25.03.2025 yildagi O‘RQ-1050-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 25.03.2025 yildagi O‘RQ-1050-son
Date of entry into force
27.06.2025
Hujjat 27.06.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Seysmik xavfsizlikni taʼminlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 11-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda shaharsozlik sohasini takomillashtirish va shaharsozlik faoliyati obyektlarining seysmik xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga keyingi vaqtlarda dunyoning turli mamlakatlarida sodir boʻlayotgan kuchli zilzilalar natijasida yetkazilayotgan zararlar koʻlami mamlakatimizda seysmik xavfsizlikni taʼminlashga hamda binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishini talab etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, binolar va inshootlarni qurishni hamda taʼmirlashni amalga oshiruvchi tashkilotlarning masʼuliyatini oshirish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalarini buzgan holda loyihalashtirganlik, rekonstruksiya qilganlik va qurganlik uchun javobgarlik yuzaga kelishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Bunda jinoiy javobgarlik aybdor shaxslar ushbu huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortib boʻlinganidan keyin yuzaga keladi. Odam oʻlishiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlgan tarzda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek qonunchilikni buzgan holda, koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq jinoyatni birinchi marta sodir etgan hamda amalga oshirilgan oʻzgartirish yoki buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan shaxs javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini amalga oshirish doirasida beriladigan koʻrsatmalarini buyurtmachilar tomonidan bajarmaganlik, shuningdek obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurganlik uchun javobgarlikni belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda. Shuningdek shaharsozlik sohasidagi qoidabuzarliklar uchun solinadigan jarimalar miqdorlarini koʻpaytirish nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda mazkur vazirlik huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan koʻrib chiqiladigan maʼmuriy ishlarning taalluqliligi aniqlashtirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan obyektlardan foydalanishga doir ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatning nomi oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun qurilishlar sifatini oshirishga, binolar va inshootlar qonunga xilof ravishda qurilishining oldini olishga hamda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda) 2293-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2293-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasiz qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining qoʻriqlanadigan tegralarida, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan oʻzining tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida moddiy madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki buzish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlar odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 345-moddaning ikkinchi qismidagi “2294” raqami “moddalarida, 2293-moddasi oltinchi qismida, 2294” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3812-modda birinchi qismining 1-bandidagi “2293-moddalarida” degan soʻzlar “moddalarida, 2293-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 99-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“99-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalash, qurilish-montaj ishlari bajarilayotganda talablarni buzish, shuningdek qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hamda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining koʻrsatmalarini bajarishdan qasddan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik (bundan 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan yashash uchun moʻljallanmagan joylar hamda ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joy qurilish obyektlari mustasno), —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha tashkiloti tomonidan buyurtmachiga qurilish-montaj ishlari davomida loyihaga muvofiq beriladigan majburiy koʻrsatmalarni toʻliq bajarmaslik, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binokorlik materiallarini, konstruksiyalarini va buyumlarini ishlab chiqarishda texnik reglamentlar talablarini buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilishi tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish qoidalarini buzish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hamda yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obyektlarni ekspert tashkilotlarning shaharsozlik hujjatlariga doir ijobiy xulosasisiz qurish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 159-modda uchinchi qismining sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “163, 1631” raqamlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “601, 65, 68, 681, 851, 99-moddalarida (qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uylardan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida)” degan soʻzlar “601, 65, 68, 681, 851-moddalarida, 99-moddasining birinchi — yettinchi, toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 1631-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 261-moddaning birinchi qismidagi “1631-moddasida (bundan uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni kanalizatsiya tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish mustasno)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 2664-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2664-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish mustasno), 101-moddasida (koʻp kvartirali uylarning issiqlik taʼminotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi va uchinchi qismlarida, 163, 1631 va 1632-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 2665-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 2682-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2682-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati boʻlinmasi boshligʻi haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 2-ilovaning 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

33.

Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi hamda ulardan foydalanishga doir ruxsatnoma

Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari, tumanlar (shaharlar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 4-ilova II boʻlimining 33-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

33.

Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi hamda ulardan foydalanishga doir ruxsatnoma

100

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 25-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1050-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 03/25/1050/0276-son)