31.07.2025 yildagi 479-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.07.2025 yildagi 479-son
Date of entry into force
02.08.2025
Hujjat 02.08.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Raqamli kriminalistika tadqiqotlari sohasida mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish sohasi uchun professional kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 22-yanvardagi PQ-17-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish borasida mutaxassislarning malakasini oshirishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar malakasini oshirishning maqsad va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish muassasalarida mutaxassislar malakasini oshirishni tashkil etish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarning bilimini baholash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona reyestrni shakllantirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona reyestrni yuritish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
479-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 479-son qaroriga
1-ILOVA

Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

davlat sud-ekspertiza muassasalari — sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa, shuningdek, tegishli davlat organlari, vazirliklar va idoralar tizimidagi ixtisoslashtirilgan sud-ekspertiza boʻlinmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish muassasalari — raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash yoki ularning malakasini oshirishga ixtisoslashgan Oʻzbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim yoki davlat sud-ekspertiza muassasalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarning malakasini oshirish — raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning raqamli axborot tashuvchi qurilmalar tadqiqoti, kriminalistik ahamiyatga ega boʻlgan raqamli maʼlumotlarni qidirish, aniqlash, toʻplash va qayta ishlash hamda raqamli kriminalistikaning yangi yoʻnalishlari boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasi — kiberjinoyatlarni, shuningdek, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari, axborot texnologiyalari va raqamli axborot tashuvchi vositalardan foydalangan holda jinoyatlarni sodir etish imkonini bergan shart-sharoitlarni oʻrganish, dalillarni toʻplash va kriminalistik tadqiqotlarini oʻtkazish faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasi mutaxassisi (mutaxassis) — tezkor-qidiruv tadbirlari va protsessual harakatlarga mutaxassis sifatida jalb etiladigan, raqamli kriminalistika sohasida zarur bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan hamda bu borada kriminalistika tadqiqotlarini oʻtkazadigan, davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (ishchisi, harbiy xizmatchisi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislarning malakasi har ikki yilda oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mutaxassislarning malakasi malaka oshirish muassasalarining talablariga mos ravishda oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mutaxassislarning malaka oshirish muassasalarida malakasini oshirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim qilinadigan buyurtmaga asosan tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarning malaka oshirish muassasalarida mutaxassislarning malakasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda vazirliklar, idoralar, davlat sud-ekspertiza muassasalari va xorijiy davlatlarning malaka oshirish muassasalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasalarini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan grantlar asosida oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislarni xorijiy davlatlarning malaka oshirish muassasalarida malakasini oshirish uchun yuborish tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mutaxassislarning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mutaxassislarning malakasini oshirish oʻz ixtisosligi boʻyicha kamida bir yillik ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislar uchun tashkil qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Davlat sud-ekspertiza muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasida malaka oshirishi lozim boʻlgan mutaxassislarning ehtiyojini aniqlaydi va tarkibini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishda malaka oshirish muassasalariga tashkiliy-metodik jihatdan koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarining malakasi oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli oshirilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadi va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Raqamli kriminalistika sohasidagi yangi texnologiyalar, ilmiy usullardan foydalanish, ushbu sohadagi milliy qonunchilikdan va xorijiy davlatlarning qonunchiligidan xabardor qilish hamda kasbiy mahoratni doimiy ravishda rivojlantirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻlgan nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalarni muntazam yangilab borish mutaxassislar malakasini oshirishning maqsadi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar mutaxassislarning malakasini oshirish vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish jarayonlarini ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori darajada taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirishning bevosita va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tomonidan zamonaviy multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali oʻzlashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislarning malakasini oshirish jarayonlarining fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini taʼminlash tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Malaka oshirish muassasalarida mutaxassislarning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mutaxassislar malakasini oshirish bevosita va (yoki) bilvosita tashkil etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bevosita malaka oshirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayonida ishtirok etish — oʻquv dasturlariga mos holda yangi nazariy va amaliy bilimlar, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish muassasalarida malakaviy amaliyot (stajirovka) oʻtash — mutaxassislarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va mustahkamlash, maxsus kasbiy koʻnikmalarini shakllantirish hamda raqamli kriminalistika tadqiqotlarini mustaqil bajarish koʻnikmalarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bilvosita