26.02.2025 yildagi 574-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qarori, 26.02.2025 yildagi 574-V-son
Date of entry into force
26.02.2025
Hujjat 26.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida qaralib, yoshlarni islohotlar jarayoniga faol jalb etish, ularning gʻoyalari va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtgan davrda Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlari va koʻnikmalarini yuksaltirishga, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etishga, qonunlarni yoshlar orasida targʻib qilish orqali ularning jamiyat hayotiga daxldorligini kuchaytirishga, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan muhim institut sifatida shakllandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu islohotlar jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) aʼzolari munosib ishtirok etdi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalari yuzasidan Yoshlar parlamenti aʼzolari tomonidan koʻplab takliflar tayyorlangan, 2023-2024-yillarda yoshlarning qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan 347 ta seminar, davra suhbati va konferensiya oʻtkazilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining faol va tashabbuskor aʼzolari qator masʼuliyatli lavozimlarga munosib koʻrilgan. Jumladan, ularning 1 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati, 6 nafari xalq deputatlari viloyat va tuman (shahar) Kengashining deputati etib saylangan, 9 nafari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridagi turli lavozimlarga tayinlangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 27-oktabrda mamlakatimiz tarixida ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar aralash saylov tizimi asosida oʻtkazildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda yangi demokratik sharoitda tashkil etilgan Yoshlar parlamenti aʼzolarining faol ishtirokini taʼminlash, ularning samarali faoliyat koʻrsatishiga munosib shart-sharoitlar yaratish hamda Yoshlar parlamentini shakllantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini milliy saylov tizimida roʻy bergan oʻzgarishlarga muvofiqlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Reglamenti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Siyosiy partiyalarga yangi shakllantiriladigan Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun nomzodlarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga taqdim etish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Devoni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti va uning aʼzolari samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida hamda qonun loyihalari muhokamasi boʻyicha oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasini Yoshlar parlamenti aʼzolariga topshiriladigan xizmat guvohnomalari va koʻkrak nishonlari bilan taʼminlash hamda ularning hisobini yuritish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 4-sentabrda qabul qilingan “Qonun ijodkorligi va parlament nazoratini amalga oshirish jarayonida yoshlar ishtirokini yanada faollashtirish toʻgʻrisida”gi 440-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 9, 584-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2749-IV-sonli (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 12, 1305-modda) qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari R. Xakimov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 26-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
574-V-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 26-fevralda qabul qilingan 574-V-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan maslahat organi boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yoshlar parlamenti oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Qonunchilik palatasi va uning Kengashi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda qarorlariga, shuningdek ushbu Nizomga muvofiq tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoshlar parlamenti bir yuz ellik nafar aʼzodan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoshlar parlamenti oʻz faoliyatini Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati davomida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yoshlar parlamenti oʻz logotipiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoshlar parlamentining rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti; qisqartirilgan nomi — Yoshlar parlamenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Molodejniy parlament pri Zakonodatelnoy palate Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Molodejniy parlament;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilidagi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Youth Parliament under the Legislative Chamber of the Oliy Majlis of the Republic of Uzbekistan; qisqartirilgan nomi — Youth Parliament.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Yoshlar parlamentini tuzishdan maqsad, Yoshlar parlamentining asosiy vazifalari va funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yoshlar parlamentini tuzishdan maqsad yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yoshlar parlamentining vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar ishtirokida dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun ijodkorligi masalalari, shuningdek qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari boʻyicha amaliy muhokamalarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoshlar parlamenti oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga oid qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni aniqlaydi va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi yoki uning tegishli qoʻmitasi taklifiga asosan Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni oʻylantirayotgan masalalar yuzasidan ularning ishtirokida muhokamalarni oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzolarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida malaka oshirish kurslari va hamkorlikda turli tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirish maqsadida turli tadbirlarni tashkil etadi va tashabbuslarni ilgari suradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish maqsadida keng targʻibot tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining faoliyati va qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (bundan buyon matnda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya deb yuritiladi) roziligi asosida yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlar parlamentlari huzurida tuzilgan yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarni oʻrnatish choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda Qonunchilik palatasiga, shuningdek Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi roziligi asosida boshqa mutasaddi tashkilotlarga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yoshlar parlamentining va Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yoshlar parlamenti oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi vakolatlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlaridan, taʼlim va ilmiy muassasalardan, boshqa tashkilotlardan Yoshlar parlamentining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan zarur boʻlgan hujjatlar, materiallar va maʼlumotlarni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi bilan kelishgan holda soʻrash hamda olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi yoki uning Kengashi majlisida Qonunchilik palatasining Spikeri yoki uning oʻrinbosarlari roziligi bilan, Qonunchilik palatasining qoʻmitalari, komissiyalari, Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining majlislarida esa tegishincha qoʻmita, komissiya, fraksiya raisining roziligi bilan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining kutubxonasidan, taʼlim va ilmiy muassasalarning, markazlarning elektron maʼlumotlar bazalaridan, axborot-kutubxona resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunlar loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash, tadbirlar oʻtkazish hamda Yoshlar parlamentining vakolatiga kiruvchi boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun olimlar, mutaxassislar orasidan ishchi guruhlar tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yoshlar parlamenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga koʻmaklashish maqsadida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentini shakllantirish jarayonini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzodning mazkur Nizomning 13 va 14-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi masalasini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni Yoshlar parlamenti aʼzoligiga tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatini mazkur Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatish masalasini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolati muddatidan ilgari tugatilganda boʻshab qolgan aʼzolik oʻrnini toʻldirish boʻyicha oʻn ish kuni ichida tegishli siyosiy partiyaga yangi nomzodni tavsiya etilishini maʼlum qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti logotipi, aʼzolarining koʻkrak nishoni hamda belgilangan shakldagi guvohnomasini tasdiqlaydi va topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yoshlar parlamentining tarkibini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yoshlar parlamentining tarkibi yangi saylangan Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilganidan keyin uch oy ichida shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan Yoshlar parlamentining tarkibini shakllantirish jarayoniga Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi kabi yoshlar siyosatiga masʼul boʻlgan davlat va nodavlat tashkilotlar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun nomzodlar siyosiy partiyalarning respublika organi tomonidan turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan tashabbuskor, yuksak maʼnaviyatli, davlat va jamiyat qurilishi sohasida yetarli bilimga ega, oʻz ortidan tengdoshlarini ergashtira oladigan, liderlik qobiliyatiga ega, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va oʻttiz yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar tomonidan jami bir yuz ellik nafar nomzod Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun tavsiya etiladi. Bunda siyosiy partiyalar Yoshlar parlamenti aʼzoligi uchun yetmish besh nafar nomzodni Qonunchilik palatasiga bir mandatli saylov okruglaridan saylangan deputatning saylov okrugidan, qolgan yetmish besh nafar nomzodni yagona saylov okrugidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar soniga muvofiq holda koʻrsatadi va yangi saylangan Qonunchilik palatasining birinchi majlisi oʻtkazilgandan soʻng ikki oydan kechiktirmasdan Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish hamda tasdiqlash uchun tavsiya etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasining deputati, Senat aʼzosi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashamagan fuqarolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qoʻmitasining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzodning mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelishi masalasini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Nomzodlar mazkur nizom talablariga muvofiq kelmagan taqdirda Yoshlar masalalari komissiya tomonidan Yoshlar parlamenti aʼzoligiga nomzod sifatida roʻyxatga olinishi rad etiladi va bu haqida siyosiy partiyaga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yangi nomzodlar siyosiy partiya tomonidan oʻn ish kuni ichida qayta tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yoshlar parlamenti aʼzolari Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolati muddatidan ilgari tugatilganda bu haqida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya oʻn ish kuni ichida tegishli siyosiy partiyaga yozma ravishda maʼlum qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiya tomonidan Yoshlar parlamentining boʻshab qolgan aʼzolik oʻrniga nomzod tavsiya etish va uni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan tasdiqlash mazkur nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yoshlar parlamentining faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yoshlar parlamenti faoliyatining tashkiliy shakli uning qoida tariqasida, yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladigan majlislaridir. Yoshlar parlamenti majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlislarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi Yoshlar parlamentining Reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yoshlar parlamenti kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek Yoshlar parlamentining ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qarorlari Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yoshlar parlamenti oʻz tarkibidan Yoshlar parlamentining Raisini va uning oʻrinbosarlarini aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Yoshlar parlamentining vakolatlari muddatiga saylaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisining olti nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Yoshlar parlamenti Raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;

