07.07.2025 yildagi 416-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.07.2025 yildagi 416-son
Date of entry into force
08.07.2025
Hujjat 08.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining nav sinash stansiyalari va uchastkalariga yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi va noanʼanaviy nav hamda duragaylarini jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan zamonaviy usullar va texnologiyalardan foydalangan holda sinash ishlarini tashkil etish, davlat nav sinovi sohasida koʻrsatiladigan xizmatlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) 1-ilovaga muvofiq nav sinash stansiyalari va uchastkalariga tumanlar hokimliklari zaxirasida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijara huquqi asosida ajratish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari Markazning nav sinash stansiyalari va uchastkalariga oʻttiz yil muddatga ijara huquqi asosida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning nav sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratiladigan yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtiriladi hamda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida erishilgan ilmiy natijalar, ilgʻor tajribalar va zamonaviy texnologiyalar sinovdan oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning nav sinash stansiyalari va uchastkalari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda oʻn kun muddatda Markazning nav sinash stansiyalari va uchastkalariga ajratiladigan yer maydonlari boʻyicha ijara shartnomasi tuzilishini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning nav sinash stansiyalari va uchastkalarining yer maydoniga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda Markazning nav sinash stansiyalari va uchastkalarining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 7-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
416-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash markazining nav sinash stansiyalari va uchastkalariga tumanlar hokimliklari zaxirasida boʻlgan yerlar hisobidan ajratiladigan yer maydonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hududlar nomi

Yerdan foydalanuvchi

Yer uchastkasi manzili

Kontur raqami

Jami yer maydoni,

gektar

Shundan:

tuman (shahar) nomi

massiv nomi

sugʻoriladigan yerlar

lalmi yerlar

yaylov yerlar

koʻp yillik daraxtzor

boshqa yerlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Chimboy tuman hokimligi

Chimboy tumani

“Tazgʻara” massivi

37887, 37888, 37893

12,19

11,76

0,43

2.

Jizzax viloyati

Zomin tumani hokimligi

Zomin tumani

“Yangi hayot” massivi

202q

10,0

10,0

3.

Navoiy viloyati

Navbahor tumani hokimligi

Navbahor tumani

“Yangiqoʻrgʻon” massivi

318,319

34,0

34,0

4.

Namangan viloyati

Uchqoʻrgʻon tumani hokimligi

Uchqoʻrgʻon tumani

“Madadkor Hamzaobod” massivi

2071,2082

20,6

20,6

5.

Samarqand viloyati

Urgut tumani hokimligi

Urgut tumani

“Dehqonobod” massivi

573q

4,5

4,5

Nurobod tumani hokimligi

Nurobod tumani

“A. Temur” massivi

1355q, 1364q

17,2

17,2

6.

Sirdaryo viloyati

Guliston tumani hokimligi

Guliston tumani

“Yuksalish” massivi

43

13,3

13,3

7.

Toshkent viloyati

Boʻstonliq tumani hokimligi

Boʻstonliq tumani

“Gʻazalkent” massivi

181q, 188q

1,5

1,5

8.

Xorazm viloyati

Urganch tumani hokimligi

Urganch tumani

“S. Qalandarov” massivi

247

7,7

7,7

Xiva tumani hokimligi

Xiva tumani

“Dashyoq” massivi

706q, 722

7,4

7,4

Jami:

128,39

110,76

17,2

0,43

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi 416-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Markaz direktori qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan uslubiy-qoʻllanmalarni (jumladan, nav originatori yoki muallifi tomonidan yetkazib beriladigan nav va duragaylarning urugʻlik materiallari miqdorini) tasdiqlaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 12-bandning beshinchi xatboshisidagi “2 foizli” soʻzlari “5 foizli” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 27-martdagi 158-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning 2-bandi uchinchi xatboshisidagi “Agrotest.uz” soʻzlari “Navagrotest.uz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandning birinchi xatboshisidagi “Agrotest.uz” soʻzlari “Navagrotest.uz” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“vakolatli organ tomonidan tuzilgan va axborot tizimi orqali yuborilgan taqsimotni olgandan keyin unda belgilangan muddatda qishloq xoʻjaligi ekini nav va duragaylarining sifatli urugʻlik materiallarini yetkazib beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“talabnoma beruvchining urugʻlik materiallarini taqsimotga muvofiq Markazga oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda yetkazib berishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“30. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi ekini navlarini istiqbolli navlar va davlat reyestri roʻyxatidan chiqarish hamda roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabnoma beruvchi vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari navi va duragaylarining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib bermaganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlari nav va duragaylarini sinash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Masʼullar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

1-bosqich

Talabnoma beruvchi (Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti)

1. Qishloq xoʻjaligi ekini navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish maqsadida vakolatli organga “Navagrotest.uz” axborot tizimi orqali talabnomani shakllantiradi va kiritadi.

Ixtiyoriy ravishda (elektron shaxsiy kabinet orqali)

2. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash markazi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.

Talabnomani berish bilan bir vaqtda

2-bosqich

Vakolatli organ

Hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi va qabul qilingan sanani koʻrsatgan holda talabnoma beruvchiga xabarnoma (yoki ekspert baholash tartibini), urugʻlik materiallarini yetkazib berish boʻyicha taqsimot va koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlov shartnomasini axborot tizimida yuboradi.

Hujjatlar qabul qilingandan keyin 5 ish kunida

3-bosqich

Talabnoma beruvchi

Vakolatli organ tomonidan tuzilgan taqsimotga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekini nav va duragaylarining sifatli urugʻlik materiallarini belgilangan muddatda va miqdorda yetkazib beradi.

