ILOVA
T/r | Ustuvor vazifalar | Amalga oshirish shakli (mexanizmi) | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. QONUNCHILIK FAOLIYATI YO‘NALISHIDA | ||||
1. | Senat qo‘mitalarining qonunchilik takliflarini ishlab chiqish faoliyatini muvofiqlashtirish. | 1. Senat qo‘mitalarining qonunchilik takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya tashkil etish. 2. Komissiya tarkibi, nizomi, ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | Yuridik boshqarma, Senat qo‘mitalari |
3. Senat qo‘mitalarining takliflarini Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish, shuningdek qonunchilik muammolarini o‘rganish, asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish va Senat qo‘mitalariga taqdim etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | har chorakda kamida bir marotaba | |||
2. | Qonunchilik takliflarini ishlab chiqish hamda Qonunchilik palatasiga kiritish faoliyati samaradorligini oshirish. | 1. Senat qo‘mitalari faoliyati yo‘nalishlarida (iqtisodiyot, jinoyatchilikning oldini olish, sun’iy intellekt va b.) dolzarb bo‘lgan masalalarni mas’ul idoralar hamda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda o‘rganish, sohaga oid tegishli qonunchilikni xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil fevral | Senat qo‘mitalari, Yuridik boshqarma |
2. O‘rganish va xatlov natijalariga ko‘ra, mazkur sohalarda takomillashtirilishi zarur bo‘lgan qonunlarni aniqlash va takliflar tayyorlash. | 2025-yil mart | |||
3. Takliflarni qonunchilik tashabbusi tartibida Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
3. | Senat qo‘mitalaridagi eshituv instituti asoslarini qonun darajasida mustahkamlash. | 1. Senat faoliyatida eshituv bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarini xalqaro tajriba va xorijiy davlatlar qonunchiligi asosida o‘rganish. | 2025-yil may | Yuridik boshqarma, Senat qo‘mitalari |
2. Senat qo‘mitalaridagi eshituv institutini tartib-taomillarini belgilab beruvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | |||
3. Maromiga yetkazilgan qonun loyihasini qonunchilik taklifi sifatida Qonunchilik palatasiga kiritilishini ta’minlash. | 2025-yil iyul | |||
4. | Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 1. Mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat Dastur ishlab chiqish bo‘yicha Ishchi guruhi tuzish va Senat Kengashi tomonidan Dasturni tasdiqlash. | 2024-yil dekabr | Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Yoshlar parlamenti, Bola huquqlari bo‘yicha vakil |
2. Ishchi guruh tomonidan bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatlari eng ko‘p sodir etilgan hududlardagi tegishli davlat organlarining faoliyati o‘rganiladi. | 2025-yil fevral | |||
3. O‘rganish yakunlari bo‘yicha bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatlarini oldini olish va bu borada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi. | 2025-yil mart | |||
4. Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatlari eng ko‘p sodir etilgan hududlardagi davlat organlarining birinchi rahbarlari axborotlarini Senat yalpi majlisida eshitish. | 2025-yil aprel | |||
5. | O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi a’zoligiga nomzodlarni saylash tizimini takomillashtirish. | “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sud sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi a’zoligiga nomzodlarni saylash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Oliy sudi sudyaligiga, Sudyalar oliy kengashi a’zoligiga nomzodlarning faoliyati bilan tanishish va baho berish, ular haqida xulosa bildirish amaliyotini joriy qilish nazarda tutiladi. | 2025-yil mart | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Yuridik boshqarma |
6. | Sudyalarning maqomi va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asosini takomillashtirish. | 1. Sudyalar va sud hamjamiyatlari organlari faoliyati, sud tizimini moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratish bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarini o‘rganib chiqish, bu boradagi xalqaro tajribalarni tahlil qilish. | 2025-yil mart | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Yuridik boshqarma, Sudyalar Oliy Kengashi |
2. “Sudlar to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunlarga sud tizimini moliyalashtirish uchun mablag‘lar ajratishda sudyalar hamjamiyati ishtiroki kafolatlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | |||
