23.11.2004 yildagi 551-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 23.11.2004 yildagi 551-son
Date of entry into force
23.11.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIZILQUM FOSFORIT RUDASIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fosforli mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni yanada koʻpaytirish, Qizilqum fosforit rudasini boyitish jarayonida fosfor xom ashyosida foydali moddalarni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan Qizilqum fosforitlarining navlarini yuvish texnologiyasi va kimyoviy tarkibi yuzasidan oʻtkazilgan sinovlar natijalari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Injiniring Dobersek GmbX” firmasi (Germaniya) bilan fosforit rudasidan xloridlarni yuvib olish qurilmasini foydalanishga topshirish boʻyicha texnik hujjatlarni ishlab chiqishni, asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar yetkazib berishni, xodimlarni oʻqitishni, shef-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻtkazishni nazarda tutuvchi 9991505,0 yevro summasiga kontrakt tuzilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida xlor miqdori 0,04 foizdan ortiq boʻlmagan yuvilgan foskonsentrat olish, yuvilgan rudada R205 miqdorini 18-19 foizgacha yetkazish, keyinchalik yuqori haroratda kuydirish va R205 miqdorini 30 foizgacha koʻpaytirish orqali konsentratning texnologiya xossalarini yaxshilash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Navoiy kon-metallurgiya kombinati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“OʻzGEOTEXLITI” instituti (Toshkent shahri) bilan birgalikda va “Injiniring Dobersek GmbX” firmasi (Germaniya) ishtirokida yuvish qurilmasini qurish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslashni ikki oy muddatda ishlab chiqsin, uning ekspertizadan oʻtkazilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yilning III choragidan boshlab fosforli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga fosforit xom ashyosi yetkazib berishni taʼminlasin, bunda xlor miqdorining yoʻl qoʻyiladigan standartlar doirasida boʻlishini taʼminlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ammofos ishlab chiqarish uchun — tarkibida 30 foizgacha R205 mavjud boʻlgan 400 ming tonna yuvilgan kuydirilgan foskonsentrat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
superfosfat ishlab chiqarish uchun — tarkibida 18-19 foiz R205 mavjud boʻlgan 200 ming tonna yuvilgan foskonsentrat, 2006-yildan boshlab esa — tarkibida 16-18 foiz R205 mavjud boʻlgan 200 ming tonna fosfor unini qoʻshimcha ravishda yetkazib bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Obyektni loyihalashning normativ muddati davrida qurilish-montaj ishlarini tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash asosida loyiha-smeta ish hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borishga istisno tartibida ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifatining beriladigan loyiha yechimlariga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mahalliy xom ashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompleks dasturini amalga oshirish masalalari boʻyicha Maxsus komissiya (Oʻ.T.Sultonov) fosforit rudasidan xloridlarni yuvib olish qurilmasini qurish loyihasini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan Xom ashyo, komponentlar va sanoat materiallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyxatiga belgilangan tartibda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Navoiy kon-metallurgiya kombinati buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji toʻlovisiz koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishini hamda vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan loyihani tayyorlash va amalga oshirish ishlarida qatnashish uchun keladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish haqini Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha toʻlash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Qizilqum fosforit kompleksini rivojlantirishni va Samarqand kimyo zavodini rekonstruksiya qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 13-martdagi 135-son qarorining 2, 3 va 10-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
551-son