Yoshlar parlamenti qoʻmitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;

Yoshlar parlamenti qoʻmitalariga vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti tomonidan ishlab chiqilgan va maʼqullangan yoshlarga oid takliflarni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi;

Yoshlar parlamentining xalqaro aloqalar boʻyicha taraflar bilan oʻzaro kelishgan holda hamkorlikka kirishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish yuzasidan takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti va Yoshlar parlamenti Kengashining qarorlarini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;

oʻz vakolatlari doirasida boshqa masalalarni hal etadi.

Yoshlar parlamentining Raisi oʻz vazifasini bajarish davrida Yoshlar parlamentidagi siyosiy partiya guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarligiga nomzod koʻrsatish va saylash tartibi Yoshlar parlamentining Reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentida tuzilgan siyosiy partiyaning guruhi oʻz vakili Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.

Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarini saylash uchun siyosiy partiya guruhlari, qoida tariqasida, oʻz guruhining rahbari nomzodini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Yoshlar parlamenti Raisining bir nafar oʻrinbosari oʻz vazifasini bajarish davrida Yoshlar parlamentidagi siyosiy partiya guruhi tarkibiga kirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari Yoshlar parlamenti Raisining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yoshlar parlamenti Raisi yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifalarini Yoshlar parlamenti Raisining siyosiy partiya guruhi aʼzosi boʻlmagan oʻrinbosari, u yoʻqligida esa Yoshlar parlamenti Raisining boshqa oʻrinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yoshlar parlamentining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Yoshlar parlamenti Kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Kengashining tarkibiga Yoshlar parlamentining Raisi, uning oʻrinbosarlari, Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining raislari, Yoshlar parlamenti kotibi va matbuot kotibi kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yoshlar parlamentining Kengashi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;

Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining ishini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar masalasiga oid takliflar loyihasini Yoshlar parlamenti koʻrib chiqishi yoki uni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitaning xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;

qoʻmita raisining bildirishnomasiga asosan Yoshlar parlamentining faoliyatida muntazam ravishda ishtirok etmagan aʼzoning faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish, shu jumladan uni chaqirib olish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha tegishli siyosiy partiyaga taqdimnoma kiritadi;

Yoshlar parlamenti aʼzosining ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;

Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻlik boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining Kengashi oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Kengashiga Yoshlar parlamenti Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yoshlar parlamenti tomonidan uning aʼzolari orasidan Yoshlar parlamentining vakolatlari muddatiga qoʻmita raisi, uning oʻrinbosarlari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi va uning siyosiy partiya guruhi aʼzosi boʻlmagan oʻrinbosari qoʻmitalarning tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yoshlar parlamentida quyidagi qoʻmitalar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari qoʻmitasi;

Yoshlar bandligi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;

Innovatsion rivojlanish, sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi;

Yoshlar tadbirkorligi, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;

Fan, taʼlim, madaniyat, turizm va sport masalalari qoʻmitasi;

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi;

Xalqaro ishlar va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari qoʻmitasi;

Fuqarolik jamiyati va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi.

