Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.01.2004 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.01.2004 yildagi 4-son
Date of entry into force
07.01.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 07.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BOJ-TARIF BILAN TARTIBGA SOLIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni takomillashtirish, boj poshlinalarini unifikatsiya qilish, faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni yanada zamonaviylashtirish va texnologiya bilan qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizning raqobatga bardoshli mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Import boj poshlinalari stavkalari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Ular 2004-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yuridik shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun chetdan keltirilayotgan, shuningdek vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tashqi savdo kompaniyalari (birlashmalari), “Oʻzinterimpeks”, “Oʻzmarkazimpeks”, “Oʻzsanoatmashimpeks”, “Markazsanoateksport” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyalari hamda lizing kompaniyalari tomonidan chetdan keltirilayotgan, shu jumladan qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqarish uchun keltirilayotgan 2-ilovaga* muvofiq mashinalar, dastgohlar va texnologiya jihozlariga import boj poshlinalari stavkasi 2004-yil 1-yanvardan boshlab nol foiz miqdorida belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi oʻz ehtiyojlari uchun 2-ilovaga muvofiq chetdan keltirilayotgan mashinalar, dastgohlar va texnologiya jihozlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar. Ulardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan, keyinchalik ular sotilgan va qayta sotilgan taqdirda ularga ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan import boj poshlinalari stavkalari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaga chetdan keltiriladigan kompyuter maʼlumotlarini uzatish tarmoqlarini tashkil etish uchun asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va ular uchun butlovchi anjomlar, dasturiy vositalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoniga muvofiq 2006-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatga boj toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirishlar uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaga* muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch materiallar va yogʻochliklar uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga muvofiq import boj poshlinasining nol stavkalari va yagona boj toʻlovi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2004-yil 1-yanvargacha “vaqtinchalik saqlash” bojxona rejimi ostida boʻlgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda 2004-yil 1-fevralgacha Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qarori bilan tasdiqlangan stavkalar qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Vaqtinchalik saqlash” rejimidan erkin muomalaga chiqariladigan barcha tovarlarga 2004-yil 1-fevraldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan import boj poshlinalari stavkalari qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Idoralararo boj-tarif Kengashi (E.M. Gʻaniyev) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti va importi tarkibi hamda hajmlarining mutanosibligi ustidan doimiy monitoringni taʼminlasin va zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasiga tashqi savdo operatsiyalarini tarif bilan va tarifsiz tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishga doir takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Import boj poshlinalarini unifikatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 189-son qarori 2-bandining birinchi xatboshi, 3-bandi va qarorga 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 28-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 7-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 12-modda; 2005-y., 10-11-son, 72-modda; 40-son, 304-modda; 2007-y., 19-20-son, 202-modda; 2008-y., 5-son, 19-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda)