andijon shahridagi muhandislik maktabi

900

1

1

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahridagi muhandislik maktabi

825

1

1

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahridagi muhandislik maktabi

525

1

1

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahridagi muhandislik maktabi

450

1

1

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahridagi muhandislik maktabi

600

1

1

7.

Namangan viloyati

Namangan shahridagi muhandislik maktabi

820

1

1

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahridagi muhandislik maktabi

600

1

1

9.

Sirdaryo viloyati

Yangiyer shahridagi muhandislik maktabi

540

1

1

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahridagi muhandislik maktabi

720

1

1

11.

Toshkent viloyati

Olmaliq shahridagi muhandislik maktabi

450

1

1

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahridagi muhandislik maktabi

450

1

1

13.

Xorazm viloyati

Urganch shahridagi muhandislik maktabi

540

1

1

14.

Toshkent shahri

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab*

200

1

1

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izohlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) muhandislik maktablari 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kapital rekonstruksiya qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) muhandislik maktablarini rekonstruksiya qilish va jihozlash loyihalari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan majburiy tartibda kelishiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) * Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab uchun zamonaviy laboratoriya va 200 oʻrinli yotoqxona binolari quriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovi gʻoliblarini ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(bazaviy hisoblash miqdorida)

T/r

Bosqich

1-oʻrin

2-oʻrin

3-oʻrin

1.

Tuman (shahar)

200

150

100

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri

300

250

200

3.

Respublika

600

450

300

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: ragʻbatlantirish toʻlovlari Davlat budjetining tegishli darajadagi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston — ilgʻor muhandislar mamlakati” tashabbusini amalga oshirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Muhandislik maktablari tarmogʻini tashkil etish

1.

Negizida muhandislik maktablari tashkil etilishi reja qilingan oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari balansida boʻlgan bino va inshootlarni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tasarrufiga oʻtkazish hamda Agentlik tizimida muhandislik maktablarini tashkil etish. Bunda:

muhandislik maktablari ustavini tasdiqlash;

muhandislik maktablarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrish.

Idoraviy hujjat loyihasi

2026-yil mart

-

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2.

Muhandislik maktablarining ijobiy imijini yaratish va pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish hajmini oshirishga qaratilgan muhandislik maktablari tarmogʻining marketing strategiyasini tasdiqlash hamda strategiya asosida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish.

Idoraviy hujjat loyihasi va kompleks chora-tadbirlar

2026-yil aprel

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va Agentlik huzuridagi jamgʻarma mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

3.

Muhandislik maktablarining maʼmuriy boshqaruv, oʻquv-yordamchi xodimlarining lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish.

Bunda akademik direktor, ijrochi direktor va sanoat bilan aloqalar menejeri lavozimlarini inobatga olish.

Mazkur lavozimlarni tanlov asosida yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyul-avgust

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

4.

Muhandislik maktablarining taʼlim dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil iyun

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

5.

Muhandislik maktablari oʻquvchilarining amaliyot oʻtash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda masʼul vazirlik va idoralar

6.

Akademik direktor, ijrochi direktor va sanoat bilan aloqalar menejeri faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichi asosida bir martalik ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish. Bunda:

bitiruvchilarning 100 foizi biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotining muhandislik yoʻnalishida oʻqishni davom ettirganda — bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 100 baravari;

bitiruvchilarning 75 foizi biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotining muhandislik yoʻnalishida oʻqishni davom ettirganda — BHMning 75 baravari;

bitiruvchilarning 50 foizi va undan yuqorisi biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotining muhandislik yoʻnalishida oʻqishni davom ettirganda — BHMning 50 baravari miqdorida ragʻbatlantirishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

7.

Muhandislik maktablarini kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini 2026 — 2028-yillardagi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish choralarini koʻrish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2026 — 2028-yillar davomida

Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovini tashkil etish

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilgʻor muhandislik maktabi” milliy tanlovini oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda:

tanlov ishtirokchilarini moddiy ragʻbatlantirish;

tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari uchun xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatini tashkil etish;

innovatsion texnopark tashkil etish uchun 1 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

9.

Innovatsion texnoparkning namunaviy loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Davlat budjeti mablagʻlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2025-y., 07/25/278/0839-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)