Yoshlar parlamenti qoʻmitasining raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Yoshlar parlamenti qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining faoliyati tartibi Yoshlar parlamentining Reglamentida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yoshlar parlamentidagi siyosiy partiyalar guruhlari siyosiy partiyadan koʻrsatiladigan aʼzolar tomonidan siyosiy partiyalarning manfaatlarini Yoshlar parlamentida ifodalash maqsadida tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosining siyosiy partiya guruhiga kirishi toʻgʻrisidagi qaror ularning majlislarida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyadan koʻrsatilgan va Yoshlar parlamentiga saylangan aʼzo faqat shu siyosiy partiya guruhining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yoshlar parlamentining kotibi va matbuot kotibi Yoshlar parlamenti aʼzolari orasidan Yoshlar parlamenti Raisi tavsiyasiga koʻra Yoshlar parlamentining birinchi majlisida saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yoshlar parlamentining kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisi bayonnomalarini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushgan hujjatlarni roʻyxatga oladi, Yoshlar parlamenti hujjatlarining saqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlis bayonnomalari ijrosini monitoring qilib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti tomonidan yuborilgan takliflarni umumlashtiradi, tahlil qiladi va Yoshlar parlamenti raisiga axborot kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Yoshlar parlamentining matbuot kotibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali, shuningdek matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʻli bilan muntazam, toʻliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati haqida axborot beradi va uni yoritish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini oʻrganadi, takliflar ishlab chiqadi va ular haqida Yoshlar parlamenti Raisiga axborot berib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ommaviy axborot vositalarida Yoshlar parlamenti aʼzolarining chiqishlarini muntazam tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining faoliyatiga aloqador matnli, foto-audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yangilab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yoshlar parlamentining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Qonunchilik palatasi uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yoshlar parlamenti aʼzosining maqomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yoshlar parlamentining aʼzosi faoliyatida oʻzini nomzod sifatida koʻrsatgan siyosiy partiya va Yoshlar parlamentiga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosi oʻz vakolatlarini ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ajralmagan holda jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Yoshlar parlamentining aʼzosiga Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tomonidan guvohnoma va koʻkrak nishoni beriladi. Yoshlar parlamentining aʼzosi guvohnoma va koʻkrak nishonidan oʻz vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda (bundan Yoshlar parlamenti aʼzosi vafot etgan hollar mustasno) guvohnoma va koʻkrak nishoni oʻn kundan kechiktirmay Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiyaga qaytarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yoshlar parlamenti aʼzosi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qoʻmitalariga saylanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisida koʻrib chiqilishi uchun masalalar taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritish va mulohazalar bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti tomonidan saylanadigan shaxslarning nomzodlari boʻyicha fikrlar bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisidagi munozaralarda ishtirok etish, maʼruzachi va raislik qiluvchiga savollar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz takliflarini asoslab berish uchun soʻzga chiqish va ovoz berish sabablari yuzasidan izoh berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchiga majlisda muhokama etilayotgan masala yuzasidan oʻz nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar parlamenti tarkibidagi oʻzi aʼzo boʻlgan Qoʻmitaning qaroriga qoʻshilmagan taqdirda oʻz nuqtai nazarini Yoshlar parlamentining majlisida bayon etish yoki bu haqda Yoshlar parlamenti Raisiga yozma ravishda maʼlum qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi yoki uning tegishli qoʻmitasi taklifiga asosan Qonunchilik palatasining nazorat-tahlil tadbirlarida ishtirok etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining aʼzosi tegishli majlislarda koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar boʻyicha ovoz berish huquqidan foydalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari boshqa shaxsga topshirilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yoshlar parlamenti aʼzosining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonun hujjatlariga, ushbu Nizom talablariga toʻliq rioya qilish, shuningdek Yoshlar parlamentining qarorlarini bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining asosiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining majlislarida hamda qoʻmita tarkibiga saylangan boʻlsa, shu qoʻmitaning majlislarida qatnashish, ovoz berishda Yoshlar parlamenti Reglamentida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining majlislarida hamda qoʻmita majlisida ishtirok etish imkoni boʻlmagan taqdirda, bu haqida qoʻmita raisini oldindan xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining yoshlar oʻrtasida va jamiyatda taʼsir kuchi hamda obroʻsini oshirishga hissasini qoʻshish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining faoliyatini targʻib qilish va qoʻllab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi koʻnikmalarini shakllantirishni targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining barcha tadbirlarida, dasturlarida va loyihalarida faol ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining oldiga qoʻyilgan vazifalarni mustaqil hal etishda Yoshlar parlamenti Raisi bilan kelishish va bu faoliyat haqida xabardor qilib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida yozma ariza bergan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u qonunga koʻra Yoshlar parlamenti vakolatlarini amalga oshirishiga nomuvofiq boʻlgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud uni muomalaga layoqatsiz deb topgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u vafot etgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti tarqatib yuborilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti faoliyati tugatilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
siyosiy partiya tomonidan chaqirib olingan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda Yoshlar parlamenti aʼzosining vakolatlari Yoshlar parlamentining qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosi degan yuksak nomga dogʻ tushiruvchi xulq-atvor bunday masalani koʻrib chiqish uchun asos boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Qonunchilik palatasining Spikeri, uning oʻrinbosarlari, tegishli siyosiy partiya raisi tomonidan Yoshlar parlamenti aʼzolariga tavsifnomalar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yoshlar parlamenti Yoshlar masalalari boʻyicha Komissiyaning qarori bilan tarqatib yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Yoshlar parlamentini qayta tashkil etish va tugatish Qonunchilik palatasi Kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2025-yil 26-fevralda qabul qilingan 574-V-sonli qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamenti

І BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Reglamenti (bundan buyon matnda Reglament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) majlislarini oʻtkazish, Yoshlar parlamenti organlarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi va Yoshlar parlamentining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq ichki tartib-qoidalariga doir boshqa masalalarni tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Yoshlar parlamenti bir yuz ellik nafar aʼzodan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Yoshlar parlamentining faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Yoshlar parlamentining aʼzosi bir paytning oʻzida Qonunchilik palatasining deputati, Senati aʼzosi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputati boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II BLIM. YOSHLAR PARLAMENTINING BIRINCHI MAJLISI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Yoshlar parlamentining birinchi majlisi Yoshlar parlamenti shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi (bundan buyon matnda Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya deb yuritiladi) tomonidan chaqiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining birinchi majlisini Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasining Raisi ochadi va Yoshlar parlamentining Raisi saylanguniga qadar unda raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yoshlar parlamenti birinchi majlisni, qoida tariqasida, quyidagi kun tartibi bilan oʻtkazadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya raisining Yoshlar parlamentini shakllantirish toʻgʻrisidagi axboroti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Yoshlar parlamenti Raisini saylash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlarini saylash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Yoshlar parlamentining qoʻmitalarini (bundan buyon matnda qoʻmitalar deb yuritiladi) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) qoʻmitalar raislarini, ularning oʻrinbosarlarini hamda aʼzolarini saylash. Yoshlar parlamentining birinchi majlisida Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar ham koʻrib chiqilishi mumkin, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III BLIM. YOSHLAR PARLAMENTINING VAKOLATLI SHAXSLARINI SAYLASH VA ORGANLARINI SHAKLLANTIRISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Yoshlar parlamenti Raisi, uning oʻrinbosarlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yoshlar parlamenti Raisining lavozimiga nomzod Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yoshlar parlamenti Raisining olti nafar oʻrinbosari boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentida tuzilgan siyosiy partiyaning guruhi oʻz vakili Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huquqqa ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarini saylash uchun siyosiy partiya guruhlari, qoida tariqasida, oʻz guruhi rahbarining nomzodini kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi oʻrinbosarlarining lavozimlariga nomzodlar Yoshlar parlamentining Raisi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Yoshlar parlamenti Raisi bir nafar oʻrinbosarining nomzodi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya bilan kelishilgan holda, Yoshlar parlamenti Raisi qolgan oʻrinbosarlarining nomzodlari esa siyosiy partiya guruhlarining ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq kiritgan taklifi asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar aʼzolarning savollariga javob berishi uchun oʻttiz daqiqagacha vaqt ajratiladi. Yoshlar parlamenti majlisida nomzodni muhokama qilish uchun 20 daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlarni muhokama qilish ajratilgan vaqt tugagach yoki aʼzolarning taklifiga binoan Yoshlar parlamentining qarori bilan toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga koʻrsatilgan nomzodlar yashirin ovoz berish roʻyxatiga kiritiladi. Yoshlar parlamentining Raisi va uning oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Yoshlar parlamentining vakolati muddatiga saylanadi. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlarini saylash paytidagi yashirin ovoz berish usulini Yoshlar parlamenti belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi ovoz berish boshlanganligini eʼlon qilgandan keyin hech kim ovoz berishni boʻlib qoʻyishi mumkin emas. Ovoz berish boshlanganidan to uning natijalari eʼlon qilinguniga qadar hech kimga soʻz berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ovoz berishni oʻtkazish vaqtida ovoz berish tartib-taomili buzilgan yoki uni oʻtkazish chogʻida toʻsiqlar yuzaga kelgan boʻlsa, muhokama qilinmasdan darhol takroriy ovoz berish oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Nomzodlar, agar ular yashirin ovoz berish natijasida aʼzolar umumiy sonining yarmidan koʻp ovozini olgan boʻlsa, tegishincha Yoshlar parlamentining Raisi va uning oʻrinbosarlari etib saylangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar aʼzolar ovozlarining zarur sonini toʻplamagan boʻlsa, Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga takroriy saylov oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari lavozimiga takroriy saylov ushbu Reglamentning 8 — 12-bandlariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yoshlar parlamenti Raisi va uning oʻrinbosarlari saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, uni Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi saylangandan keyin Yoshlar parlamentining bundan keyingi majlisini Yoshlar parlamentining Raisi olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yoshlar parlamenti Raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining va Yoshlar parlamenti Kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmitalar va Yoshlar parlamenti komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmitalarga vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti tomonidan ishlab chiqilgan va maʼqullangan yoshlarga oid takliflarni Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining xalqaro aloqalari boʻyicha taraflar bilan oʻzaro kelishgan holda hamkorlikka kirishadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish boʻyicha takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti va Kengash qarorlarini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz vakolatlari doirasida boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yoshlar parlamenti Raisi yashirin ovoz berish orqali aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Yoshlar parlamenti qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala aʼzolar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat aʼzolar guruhining taklifiga binoan Yoshlar parlamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda majlisga Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlaridan biri raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Yoshlar parlamenti Raisining boʻsh lavozimiga nomzod koʻrsatish va uni saylash ushbu Reglamentning 7 — 12-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari Yoshlar parlamenti Raisining topshirigʻiga binoan uning ayrim vazifalarini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda uning vazifalarini Yoshlar parlamenti Raisining siyosiy partiya guruhi aʼzosi boʻlmagan oʻrinbosari, u yoʻqligida esa Yoshlar parlamenti Raisining boshqa oʻrinbosarlaridan biri bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilingan Yoshlar parlamenti qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala aʼzolar umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat aʼzolar guruhining taklifiga binoan Yoshlar parlamenti tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisining oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Yoshlar parlamenti Raisi tomonidan ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti Raisi oʻrinbosarlarini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qarorni Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Yoshlar parlamenti Raisi qoʻmitalarning tarkibiga saylanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kengash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yoshlar parlamenti faoliyatini samarali tashkil etish, qoʻmitalar ishini muvofiqlashtirib borish, qaror loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish maqsadida Yoshlar parlamenti Kengashi (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning tarkibiga Yoshlar parlamentining Raisi, uning oʻrinbosarlari, qoʻmitalarning raislari, kotibi hamda matbuot kotibi kiradi. Kengashga Yoshlar parlamenti Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Kengash Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida zaruratga qarab toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislarini Yoshlar parlamenti Raisi, u yoʻqligida yoki oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda esa uning oʻrinbosarlaridan biri chaqiradi va olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kengash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmitalarning ishini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar masalasiga oid takliflar loyihasini Yoshlar parlamenti koʻrib chiqishi yoki uni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisida qaror loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul boʻlgan qoʻmitaning xulosasiga koʻra qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmita raisining bildirishnomasiga asosan Yoshlar parlamentining faoliyatida muntazam ravishda ishtirok etmagan aʼzoning faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish, shu jumladan uni chaqirib olish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha tegishli siyosiy partiyaga taqdimnoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzosining ishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashga Yoshlar parlamenti Raisi rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kengash qarorlarining loyihalari va uning majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan boshqa hujjatlar Kengashga, qoida tariqasida, uning majlisi boshlanishidan kamida uch kun oldin kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tarkibiga kiruvchi shaxslarga, shuningdek uning majlislarida ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga majlisda koʻrib chiqish moʻljallanayotgan masalalar haqida oldindan xabar qilinadi va zarur materiallar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash bayonnomasi tuziladi va majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tomonidan koʻrib chiqilgan masalalar va u qabul qilgan qarorlar haqida aʼzolarga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qoʻmitalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yoshlar parlamenti muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, Yoshlar parlamenti tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun Yoshlar parlamentining vakolatlari muddatiga Yoshlar parlamenti aʼzolari orasidan rais, uning oʻrinbosari va aʼzolardan iborat tarkibda qoʻmitalar saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yoshlar parlamentida quyidagi qoʻmitalar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar bandligi, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Innovatsion rivojlanish, sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar tadbirkorligi, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan, taʼlim, madaniyat, turizm va sport masalalari qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro ishlar va yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqarolik jamiyati va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari lavozimiga nomzodlar Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari va qoʻmita aʼzolari Yoshlar parlamenti majlisida aʼzolar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita raisi, uning oʻrinbosari, shuningdek qoʻmita aʼzolari saylangani toʻgʻrisida Yoshlar parlamenti qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitalarning barcha aʼzolari teng huquqlardan foydalanadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Qoʻmita raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmita ish rejasi loyihasi tayyorlanishini tashkil etadi va qoʻmitaning tasdiqlangan ish rejasi bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi, qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga qoʻmita faoliyati bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlarining ishida qatnashish, shuningdek qoʻmitaning boshqa topshiriqlarini bajarish uchun qoʻmita aʼzolarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillarini qoʻmita ishida qatnashishga taklif etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti, Kengash majlislarida qoʻmita nomidan ish koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmita qarorlarining bajarilishiga doir ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentiga, Kengashga va Yoshlar parlamenti Raisiga ularning topshiriqlari bajarilishi yuzasidan axborot beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻmitaning qarorlari bajarilganligi va uning tavsiyalari koʻrib chiqilganligi haqida qoʻmita aʼzolariga axborot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Qoʻmita raisining oʻrinbosari qoʻmita raisining topshirigʻiga koʻra uning ayrim vazifalarini bajaradi hamda rais yoʻqligida yoki u oʻz vazifalarini amalga oshirishi mumkin boʻlmagan hollarda qoʻmita raisi vazifasini bajarib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qoʻmitalar ishni oʻz rejalariga, shuningdek Yoshlar parlamenti, uning Raisi va Kengash topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitalar Yoshlar parlamenti oldida masʼul va unga hisobdordir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Qoʻmitalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tashabbusi bilan yoki Yoshlar parlamentining topshirigʻiga binoan oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan Yoshlar parlamentining qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror loyihalarining dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini va ularni Yoshlar parlamentida koʻrib chiqishga tayyorlashni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorlarning loyihalari yuzasidan xulosalar beradi, qaror loyihasini Yoshlar parlamentining majlisi kun tartibiga kiritish, uning ustida ishlashni davom ettirish yoki asoslantirilgan holda ularni rad etish toʻgʻrisida Kengashga takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining topshirigʻiga yoki Kengashning tavsiyasiga binoan muayyan qaror loyihasi yoki Yoshlar parlamenti vakolatlariga kiradigan boshqa masala yuzasidan masʼul boʻladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiritilgan qaror loyihasiga taalluqli masalalar yuzasidan tashabbuskorlarning fikrlarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kiritilgan Yoshlar parlamenti qarorlari loyihalari matniga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Qoʻmitalarning majlislari Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita majlisini uning raisi oʻz tashabbusi bilan yoki qoʻmita aʼzolari umumiy sonidan kamida yarmining tashabbusi bilan chaqiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita majlisi haqida uning raisi, qoida tariqasida, kamida ikki kun oldin qoʻmita aʼzolariga xabar beradi, shuningdek majlisning boshqa qatnashchilarini oldindan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitalarning majlislari, agar ularda qoʻmita aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita majlisini qoʻmita raisi olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yoshlar parlamenti aʼzosi oʻzi aʼzo boʻlgan qoʻmita majlislarida hozir boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmita majlisida hozir boʻlish imkoniyati boʻlmagan taqdirda aʼzo qoʻmita raisini oldindan xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻmitalarning majlislariga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar, olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, matbuot organlarining, televideniye, radio hamda boshqa ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qoʻmitalar koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi. Qoʻmita qarorini uning majlisida raislik qiluvchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOʻLIM. YOSHLAR PARLAMENTI VA UNING KENGASHI MAJLISLARINI OʻTKAZISH TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Yoshlar parlamenti faoliyatining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab, lekin yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladigan majlislaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlislari, agar ularning ishida Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining navbatdan tashqari majlisi Yoshlar parlamenti Raisi taklifiga binoan yoki Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yoshlar parlamenti majlislari videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarda Yoshlar