11.03.2025 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.03.2025 yildagi 159-son
Date of entry into force
18.03.2025
Hujjat 18.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatishi va davlat xaridlari jarayonida ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha yaxlit va shaffof tizimni yaratish, unga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish hamda import oʻrnini bosadigan keng turdagi mahsulot turlarining oʻzlashtirilishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish orqali kafolatlangan tarzda xarid qilishning zamonaviy tizimini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarning oʻzlashtirish darajasidan kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ buyurtmachilar tomonidan import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotlar roʻyxatini shakllantirish va eʼlon qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun tadbirkorlik subyektlari takliflarini qabul qilish tartibi va ularni baholash mezonlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitim tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan tadbirkorlarning mahsulotlarini davlat buyurtmachilariga sotish imkoniyatlarini yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJ kichik tadbirkorlik subyektlariga kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha biznes loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzbekekspertiza” AJ bilan birgalikda uch oy muddatda kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida ochilgan alohida sahifaga zarur boʻlgan maʼlumotlar integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlaridan tashqari) ishlab chiqaruvchilarning takliflarini baholashda “ball usuli”dan foydalanganda ularga qoʻshimcha ball berish tizimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga mahalliy korxonalar tomonidan bajariladigan ishlar va koʻrsatiladigan xizmatlar uchun sertifikatlarni berish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 159-son qaroriga
1-ILOVA

Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom korporativ buyurtmachilar bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ixtiyoriylik asosida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha alohida sahifa (keyingi oʻrinlarda — alohida sahifa) — korporativ buyurtmachilar tomonidan import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar) (keyingi oʻrinlarda — mahsulotlar) roʻyxatini eʼlon qilish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan talabgor sifatida qatnashish soʻrovini yuborish hamda kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitimni roʻyxatdan oʻtkazish, tegishli shartnomalarni tuzish imkonini beradigan davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida ochilgan maxsus sahifa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitim (keyingi oʻrinlarda — bitim) — korporativ buyurtmachining kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha komissiya tomonidan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun qabul qilingan qaroriga muvofiq korporativ buyurtmachi va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni kafolatli xarid qilish yuzasidan huquq va majburiyatlarni belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida tuziladigan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — korporativ buyurtmachi tomonidan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish maqsadida shakllantiriladigan, kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun talabgor(lar)ning takliflarini koʻrib chiqish va uning natijalariga koʻra kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega hamda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish jarayonlarini monitoring qilish huquqi berilgan ishchi organ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar) toʻgʻrisidagi sertifikat — Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilangan tartibda berilgan mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ishlab chiqaruvchisini tasdiqlovchi hujjat, shu jumladan, elektron shakldagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) — respublikaning import tarkibi va nomenklaturasini tahlil qilish, mahalliy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash, korporativ buyurtmachilarga manzilli takliflar taqdim etish hamda tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investorlarni kooperatsiyaga jalb qilish hamda bitim tuzgan tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida” 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari boʻyicha doimiy asosda faoliyat koʻrsatuvchi ishchi guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring — bitim doirasida tadbirkorlik subyekti tomonidan mahsulotni ishlab chiqarish boʻyicha zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilishini oʻrganib borish boʻyicha komissiya tomonidan oʻtkaziladigan kompleks tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish istagini bildirgan tadbirkorlik subyekti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish quyidagi tamoyilga asoslanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asoslanganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolatli xarid qilish shartnomalarini tuzish uchun ajratilgan mablagʻlardan oqilona va tejamkor foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolatli xarid qilish shartnomalarini tuzish jarayonida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining tijorat siriga oid axborotlarni oshkor etmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
halol raqobat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼuliyatlilik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlarni aniqlash jarayonida teng imkoniyatlar yaratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha komissiya va kooperatsiya aloqalarini tashkil etishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun korporativ buyurtmachining boshqaruv organlari qaroriga muvofiq boshqaruv xodimlari orasidan kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachi komissiyaga ekspertlarni, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va oʻzining yuqori turuvchi tashkiloti vakillarini jalb etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning tezkor faoliyatini tashkillashtirish komissiyada ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya ishiga rais rahbarlik qiladi, u komissiya majlislarini chaqiradi va olib boradi, ovozga qoʻyishni va komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni eʼlon qiladi, shuningdek, komissiya majlislarining elektron bayonnomalarini elektron raqamli imzodan foydalangan holda imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi yoʻqligida uning vazifalarini oʻrinbosari bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Korporativ buyurtmachi komissiyaning har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun alohida sahifada shaxsiy kabinet ochadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiyaning vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun komissiyaning aʼzolari va masʼul kotibining muloqot qilishi davlat xaridlari boʻyicha alohida sahifada yopiq chat orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiyaning har bir aʼzosi oʻzining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi yoki qarshi ovoz berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya majlisida aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi lozim, har bir majlisda qabul qilingan qaror boʻyicha bayonnomalar alohida sahifada shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ishchi guruh:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha joylashtirilgan maʼlumotlarni hamda respublikaning import tarkibi va nomenklaturasini tahlil qilib, oʻz hududida mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi hamda korporativ buyurtmachilarga manzilli takliflar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan, xorijiy investorlarni kooperatsiya aloqalarini oʻrnatishga jalb qiladi, ular uchun seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻyishda muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etishda yordam berish va ishlab chiqarish jarayonidagi muammolarni muntazam ravishda oʻrganish hamda hal etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan bitimlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlarini qonunchilikda belgilangan imkoniyatlar haqida xabardor qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarni va takliflarni koʻrsatgan holda Ishchi guruhga murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ishchi guruh korporativ buyurtmachilarning kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha joylashtirgan maʼlumotlarini va respublikaning import tarkibi va nomenklaturasi yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni alohida sahifada ochilgan shaxsiy kabinet orqali har chorakda eʼlon qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Ishchi guruhga shaxsiy kabinet orqali oʻz hududida joylashgan korporativ buyurtmachilarga mahsulotlar kesimida manzilli takliflarni taqdim etish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ishchi guruhdan alohida sahifa orqali takliflar kelib tushganda, korporativ buyurtmachi takliflarni oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qabul qilingan qaror alohida sahifa orqali Ishchi guruhga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Korporativ buyurtmachilar bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Korporativ buyurtmachilar kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish maqsadida import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotlar roʻyxatini alohida sahifada shakllantiradi va har chorakda