II. NAZORAT-TAHLIL YO‘NALISHIDA | ||||
7. | Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha “qizil” hududlarni parlament nazoratiga olish. | 1. Parlament nazorati doirasida o‘tkaziladigan o‘rganishlarda “qizil” hududlarga alohida e’tibor qaratish, ayniqsa dasturlar ijrosini mahallalar kesimida chuqur tahlil qilish. | 2025-yil yanvar | Senat qo‘mitalari, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Axborot xizmati |
2. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “qizil” hududlarni joylarga chiqqan holda o‘rganish. | 2025-yil fevral | |||
3. O‘rganish yakunlari asosida “qizil” hududlar holatini yaxshilashga qaratilgan “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqish va ular ijrosini nazorat qilish. | 2025-yil mart | |||
4. “Qizil” hududlar rahbarlari axborotlarini Senat qo‘mitalari majlisida eshitish va muhokama qilish. | 2025-yil iyun | |||
5. “Qizil” hududlarda amalga oshirilgan ishlar natijalarini Senat Kengashi majlisida muhokama qilish. | 2025-yil sentabr | |||
8. | Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish borasida Senat nazoratini kuchaytirish. | 1. Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish masalasini Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlari misolida hududlarga chiqqan holda mahallabay o‘rganish va natijasi yuzasidan tahliliy ma’lumot tayyorlash (Navoiy va Toshkent viloyatlari 2025-yil oktabr oyida). | 2025-yil mart — oktabr | Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Xorazm, Navoiy va Toshkent viloyatlarida amalga oshirilgan o‘rganish bo‘yicha mahalliy Kengashlar va Senatning qo‘shma majlislarini tashkil etish, ularda tegishli davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish (Navoiy va Toshkent viloyatlari 2025-yil oktabr oyida). | 2025-yil may — oktabr | |||
9. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar holatini o‘rganish va parlament nazorati ta’sirchanligini oshirish. | 1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash yo‘nalishida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar holatini Farg‘ona viloyati misolida joylarga chiqqan holda o‘rganish. | 2025-yil fevral | Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
2. O‘rganishlar natijasidan kelib chiqib, imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv sharoitda to‘siqsiz muhit va imkoniyat yaratish, shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | 2025-yil mart | |||
3. O‘rganish natijalarini Senat Kengashida muhokama qilish. | 2025-yil aprel | |||
10. | Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan Senat nazoratini kuchaytirish. | 1. Ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimidagi mavjud muammolarni Sirdaryo viloyati misolida o‘rganish va natijasi bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlash. | 2025-yil mart | Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. Sirdaryo viloyati bo‘yicha ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimidagi o‘rganilgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish va uni viloyat mahalliy Kengashida tasdiqlash. | 2025-yil aprel | |||
3. O‘rganish natijasida aniqlangan muammolar yuzasidan viloyat mahalliy Kengashi va Senat bilan birgalikda qo‘shma majlis o‘tkazish, unda hududiy davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish. | 2025-yil may | |||
4. Sirdaryo viloyati bo‘yicha ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimini o‘rganishda aniqlangan muammolarning bartaraf etilishi yuzasidan mas’ul davlat organlari birinchi rahbarlarining axborotlarini Senat Kengashida eshitish. | 2025-yil avgust | |||
11. | Shahar va shaharchalarning, qishloq aholi punktlari infratuzilmasini rivojlantirish va qurilishlarni tartibga solinishi ustidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish. | 1. Shahar va shaharchalarning, qishloq aholi punktlari bosh rejasini ishlab chiqish hamda qurilishlarni amalga oshirishda shaharsozlik qoida va talablariga rioya qilinishi yuzasidan ishlarni joylarga chiqqan holda o‘rganish. | 2025-yil may | Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi |
2. O‘rganish natijalari yuzasidan bosh rejani ishlab chiqish ahvoli bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish. | 2025-yil iyun | |||
3. Parlament so‘roviga javobni tegishli davlat organlari rahbarlari ishtirokida Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqish. | 2025-yil iyul | |||
