04.08.1998 yildagi 331-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.08.1998 yildagi 331-son
Date of entry into force
04.08.1998
Hujjat 04.08.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALKOGOLLI VA TAMAKI MAHSULOTLARINI CHETDAN KELTIRISH, ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH USTIDAN DAVLAT NAZORATINI KUCHAYTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika aholisi manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, alkogolli va tamaki mahsulotlari mamlakat hududiga keltirilishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yil 5-avgustdan boshlab alkogolli va tamaki mahsulotlari transportning barcha turlari bilan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilishiga faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasi bilan ijozat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda besh kun muddatda Alkogolli va tamaki mahsulotlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar, bunda yukning respublika bojxona organlari xodimlari tomonidan kuzatib borilishini nazarda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, alkogolli va tamaki mahsulotlarini erkin muomala (import)ga chiqarish tartibida bojxonada rasmiylashtirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar kelib chiqqan va joʻnatilgan mamlakatda tovar joʻnatishdan oldin majburiy inspeksiya qilingan;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarga Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya stansiyalari laboratoriyalarining sanitariya-gigiyena xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 1998-yil 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olib chiqib ketiladigan xom ashyodan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va ular aylanishi chogʻida barter operatsiyalarini amalga oshirish taʼminlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Aksiz markalari tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo komissiya aksiz markalarini himoya qilishning yangi, shu jumladan golografik yoʻllar qoʻllaniladigan usullarini joriy etgan holda aksiz markalarini muntazam ravishda yangilab turishni amalga joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligiga alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqargan korxonalar tomonidan aksiz soligʻi va boshqa soliqlar qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatidan 3 oy muddatda toʻlanmagan taqdirda alkogolli va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish yoki ularni bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Jinoyat kodeksiga etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlari gʻayriqonuniy keltirilganligi, ishlab chiqarilganligi va aylanishda boʻlganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarning maʼmuriy va jinoiy javobgarligini kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni ikki hafta muddatda kiritsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 4-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
331-son