parlamentining qarorlari ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan majlislarida qatnashayotgan aʼzolarning sonini belgilash, ochiq ovoz berish natijalarini sanab chiqish va ovoz berish natijalarini aniqlash maqsadida Yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat sanoq komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kengash Yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida toʻplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash majlislari yoshlar parlamenti majlislari oraligʻida zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Yoshlar parlamenti majlisida koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan masalalar ularni koʻrib chiqish navbati, Yoshlar parlamentining har bir masalani koʻrib chiqishga tayyorlash uchun masʼul boʻlgan qoʻmitalari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar), shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan holda majlis kun tartibi loyihasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisi kun tartibining loyihasi Kengash tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti aʼzolari Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi loyihasiga kiritilgan masalalar toʻgʻrisida oldindan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibi Yoshlar parlamenti qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Yoshlar parlamenti majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yoshlar parlamenti majlislarida ish yuritish davlat tilida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Yoshlar parlamenti majlisida qilinadigan maʼruzalar va qoʻshimcha maʼruzalarning hamda soʻzlanadigan yakunlovchi soʻzning muddati raislik qiluvchi tomonidan maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqadiganlar) bilan kelishilgan holda, qoida tariqasida, maʼruzalar uchun oʻttiz daqiqagacha, qoʻshimcha maʼruzalar uchun yigirma daqiqagacha va yakunlovchi soʻz uchun oʻn besh daqiqagacha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muzokaralarda soʻzga chiquvchilar uchun oʻn daqiqagacha vaqt beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muzokaralarda takroriy soʻzga chiqish uchun, shuningdek majlisning olib borilishi tartibi yuzasidan, ovoz berish sabablari boʻyicha, nomzodlar yuzasidan soʻzga chiqish, savollar, takliflar, xabarlar va maʼlumotlar berish uchun uch daqiqagacha vaqt ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi majlisda hozir boʻlgan Yoshlar parlamenti aʼzolarning koʻpchiligi roziligi bilan Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibidagi masala muhokamasining umumiy muddatini, savol-javoblarga ajratiladigan vaqtni belgilashi, soʻzlash vaqtini uzaytirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlislarida Yoshlar parlamenti aʼzosi bitta masala yuzasidan muzokaralarda koʻpi bilan ikki marta soʻzga chiqishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maʼruzachi va qoʻshimcha maʼruza bilan soʻzga chiqqan shaxs muzokaralarni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin yakunlovchi soʻzga chiqish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar soʻzga chiqqan Yoshlar parlamenti aʼzosi soʻzlash uchun ajratilgan muddatga rioya qilmasa yoki muhokama etilayotgandan boshqa masala yuzasidan fikr bildirsa boʻlsa, Yoshlar parlamenti majlisida raislik qiluvchi bir marta ogohlantirganidan keyin uni soʻzlash huquqidan mahrum etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Yoshlar parlamentining majlislari, qoida tariqasida, ish kunlari soat 10.00 dan 13.00 gacha va (tanaffusdan keyin) soat 15.00 dan 18.00 gacha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti qarori bilan Yoshlar parlamenti majlislarini boshlash va yakunlashning hamda tanaffus qilishning boshqa vaqti belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOʻLIM. YOSHLAR PARLAMENTI QARORLARINI KOʻRIB CHIQISH VA QABUL QILISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Yoshlar parlamenti kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek Yoshlar parlamentining ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror loyihasi Yoshlar parlamentiga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Yoshlar parlamenti Raisi qaror loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Yoshlar parlamenti majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamenti majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Yoshlar parlamenti qarori qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Yoshlar parlamentining qarorlari tavsiyaviy xarakterga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining qarorlarida yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishga, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etishga va yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga doir tavsiyalar koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar parlamentining qarorlari Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya bilan kelishilgan holda davlat organlariga va tashkilotlariga yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari Yoshlar parlamentining qarorlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha Yoshlar parlamentini yozma ravishda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ushbu Reglamentga oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining qaroriga asosan kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Yoshlar parlamentining ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan majlislarini oʻtkazish tartib-taomillari Yoshlar parlamenti majlisida Yoshlar parlamenti aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qabul qilingan kundan eʼtiboran amal qiladi.