12. | Sifatsiz yo‘l qurishni oldini olish borasida parlament nazoratini kuchaytirish. | 1. Xorazm viloyatida mahalliy yo‘llarning ahvolini Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi va boshqa mas’ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy Kengashlar bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tahlil qilish. | 2025-yil yanvar | Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib, mas’ul vazirlik va idora rahbarlarining axborotlarini mahalliy Kengashlar bilan Senatning qo‘shma majlislarida eshitish. | 2025-yil fevral | |||
3. Xorazm viloyatida aniqlangan sifatsiz qurilgan yo‘llarni ta’mirlash va sifatsiz yo‘llar qurishni oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi va boshqa mas’ul vazirlik va idoralar birinchi rahbarlarining axborotini Senat Kengashida eshitish. | 2025-yil mart | |||
13. | Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish. | 1. Andijon viloyati misolida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat idoralari va tashkilotlarida amalga oshirilgan ishlarni joylarga chiqqan holda o‘rganish va tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash. | 2025-yil fevral | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) Kengashlari |
2. Andijon viloyati misolida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat idoralari va tashkilotlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va viloyatni “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2025-yil mart | |||
3. Chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha viloyat mahalliy Kengashi bilan Senatning qo‘shma majlisini o‘tkazish, unga fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat va notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokini ta’minlash. | 2025-yil aprel | |||
4. Chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni Andijon viloyatidagi davlat organlari rahbarlarining axborotini O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida eshitish. | 2025-yil may | |||
5. Andijon viloyatini “Korrupsiyadan xoli hudud”ga aylantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ommalashtirish choralarini ko‘rish, natijasi bo‘yicha Axborot xati tayyorlash. | 2025-yil iyul | |||
14. | Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini oshirishda parlament nazorati samaradorligini oshirish. | 1. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining shaffofligini baholash bo‘yicha “Ochiqlik indeksi” ma’lumotlarini tahlil qilish. | 2024-yil dekabr | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, davlat organlari va tashkilotlar |
2. Tahlil natijalariga ko‘ra, “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatini joylarga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “Chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil yanvar | |||
3. “Chora-tadbirlar dasturi” ijrosi yuzasidan Davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotini O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashida eshitish. | 2025-yil avgust | |||
15. | Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish, yosh avlod ongiga qonunga hurmat, to‘g‘rilik va halol mehnat tushunchalarini singdirishda Senat ishtirokini kengaytirish. | 1. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhi tuzish, Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni Senat Kengashi tomonidan tasdiqlash. | 2025-yil yanvar | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, Axborot xizmati |
2. Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi bo‘yicha davlat organlarining birinchi rahbarlari axborotlarini Senat Kengashida eshitish. | Dasturda belgilangan muddatlarga muvofiq | |||
16. | Jinoyatchilik bo‘yicha “qizil” toifadagi hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish. | 1. Jinoyatchilik bo‘yicha “qizil” toifadagi hududlarda vaziyatni o‘rganish va takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa mas’ul vazirlik va idoralarning xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish. | 2025-yil yanvar | Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, mahalliy Kengashlar |
2. Ishchi guruh tomonidan Jizzax (o‘g‘rilik) va Navoiy (firibgarlik) viloyatlari hamda Toshkent shahrida (giyohvandlik) ayrim jinoyatlarning oshish tendensiyasini chuqur tahlil qilgan holda ushbu hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish borasida mahalliy Kengashlar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil fevral | |||