yangilab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Korporativ buyurtmachilar alohida sahifaga import asosida xarid qilinishi rejalashtirilgan mahsulotlarning roʻyxatini har bir mahsulot kesimida quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda joylashtiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korporativ buyurtmachining nomi va manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetkazib beriladigan hudud;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni yillik xarid qilish hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni yetkazib berish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning har bir birligi uchun maksimal xarid narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot xususiyati va texnik parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning standart talabi, zarur hollarda litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjat yoki sertifikat talab qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda korporativ buyurtmachilar zarur boʻlganda mahsulotning oʻziga xos xossalaridan yoki xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ishtirokchilarga qoʻshimcha talablar belgilashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Korporativ buyurtmachilar alohida sahifada joylashtirgan maʼlumotlarni oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali har chorak yakunidan soʻng keyingi oyning oʻninchi sanasiga qadar yangilab boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tadbirkorlik subyekti kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish maqsadida talabgor sifatida qatnashish uchun alohida sahifada joylashtirilgan maʼlumotlarga muvofiq oʻz taklifini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyekti tomonidan avval oʻzida ishlab chiqarilmagan yangi turdagi mahsulot boʻyicha taklifiga ushbu Nizomning 18-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda biznes loyiha taqdim etilishi talab qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Talabgor korporativ buyurtmachilar tomonidan alohida sahifa orqali import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotni tanlagan holda, kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga asosan oʻz takliflarini elektron shaklda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabgor ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda maʼlumotlarni toʻldirishi hamda quyidagi hujjatlarni ilova qilishi talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konstruktorlik hujjatlari, fotosuratlar va/yoki chizmalar (agar mavjud boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitimni amalga oshirish natijasida ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot bir birligi narxi hamda mahalliylashtirish darajasi prognozi boʻyicha dastlabki hisob-kitoblari (bir birlik mahsulot narxi boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlari, shu jumladan, xomashyo sotib olish, ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi va boshqa xarajatlar yoyilmasi koʻrsatilishi lozim);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirilgan va/yoki haqiqiy hisob-kitoblar (xarajatlarning batafsil hisob-kitoblari);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni tashkil etish jadvali (bitimni amalga oshirishda yangi mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish jadvali, shu jumladan, ish bosqichlari, ishlab chiqarishning rejalashtirilgan boshlanish sanasi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvati).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Alohida sahifada talabgor taklifida elektron maydonlarning toʻldirilganligi hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligi avtomat tarzda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Talabgor kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha taklif berishdan oldin alohida sahifadan foydalangan holda mahsulotni ishlab chiqarish bilan bogʻliq tushuntirishlar berishi toʻgʻrisida korporativ buyurtmachiga soʻrov yuborishga haqli. Korporativ buyurtmachi besh ish kuni ichida loyihaga aloqador boʻlgan barcha soʻrovlariga aniq va toʻliq javob berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Talabgor bitta mahsulotga faqat bitta taklif berishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Alohida sahifada talabgor tomonidan tanlangan mahsulot boʻyicha kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun boshqa tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz takliflarini berish imkoniyatini yaratish maqsadida oʻn ish kuniga ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar asosida avtomat tarzda eʼlon shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Talabgor taqdim etilayotgan axborot va hujjatlarning haqiqiyligi hamda toʻgʻriligi uchun javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha takliflarni qabul qilish alohida sahifada berilgan eʼlonda koʻrsatilgan muddatda yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun talabgor(lar)ni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitobning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitimni amalga oshirish uchun yetarli moliyaviy resurslarning (shu jumladan, kredit) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning bir birlik narxi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish bazasining mavjudligi yoki shakllantirish imkoniyati asoslanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan mahsulotning kafolat muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning mahalliylashtirish darajasining rejalashtirilayotgan ulushi prognozi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Komissiya tadbirkorlik subyekt(lar)i tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi, koʻrib chiqish natijalariga koʻra kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, elektron tizim ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilangan mezonlar asosida takliflarning baholash jarayonini avtomat tarzda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kamchiliklar aniqlangan mezonlar boʻyicha elektron tizim baholashni amalga oshirmaydi. Bunda talabgorni baholash natijalariga koʻra u bilan bitim tuzilgan taqdirda, baholash mezonlari boʻyicha talabgorning takliflari bitim shartlarida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha talabgor(lar)ning taklif(lar)ini koʻrib chiqish takliflar berish tugagan muddatdan eʼtiboran oʻn ish kunidan oshishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun bitta taklif olingan boʻlsa ham, komissiya tomonidan koʻrib chiqilishi va korporativ buyurtmachi tadbirkorlik subyekti bilan belgilangan tartibda bitim tuzishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Taklif(lar)ni baholash natijalariga koʻra komissiya eng yuqori ball toʻplagan talabgor(lar) bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha talabgor(lar) taklif(lar)ini rad etishning aniq sabablari ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan bayonnomada koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Rasmiylashtirilgan bayonnoma talabgor(lar)ning shaxsiy kabinetiga avtomat tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Korporativ buyurtmachi tadbirkorlik subyekt(lar)i bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida bitim shartlarini oʻzaro kelishgan holda, alohida sahifada elektron shaklda uni imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitimga mahsulotni oʻzlashtirish bosqichlari koʻrsatilgan reja-grafik ilova qilinib, tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Bitim shartlarida quyidagilar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishni tashkil etish jadvali, bitimni amalga oshirish