12.02.2025 yildagi O‘RQ-1028-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 12.02.2025 yildagi O‘RQ-1028-son
Date of entry into force
13.02.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 10-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 19-dekabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholining uy-joyga boʻlgan talabini qanoatlantirish, hududlarda fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash va ipoteka krediti bozorini rivojlantirish boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga aholining keng qatlamlari uchun bozor prinsiplariga asoslangan ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida garov shartnomasi va garov xati boʻyicha huquqlarni rasmiylashtirish, ularni roʻyxatga olish va uchinchi shaxslarga berish jarayonlarini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi, “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga ipoteka munosabatlariga elektron garov xatini joriy etishni, bunday garov xati bilan taʼminlangan majburiyatlarni bajarishni, u boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishni va undan foydalanishga doir boshqa mexanizmlarni belgilashni, shuningdek talab qilish huquqlari hamda garov xati tugatish massasiga kiritilmasligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun ipoteka boʻyicha garov xatlari aylanishini yanada rivojlantirishga, aholiga berilgan ipoteka kreditlarini takror moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, ipoteka kreditini berishning zamonaviy bozor tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Ipoteka toʻgʻrisida”gi OʻRQ-58-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 535-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “nomi yozilgan qimmatli qogʻoz” degan soʻzlar “nomi yozilgan noemissiyaviy qimmatli qogʻoz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Garov xati ipotekaga qoʻyuvchi tomonidan, agar u bu majburiyatda ishtirok etmaydigan uchinchi shaxs (ashyoviy kafil) boʻlsa, shuningdek ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor tomonidan qogʻoz (bundan buyon matnda hujjatli garov xati deb yuritiladi) yoki elektron (bundan buyon matnda elektron garov xati deb yuritiladi) shaklda tuziladi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron garov xati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektron garov xati shaklini toʻldirish orqali rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ipoteka davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatli garov xati rasmiylashtirilganidan keyin dastlabki ipotekaga oluvchiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron garov xati rasmiylashtirilganidan keyin “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga va dastlabki ipotekaga oluvchiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatli garov xatini saqlash va u boʻyicha huquqlarning hisobi ipotekaga oluvchi tomonidan, elektron garov xatini saqlash va u boʻyicha huquqlarning hisobi esa “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hujjatli garov xati toʻgʻrisidagi qoidalar, agar elektron garov xatining mohiyatidan boshqacha tartib kelib chiqmasa, elektron garov xatiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron garov xatini berish, saqlash, unga boʻlgan huquqlarni hisobga olish hamda unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xatlari berilishi ularning emissiyasi hisoblanmaydi va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xati ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat bajarilguniga qadar istalgan paytda tuzilishi va ipotekaga oluvchiga berilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Garov xatida quyidagilar koʻrsatilishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ipoteka belgilangan koʻchmas mulkning pulda ifodalangan qiymati”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“garov xatining identifikatsiya raqami, shu jumladan elektron garov xati uchun QR-kod (matritsali shtrix kod)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlar va shartlardan biron-biri mavjud boʻlmaganda garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan rasmiylashtirilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hujjatli garov xatining oʻzida yangi egalik qiluvchilar va ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgilar (garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuv) qoʻyish yoxud boshqa zarur maʼlumotlarni yozish uchun joy yetarli boʻlmaganda hujjatli garov xatiga qoʻshimcha varaq biriktiriladi, undagi yozuvlar va belgilar hujjatli garov xatida boshlanib, ushbu varaqda tugaydigan tarzda joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatli garov xatining barcha varaqlari bir butun hujjatni tashkil etadi. Ularga tartib raqamlari qoʻyilgan va ular roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muhri bilan muhrlangan boʻlishi kerak. Hujjatli garov xatining alohida varaqlari bitimlar narsasi boʻlishi mumkin emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Elektron garov xatiga oʻzgartirishlar kiritish garov