29.08.2025 yildagi PF-152-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 29.08.2025 yildagi PF-152-son
Date of entry into force
30.08.2025
Hujjat 30.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda maqsad, talab va asosiy prinsiplarga muvofiq elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozori mexanizmlarini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasiga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 29-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-152-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi PF-152-son Farmoniga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PF-166-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2023 — 2030-yillarga moʻljallangan elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Konsepsiyada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) bozor operatori — bozorni shakllantirish hamda uning xavfsiz va samarali ishlashi uchun bozor ishtirokchilari nomidan elektr energiyasini sotish va (yoki) sotib olishni tashkil etish uchun masʼul boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) vakolatli isteʼmolchi — elektr energiyasi taʼminotchisini tanlash yoki oʻzgartirish huquqiga ega boʻlgan isteʼmolchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ishlab chiqaruvchi — elektr energiyasini ishlab chiqarishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) yirik isteʼmolchi — elektr energiyasining ulgurji bozorida ishlab chiqaruvchilardan yoki elektr energiyasining chakana bozoridagi bir va undan ortiq taʼminotchilardan elektr energiyasini sotib olish huquqiga ega boʻlgan isteʼmolchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) markaziy xarid qiluvchi (“Oʻzenergosotish” AJ) — elektr energiyasini markazlashgan tarzda sotish va sotib olish huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) mikro va kichik elektr stansiya — yagona elektr energetikasi tizimiga ulangan nuqtada oʻrnatilgan quvvati 5 MVt gacha boʻlgan elektr stansiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) mustaqil ishlab chiqaruvchi — elektr energiyasini uzoq muddatli kafolatlangan sotib olish toʻgʻrisidagi bitimni imzolamagan, litsenziya asosida faoliyat yuritadigan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi xususiy korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) tayinlangan taʼminotchi (“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali) taʼminotchini tanlash imkoniyatiga ega boʻlmagan isteʼmolchilarga kafolatlangan tarzda yoki vakolatli isteʼmolchining murojaatiga koʻra elektr energiyasini yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) taʼminotchi — elektr energiyasini isteʼmolchilarga yetkazib berish (sotish) bilan shugʻullanadigan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) taqsimlash tizimi operatorlari — Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida muayyan hududda elektr energiyasini taqsimlash faoliyatini yuritish, bunda taqsimlash tizimini ekspluatatsiya qilish, unga xizmat koʻrsatish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi yuz foiz boʻlgan aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan elektr energetikasi korxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) treyder — ishlab chiqarilgan elektr energiyasini ulgurji bozorda xarid qiluvchi xususiy korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(n) uzatish tizimi operatori — Oʻzbekiston Respublikasida uzatish tizimlarini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(o) Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Regulator) — qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida faoliyat yurituvchi va energetika bozorini tartibga soluvchi hamda barcha bozor ishtirokchilariga litsenziya beruvchi organ”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. “Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “HET” AJning elektr energiyasini yakuniy isteʼmolchilarga sotish funksiyasi taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish funksiyasidan ajratilib, alohida davlat chakana savdo korxonasiga oʻtkazilgan holda “HET” AJning filiali — “Energosavdo” korxonasi tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “HET” AJ elektr energiyasini taqsimlash va elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish vazifalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) respublikaning tajriba-sinov sifatida tanlangan hududlarida elektr energiyasini taqsimlash va taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish, shu jumladan, qurish, qayta qurish va modernizatsiya qilish vazifalari bosqichma-bosqich xususiy taqsimlash tizimi operatorlariga tanlov natijalari asosida ishonchli boshqaruvga beriladi. Bunda ishonchli boshqaruvni amalga oshiruvchi yuridik shaxs taqsimlash tizimi obyektlarining ishchi holatda saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) elektr energiyasi savdosi operatsiyalarini amalga oshiruvchi bozor operatorining vazifalari markaziy xarid qiluvchiga yuklanadi hamda savdo operatsiyalari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT) va billing tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) elektr energiyasi savdo operatsiyalari uchun moʻljallangan savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — savdo platformasi) tajriba-sinov tariqasida ishga tushiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) vakolatli isteʼmolchilarning va yirik isteʼmolchilarning maqomi Regulator tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori mexanizmlariga oʻtishning birinchi — “Ikki tomonlama shartnomalar asosidagi xaridlar” bosqichi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari Regulator tomonidan mazkur bosqich uchun ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bozor qoidalari asosida faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) elektr energiyasi bozorining barcha ishtirokchilariga (ishlab chiqaruvchilar, elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari, markaziy xarid qiluvchi, tayinlangan taʼminotchi, uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari) Regulator tomonidan litsenziya beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) davlat ulushi (kapitali) 50 foiz va undan ortiq boʻlgan ishlab chiqaruvchilar elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchiga vakolatli organ tomonidan belgilangan tariflarda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) elektr energiyasi sotib olinishi kafolatlangan xususiy ishlab chiqaruvchilar (Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga asosan) elektr energiyasini markaziy xarid qiluvchiga oʻzaro kelishilgan (bitimlarda belgilangan) narxda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) elektr energiyasi sotib olinishi davlat tomonidan kafolatlanmagan mustaqil ishlab chiqaruvchilar (uzoq va qisqa muddatli ikki tomonlama shartnomaga ega boʻlgan) paydo boʻladi va ular elektr energiyasini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) yirik isteʼmolchiga oʻzaro kelishilgan narx asosida sotadi. Bunda elektr energiyasini uzatish va (yoki) taqsimlash xizmatidan foydalanganlik uchun toʻlov shartnoma shartlariga muvofiq ishlab chiqaruvchi yoki yirik isteʼmolchi tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) markaziy xarid qiluvchiga belgilangan tariflarda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) mikro va kichik elektr stansiyalar elektr energiyasini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) tayinlangan taʼminotchiga belgilangan tariflarda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) oʻzaro kelishilgan narxda sotadi (bunda uzatish va (yoki) taqsimlash tizimidan foydalanganlik uchun toʻlov ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) markaziy xarid qiluvchi elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlariga, ishlab chiqaruvchilarga, tayinlangan taʼminotchiga va yirik isteʼmolchilarga belgilangan tariflarda, elektr energiyasini saqlash tizimlariga (elektr energiyasini saqlash xizmatini amalga oshirishda sarflanishi lozim boʻlgan elektr energiyasidan ortgan qismini qoplash maqsadida) elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatish bitimlariga asosan ularda belgilangan narxda sotadi hamda xorijiy mamlakatlarning vakolatli kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida eksport va import operatsiyalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari belgilangan tariflarda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash xizmatlarni koʻrsatadi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) uzatish tizimi operatori tomonidan uzatish elektr tarmoqlari boshqariladi va ularni kengaytirish hamda modernizatsiya qilish orqali energiya tizimida barqarorlik taʼminlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) taqsimlash tizimi operatorlari tomonidan taqsimlash elektr tarmoqlari boshqariladi, ekspluatatsiya qilinadi, quriladi, qayta quriladi va modernizatsiya qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi toʻliq uzatiladi va taqsimlanadi hamda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonidagi texnologik sarf oʻrni ulgurji bozordan xarid qilish orqali qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iv) bozorning barcha ishtirokchilari, ham davlat, ham xususiy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tizimlariga ulanishda teng imkoniyatlar yaratiladi (elektr tarmoqlariga erkin ulanish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini barcha isteʼmolchilarga (yirik isteʼmolchilar bundan mustasno) belgilangan tariflarda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari markaziy xarid qiluvchiga elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatish bitimlarida belgilangan shartlarda elektr energiyasini saqlash xizmatini koʻrsatadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 14-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Keyingi kun uchun savdolar” bosqichi uchun bozor qoidalarini Regulator tomonidan ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 15 va 16-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichida quyidagi asosiy chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “HET” AJning “Energosavdo” filiali alohida korxona