doirasida mahsulotni ishlab chiqarish bosqichlari (ish bosqichlari, ishlab chiqarishning rejalashtirilgan boshlanish sanasi va tayyor mahsulot hajmi aniq koʻrsatiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot narxi va yillar kesimida ishlab chiqarish hamda kafolatli xarid qilish hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inflyatsiya darajasi va mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oʻzgarishi munosabati bilan bitim doirasida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulot narxini taraflar kelishuviga koʻra, narx oʻzgartirilishi shartlari (ajratilgan mablagʻlar doirasida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya tomonidan bitim shartlarini bajarish jarayoni ustidan har oyda monitoring oʻtkazish va mahsulot ishlab chiqish jarayonining holatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikka va bitim shartlariga rioya etilishi ustidan monitoring oʻtkazish doirasida aniqlangan kamchiliklar tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taraflar kelishuviga muvofiq korporativ buyurtmachi tadbirkorlik subyektiga kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda tashkiliy, texnik va boshqa zarur koʻmakni koʻrsatish (koʻmak turlari va shartlari taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim shartlari bitim taraflari tomonidan buzilgan taqdirda, bitimni belgilangan tartibda bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim taraflari qonunchilikda va bitimda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qoʻshimcha bitim korporativ buyurtmachi va tadbirkorlik subyekt(lar)ining oʻzaro kelishuvi asosida alohida sahifadan foydalangan holda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bitimning quyidagi shartlarini qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni yetkazib berish hajmini 10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bitim boʻyicha yetkazib beriladigan har qanday mahsulotni tegishli funksional xususiyatlari va sifati nisbatan yaxshilangan mahsulotga almashtirishga (bitimda belgilangan mahsulotning asosiy texnik xususiyatlari haqidagi minimal talablardan kam boʻlmagan holda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda bitimni bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki bitimning shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda yoki bitimda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bitim imzolangandan soʻng tadbirkorlik subyekti:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya tomonidan oʻtkaziladigan monitoring doirasida soʻralgan hujjatlarni taqdim etishi va ishlab chiqarish jarayonini oʻrganish uchun zarur shart-sharoit yaratishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning monitoring natijalari boʻyicha yozma eʼtirozlari boʻyicha tegishli tushuntirishlar berishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan korporativ buyurtmachini tanishtirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tadbirkorlik subyekti ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotning mahalliylashtirish darajasini shartnomaga muvofiqligini taʼminlaydi va oxirgi import shartnoma narxidan yuqori boʻlmagan narxlarda yetkazib berish uchun zarur choralarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Korporativ buyurtmachi va kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan tadbirkorlik subyekti oʻrtasidagi bitim shartlari asosida ular oʻrtasida mahsulot yetkazib berish boʻyicha kafolatli xarid qilish shartnomasi alohida sahifadan foydalangan holda tuziladi va ushbu shartnoma belgilangan tartibda shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mahsulotni yetkazib berish boʻyicha kafolatli xarid qilish shartnomasini tuzish uchun quyidagilar talab etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulot toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafolatli xarid qilish shartnomasi va unga qoʻshimcha kelishuv loyihalarining summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravaridan oshganda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan oʻtkazilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu talablar bajarilgan vaqtdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan korporativ buyurtmachi va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyekti oʻrtasida elektron shaklda kafolatli xarid qilish shartnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Korporativ buyurtmachilar kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitimda belgilangan hajmlarda va shartlarda ishlab chiqariladigan mahsulot boʻyicha 5 yil muddatga (farmatsevtika mahsulotlari boʻyicha 10 yil muddatga) kafolatli xarid qilish shartnomasini (ofteyk shartnomani) tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda kafolatli xarid qilish shartnomasini bajarishdan bir taraflama bosh tortishga yoki kafolatli xarid qilish shartnomasining shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Kafolatli xarid qilish shartnomasi taraflari qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga va majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan kichik tadbirkorlarning mahsulotlarini davlat buyurtmachilariga sotish imkoniyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-366-son qaroriga muvofiq davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan kichik tadbirkorlik subyektlari alohida sahifadan foydalangan holda 2026-yil 1-yanvarga qadar mahalliylashtirgan mahsulotini davlat buyurtmachilari bilan bir moliya yili davomida jami 10 milliard soʻmgacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarni elektron shaklda tuzadi hamda ushbu shartnomalar shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatgan kichik tadbirkorlik subyektlarining reyestri hamda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat buyurtmachilari bilan bir moliya yili davomida jami 10 milliard soʻmgacha qiymatda tuzilgan shartnomalar reyestri va hisobi alohida sahifada yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Budjet buyurtmachilari tomonidan alohida sahifada tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda shartnoma summasiga band qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Alohida sahifada shartnoma namunaviy shakl asosida elektron shakllantiriladi va tomonlarning shaxsiy kabinetlariga elektron shaklda imzolash uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Alohida sahifada budjet buyurtmachilari tomonidan tuzilgan shartnoma boʻyicha maʼlumotlar avtomat tarzda DMBATga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborot DMBATda qabul qilinganidan soʻng avtomat tarzda roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Alohida sahifada korporativ buyurtmachi va kichik tadbirkorlik subyekti oʻrtasida tuzilgan elektron shartnoma boʻyicha toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Budjet buyurtmachilari va ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun mazkur Nizom qoidalaridan foydalanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ishlab chiqarib bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun alohida sahifadan foydalangan holda boshqa ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish yuzasidan eʼlon joylashtirish va ihtiyoriy muddatga kafolatli xarid qilish shartnomalarini tuzish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishining davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bitim taraflari oʻrtasida kelib chiqqan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi. Kelishuvga erishilmagan hollarda nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Korporativ buyurtmachilar bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Korporativ buyurtmachi

1. Toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda komissiya tuzadi.

2. Komissiyaning har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.

Zaruratga koʻra

2-bosqich

Korporativ buyurtmachi

Import qilinishi rejalashtirilgan mahsulotlar roʻyxatini shakllantiradi va yangilab boradi.

Har chorakda

3-bosqich

Ishchi guruh

Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha joylashtirgan maʼlumotlari va respublikaning import tarkibi va nomenklaturasi yuzasidan tahliliy maʼlumotlar tayyorlaydi, korporativ buyurtmachilarga mahsulotlar kesimida manzilli takliflarni taqdim etadi.

Har chorakda

4-bosqich

Korporativ buyurtmachi

Manzilli takliflarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.

n ish kuni ichida

5-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Tegishli mahsulotni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan tushuntirishlar soʻraydi.

Zaruratga koʻra

6-bosqich

Korporativ buyurtmachi

Tadbirkorlik subyektidan soʻrov kelib tushganda, soʻrovga tushuntirishlar beradi.

Soʻrov kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Kooperatsiya aloqalarni oʻrnatish maqsadida talabgor sifatida qatnashish uchun oʻz taklifini taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

8-bosqich

Alohida sahifa

Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish uchun eʼlonni avtomat tarzda shakllantiradi.

Taklif taqdim etilganidan eʼtiboran oʻn ish kuniga

9-bosqich

Komissiya

1. Talabgor(lar) tomonidan berilgan takliflarni belgilangan tartibda krib chiqadi va taqqoslaydi.

2. Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Takliflar berish tugagan muddatdan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida

10-bosqich

Alohida sahifa

Komissiya qaror qabul qilingan kunda baholash natijalarini avtomat tarzda elektron bayonnomada qayd etadi.

Avtomat tarzda

11-bosqich

Korporativ buyurtmachi

Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha eng yuqori ball toʻplagan talabgor(lar) bilan elektron shaklda bitim tuzadi.

Bayonnoma tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn ish kunida

12-bosqich

Komissiya

1. Bitim shartlarini bajarish jarayonini monitoring qilib boradi.

2. Kamchiliklar aniqlanganda tadbirkorlik subyektiga ushbu kamchiliklarni bartaraf etishni talab qiladi.

Har oyda

13-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Monitoring natijalariga muvofiq tushuntirishlar beradi va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qiladi.

Doimiy

14-bosqich

Korporativ buyurtmachi va tadbirkorlik subyekti

Zarurat tugʻilganda bitim shartlari qayta koʻrib chiqiladi

Tegishli holatlarda

15-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Mahsulotni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi.

2. Mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulot toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan tartibda oladi.

Bitimda belgilangan muddat ichida

16-bosqich

Korporativ buyurtmachi

Bitim doirasida kafolatli xarid qilish shartnomasi va unga qshimcha kelishuv loyihalarining summasi BHMning yigirma besh ming baravaridan (budjet buyurtmachilari uchun BHMning olti ming) oshganda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida ekspertizadan tkazadi.

Zaruratga koʻra

17-bosqich

Korporativ buyurtmachi va tadbirkorlik subyekti

Belgilangan talablar bajarilganda korporativ buyurtmachi va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyekti oʻrtasida kafolatlangan xarid qilish shartnomasi tuziladi.

Uch ish kunidan kechiktirmasdan

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha talabgorning takliflari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1. Talabgor haqida maʼlumot

Talabgorning toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va STIR

Talabgorning iqtisodiy faoliyat turi

Talabgorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi

Talabgorning ijro etuvchi organi rahbari

Talabgor yoki uning vakillari bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar

(ish telefonlari raqamlari, mobil telefon raqamlari, elektron pochta manzillari)

Oxirgi 3 yil davomida toʻlangan soliqlar miqdori

(agar mavjud boʻlsa)

Talabgorning mavjud ish tajribasi haqida maʼlumot

Qoʻshimcha maʼlumotlar

(mavjud boʻlgan hollarda toʻldiriladi)

2. Bitim boʻyicha ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan mahsulot haqida maʼlumot

Soha

Mahsulot nomi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi (TIF TN)

Davlat xaridlari sohasida foydalaniladigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori kodi

Mahsulotning texnik xususiyatlari

Ishlab chiqarish quvvati hajmi

1-yil — _______;

2-yil — _______;

Ariza berilgan sanadagi mahsulotlarning bozor narxlari

(Olingan maʼlumot manbalari koʻrsatiladi)

Ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish sanasi

(bitim imzolangandan keyin)

3. Talabgor tomonidan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish orqali ishlab chiqarilishi rejalashtirgan mahsulot va boshqa baholanadigan mezonlar haqida maʼlumot

Texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob

1. Namunaviy mahsulot ishlab chiqarilgan.

2. Konstruktorlik hujjatlari, chizmalar, spetsifikatsiyalar mavjud.

3. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari mavjud.

Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitimni amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy resurslarning mavjudligi

1. Oʻz mablagʻlari.

2. Jalb qilingan mablagʻlar (kredit va boshqalar).

3. Qoʻshimcha mablagʻlar talab etiladi.

Mahsulotning bir birlik narxi

1. _____________.

(Korporativ buyurtmachi tomonidan belgilangan narxdan past)

2. _____________.

(Korporativ buyurtmachi tomonidan belgilangan narx bilan teng)

3. _____________.

(Korporativ buyurtmachi tomonidan belgilangan narxdan yuqori)

Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi

1. Oʻz ishlab chiqarish bazasi.

2. Oʻz ishlab chiqarish bazasi va ijaraga olingan ishlab chiqarish bazasi.

3. Ijaraga olingan ishlab chiqarish bazasi.

4. Ijaraga olingan ishlab chiqarish bazasi va ishlab chiqarish bazasi talab qilinadi.

5. Ishlab chiqarish bazasi talab qilinadi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotning kafolat muddati

1. 4 yildan yuqori.

2. 3 yildan 4 yilgacha.

3. 2 yildan 3 yilgacha.

4. 1 yildan 2 yilgacha.

5. 1 yilgacha.