3. “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish va hududlarni namunali “yashil” toifaga o‘tkazish bo‘yicha mas’ul davlat organlari hamda mahalliy Kengashlar bilan tegishli choralarni ko‘rish. | belgilangan muddatlarga muvofiq | |||
4. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha mas’ul davlat organlarining axborotlarini Senat Kengashida eshitish, yakuni bo‘yicha Axborot xati tayyorlash. | 2025-yil sentabr | |||
17. | Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda senatorlarning ishtirokini oshirish. | 1. Surxondaryo viloyatida zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar holatini mahalliy Kengashlar bilan birgalikda joylarga chiqqan holda tahlil qilish. | 2025-yil may | Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, mahalliy Kengashlar |
2. Tahlil natijalaridan kelib chiqib mas’ul vazirlik va idora rahbarlarining axborotlarini Senat qo‘mita majlisida eshitish. | 2025-yil iyun | |||
III. MAHALLIY KENGASHLARGA O‘Z FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA KO‘MAKLASHISH YO‘NALISHIDA | ||||
18. | Mahalliy Kengashlar tomonidan qarorlar loyihalarini tayyorlash, kelishish va tasdiqlash bo‘yicha yagona tartib ishlab chiqish. | 1. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan qaror loyihalari ishlab chiqish bo‘yicha milliy qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish. | 2024-yil dekabr | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi |
2. Mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyoti loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | |||
3. Loyihani Senat Kengashi muhokamasiga kiritish va tasdiqlash. | 2025-yil fevral | |||
19. | Qonun ijodkorligi jarayoniga mahalliy Kengashlarni keng jalb etish, qonunlarda hududiy va umumdavlat manfaatlari uyg‘un bo‘lishiga erishish. | 1. Senat tomonidan hududlarga yuborilgan qonunlarning mahalliy Kengashlar tegishli doimiy komissiyalari majlislarida muhokama qilib borilishini, bunda “mahalla yettiligi” jalb qilinishini ta’minlash choralarini ko‘rish. | Qonun kelib tushgandan keyin olti kun ichida | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengashlar, Senat qo‘mitalari, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi |
2. Qonun yuzasidan mahalliy Kengash deputatlari takliflarini Senatning tegishli qo‘mitasiga yetkazish. | Qonun kelib tushgandan keyin 7 kun muddatda | |||
3. Senat qo‘mitalarining qonun muhokamasiga bag‘ishlangan majlislarida mahalliy Kengashlar tegishli doimiy komissiyalari a’zolari ishtirokini ta’minlab borish. Bunda: a) qonunni kelgusida amaliyotda qo‘llashda tegishli mahalliy hokimlik yoki kengashning imkoniyat va resursi yetarli ekanligi to‘g‘risida mahalliy Kengashlarning xulosasini olish va bu haqda Senat qo‘mitalarining xulosasida ko‘rsatib o‘tish amaliyotini yo‘lga qo‘yish; b) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga mahalliy Kengashlar xulosasini olish va bu haqda Senat qo‘mitalarining xulosasida ko‘rsatib o‘tilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. | 2025-yil mart | |||
4. Mahalliy Kengashlarning nazorat-tahlil faoliyati natijalariga ko‘ra qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda ularni Senatga kiritib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | doimiy | |||
5. Qonunning kelgusida huquqni qo‘llash amaliyotida to‘laqonli ishlashi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan Senat takliflarini Hukumatga kiritish amaliyotini joriy qilish, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga tegishli qo‘shimchalar kiritish. | 2025-yil mart | |||
20. | Hokimlarning ayrim vakolatlarini mahalliy Kengashlarga o‘tkazish choralarini ko‘rish. | 1. O‘tkazilishi rejalashtirilayotgan vakolatlarga doir qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish va tahlil qilish. | 2025-yil fevral | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Yuridik boshqarma |
2. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonunchilik takliflarini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | |||
3. Qonunchilik takliflarini belgilangan tartibda Qonunchilik palatasiga kiritish. | 2025-yil may | |||
21. | Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvi mexanizmlarini nazarda tutuvchi tartib ishlab chiqish. | 1. Mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash so‘rovini yuborish va Kengash tekshiruvini o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Senat Kengashi qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral-mart | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