xatining qonuniy egasi va garovga qoʻyuvchi tomonidan elektron garov xatiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi kelishuv (qoʻshimcha kelishuv) shaklini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida toʻldirish orqali amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismidagi “Garov xati bekor qilingan” degan soʻzlar “Hujjatli garov xati bekor qilingan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismidagi “garov xati” degan soʻzlar “hujjatli garov xati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bekor qilingan elektron garov xati oʻrniga berilgan yangi elektron garov xati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga va elektron garov xatining qonuniy egasiga yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 19-moddaning birinchi qismidagi “Garov xatining” degan soʻzlar “Hujjatli garov xatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Garov xatining qonuniy egasi shartnomada yoki qonunchilikda nazarda tutilgan oʻz huquqlarini amalga oshirayotganda garov xatini tegishli huquq qaysi shaxsga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu majburiyatli shaxsga (qarzdorga yoki ipotekaga qoʻyuvchiga) uning talabiga binoan koʻrsatishi shart, bundan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatli garov xati notarius depozitiga topshirilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatli garov xati garovga oluvchiga oʻtkazilgan holda garovga qoʻyilgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
garov xati elektron tarzda rasmiylashtirilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipotekaga oluvchi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat toʻliq bajarilganidan keyin hujjatli garov xatini ipotekaga qoʻyuvchiga topshirishi, majburiyat qismlarga boʻlib bajarilgan hollarda esa, uning qisman bajarilishini ipotekaga qoʻyuvchi uchun yetarli va hujjatli garov xatiga kelgusida egalik qilish ehtimoli boʻlganlar uchun yaqqol koʻrinib turadigan usulda yoki hujjatli garov xatida majburiyatning qisman bajarilganligi haqida yozib qoʻyish orqali tasdiqlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron garov xati bilan taʼminlangan majburiyatlar toʻliq yoki qisman bajarilgan taqdirda garov xatining qonuniy egasi elektron garov xati boʻyicha majburiyat toʻliq yoki qisman bajarilganligi fakti toʻgʻrisida yozuv kiritish uchun “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga murojaat qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatli garov xatining ipotekaga oluvchida turishi yoxud garov xatida ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat qisman bajarilganligi haqida belgi yoki boshqacha tarzdagi tasdiqnoma yoʻqligi, agar oʻzgacha hol isbotlanmagan boʻlsa, bu majburiyat yoki tegishincha uning qismi bajarilmaganligidan dalolat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarzdor oʻz huquqlarini tasdiqlash uchun elektron garov xatining qonuniy egasidan “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan belgilangan tartibda berilgan va tasdiqlangan garov xati egasining depo hisobvaragʻidan koʻchirmani talab qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor oʻz qarzini toʻliq hajmda yoki garov xati boʻyicha oʻz majburiyatlarini garov xatining qonuniy egasiga yoki garov xatining qonuniy egasi tomonidan shu garov xati boʻyicha huquqlarni amalga oshirish uchun vakil qilingan shaxsga qarzni uzish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim boʻlgan qismini uzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xati garovida garov xati notarius depozitiga topshirilgan taqdirda, ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzdor qarzni notarius depozitiga kiritgan holda oʻz majburiyatini bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Garov xati boʻyicha majburiyatli shaxs garov xatini koʻrsatuvchiga garov xati boʻyicha uning huquqlari amalga oshirilishini rad etishga quyidagi hollarda haqli, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur garov xati boʻyicha huquqlardan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi bitimni haqiqiy emas deb topish yoki bu bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qoʻllanilishi haqidagi daʼvo koʻrib chiqish uchun sud tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatilgan hujjatli garov xati uning qonuniy egasi tomonidan yoʻqotilganligi va hujjatli garov xatining dublikati berilganligi munosabati bilan yoxud hujjatli garov xatini yoki uning dublikatini berish tartibi hujjatli garov xati boʻyicha majburiyatli shaxslar javob bermaydigan tarzda buzilganligi munosabati bilan haqiqiy boʻlmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oʻzgacha hol isbotlanmagan yoki ushbu Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, hujjatli garov xatining u boʻyicha majburiyatli shaxslardan istalgan birida yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organda turganligi ipoteka bilan taʼminlangan majburiyat bajarilganligidan dalolat beradi. Hujjatli garov xati qaysi shaxsning egaligiga oʻtib qolsa, oʻsha shaxs garov xatining