Mahsulotni mahalliylashtirish darajasining rejalashtirilayotgan ulushi prognozi

1. 91 — 100 foiz.

2. 81 — 90 foiz.

3. 71 — 80 foiz.

4. 61 — 70 foiz.

5. 51 — 60 foiz.

6. 41 —50 foiz.

7. 40 foizdan past.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha talabgorlarni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Mezonlar

20 ball

10 ball

1 ball

Texnik-iqtisodiy asoslar yoki texnik-iqtisodiy hisob-kitob

Namunaviy mahsulot ishlab chiqarilganligi

Konstruktorlik hujjatlari, chizmalar, spetsifikatsiyalar mavjudligi

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarining mavjudligi

Kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish boʻyicha bitimni amalga oshirish uchun yetarlicha moliyaviy resurslarning mavjudligi

Oʻz mablagʻlari

Jalb qilingan mablagʻlar
(kredit va boshqalar)

Qoʻshimcha mablagʻlar talab etiladi

Mahsulotning narxi

Buyurtmachi tomonidan belgilangan narxdan past

Buyurtmachi tomonidan belgilangan narx bilan teng

Buyurtmachi tomonidan belgilangan narxdan yuqori

Mezonlar

10 ball

8 ball

6 ball

4 ball

0 ball

Ishlab chiqarish bazasining mavjudligi

Oʻz ishlab chiqarish bazasi

Oʻz ishlab chiqarish bazasi va ijaraga olingan ishlab chiqarish bazasi

Ijaraga olingan ishlab chiqarish bazasi

Ijaraga olingan ishlab chiqarish bazasi va ishlab chiqarish bazasi talab qilinadi

Ishlab chiqarish bazasi talab qilinadi

Ishlab chiqariladigan mahsulotning kafolat muddati

4 yildan yuqori

3 yildan
4 yilgacha

2 yildan
3 yilgacha

1 yildan
2 yilgacha

1 yilgacha

Mezonlar

20 ball

18 ball

16 ball

14 ball

12 ball

10 ball

ball

Mahsulotni mahalliylashtirish darajasining rejalashtirilayotgan ulushi prognozi

91 — 100 foiz

81 — 90 foiz

71 — 80 foiz

61 — 70 foiz

51 — 60 foiz

41 — 50 foiz

40 foizdan past boʻlsa

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 159-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagi mazmundagi 951-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“951. Tanlash takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga mahalliylashtirish darajasiga mutanosib ravishda qoʻshimcha ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoʻshimcha ballar ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballarning 15 foizidan hisob-kitob qilinadi.

Mahalliylashtirish darajasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.

Davlat xaridlari elektron tizimi ishlab chiqaruvchiga beriladigan qoʻshimcha ballarni avtomatik ravishda hisoblaydi va elektron bayonnomada qayd etadi.

Agar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifi boshqa ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxning 15 foizidan yuqori boʻlsa, qoʻshimcha ballar berilmaydi.

Qoʻshimcha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:

QB = TB * 15 % * MD,

bu yerda:

QB — qoʻshimcha ballar;

TB — ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballar;

MD — mahalliylashtirish darajasi (foizda)”.

2. 105 va 167-bandlarida “jalb etishni” soʻzlaridan keyin “va xalqaro reytinglarni olishni” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi mazmundagi 1551-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1551. Tender takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga mahalliylashtirish darajasiga mutanosib ravishda qoʻshimcha ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoʻshimcha ballar ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballarning 15 foizidan hisob-kitob qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliylashtirish darajasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xaridlari elektron tizimi ishlab chiqaruvchiga beriladigan qoʻshimcha ballarni avtomatik ravishda hisoblaydi va elektron bayonnomada qayd etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifi boshqa ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxning 15 foizidan yuqori boʻlsa, qoʻshimcha ballar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshimcha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QB = TB * 15 % * MD,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bu yerda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QB — qoʻshimcha ballar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TB — ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MD — mahalliylashtirish darajasi (foizda)”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2025-y., 09/25/159/0250-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)