malaka oshirish — malaka oshirish muassasalari tomonidan tashkil etiladigan (onlayn) seminar, davra suhbati va konferensiyalarda hamda boshqa shu kabi tadbirlarda ishtirok etish va maʼruzalar qilish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasidagi malaka oshirish muassasalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻqitishning zamonaviy pedagogika uslublari, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, raqamli kriminalistika sohasining turlari boʻyicha tahliliy qobiliyatni va ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan alohida oʻquv rejalari va dasturlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanlarning raqamli kriminalistika sohasida amaliyot bilan bogʻliqligini taʼminlaydi, oʻquv jarayonining amaliy yoʻnaltirilgani, mustaqil taʼlim va oʻquv jarayonini raqamli kriminalistika sohasidagi vazifalarni samarali va puxta bajarishga yoʻnaltirilganini kuchaytiradi, oʻquv jarayoniga raqamli kriminalistika sohasidagi ilgʻor ilmiy-tadqiqotlar natijalari, pedagogika texnologiyalari, mashgʻulotlar oʻtkazishning samarali shakl va uslublarini joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
interfaol oʻqitish shakli va usullarini keng qoʻllashni, ilgʻor amaliy tajribalar asosida axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishni taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda va xorijda ishlab chiqilgan raqamli kriminalistika sohasi fanlariga taalluqli ilmiy, uslubiy va texnik yangiliklar, ilgʻor tajribalarni oʻrganadi hamda oʻquv jarayoniga tatbiq qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar malakasini oshirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganadi va soha boʻyicha tajriba almashishni tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv jarayoniga oid maxsus fanlar boʻyicha adabiyotlarni tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasida tadqiqotlar metodikalarini yanada takomillashtirish, yangi turdagi tadqiqotlarni joriy qilish, oʻquv jarayonini rivojlantirishga oid mavzularda konferensiya, simpozium, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Malaka oshirish muassasalari muntazam ravishda (bir yilda kamida bir marotaba) xorijiy davlatlarning raqamli kriminalistika sohasida yuqori malakaga ega mutaxassislari va yetakchi xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda malaka oshirish kurslarini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xorijiy mutaxassislar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, malaka oshirish muassasalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatini rivojlantirish maqsadida ajratiladigan grantlar asosida jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Mutaxassislar malakasini oshirish jarayonida malakaviy amaliyot oʻtkazilishi nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mutaxassislar malaka oshirish muassasalariga ushbu muassasalar rahbarlarining tegishli buyrugʻi asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Malaka oshirayotgan mutaxassislarning oʻqish davri mobaynida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Malaka oshirish muassasalariga jalb qilingan mutaxassislar oʻquv jarayonidan quyidagi holatlarda chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv intizomi va malaka oshirish muassasalarining ichki tartib-qoidalarini buzganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzrli sabablarsiz 8 akademik soatdan koʻp oʻquv mashgʻulotlarini qoldirganlik uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vafot etganligi sababli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni davom ettira olmagan mutaxassis oʻz arizasiga koʻra oʻquv jarayonidan chetlashtirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablarga koʻra oʻqishni davom ettira olmagan mutaxassisga kelgusida tashkil etiladigan oʻquv guruhlarida oʻqish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Malaka oshirish muassasalariga jalb qilingan mutaxassislarni oʻquv jarayonidan chetlashtirish malaka oshirish muassasalari rahbarlarining tegishli buyrugʻi asosida rasmiylashtiriladi va bu haqida tegishli davlat sud-ekspertiza muassasasiga xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Malaka oshirish muassasalari tomonidan mutaxassislarning malakasini oshirish kamida 36 akademik soat hajmda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bilvosita malaka oshirish muddati oʻquv jarayoni muddatiga mos holda akademik soatlar bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Mutaxassislarning bilimini baholash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻquv jarayoniga jalb qilingan mutaxassislarning bilimi yakuniy nazorat natijasiga koʻra baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish boʻyicha yakuniy nazorat oʻqish davrida olingan nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni aniqlashga qaratilgan ogʻzaki yoki yozma imtihon yoxud suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Malaka oshirish muassasalarida oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan mutaxassislarga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi sertifikat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mutaxassislar xorijiy davlatlarning malaka oshirish muassasalarida malaka oshirganda, ular ushbu muassasaning tegishli hujjatlariga muvofiq malaka oshirgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yakuniy nazoratlardan oʻta olmagan yoki uzrli sabablarga koʻra ularda ishtirok eta olmagan mutaxassisga uning arizasiga binoan uch kun muddatda tegishli yakuniy nazoratni qayta topshirish imkoni beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ushbu Nizomda belgilangan muddatlarda malakasini oshirmagan yoki yakuniy nazoratlardan takroran oʻta olmagan mutaxassislar malaka oshirishdan oʻtmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yakuniy nazoratlardan takroran oʻta olmagan mutaxassislar uch kun ichida malaka oshirish muassasasi rahbari nomiga apellyatsiya tartibida shikoyat bilan murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish tartibi malaka oshirish muassasasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Malaka oshirishdan oʻtmagan mutaxassislar haqidagi maʼlumotnoma malaka oshirish muassasalari tomonidan zarur choralar koʻrish uchun tegishli davlat sud-ekspertiza muassasalariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Raqamli kriminalistika sohasi mutaxassis(lar)ini malaka oshirish kurslariga yuborish boʻyicha buyurtma shakli