boshqa majburiyatli shaxslarini bu haqda darhol yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunga muvofiq hujjatli garov xati bekor qilingan hollarda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hujjatli garov xatini olishi bilan darhol uning yuz tarafiga “qarz uzilgan” degan muhrni bosish orqali yoki hujjatli garov xatining muomalada boʻlishi imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydigan boshqacha tarzda uni bekor qiladi, bundan hujjatli garov xatini yoʻq qilish mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “garov xati” degan soʻzlar “hujjatli garov xati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “garov xati” degan soʻzlar “hujjatli garov xati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “garov xatining” degan soʻzlar “hujjatli garov xatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “garov xatining” degan soʻzlar “hujjatli garov xatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hujjatli garov xatining dublikati roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan hujjatli garov xatini yoʻqotgan shaxsga topshirish orqali beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatli garov xatining dublikati yoʻqolgan hujjatli garov xatiga toʻliq muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatli garov xatining dublikati yoʻqolgan garov xatiga muvofiq emasligi munosabati bilan yuzaga kelgan zararlar uchun javobgarlik roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ zimmasida boʻladi. Agar bu nomuvofiqlik uchun hujjatli garov xati boʻyicha majburiyatli shaxslar javobgar boʻlsa, ular hujjatli garov xati dublikati qonuniy egasining ushbu hujjatli garov xati boʻyicha huquqlarni amalga oshirishini mazkur nomuvofiqlik munosabati bilan rad etishga haqli emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “Garov xati” degan soʻzlar “Hujjatli garov xati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Garov xatining yangi egasi toʻgʻrisidagi belgi hujjatli garov xatida koʻrsatilgan ipotekaga oluvchi tomonidan, agar bu birinchi yozuv boʻlmasa, oldingi belgida koʻrsatilgan hujjatli garov xatining egasi tomonidan imzolanishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron garov xatlari boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazish depo hisobvaragʻiga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi. Elektron garov xatiga doir huquqlar oluvchining depo hisobvaragʻiga tegishli yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran unga oʻtadi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — oʻninchi qismlari tegishincha oltinchi — oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hujjatli garov xatining egasi, agar uning hujjatli garov xatiga boʻlgan huquqlari garov xati boʻyicha huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishga doir bitimga hamda hujjatli garov xatiga uning oldingi egasi kiritgan oxirgi belgiga asoslansa, u hujjatli garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi. Agar hujjatli garov xati garovga oʻtkazishga doir maxsus yozuvlarni kiritgan biron-bir shaxsning egaligidan oʻgʻirlanishi natijasida yoki bu shaxsning xohish-irodasidan tashqari boshqacha tarzda chiqib ketgan, hujjatli garov xatining egasi unga ega boʻlayotganda buni bilganligi yoki bilishi lozim ham boʻlganligi isbotlangan boʻlsa, u garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron garov xati berilgan taqdirda, elektron garov xatining egasi, agar uning garov xatiga boʻlgan huquqlari depo hisobvaragʻi boʻyicha yozuv bilan tasdiqlangan boʻlsa, u elektron garov xatining qonuniy egasi deb hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi va oʻn birinchi qismlari tegishincha oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi “oʻtkazish orqali” degan soʻzlardan keyin “yoki oʻtkazmasdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Garov xatini garovga olish toʻgʻrisidagi shartnomada taraflar garovga oluvchining muayyan muddat oʻtganidan keyin garov xatini sotib, tushgan puldan uning garovi bilan taʼminlangan majburiyat summasini ushlab qolish huquqini nazarda tutishi mumkin. Bu holda ushbu huquq garov xatidagi garov narsasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maxsus yozuvda nazarda tutilgan boʻlishi kerak”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 3-moddaning qirqinchi xatboshisidagi “emissiyaviy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlar ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 39-modda birinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “emissiyaviy” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 338-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 8, 823-modda) 146-moddasi ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi “garov narsasi” degan soʻzlardan keyin “shu jumladan garovga berilgan talab qilish huquqlari hamda garov xatlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 12-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1028-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2025-y., 03/25/1028/0138-son)