2. Senat Kengashi qarori loyihasini Senat Kengashi muhokamasiga kiritish. | 2025-yil aprel | |||
3. Mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash so‘rovini yuborish, Kengash tekshiruvini o‘tkazish tartibi yuzasidan mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etish. | 2025-yil may | |||
4. Kengash so‘rovi va Kengash tekshiruvi natijalarini mahalliy nashrlarda e’lon qilish orqali jamoatchilikka yetkazish amaliyotini joriy etish. | 2025-yil maydan boshlab | |||
22. | Mahalliy Kengashlarning qarorlari qonunchilikka muvofiq bo‘lishi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha samarali tizim yaratish. | 1. Mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari kotibiyatlari yuriskonsultlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, Senat devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan qonunchilik normalariga muvofiqligini ko‘rib chiqishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
2. Mahalliy Kengashlar qarorlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda qonunchilik normalariga muvofiqligini ko‘rib chiqishni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil fevral oyidan boshlab | |||
3. Mahalliy Kengashlarning barcha qarorlarini “E-Kengash” elektron tizimida e’lon qilib borilishini ta’minlash. | 2025-yil yanvar | |||
4. Mahalliy Kengashlarning “E-Kengash” elektron tizimiga joylashtirib borilayotgan qarorlarining qonunchilikka muvofiqligi bo‘yicha monitoringni amalga oshirish. | har oyda | |||
5. Monitoring natijasida aniqlangan qonunchilik normalariga mos kelmaydigan normalarni qonunchilikka muvofiqlashtirish choralarini ko‘rish | har oyda | |||
6. Mahalliy Kengashlarning qonunchilik normalariga muvofiq bo‘lmagan qarorlarini Senat yoki uning Kengashi majlislarida bekor qilib borish. | zaruratga ko‘ra | |||
23. | Hokimlarning hududni rivojlantirish bo‘yicha taqdim etilgan dasturlaridagi vazifalar ijrosi bo‘yicha deputatlik nazoratini amalga oshirish. | 1. Hokimlarning hududlarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarini manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida viloyat Kengashi deputatlarini tuman (shahar)larga, tuman (shahar) Kengashlari deputatlarini mahallalarga loyihalar bo‘yicha manzilli biriktirish. | 2025-yil yanvar | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar |
2. Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ijrosini mahalliy Kengash sessiyalarida tanqidiy muhokama qilib borish. | har chorakda | |||
3. Bajarilishi ortda qolayotgan loyihalar, aniqlangan muammolarni “Mahalla — Kengash — Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi asosida hal etish choralarini ko‘rib borish. | doimiy ravishda | |||
24. | Tuman va shaharlarning o‘zida qoldiriladigan soliqlarning maqsadli ishlatilishini tashkil etish va samarali nazoratini yuritish. | 1. Mahalliy Kengashlar tomonidan hududlarning o‘zida qoldirilgan soliqlarning tushumi hamda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish. | yangi tartib joriy etilgandan 6 oy o‘tib | Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Ishchi guruh tomonidan Toshkent va Namangan viloyatiga joylarga chiqqan holda tizimli o‘rganishlar olib borilishini tashkil etish. | alohida reja asosida | |||
3. O‘rganish natijalarini mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilish, tegishli mas’ullarning hisobotini eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rib borish. | har chorakda | |||
4. Mahalliy Kengashlarda soliqlar tushumi hamda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini o‘rganishda mustaqil moliyaviy maslahatchilarni (autsorsing xizmati) jalb qilishning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | alohida reja asosida | |||
25. | Vazirlik va idora rahbarlarining hisobotini hududlarda mahalliy Kengashlar bilan hamkorlikda eshitish amaliyotini kengaytirish. | 1. Senat qo‘mitalari kesimida ularning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda Qashqadaryo viloyatida o‘rganishlar o‘tkazish hamda natijalarini Senatning tegishli qo‘mitasi va mahalliy Kengashlar qo‘shma majlislarida tanqidiy muhokama qilib borish. 2. Qo‘shma majlislarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil avgust | Senat qo‘mitalari, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, vazirlik va idoralar, mahalliy Kengashlar |
26. | Ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilish boshlash holatlarining oldini olish va bartaraf etishda mahalliy Kengashda yangicha ishni tashkil etish. | 1. Buxoro viloyatida joylarga chiqqan holda ro‘yxatdan o‘tmasdan qurilish ishlari amalga oshirilayotgan holatlarni o‘rganish, bartaraf etish va bu borada mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyati samaradorligini oshirish tizimini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish. Bunda: mahalliy Kengashlar huzurida deputatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mutasaddi davlat organlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuzish hamda uning aniq vazifalarini belgilash; mahalliy Kengash, “mahalla yettiligi” va prokuratura organlari o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish; ishchi guruh tomonidan alohida jadval asosida o‘rganishlarni amalga oshirish va natijalarini mahalliy Kengashga kiritib borishni nazarda tutish. | 2025-yil mart | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Bosh prokuratura, manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy Kengashlar |
2. Buxoro viloyati mahalliy Kengash sessiyasida joylarda ro‘yxatdan o‘tmagan holda qurilish ishlarini amalga oshirish holatlarini o‘rganish natijalarini muhokama qilish va bartaraf etish choralarini belgilash. | 2025-yil iyul | |||
3. Amalga oshirilgan ijobiy tajribani respublika bo‘yicha ommalashtirish choralarini ko‘rish. | 2025-yil avgust | |||
27. | Mahalliy Kengash sessiyalarida ijro organi rahbarlarining axborotlarini eshitish, ularning faoliyatiga baho berish, yuqori turuvchi tashkilotlariga taqdimnoma kiritish amaliyotini kengaytirish. | 1. Mahalliy Kengashlar sessiyalarida ijro etuvchi hokimiyat organlarining hisobot va axborotlarini eshitishning namunaviy tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Yuridik boshqarma |
2. Faoliyatida kamchilik aniqlangan ijro etuvchi hokimiyat organi mansabdor shaxsiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ta’sir choralari, shu jumladan, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berish, yuqori turuvchi organga taqdimnoma kiritishning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha qonunchilik hujjati loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil fevral | |||
3. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritish. | 2025-yil mart | |||
28. | Mahalliy Kengash deputatlarning o‘z okrugidagi aholi muammolari bo‘yicha “mahalla yettiligi” va Senat bilan hamkorlikda ishlashini yo‘lga qo‘yish. | 1. Senat Kengashi qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda: mahalladagi muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlash uchun mahalliy Kengashlar deputatlarini mahallalarga biriktirish; mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish sxemasini tasdiqlash; mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan respublika darajasidagi muammoli masalalarni hal etishga ko‘maklashish uchun ularni Senatga taqdim etish sxemasini tasdiqlashni nazarda tutish. | 2025-yil yanvar | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar |
2. Mahalliy Kengashlari sessiyalarida deputatlar va “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib, mas’ullarning faoliyatiga baho berib borish. | har chorak yakuni bo‘yicha | |||
29. | Tuman va shahar Kengashlariga hokimlar raislik qilmasligi bo‘yicha islohotga tayyorgarlik ko‘rish. | 1. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Bunda tuman (shahar) hokimini, mahalliy Kengash raisini lavozimga tasdiqlash va ozod etish tartib-taomillarini belgilash. | 2025-yil noyabr | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi |
2. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari raisini saylash, shuningdek hokimlarni tasdiqlash bo‘yicha namunaviy hujjatlar loyihalarini, sessiyalarni o‘tkazish tartib-taomillari bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. | 2025-yil noyabr | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
3. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan, belgilangan minimal talablar asosida bino (xizmat xonalari) ajratilishi va uning jihozlanishini ta’minlash. | 2025-yil dekabrgacha | |||
30. | Mahalliy Kengashlarning eng yaxshi tajribalarini ommalashtirish, namunali Kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, “Eng namunali mahalliy Kengash (tuman, viloyat)”, “Eng faol mahalliy Kengash (tuman, viloyat) deputati” kabi tanlovlarni o‘tkazish. | 1. Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