Malaka oshirish muassasasi rahbari

________________________ga

(Davlat sud-ekspertiza muassasasi nomi)ning raqamli kriminalistika sohasi mutaxassis(lar)ini malakasi oshirish kurslariga yuborish boʻyicha

BUYURTMASI

Quyidagi mutaxassis(lar)ni raqamli kriminalistika sohasining __________________________

__________________________ yoʻnalishi boʻyicha malakasini oshirishga amaliy yordam koʻrsatishingizni soʻrayman:

T/r

Mutaxassis(lar) F.I.O.

Oliy (yoki oʻrta maxsus) maʼlumoti va ixtisosligi

Raqamli kriminalistika sohasida ish staji

1.

2.

3.

4.

_______________________

______________

__________________________

(rahbar lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli kriminalistika sohasida mutaxassislar malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_________________________________________________________________________________________

(ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim yoki davlat sud-ekspertiza muassasasi nomi)

Raqamli kriminalistika sohasida malaka oshirganligi toʻgʻrisida

SERTIFIKAT

___________

20____ yil “____” __________

____________________

(berilgan joyi)

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

(mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)

20____ yil “_____” ___________dan 20____ yil “_____” ___________gacha soatli

_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ni

(malaka oshirish kursining nomi)

muvaffaqiyatli tamomladi.

Komissiya raisi

____________________

(imzo)

(F.I.O.)

(M.Oʻ.)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 479-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona elektron reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli kriminalistika sohasi mutaxassisi (mutaxassis) — tezkor-qidiruv tadbirlari va protsessual harakatlarga mutaxassis sifatida jalb etiladigan, raqamli kriminalistika sohasida zarur bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan hamda bu borada kriminalistik tadqiqotlarini oʻtkazadigan, davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (ishchisi, harbiy xizmatchisi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikat — Oʻzbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, oliy taʼlim yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarida raqamli kriminalistika sohasi boʻyicha malaka oshirganlik yoxud raqamli ekspertizalarni oʻtkazish boʻyicha kasbiy layoqatni tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona reyestr — raqamli kriminalistika sohasi boʻyicha sertifikat olgan mutaxassis toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan va doimiy yangilanib boriladigan yagona elektron roʻyxat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yagona reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yagona reyestr huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlarining faoliyatida tezkor-qidiruv tadbirlari va protsessual harakatlarga mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin boʻlgan, raqamli kriminalistika sohasida zarur bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan hamda ushbu sohada malaka oshirgan mutaxassislarning yagona roʻyxatini shakllantirish maqsadida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yagona reyestrga davlat sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yagona reyestrga kiritilgan maʼlumotlar davlat sud-ekspertiza muassasalarining raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislarining kasbiy layoqatliligining rasmiy tasdigʻi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yagona reyestrga mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yagona reyestrni shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yagona reyestrga kiritish uchun davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan shakldagi yagona reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi xat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud-ekspertiza muassasasining boʻlinmasi, mutaxassisning ixtisosligi, F.I.O.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim yoʻnalishi va darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisligi boʻyicha ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatning nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy daraja va unvoni toʻgʻrisida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa);
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisning raqamli kriminalistika sohasida erishgan yutuqlari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar;

