15.05.1998 yildagi 213-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.05.1998 yildagi 213-son
Date of entry into force
15.05.1998
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDIGA ETIL SPIRTINI OLIB KELISHNI TAQIQLASH TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-avgustdagi 676-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 09/18/676/1780-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini, ichki bozorni, isteʼmolchilar huquqlarini va aholi sogʻligini himoya qilishni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtining gʻayriqonuniy olib kelinishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlansin, tranzit bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-avgustdagi 676-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 09/18/676/1780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti gʻayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali oʻtkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi boj hududiga oziq-ovqat etil spirti olib keltirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-fevraldagi 85-son qarorining 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1998-yil 15-may,

213-son