shaklida qayta tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) respublikaning barcha hududlarida elektr energiyasini taqsimlash va taqsimlash elektr tarmoqlariga xizmat koʻrsatish, shu jumladan, qurish va modernizatsiya qilish vazifalari bosqichma-bosqich xususiy taqsimlash tizimi operatorlariga ishonchli boshqaruvga beriladi. Bunda ishonchli boshqaruvni amalga oshiruvchi yuridik shaxs taqsimlash tizimi obyektlarining ishchi holatda saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) elektr energiyasi bozori ishtirokchilarini va savdo shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish hamda hisob-kitob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida bozor operatori vazifasi markaziy xarid qiluvchidan ajratilib, alohida mustaqil bozor operatori tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) respublikaning tajriba-sinov sifatida tanlangan hududlarida taʼminotchilarga bosqichma-bosqich faoliyat yuritishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. “Keyingi kun uchun savdolar” bosqichi quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari bozor qoidalari asosida faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) elektr energiyasi bozorining yangi ishtirokchilariga (bozor operatori, ishlab chiqaruvchilar, elektr energiyasini saqlash tizimi operatorlari, taʼminotchilar, treyderlar va taqsimlash tizimlari operatorlari) Regulator tomonidan litsenziya beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) ulgurji bozorda elektr energiyasini xarid qilish va sotish bilan shugʻullanadigan xususiy kompaniyalar — treyderlar paydo boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) DXSH tamoyili asosida faoliyat yuritadigan elektr stansiyalari elektr energiyasini elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli bitimlar asosida sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) mustaqil elektr stansiyalari elektr energiyasini onlayn savdo platformasi orqali ulgurji bozorda vakolatli isteʼmolchilar, taʼminotchilar, “Energosavdo” korxonasi va treyderlarga — talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) elektr energiyasining ulgurji va chakana savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlari va treyderlar elektr energiyasini onlayn savdo platformasi orqali taʼminotchilarga, tayinlangan taʼminotchiga va vakolatli isteʼmolchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(z) Regulator tomonidan uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlarining elektr energiyasini uzatish va taqsimlash xizmatlari uchun alohida tariflar belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) uzatish va taqsimlash tizimlari operatorlari tomonidan qabul qilingan elektr energiyasi hajmi toʻliq uzatiladi va taqsimlanadi hamda elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonidagi texnologik sarflangan elektr energiyasining oʻrni elektr energiyasini ulgurji bozordan xarid qilish orqali qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(k) tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini Regulator tomonidan belgilangan tariflarda isteʼmolchilarga sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(l) taʼminotchilar elektr energiyasini belgilangan tariflarda yoki belgilangan tariflardan chegirmalar qoʻllagan holda isteʼmolchilarga sotadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(m) vakolatli isteʼmolchilar va taʼminotchilarga davlat hamda xususiy elektr stansiyalaridan onlayn savdo platformasi orqali elektr energiyasini toʻgʻridan-toʻgʻri xarid qilish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(n) elektr energiyasining barcha savdo operatsiyalari oʻrnatilgan tartibda onlayn savdo platformasi orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(o) maʼlum bir hududda taʼminotchi faoliyati mavjud boʻlmaganda yoki toʻxtatilgan taqdirda, tayinlangan taʼminotchi elektr energiyasini kafolatlangan yetkazib beruvchi funksiyasini bajaradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 18-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi uchun bozor qoidalarini Regulator tomonidan ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“(i) elektr energiyasi bozorining ishtirokchilari “Kun ichi (soatbay) savdolar” bosqichi uchun tasdiqlangan bozor qoidalari asosida faoliyat yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) elektr energiyasi bozorining yangi ishtirokchilariga (shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar, taʼminotchilar, treyderlar va taqsimlash tizimlari operatorlari) Regulator tomonidan litsenziya beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) ishlab chiqaruvchilar elektr energiyasini onlayn savdo platformasi orqali ulgurji bozorda vakolatli isteʼmolchilar, tayinlangan taʼminotchi, treyderlar va taʼminotchilarga talab va taklif asosida shakllangan narxlarda soatbay sotadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) oltinchi, yettinchi, oʻninchi va oʻn ikkinchi xatboshilardagi “Energosavdo” korxonasi” soʻzlari “tayinlangan taʼminotchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 06/25/152/0792-son)