davlat sud-ekspertiza muassasasining toʻliq nomi, manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yagona reyestrga kiritish uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va toʻliqligiga davlat sud-ekspertiza muassasasi javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Raqamli kriminalistika sohasi mutaxassisi toʻgʻrisidagi maʼlumot taqdim etilgandan soʻng bir ish kunida yagona reyestrga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yagona reyestrga kiritilgan mutaxassisning ish joyi va anketa maʼlumotlari oʻzgargan hollarda, bu haqida bir ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yagona reyestrga oʻzgartirish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yagona reyestrga kiritilgan mutaxassis davlat sud-ekspertiza muassasasidan boʻshatilgan taqdirda, maʼlumot taqdim etilgandan soʻng bir ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yagona reyestrdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yagona reyestrga kiritilgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangilash uchun ular ishlaydigan davlat sud-ekspertiza muassasalariga tegishli soʻrov yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yagona reyestr axborot tizimi davlat sud-ekspertiza muassasalarining axborot tizimlariga integratsiya qilingan taqdirda, har bir davlat sud-ekspertiza muassasalariga yagona reyestrga maʼlumotlarni masofaviy kiritish va ularni oʻzgartirish imkoniyati berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu Nizomning 10 — 12 bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar yagona reyestrga avtomatik tarzda kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yagona reyestrni yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yagona reyestr ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yagona reyestrda raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayd raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiritilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud-ekspertiza muassasasining, boʻlinmasining, mutaxassisning ixtisosligi, F.I.O.;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sertifikatlar rekvizitlari (berilgan joyi va sanasi, yoʻnalishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy daraja va unvoni toʻgʻrisida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat sud-ekspertiza muassasasining toʻliq nomi, manzili va bogʻlanish uchun maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisning raqamli kriminalistika sohasida erishgan yutuqlari haqida qoʻshimcha maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona reyestrdan chiqarilgan sana (chiqarilgan taqdirda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Davlat sud-ekspertiza muassasasining raqamli kriminalistika sohasi mutaxassisi yagona reyestrdan davlat sud-ekspertiza muassasasining xati asosida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yagona reyestrning toʻgʻri yuritilishini va axborot xavfsizligini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yagona reyestrga kiritilgan mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zaruratga koʻra tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov va sud harakatlarini amalga oshiruvchi organ (shaxs)larning soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yagona reyestr tezkor-qidiruv tadbirlari va protsessual harakatlarni amalga oshirish yoki raqamli kriminalistika sohasidagi mutaxassislarni jalb etishni nazarda tutuvchi axborot tizimlariga integratsiya qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli kriminalistika sohasida sertifikatlangan mutaxassislarning yagona reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli kriminalistika sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislarning yagona reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mutaxassisga berilgan qayd raqami

Yagona reyestrga kiritilgan sana

Mutaxassisning F.I.O.

Mutaxassisning sertifikati rekvizitlari

Davlat sud-ekspertiza muassasasiga doir maʼlumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Yagona reyestrdan chiqarilgan sana

1

2

3

4

5

6

7

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2025-y., 09/25/479/0687-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)