Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017 02.07.1997 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.07.1997 yildagi 336-son
Date of entry into force
02.07.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2017
Hujjat 27.06.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI TAShKIL ETISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qoʻshimcha ragʻbatlantirishlar va imtiyozlar toʻgʻrisida”gi Farmonga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini soddalashtirish, qoʻshma ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni va ularning samarali faoliyat koʻrsatishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri zimmasiga Adliya vazirligining xodimlari tomonidan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va muddatlariga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi valyuta hisob raqamlarini ochish va ularning tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazilmasdan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari uchun asos hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Muassislar taʼsis shartnomasida belgilangan muddatda ustav jamgʻarmasini shakllantirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishgan taqdirda, 1997-yil 1-yanvargacha davlat roʻyxatidan oʻtgan korxonalar uchun, mazkur korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar maqomi va kafolatlar saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishni, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni Davlat reyestridan chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga mansub boʻlmagan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar qatnashgan korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazishni tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Adliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida chet elda korxonalar, shuʼba korxonalar, filiallar hamda vakolatxonalar tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevraldagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisida Nizom”ning 3-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Nizom xorijiy fuqarolar ishtirokidagi xususiy korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyati hamda ularni tugatishning huquqiy va iqtisodiy asoslariga tatbiq etiladi.”.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-fevraldagi 55-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 2-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
336-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-iyuldagi 336-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tugatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi joriy etiladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (bundan keyin Korxona deb ataladi) jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshma korxonalar, shuningdek aksiyalari ulushi (payi) xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar ustav jamgʻarmasining 100 foizini tashkil qiladigan xorijiy korxonalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosh korxonasi respublika tashqarisida joylashgan va xoʻjalik faoliyatini amalga oshiradigan shuʼba korxonalar va filiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning shuʼba korxonalari va filiallari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga quyidagi shartlarga javob beruvchi korxonalar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona ustav jamgʻarmasi miqdori 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam boʻlmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar ulushi korxona ustav jamgʻarmasining kamida 30 foizini tashkil etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi va korxona joylashgan joydagi shaharlar va tumanlar hokimliklarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 134-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xorijiy korxonalarning vakolatxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkil etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi va oʻz faoliyatini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Korxona tashkil etish yoki mavjud Oʻzbekiston korxonasini 20 mln. va undan koʻproq AQSh dollariga teng summa bilan baholanadigan investitsiyalash dasturiga ega boʻlgan qoʻshma korxonaga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzbekistonlik qatnashchi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtigacha Korxona ustav jamgʻarmasiga taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan ustav jamgʻarmasi miqdorining kamida 30 foizini qoʻyishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar koʻrsatib oʻtilgan 30 foiz 50 ming AQSh dollariga teng summadan oshsa, u holda Korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtigacha ustav jamgʻarmasiga 50 ming AQSh dollariga teng summani qoʻyadi. Vaqtinchalik jamgʻarish schyotlariga qoʻyilmalar summasi bank muassasalarining tegishli hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 134-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida (bundan keyin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ deb ataladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin yuridik shaxs huquqiga ega boʻlishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarida joylashgan, 500 ming AQSh dollarigacha miqdorda ustav jamgʻarmasiga ega boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi Korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida va viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalarida hujjatlarning huquqiy ekspertizasidan hamda davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustav jamgʻarmasi 500 ming AQSh dollaridan koʻp boʻlgan, shuningdek Toshkent shahrida joylashgan Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korxonalar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtish uchun roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) taʼsis hujjatlari (taʼsis yigʻilishi protokoli, taʼsis shartnomasi va ustav)ning asl nusxalari va bittadan notarial tasdiqlangan nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taʼsis hujjatlarida belgilangan ustav jamgʻarmasi miqdoridan 30 foizi soʻm va valyutadagi vaqtinchalik jamgʻarish schyotlariga oʻtkazilganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati yoki dastlabki badal hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk yoki asbob-uskunalar keltirilganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati. Koʻrsatilgan 30 foiz 50 ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan koʻp boʻlgan taqdirda 50 ming AQSh dollariga teng summaga bank toʻlov hujjati;
(10-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 134-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) korxonani roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun belgilangan miqdorda davlat poshlinasi toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi yoki mazkur mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda Rossiya Federatsiyasining konsullik muassasasi tomonidan tegishli tarjimasi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xorijiy muassis toʻgʻrisida u roʻyxatdan oʻtgan joydagi savdo reyestridan koʻchirma va bank tavsiyanomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) korxonaning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) savdo va savdo-vositachilik korxonalari yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlardan tashqari, oʻzlarida oʻz ustav faoliyatiga muvofiq savdo, omborxona maydonlari va asbob-uskunalar, shu jumladan, chakana savdo korxonalari — nazorat-kassa apparatlari yoki ularni xarid qilish yoxud ijaraga olish uchun mablagʻlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga asosan “j” va “z” kichik bandlar bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agar ustav jamgʻarmasiga dastlabki badal sifatida intellektual mulk qoʻyilsa, u holda Korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining mazkur mulk bahosi toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Korxona tashkil etishda yoki mavjud Oʻzbekiston korxonasini 20 mln. va undan koʻp AQSh dollariga teng boʻlgan summada baholanadigan investitsiyalash dasturi bilan qoʻshma korxonaga aylantirishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar Korxonaning Oʻzbekiston tomonidan muassisi davlat mulki shaklidagi yoki davlat mulki ulushi ishtirokidagi korxona boʻlsa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organlarining korxonaga beriladigan mol-mulkni baholash va berish toʻgʻrisidagi qarori taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Shuʼba korxonalar va filiallarni roʻyxatdan oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi, mazkur mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi boʻlmagan taqdirda esa Rossiya Federatsiyasi konsullik muassasasi tomonidan tarjimasi bilan belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xorijiy firmaning notarial tasdiqlangan ustavining nusxasi taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab turgan korxonani xorijiy investor tomonidan toʻliq oʻz mulki qilib sotib olishda xorijiy investor roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga korxona egasi bilan kelishilgan tegishli shartnoma matnini, mulkni va foydalanish huquqini sotib olishda esa — mulk egasi bilan kelishilgan oldi-sotdi yoki ijara shartnomasining matnini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdan ortiqcha qoʻshimcha materiallar soʻrab olish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini buzishda aybdor boʻlgan xodimlari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoʻshma korxonalar, ularning shuʼba korxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun milliy valyutada eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdoridagi poshlina, shuningdek 500 AQSh dollari undiriladi. Poshlinaning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan qismi respublika budjetiga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy korxonalarni, ularning shuʼba korxonalari va filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun 2000 AQSh dollari miqdorida boj undiriladi. Bu mablagʻlarning 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan qismi respublika budjetiga (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy budjetlariga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat bojining chet el valyutasidagi koʻrsatib oʻtilgan summasi Markaziy bankning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha milliy valyutada toʻlanadi, bunda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga toʻlangan mablagʻlarning qonuniyligi haqida hujjat taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Taʼsis hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan holda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish yoki Korxonani yuridik shaxs sifatida qayta roʻyxatdan oʻtkazish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan vaqtdan boshlab 5 ish kunigacha boʻlgan muddatda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritilgan hujjatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kelmagan taqdirda hujjatlarni qaytadan kiritish uchun puxta ishlashga qaytarish huquqiga egadir. Bunday hollarda u qaytarib yuborishning aniq mulohazalari roʻyxatini yozma holda bayon qilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi mulohazalar bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ariza beruvchi koʻrsatib oʻtilgan mulohazalarni bartaraf etmasa, hujjatlar puxta ishlash uchun qaytarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonaning Ustavda koʻrsatilgan faoliyatida faoliyatning amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan turlarini amalga oshirish nazarda tutilgan yoki ataylab qalbaki hujjatlar taqdim etilgan taqdirdagina uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligidan norozi boʻlgan taqdirda sud organlariga murojaat qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning Davlat reyestrini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar hokimliklarining adliya boshqarmalari Korxona ustavini roʻyxatdan oʻtkazadilar. Roʻyxatdan oʻtkazish organlarida Korxonaning roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlari nusxalari saqlash uchun qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat roʻyxatidan oʻtgan Korxonaga Korxona ustavining roʻyxatdan oʻtkazilgan asl nusxasi, taʼsis shartnomasi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida tegishli namunadagi guvohnoma beriladi. Ushbu hujjat roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ rahbariyati tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Roʻyxatdan oʻtkazilgan Korxona bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Davlat statistika departamenti yoki tegishli hududiy organida uning Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritilganligi va unga Korxonalar va tashkilotlar umumrespublika klassifikatorining identifikatsiya kodlari berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani olishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir hafta muddatda oʻzi joylashgan joydagi soliq inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan Korxonalar taʼsis hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan taqdirda bir hafta muddatda ularni roʻyxatga olgan organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona yuqori organining oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi protokoli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzgartirish va qoʻshimchalar matni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning nomi yoki tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgargan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav jamgʻarmasi oʻzgargan taqdirda ustav jamgʻarmasining shakllanishi toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonaning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat;
(24-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxona qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi haqida bank tomonidan berilgan toʻlov hujjati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muassislar tarkibi oʻzgargan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazishda muassislardan talab qilingan hujjatlar va chiqib ketgan muassisning roziligi haqidagi hujjat qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis hujjatlari oʻzgartirilganda va unga qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek korxonani qayta tashkil etishda korxona qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi, buning uchun roʻyxatdan oʻtkazilganlik uchun milliy valyutada toʻlanadigan summaning 20 foizi miqdorida boj undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxona oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organlarini oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi haqida xabardor qilmaganlik uchun korxonaning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va Korxonaning taʼsis hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Korxona tomonidan qonunchilik va ustavda belgilangan faoliyat buzilgan, ataylab qalbaki hujjatlar taqdim etilgan hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonaga ularni bartaraf qilish toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuboradi. Agar ogohlantirish xatida koʻrsatilgan tartibni buzishlar bir oy muddatda bartaraf etilmasa, adliya organlari korxonani tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin qonun hujjatlarida belgilangan muddat oʻtgach korxona roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga korxona bundan buyon faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Korxona qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun tugatish balansi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Korxona Korxonalarning davlat reyestridan chiqarilgan vaqtdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tugatilgan Korxonani Korxonalarning davlat reyestridan chiqarish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan Korxona muassislarining qarori, yohud xoʻjalik sudining qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Korxona tugatilganda va u Korxonalarning davlat reyestridan chiqarilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Davlat statistika departamentiga, Davlat soliq qoʻmitasiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga bu haqda maʼlum qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy organlari roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ sifatida korxonalar tomonidan oʻz taʼsis hujjatlariga va ustavda koʻrsatilgan faoliyatga, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va tugatish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar buzilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonadan xoʻjalik sudi orqali eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha miqdorda jarima undirishga haqlidir. Jarimaning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan mablagʻlar esa — respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)