Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.06.1997 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.06.1997 yildagi 329-son
Date of entry into force
27.06.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.02.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TOShKENT ShAHRIDA BIZNES-MARKAZ QURISh VA UNDAN FOYDALANISh BOʻYIChA “DEU — TOShKENT” OʻZBEKISTON — KOREYA QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada xalqaro biznes va turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahar hokimligining “DEU” korporatsiyasi (Janubiy Koreya) ishtirokida Toshkent shahrida Biznes-markaz qurish va undan foydalanish boʻyicha yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklidagi qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 81-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 81-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-fevraldagi 81-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Biznes-markaz qurish va undan foydalanish loyihasini Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qurilish maydonida bojxona boʻlimi tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoʻshma korxona Biznes-markaz majmui qurilishi davrida soliqlar, bojxona poshlinalari va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga koʻra Biznes-markaz qurilishiga jalb qilinadigan “DEU” korporatsiyasi xodimlarining ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan ruxsatnomalar oʻz vaqtida berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi Investitsiyalar bosh boshqarmasining buyurtmanomasiga koʻra qoʻshma korxona va jalb qilinadigan xorijiy sheriklar xizmatchilari va mutaxassislariga koʻp martalik vizalar berilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻshma korxona masalalari yuzasidan ishga keluvchi xorijiy mutaxassislarga vizalarni rasmiylashtirish, respublika hududida yashash va transportning barcha turlarida yurish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 27-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
329-son