14.08.2025 yildagi 515-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.08.2025 yildagi 515-son
Date of entry into force
14.08.2025
Hujjat 14.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-son Farmoni bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam oʻrniga Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalar (keyingi oʻrinlarda — subsidiya oluvchilar)ga turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi joriy etilgani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur subsidiya artezian qudugʻi qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish xarajatlarining 90 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda ajratilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida subsidiya oluvchilarga artezian qudugʻi qazish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini qoplash xizmati “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) orqali koʻrsatiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “YAMIH” ATda artezian qudugʻi qazish xizmatlarini koʻrsatish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini sotish hamda oʻrnatish Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tomonidan “YAMIH” ATga kiritilgan ommaviy ofertani tasdiqlash orqali Reyestrga bepul va ixtiyoriylik asosida kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) subsidiya oluvchilar tomonidan artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish xizmatlari “YAMIH” AT orqali mustaqil tanlanadi va xarid qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) subsidiya oluvchilarning artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarining 90 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha boʻlgan qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam uchun Davlat budjetidan ajratilgan xarajatlarning qolgan qismi mazkur tadbirlarga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yildan boshlab ushbu tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Subsidiya oluvchilarga subsidiya quyidagi shartlarning barchasi bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilar turar joyida artezian qudugʻi qazish xizmatlari, suv nasosi va suv filtrini sotish va oʻrnatishga doir ishlar Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilar tomonidan artezian qudugʻi qazdirilib, suv nasosi va ichimlik suvi filtri oʻrnatilgani toʻgʻrisidagi ushbu oilalar yashaydigan mahalla fuqarolar yigʻinining raisi va tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi masʼul vakillari tomonidan joyiga borgan holda xulosa rasmiylashtirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilar tomonidan artezian qudugʻi qazdirilib, suv nasoslari oʻrnatilgani natijasida olingan suvning isteʼmolga yaroqliligi toʻgʻrisida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan joyiga borgan holda xulosa rasmiylashtirilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilar tomonidan elektron savdo platformasi orqali artezian qudugʻi qazdirish, suv nasoslari oʻrnatish hamda ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish boʻyicha buyurtmalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilarning turar joyida artezian qudugʻi qazilgani, suv nasoslari oʻrnatilgani hamda ichimlik suvi filtrlari xarid qilinib, oʻrnatilganini oʻrganish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilarga ularning turar joyida artezian qudugʻi qazdirish, suv nasoslarini oʻrnatish hamda ichimlik suvi filtrlarini xarid qilib, oʻrnatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda “YAMIH” ATda elektron savdo platformasi vazifasini bajaruvchi “Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash” axborot modulining ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda ushbu qarorning 3-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan xulosani rasmiylashtirish tartibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasidan biriktirilgan masʼul vakillar tomonidan oʻz vaqtida ushbu qarorning 3-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan xulosaning rasmiylashtirib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan ushbu qarorning 3-bandi toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan xulosa taqdim etib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 14-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
515-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-avgustdagi 515-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga (keyingi oʻrinlarda — subsidiya oluvchilar) turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda oʻrnatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Subsidiya oluvchilarga ularning turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda oʻrnatish xarajatlarining 90 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Subsidiya oluvchilarning turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish va oʻrnatish xizmatlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga kiritiladigan har bir tadbirkorlik subyekti artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va suv filtrlarini sotish hamda oʻrnatish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga, shu jumladan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda tegishli litsenziya yoki ruxsatnomaga ega boʻlishi talab etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilar tomonidan “YAMIH” AT orqali Reyestrga kiritilgan hamda artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotuvchi hamda oʻrnatuvchi tadbirkorlik subyektlari mustaqil tanlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Subsidiya oluvchilar turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq sxema asosida ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Subsidiya oluvchilarning turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-§. Artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish va oʻrnatish xizmatlarini elektron platforma orqali savdoga chiqarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish va oʻrnatish toʻgʻrisidagi tijoriy takliflar “YAMIH” ATga Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish va oʻrnatish xizmatlarini koʻrsatish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari “YAMIH” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida avtorizatsiyadan oʻtgan holda Reyestrga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kirish uchun “YAMIH” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport (ID-karta) seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti va uning filiali yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakili haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
artezian qudugʻi qazish xizmatini koʻrsatishda foydalaniladigan maxsus transport hamda boshqa vositalarining turlari va nomi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ularning muvofiqlik sertifikati raqamlari hamda amal qilish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan va oʻrnatib beriladigan suv nasoslari hamda ichimlik suvi filtrlarining turlari, nomi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ularning muvofiqlik sertifikati raqamlari hamda amal qilish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan va oʻrnatib beriladigan suv nasoslari hamda ichimlik suvi filtrlarining xizmat koʻrsatish va kafolat muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Avtorizatsiyadan tegishli maʼlumotlar toʻldirilib, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki “YAMIH” ATda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimi (OneID) orqali tasdiqlangandan soʻng oʻtiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyekti elektron ofertani tasdiqlaganidan soʻng ular tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi “YAMIH” ATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) masʼul xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari koʻrsatgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmagani aniqlangan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kiritiladi hamda ular uchun “YAMIH” ATda shaxsiy kabinet ochiladi. Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan talablarga javob bermaydigan tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari elektron savdo platformasida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish va oʻrnatish toʻgʻrisidagi tijoriy takliflarni joylashtirish uchun ushbu platformada ham roʻyxatdan oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini Reyestrdan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish hamda oʻrnatish boʻyicha buyurtma ayni bir tadbirkorlik subyekti tomonidan ikki va undan koʻp marotaba belgilangan tartib yoki muddatlarda bajarilmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti kafolat muddati davrida yaroqsiz holatga kelgan suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini taʼmirlab yoki yangisiga almashtirib bermaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish hamda oʻrnatish boʻyicha xizmat va tovarlarni elektron platforma orqali realizatsiya qilish uchun ular toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni “YAMIH” ATga Vazirlik tomonidan tasdiqlangan texnik talablarga muvofiq joylashtiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir tovar va xizmatlarning nomi, narxi, foydalanish va kafolat muddatlari, ularning texnik tavsifi va koʻrsatkichlari, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, kafolat va foydalanish muddatlari tugamasdan yoki tugaganidan soʻng amalga oshiriladigan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda muvofiqligi baholanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikati va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tomonidan belgilangan talablar boʻyicha har bir tovarning turli tomondan olingan fotosuratlari. Bunda realizatsiya qilinadigan tovarga muvofiq kelmaydigan fotosuratlarni joylashtirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Tovarlarning texnik talablarga muvofiqligi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi Vazirlikning masʼul xodimlari tomonidan “YAMIH” ATda qabul qilingandan soʻng ular elektron platforma orqali savdoga chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda texnik talablarga muvofiq boʻlmagan hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda olinishi lozim boʻlgan muvofiqlik sertifikati yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma olinmaganda yoxud ularning amal qilish muddati tugaganda ushbu tovarlarni savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-§. Subsidiya oluvchilar tomonidan artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini elektron platforma orqali xarid qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtri xarid qilish hamda oʻrnatish boʻyicha buyurtma shakllantirish uchun subsidiya oluvchining voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili “YAMIH” ATda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq soʻrovnomani toʻldirgan holda elektron shaklda roʻyxatdan oʻtish haqida ariza yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (SMS-xabarnoma, “Face-ID”) yoki “YAMIH” ATda yaratilgan maxsus identifikatsiya qilish (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID) orqali tasdiqlangandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi, ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga borgan holda yoki mahalladagi ijtimoiy xodimlarga murojaat qilish orqali “YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtishi mumkin. Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi yoki mahalladagi ijtimoiy xodim subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki uning qonuniy vakili nomidan “YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtish boʻyicha soʻrov yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Nizomning 11 va 12-bandlariga muvofiq soʻrov yuborilganda, unda koʻrsatilgan oilalarning haqiqatda mazkur Nizomning talablariga mos kelishi “YAMIH” AT orqali avtomatik ravishda tekshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovda koʻrsatilgan oilalar ushbu Nizom talablariga mos kelsa, u “YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtkazilib, unga elektron platforma orqali buyurtma berishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovda koʻrsatilgan oilalar ushbu Nizom talablariga mos kelmasa, “YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovda koʻrsatilgan oilalar ushbu Nizom talablariga mos kelganda, soʻrov yuborilgan kunga qadar besh yil ichida artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda oʻrnatish xarajatlarini qoplash boʻyicha subsidiyadan foydalangan boʻlsa, “YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Subsidiya oluvchi oilaning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili “YAMIH” AT orqali artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda oʻrnatish boʻyicha buyurtma shakllantiradi va tasdiqlagan holda ijroga yuboradi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish hamda oʻrnatish xizmatlari ayni bir tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshirilishi inobatga olingan holda buyurtma shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agarda subsidiya oluvchilarning turar joyida artezian qudugʻi qazilgan boʻlsa yoki suv nasosi yoxud ichimlik suvi filtri mavjud boʻlsa, elektron platforma orqali oʻziga kerakli tovar va xizmatlarni xarid qilish boʻyicha buyurtma qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tasdiqlangan va ijroga yuborilgan buyurtma avtomatik ravishda tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga kelib tushadi. Bunda tadbirkorlik subyekti uch ish kuni ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuborilgan buyurtmani koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan buyurtmaga muvofiq subsidiya oluvchi oilalarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili bilan kelishgan holda uning turar joyida artezian qudugʻi qazish va suv nasosi hamda ichimlik suvi filtrini oʻrnatish muddatini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini oʻrnatish boʻyicha dastlabki toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisida subsidiya oluvchi oilaning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakilining “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning uchinchi xatboshisiga muvofiq belgilanadigan muddat artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini oʻrnatish muddatini inobatga olgan holda bir oydan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya oluvchilar tomonidan shakllantirilgan har bir buyurtmaning ijro holati boʻyicha ularning mobil aloqa vositalari raqamiga “YAMIH” AT orqali SMS-xabarnoma joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili tadbirkorlik subyekti tomonidan uning shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarni olgan vaqtdan boshlab ikki ish kuni ichida “YAMIH” AT orqali shakllantirilgan buyurtma narxining 10 foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni yagona billing tizimi orqali tadbirkorlik subyektining “YAMIH” ATdan roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan hisobvaragʻiga elektron shaklda toʻlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda shakllantirilgan buyurtma narxi ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan subsidiya narxidan yuqori boʻlganda, subsidiya oluvchilar tomonidan oʻrtada shakllangan salbiy farq ham dastlabki toʻlov bilan bir vaqtda toʻlanishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Subsidiya oluvchilar tomonidan amalga oshirilgan dastlabki toʻlov, shuningdek, buyurtma va ajratiladigan subsidiya miqdori oʻrtasidagi salbiy farq toʻlangani toʻgʻrisida “YAMIH” AT tomonidan tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-§. Tadbirkorlik subyekti tomonidan artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini yetkazish va oʻrnatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tadbirkorlik subyekti ushbu Nizomning 15-bandida belgilangan muddatda subsidiya oluvchilarning turar joyiga yetib borishi hamda artezian qudugʻini qazishi, suv nasosi va ichimlik suv filtrini oʻrnatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu Nizomning 15-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan muddatda artezian qudugʻini qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini oʻrnatish ishlari boshlanmasa, subsidiya oluvchilar shaxsiy kabineti orqali buyurtmani bekor qilishi hamda yangi buyurtma berishi mumkin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya oluvchilar tomonidan tadbirkorlik subyektiga oldindan toʻlangan dastlabki toʻlov hamda buyurtma va ajratiladigan subsidiya miqdori oʻrtasidagi salbiy farq (agar mavjud boʻlsa) tadbirkorlik subyekti tomonidan besh ish kuni ichida subsidiya oluvchilarga belgilangan tartibda qaytarilishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan talab bajarilmagan taqdirda, tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki Xorazm viloyati boshqarmasi subsidiya oluvchiga tegishli mablagʻlarni undirishi boʻyicha sudga murojaat qilishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tadbirkorlik subyekti kambagʻal oilalarning turar joyida artezian qudugʻi qazilib, suv nasosi va ichimlik suvi filtri oʻrnatilganidan soʻng bir ish kuni ichida bu toʻgʻrisida tegishli fotosuratlarni ilova qilgan holda “YAMIH” ATga maʼlumot kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyekti tomonidan “YAMIH” ATga buyurtma bajarilgani toʻgʻrisida maʼlumot kiritilganidan soʻng bu haqida “YAMIH” AT orqali buyurtmasi bajarilgan subsidiya oluvchi yashovchi mahallaning raisi, tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boshqarmasidan biriktirilgan masʼul vakillarga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) elektron shaklda ularning “YAMIH” ATdagi mobil aloqa vositalari raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishchi guruhning har bir aʼzosi SMS-xabarnomani olgan vaqtdan boshlab besh kun ichida subsidiya oluvchilarning turar joyiga borgan holda buyurtma haqiqatda bajarilgani va tadbirkorlik subyekti tomonidan “YAMIH” ATga kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻri ekanligini oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganish natijasida buyurtma haqiqatda bajarilgani va tadbirkorlik subyekti tomonidan “YAMIH” ATga kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻri ekanligi tasdiqlansa, Ishchi guruhning har bir aʼzosi “YAMIH” ATda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani maʼqullaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Quyidagi holatlarda buyurtma bajarilmagan deb hisoblanadi va tadbirkorlik subyektiga uning shaxsiy kabineti orqali “YAMIH” AT yordamida Ishchi guruhning rad etish xulosasi boʻyicha xabarnoma yuboriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi yoki Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasidan biriktirilgan masʼul vakillar tomonidan artezian qudugʻi belgilangan talab va shartlar asosida qazilmagan deb xulosa qilinsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishliligi boʻyicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi yoki Xorazm viloyati boshqarmasidan biriktirilgan masʼul vakillar tomonidan ichimlik suvi filtridan olingan suv isteʼmol uchun yaroqsiz deb xulosa qilinsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish maʼqullangani yoki rad etilgani toʻgʻrisidagi xabar “YAMIH” ATga avtomatik ravishda yuboriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya ajratish maʼqullangan taqdirda, buyurtma “ijro etilgan” hamda “toʻlov kutilmoqda” holatiga oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya ajratish rad etilgan taqdirda, buyurtma “ijro etilishi kutilmoqda” holatiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha ajratiladigan subsidiya toʻlovlarini amalga oshirish hamda hisobini yuritish uchun Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boshqarmalarida alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish maʼqullangani toʻgʻrisidagi xabar kelib tushganidan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMIH” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning narxi miqdoridagi, biroq ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan subsidiya miqdoridan koʻp boʻlmagan mablagʻ DMBATga yoʻnaltiriladi. Bunda DMBAT tomonidan tegishli subsidiya tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga buyurtma bajarilgani Ishchi guruh tomonidan tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazish dam olish kuniga yoki bayram yoxud boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kunida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma narxi ajratiladigan subsidiya miqdoridan kam boʻlgan taqdirda, oʻrtadagi ijobiy farq summasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Tadbirkorlik subyektlari ular tomonidan qabul qilingan buyurtmalarni sifatli va belgilangan muddatda bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻrnatilgan suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlariga ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan berilgan kafolat muddati tugagandan soʻng hamda subsidiya oluvchilar tomonidan ziyon yetkazilganda shaxsiy javobgarlik subsidiya oluvchiga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Subsidiya oluvchilar suv nasosi va ichimlik suvi filtridan foydalanish yoʻriqnomasi bilan toʻliq tanishib chiqishi hamda undan foydalanish tartib va qoidalariga rioya qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Subsidiya oluvchilar tomonidan ushbu Nizomga muvofiq ajratilgan subsidiya asosida xarid qilingan suv nasosi va ichimlik suvi filtrini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish yoki sovgʻa qilish hamda sotish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan SMS-xabarnomalarni yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish hamda oʻrnatish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Subsidiya oluvchilarning voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki ularning qonuniy vakillari elektron platformada buyurtma shakllantirish, subsidiya ajratish hamda artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini oʻrnatish boʻyicha tegishli xodimlar va tadbirkorlik subyektlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini sotish hamda oʻrnatish xizmatlarini elektron platforma orqali savdoga chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida avtorizatsiyadan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Tadbirkorlik subyektlari koʻrsatgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va ularning faoliyati tugatilmaganini oʻrganadi hamda oʻrganish natijasiga koʻra Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga kiritadi yoki rad etadi.

