29.01.2025 yildagi 402-V-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Qoʻshma qarori, 29.01.2025 yildagi 402-V-son
Date of entry into force
29.01.2025
Hujjat 29.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻshma qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyani tuzish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining ayrim qoʻshma qarorlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 29-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
402-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 29-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KQ-56-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi 402-V/KQ-56-V-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyaning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Eshmatova

Feruza Farxadovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), komissiya raisi

Narimanov

Bekzod Abduvaliyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

Raxmonova Surayyo Maxmudovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani)

Rashidova

Sayyora Sharafovna

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi

Muxammadiyev

Ulugʻbek Nasriddinovich

“Tashkent Perfect University” universiteti prorektori

Tulyakov

Eldor Sobirjonovich

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori

Mamatxanov

Askar Maxmutovich

“Yuksalish” harakati raisi oʻrinbosari – ijrochi direktori

Xodjayeva

Sayyora Ataxanovna

Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori

Karimova

Nodira Erkinovna

Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi raisi

Sharipov

Bexzod Shuxratovich

“Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekistondagi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari

Ganiyev

Shuxrat Abduraimovich

“Gumanitar huquqiy markaz” direktori

Farmonov

Aʼzam Turgʻunovich

“Huquqiy tayanch” nodavlat notijorat tashkiloti raisi

Tursunmurodov

Rustambek Permatovich

Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi

Tuxtasinov

Ilxom Madaminovich

Oʻzbekiston jahon tillari universiteti rektori

Bektemirov

Xamro Solayevich

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

Shlimbetov

Jenisbay Kurbanbayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mintaqaviy vakili

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili

Xuseynova

Abira Amanovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili

Joʻrayev

Oʻtkir Kamilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakili

Saodatova Lola Musurmonovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili

Djurayev

Shuxrat Nizamovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili

Valiyev

Jaxongir Mamadaliyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili

Lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili

Alimov

Shuxrat Ashrabovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili

Artikov

Abdurashid Zairovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili

Kamalov

Rustam Jamalovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili

Kamilov

Alisher Odilovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Fargʻona viloyatidagi mintaqaviy vakili