Taqsimotni olgandan soʻng 10 kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

1. Urugʻlik materiallari tegishli manzilga taqsimotga muvofiq oʻz vaqtida yetkazib berilishini nazorat qiladi hamda sinash ishlarini tashkil etish qoidalari va talablariga muvofiqligini baholaydi.

Har yili qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishdan 10 kun oldin va sinash ishlari davrida

2. Nav sinash stansiyalari va uchastkalaridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining elektron identifikatsiya (kod) raqamini qoʻygan holda xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha kuzatuvlarni olib boradi (yoki ekspert baholash) va maʼlumotlarni axborot tizimida qayd etib boradi.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya davrida

3. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining elektron identifikatsiya (kod) raqami orqali har yilgi hosilidan olingan namunalarda laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi (zarur hollarda, originator tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalaridan foydalaniladi) va axborot tizimiga kiritadi.

Yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olingandan keyin

4. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari yuzasidan takliflarni ularning elektron identifikatsiya (kod) raqami boʻyicha tizimda shakllantiradi va Ekspert komissiyasi aʼzolariga tizim orqali taqdim etadi.

Kamida uch yil va har mavsum yakunida

5. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida oʻzining tegishli qarori loyihasini tizimda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining elektron identifikatsiya (kod) raqamini eʼlon qilgan holda shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.

Ekspert komissiyasi xulosasidan keyin 25 kun muddatda

6. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navini Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, talabgorga talabnoma rad etilganligi haqida tizim orqali xabarnoma yuboradi.

3 kun muddatda

7. Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra qishloq xoʻjaligi ekini navining Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani (yoki maʼlumotnoma) taqdim etadi.

Talabnoma beruvchining talabidan keyin 3 kun muddatda

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun toʻlov
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
STAVKALARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Toʻlovlar kodi

Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar nomi

1 nav yoki duragay uchun stavkalar

(bazaviy hisoblash miqdori)

Toʻlovlar toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etish muddati

mahalliy seleksiya

xorijiy seleksiya

1. Talabnomani qabul qilish

1.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish boʻyicha talabnomani qabul qilish va koʻrib chiqish, sinovga qabul qilinganligi yuzasidan maʼlumotnoma yuborish

1

2

Talabnoma berish bilan bir vaqtda

2. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazishda munosiblik yuzasidan konkurs nav sinovi boʻyicha

2.1.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga topshiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinining 1 ta yangi nav yoki duragayi uchun 1 yillik konkurs navi sinovi xarajatlari (1 ta vegetatsiya davri uchun)

6

10

Talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy muddatgacha

2.2.

Sinash ishlari amalga oshirilayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlari nav yoki duragaylarida xoʻjalik uchun foydali belgilar boʻyicha ekspert baholash sinovini oʻtkazish va dalolatnoma tuzish

5

10

Koʻrib chiqishga talabnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joʻnatilgan sanadan boshlab 3 oy muddatgacha

3. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma berish

3.1.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining nav yoki duragayini roʻyxatdan oʻtkazish

0,5

3

Vakolatli organ qarori tasdiqlangan sanadan boshlab 3 oy muddatda

3.2.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini Davlat reyestrida eʼlon qilish:

a) Davlat reyestri kitobining narxi:

0,3

Sotib olish bilan bir vaqtda

b) Davlat reyestridagi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylari tavsifi kitobining narxi

0,5

3.3.

Talabnomaga asosan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish:

a) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirish va berish

2

3

Vakolatli organ qarori tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy muddatda

b) Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma dublikatini berish

1

1,5

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa — doimiy

4. Davlat reyestrida saqlash uchun toʻlovlar

4.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab amal qilish muddatlari (har yil uchun):

Birinchi yilda Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish, eʼlon qilish va guvohnoma berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat bilan bir vaqtda, keyingi yillarda amal qilish muddati tugagunga qadar — har yili IV chorakda

a) birinchi — uchinchi yillar uchun

0,5

1

b) toʻrtinchi — oʻninchi yillar uchun

1

1,5

v) oʻn birinchi — yigirmanchi yillar uchun

1,5

2

g) keyingi yillarga

2

2,5

5. Oʻzgartirishlar kiritish

5.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining talabnomasiga oʻzgartirish, qoʻshimchalar va aniqliklar kiritish

1

2

Oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni topshirish bilan bir vaqtda

6. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida axborot hamda maʼlumotnomalar taqdim etish

6.1.

Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va sinov holati boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari navi yoki duragayiga maʼlumotnoma taqdim etish

1

2

Talabnoma beruvchining talabiga asosan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazining hisobvaragʻiga tegishli summani oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi hamda toʻlov hujjati bilan tasdiqlanadi. Toʻlangan summaning belgilangan toʻlov miqdoriga muvofiqligi toʻlovni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanada aniqlanadi. Talabnoma beruvchi tomonidan Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berish uchun belgilangan toʻlovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmagan taqdirda, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakat sodir etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabnoma beruvchi belgilangan summani vakolatli organ tomonidan toʻlovni toʻlash toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 3 oy muddatda toʻlash huquqiga ega. Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilganligi va eʼlon qilinganligi uchun toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, ushbu tartibotlar amalga oshirilmaydi. Toʻlovlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat koʻrsatib oʻtilgan 3 oy muddat tugagan kundan boshlab keyingi 3 oy ichida taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi va belgilangan miqdordan ortiq toʻlangan toʻlovlar talabnoma beruvchining talabiga koʻra qaytariladi. Toʻlovlarni qaytarishga oid bank xizmatlari uchun toʻlovlar ushbu toʻlovlarni toʻlagan shaxs hisobidan qoplanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 09/25/416/0588-son)