3 ish kunida

3-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrlarini sotish va oʻrnatish boʻyicha xizmat va tovarlar hamda ularning narxlarini (qonunchilikda belgilangan hollarda muvofiqlik sertifikati raqami va muddati) realizatsiya qilish uchun elektron savdo platformasiga joylashtiradi.

Real vaqt rejimida

4-bosqich

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Tovarlarning texnik talablarga muvofiqligi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini oʻrganib, elektron platforma orqali savdoga chiqaradi yoki rad etadi.

3 ish kunida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya oluvchilar tomonidan artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha buyurtma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Subsidiya oluvchi (Kambagʻal oila reyestriga kiritilgan oila)

1. Subsidiya oluvchining voyaga yetgan muomalaga layoqatli aʼzosi yoki qonuniy vakili “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT) roʻyxatdan oʻtadi.

Oʻz xohishiga koʻra

2. Elektron platforma orqali artezian qudugʻi qazish, suv nasoslari va ichimlik suvi filtrlarini xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha buyurtma beradi.

“YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtganidan soʻng

2-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Buyurtmani koʻrib chiqib tasdiqlaydi yoki rad etadi.

2. Subsidiya oluvchilar bilan kelishgan holda uning turar joyida artezian qudugʻi qazish va suv nasosi hamda ichimlik suvi filtrini oʻrnatish muddatini belgilaydi.

3. Artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtrini oʻrnatish uchun dastlabki toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisida subsidiya oluvchining “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboradi.

3 ish kunida

3-bosqich

Subsidiya oluvchi

Buyurtma narxining 10 foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni yagona billing tizimi orqali tadbirkorlik subyektining “YAMIH” ATdan roʻyxatdan oʻtishda koʻrsatilgan hisobvaragʻiga elektron shaklda toʻlaydi.

Tadbirkorlik subyektining xabari kelib tushganidan soʻng 2 ish kunida

4-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Artezian qudugʻi qazish va suv nasosi hamda ichimlik suvi filtrini oʻrnatish xizmatini koʻrsatadi.

Buyurtma tasdiqlanganidan soʻng bir oyda

2. Subsidiya oluvchining turar joyida artezian qudugʻi qazilib, suv nasosi va ichimlik suvi filtri oʻrnatilganidan soʻng bu toʻgʻrisida tegishli fotosuratlarni ilova qilgan holda “YAMIH” ATga maʼlumot kiritadi.

Buyurtma bajarilganidan soʻng bir ish kunida

5-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Buyurtmasi bajarilgan subsidiya oluvchi yashaydigan mahalla raisi, tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Xorazm viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boshqarmasidan biriktirilgan masʼul vakillarga (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) elektron tarzda ularning “YAMIH” ATdagi shaxsiy kabinetiga hamda mobil aloqa vositalari raqamiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

Avtomatik ravishda

6-bosqich

Ishchi guruh

1. Subsidiya oluvchining turar joyiga borgan holda buyurtma haqiqatda bajarilgani boʻyicha “YAMIH” ATga kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻri ekanligini oʻrganadi.

2. Oʻrganish yakuni boʻyicha subsidiya ajratishni maʼqullaydi yoki rad etadi.

SMS-xabarnoma olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunida

7-bosqich

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

1. Ishchi guruh tomonidan subsidiya ajratish maʼqullangani toʻgʻrisidagi xabar kelib tushganidan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “YAMIH” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboriladi.

2. Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning narxi miqdoridagi, biroq subsidiya miqdoridan koʻp boʻlmagan mablagʻ “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimiga yoʻnaltiriladi. Bunda “Davlat moliyasini boshqarish” axborot tizimi tomonidan tegishli subsidiya tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga avtomatik tarzda oʻtkaziladi.

Avtomatik ravishda

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim toifadagi oilalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Turar joyida artezian qudugʻi qazish, suv nasosi va ichimlik suvi filtri xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha buyurtma shakllantirish maqsadida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida roʻyxatdan oʻtish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Murojaat qiluvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1.

Familiyasi:

2.

Ismi:

3.

Otasining ismi:

4.

Tugʻilgan sanasi:

5.

Pasport (identifikatsiya ID-karta) seriyasi va raqami:

6.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

7.

Telefon raqami:

8.

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

9.

Hudud nomi:

10.

Tuman (shahar) nomi:

11.

Mahalla fuqarolar yigʻini nomi:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-avgustdagi 515-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 30-martdagi 165-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 61-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 35-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2025-yil 1-martdagi 135-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2025-y., 09/25/515/0733-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)