Ollayorov

Odilbek Davlatovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili

Masharipov

Baxtiyar Raimbergenovich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili

Xayitov

Temurbek Raxmataliyevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining mudiri, komissiya kotibi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli majburiyatlarni bajarish zimmasiga yuklatilgan masʼul shaxslar komissiya tarkibiga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi 402-V/KQ-56-V-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyaning (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiya maslahat organi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) (bundan buyon matnda Ombudsman deb yuritiladi) huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, mazkur Nizomga, shuningdek Ombudsmanning farmoyish va topshiriqlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, xolislik, ochiqlik iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Komissiya faoliyatining tashkiliy va moddiy-texnik taʼminoti Ombudsman Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanga inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda mazkur sohadagi davlat dasturlarining bajarilishi, shuningdek tegishli davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) hamda mansabdor shaxslarning huquqni qoʻllash amaliyotida qonuniylikka rioya qilishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, xalqaro huquq normalarini implementatsiya qilish hamda inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini tahlil qilish hamda yuksaltirish, aholi oʻrtasida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan munosabatda boʻlish, qonunga itoatkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishini taʼminlashda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rolini oshirishga, bu sohada jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, fuqarolik jamiyati institutlari hamda tegishli davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan demokratik davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi tajribasini, ushbu jaryonlarni taʼminlash va monitoring qilish boʻyicha maxsus milliy institutlar faoliyatini chuqur oʻrganish va umumlashtirish, ilgʻor xorijiy tajribadan Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida foydalanish imkoniyati haqida takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanning inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar va xorijiy institutlar bilan hamkorligini mustahkamlashga, ularni inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro shartnomalarning Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisida xabardorligini oshirishga qaratilgan faoliyatiga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Komissiyaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishini tekshirish va monitoringini oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning inson huquqlari va erkinliklarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini koʻrib chiqish, mazkur shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosalar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanning taklifiga muvofiq inson huquqlari va erkinliklarining, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlarining buzilishiga sabab boʻlgan holatlar yuzasidan tekshirish va monitoring oʻtkazish haqida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan axborot va tushuntirish berish uchun mansabdor shaxslar, mutaxassislar va boshqa shaxslarni oʻz majlislariga taklif etish, tashkilotlardan idoraviy hujjatlar, statistik va boshqa maʼlumotlar, xulosalar hamda boshqa maʼlumotlarni soʻrash, talab qilib olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanga uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalariga davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish toʻgʻrisida murojaat etish haqidagi takliflarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanga u tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqidan foydalanish, shuningdek sudlarga davlat bojini toʻlamagan holda fuqarolar manfaatlarini koʻzlab beriladigan arizalar va daʼvolar bilan murojaat qilish toʻgʻrisida takliflarni kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanga u tomonidan, harakatlarida (harakatsizligida) inson huquqlari va erkinliklari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tashkilotlarga iltimosnoma kiritish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida tashkilotlarning rahbarlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish yuzasidan takliflar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanga qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi halqaro shartnomalarga qoʻshilishi masalalari boʻyicha taklif kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish boʻyicha, shuningdek taʼlim, sogʻliqni saqlash, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, atrof-muhit muhofazasi va boshqa sohalardagi davlat dasturlarini bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari bilan tegishli davlat organlari oʻrtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzasini, uning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga oid alohida masalalar boʻyicha maʼruzalarini, shuningdek Komissiyaning kelgusi hisobot davri uchun ish rejasini tayyorlashda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquq va erkinliklariga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish, qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan monitoring yuritish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, rivojlangan demokratik davlatlarning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi tajribasini oʻrganish va umumlashtirish kabi masalalar boʻyicha ishchi guruhlarini shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Komissiyaning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Ombudsman tomonidan qabul qilingan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan qarorlar ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Ombudsman va Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishi ustidan nazorat olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya zimmasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Komissiyani shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Komissiya rais (Ombudsman), rais oʻrinbosari (Ombudsman oʻrinbosari), masʼul kotib (Ombudsman Devonining rahbari) va boshqa aʼzolardan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul kotib Komissiyaning kundalik faoliyatini olib boradi va Komissiya qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya inson huquq va erkinliklari sohasida kasbiy va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari hamda olimlardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga ijro hokimiyati organlarining vakillari ham maslahat ovoziga ega boʻlgan holda kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Komissiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan Ombudsman taqdimiga asosan uning vakolat muddatiga tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari oʻz vakolat muddatlari tugagach, yangi Ombudsman saylanguniga qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Komissiya raisi va aʼzolarining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya faoliyati ustidan rahbarlikni amalga oshiradi va uning aʼzolari funksional vazifalarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi, kun tartibini va taklif etiladigan ishtirokchilar roʻyxatini shakllantiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning kelgusi hisobot davri uchun moʻljallangan ish rejasini, joriy nazorat, monitoring, tadqiqot va tahliliy ishlari dasturlarini, shuningdek ularni bajarishga masʼul boʻlgan, Komissiya tomonidan tashkil qilingan ishchi guruhlar tarkiblarini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarorlari va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Komissiya aʼzolari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislarida, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda, Komissiyaning ish rejasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda, uning qarorlarini ijro etishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, Komissiya faoliyatini rejalashtirish boʻyicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Komissiya majlislarini tashkil qilish va oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Komissiya ishining tashkiliy shakli uning majlislari boʻlib, yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi. Zarur hollarda Komissiya raisining yoki aʼzolarining uchdan bir qismi tashabbusi bilan navbatdan tashqari majlis oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlislari Ombudsman Devoni joylashgan yerda oʻtkaziladi. Komissiya sayyor majlis oʻtkazish haqida ham qaror qabul qilishga haqli. Majlisning oʻtkazilish vaqti va joyi haqida Komissiya aʼzolari kamida oʻn kun oldin xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Komissiya majlislari ochiq va oshkora tarzda oʻtkaziladi. Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolar yigʻinlarining va ommaviy axborot vositalarining vakillari, taʼlim va ilmiy muassasalarning olimlari, shuningdek Ombudsman yoki Komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar aʼzolari taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Komissiya majlisi unda aʼzolarining kamida yarmi qatnashganda vakolatlidir. Komissiya aʼzosi, agarda Komissiya majlisida qatnasha olmaydigan boʻlsa, koʻrilayotgan masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda taqdim etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Komissiya aʼzolari teng ovozga egadir, ijro hokimiyati organlarining vakillari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarorlari majlis ishtirokchilarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya majlislari davlat tilida oʻtkaziladi. Zarur hollarda majlis ishtirokchilarining chiqishlari boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ombudsman yoki uning topshirigʻiga koʻra Komissiya aʼzolaridan biri:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisini olib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisi kun tartibidagi masalalarning muhokamasini tashkil etadi va ularni ovozga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolarining takliflarini ular kiritilgan tartibda ovozga qoʻyadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari va taklif etilgan shaxslar tomonidan ushbu Nizom qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Komissiya aʼzolari Komissiya majlisida soʻzga chiqadi, uning vakolatiga tegishli masalalar yuzasidan ogʻzaki va yozma takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Komissiya majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni masʼul kotib imzolaydi va rais tasdiqlaydi. Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalar, Komissiya aʼzolarining va majlisda qatnashgan taklif etilgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi, koʻrib chiqilgan har bir masala yuzasidan ovoz berish natijalari, qabul qilingan qarorlar koʻrsatiladi. Bayonnomaga kun tartibiga kiritilgan tegishli materiallar ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻz vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Komissiya qabul qilgan qarorlar uning aʼzolari tomonidan bajarilishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Komissiya tomonidan muhokama etilgan ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar va qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda keng jamoatchilikka ommaviy axborot vositalari va Ombudsmanning rasmiy veb-sayti orqali maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Komissiya majlislariga masalalarni tayyorlash va ularni koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Komissiya majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar Ombudsman tomonidan kun tartibi loyihasiga kiritiladi, bunda muhokama qilish navbati, har bir masala uchun masʼul boʻlgan Komissiya aʼzolari, Ombudsman Devoni xodimlari, maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruza qiluvchilar) va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolari majlisdan kamida oʻn besh kun oldin kun tartibiga kiritilgan masalalar haqida xabardor qilinadi, ular kun tartibini toʻldirish haqida taklif kiritishi ham mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzolaridan kelib tushgan takliflarni umumlashtirish natijasida kun tartibi Ombudsman tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning organlar, tashkilotlar yoki mansabdor shaxslar tomonidan ularning huquqlari va erkinliklari buzilayotgani haqida yoʻllagan shikoyatlarini Ombudsman amaliy ahamiyatiga qarab hayʼat tartibida koʻrib chiqishi uchun Komissiya muhokamasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladigan barcha shikoyatlar yuzasidan Ombudsman Devoni Ombudsmanning xulosasini tayyorlaydi, unda quyidagi tavsiyalar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi tomonidan oxiriga yetkazilgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qabul qilgan qaror oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qabul qilgan qaror asoslangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qoʻshimcha qaror qabul qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot yoki ularning mansabdor shaxsi qabul qilgan qaror inson huquq va erkinliklariga tegishli qonun hujjatlari doirasida boʻlishi lozimligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ombudsmanning xulosasida boshqa tavsiyalar ham boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Komissiya qarori rasmiylashtiriladi. Komissiya qarori tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan koʻrib chiqilishi uchun majburiydir, ular oʻn kun muddatda Ombudsmanga qarorni koʻrib chiqqanligi haqida xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Komissiya aʼzolari huquqlarining kafolati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Komissiya aʼzolari uning faoliyatida ishtirok etgani, Ombudsman topshirigʻiga koʻra maʼlumot va ekspert xulosalarini yiqqani va tahlil qilgani uchun taʼqib qilinishi yoki boshqacha tarzda huquqlari cheklanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Komissiya aʼzosining muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Komissiya aʼzosi quyidagi hollarda muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilish haqida ariza bergan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uning sogʻligʻi holati barqaror tarzda buzilgan va bu tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan xulosa bilan tasdiqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u sudning qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u Ombudsman toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzadigan xatti-harakatlar sodir etgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan yoki doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni muntazam ravishda bajarmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosi sifatida ish olib borish uchun toʻgʻri kelmaydigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Komissiya aʼzosining muddatidan ilgari oʻz vazifasidan ozod etilishi haqidagi qaror Ombudsman tomonidan qabul qilinadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Mazkur Nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qoʻshma qarori bilan kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 29-yanvardagi 402-V/KQ-56-V-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan qoʻshma qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011-yil 15-iyundagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisida”gi 300-II/191-II-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 6, 159-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013-yil 25-oktabrdagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi 751-II/94-II-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 294-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1398-III/KQ-282-III-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 12, 898-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 26-dekabrdagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiyaning yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 678-IV/KQ-169-IV-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 1, 136-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 14-noyabrdagi “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2661-IV/KQ-428-IV-sonli Qoʻshma qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1183-modda).