2. Tavsiyalar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 1 tadan tuman (shahar) Kengashi faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil mart | |||
3. Namunali mahalliy Kengashlar tajribalarini boshqa hududlarda tatbiq qilish yuzasidan uslubiy-amaliy seminarlar tashkil etish. | 2025-yil aprel-may | |||
4. Mahalliy Kengashlarning eng yaxshi tajribalarini boshqa hududlarda ham ommalashtirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil davomida alohida reja asosida | |||
5. “Eng namunali mahalliy Kengash (tuman, viloyat)” va “Eng faol mahalliy Kengash (tuman, viloyat) deputati” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha nizom ishlab chiqish, unda baholash mezonlari, tanlov o‘tkazish muddatlarini belgilash. | 2025-yil may | |||
6. “Eng namunali mahalliy Kengash (tuman, viloyat)” va “Eng faol mahalliy Kengash (tuman, viloyat) deputati” tanlovini o‘tkazish. | Nizomda belgilangan muddatda | |||
31. | Mahalliy Kengash deputatlarining malakasini oshirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish. | 1. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari raislari hamda kotibiyat mudirlari uchun Senatda o‘quvlar tashkil etish. | 2024-yil dekabr | Senat qo‘mitalari, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
2. Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda barcha deputatlar uchun videokonferensaloqa shaklida o‘quvlar o‘tkazish. | 2024-yil dekabr | |||
3. Senat qo‘mitalari tomonidan mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari uchun doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish. | 2025-yil yanvar | |||
4. Mahalliy Kengash doimiy komissiyalari a’zolarini hamda kotibiyat xodimlarining quyidagi amaliyot o‘tash tartibini yo‘lga qo‘yish: xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari a’zolarining Senat qo‘mitalarida; xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengash kotibiyatlari xodimlarining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazida; xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalari a’zolari va kotibiyat xodimlarining viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida. | 2025-yil yanvar | |||
32. | Mahalliy Kengashlar tomonidan matbuot anjumanlari o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yish. | 1. Mahalliy Kengash faoliyati yuzasidan ommaviy axborot vositalari uchun tahliliy axborot tayyorlash va matbuot anjumanlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiya ishlab chiqish hamda joylarga yetkazib berish. | 2025-yil yanvar | Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Mahalliy Kengashlar, Axborot xizmati |
2. Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumanlarini tashkil qilish. 3. Mahalliy Kengash faoliyati yuzasidan tahliliy axborotlarni veb-saytlarga joylashtirib borish. 4. Mahalliy Kengashlarga matbuot anjumanlarini tashkil etishga uslubiy jihatdan ko‘maklashish. | har yarim yilda bir marta | |||
33. | Mahalliy Kengashlarning mahalliy budjet loyihasini ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilishda faol ishtirokini ta’minlash. | 1. Mahalliy budjetlarni shakllantirish va belgilangan tartibda tasdiqlanishi yuzasidan mahalliy Kengashlarga uslubiy ko‘mak ko‘rsatish. 2. Mahalliy budjetlarni qo‘shimcha daromadlarini aniqlash va uni maqsadli xarajatlarga yo‘naltirish borasida mahalliy Kengashlarga ko‘maklashish. 3. Tashabbusli budjet jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish hamda nazorat qilish borasida hamkorlik qilish. | doimiy ravishda | Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi, Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va budjet masalalari boshqarmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
IV. XALQARO ALOQALAR YO‘NALISHIDA | ||||
34. | Parlamentlararo Ittifoqning (PI) 150-yubiley Assambleyasini yuqori darajada tashkil etish. | 1. Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning (PI) 150-yubiley Assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish: tashkiliy qo‘mita tarkibini tasdiqlash; davlat organlari vazifalarini belgilash; chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. 2. Kun tartibiga muvofiq zarur materiallarni tayyorlash. 3. Tadbir tabrik so‘zi loyihasini tayyorlash 4. Ikki tomonlama o‘tkaziladigan uchrashuvlarda Qo‘mita a’zolari va senatorlarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. | 2025-yil yanvar — mart | Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi, Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi |
5. Tadbir doirasida parlamentlararo hamkorlik tuzilmalari a’zolarining xorijiy hamkor tomon bilan o‘zaro ishchi muloqotlarini tashkil etish. 6. Tadbirni keng yoritish choralarini ko‘rish, ushbu jarayonga xorijiy davlatlarning yetakchi ommaviy axborot vositalarini jalb qilish. | 2025-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi | ||
35. | Xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan tuzilgan parlamentlararo tuzilmalari faoliyati samaradorligini oshirish. | 1. Oliy Majlis palatalarining xorijiy mamlakatlar parlamentlari va xalqaro parlament tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqish, bunda: hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilash; “Yo‘l xaritalari” ijro mexanizmlari ustidan nazorat tadbirlarini nazarda tutish. | 2025-yil yanvar-fevral | Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi |
2. Parlamentlararo hamkorlik tuzilmalarining yangi tarkibini shakllantirish. | 2025-yil fevral | |||
3. Parlamentlararo komissiyalar (do‘stlik guruhlari) imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida uchrashuv, qo‘shma majlislarni tashkil etish hamda ularni o‘tkazishga ko‘maklashish. | doimiy | |||
36. | O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashda Senatning nazorat-tahliliy faoliyatini kuchaytirish choralarini ko‘rish. | 1. O‘zbekiston Respublikasining ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash to‘g‘risidagi milliy ma’ruza loyihasini tayyorlash. | 2025-yil yanvar | Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi |
2. Milliy ma’ruzani Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashida ko‘rib chiqish. | 2025-yil fevral | |||
3. Milliy ma’ruzani Senat qo‘mitalari va yalpi majlisda ko‘rib chiqish. | 2025-yil mart | |||
37. | O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nufuzli xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar minbarlaridan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini mahalliy va xorijiy ekspertlarga hamda keng jamoatchilikka yetkazish. | 1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan nufuzli xalqaro va parlamentlararo tashkilotlar minbarlaridan ilgari surilgan tashabbuslarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish: | Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Xalqaro aloqalar va protokol boshqarmasi, Axborot xizmati, Senat qo‘mitalari, Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish bo‘limi | |
Senatning rasmiy veb-saytining bosh sahifasida O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslariga bag‘ishlangan alohida bo‘lim ochish; | 2025-yil fevral | |||
tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha senatorlar va ekspertlar ishtirokida turli media tadbirlarni tashkil etish (press-klub, podkast, videorolik, intervyu va b.). | doimiy | |||
2. Senat a’zolari va mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi tashabbuslarining mazmun-mohiyati yuzasidan ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot ishlarini olib borish. | doimiy | |||
38. | Oliy darajadagi tashriflar yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan muhim hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan ikki tomonlama parlament nazoratini amalga oshirish. | 1. Oliy darajadagi tashriflar yakuni bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash. 2. Parlamentlararo tuzilmalar uchrashuvida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masalalardan iborat kun tartibini shakllantirish. 3. Uchrashuvni yuqori saviyada o‘tkazish va tadbir yakuni bo‘yicha OAV orqali keng jamoatchilikni xabardor qilish. | doimiy | Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi, Parlamentlararo tuzilmalar |
39. | “O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti: munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashda xalqaro standartlarning o‘rni va ahamiyati” mavzusidagi davra suhbatini o‘tkazish. | 1. O‘zbekistonni Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy kengashiga a’zo bo‘lganligi, shuningdek ushbu tashkilot bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollari haqida ma’lumotlar yig‘ish. 2. Davra suhbati ishtirokchilarini Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan Konvensiya va Bayonnomalarning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinganligi va parlament tomonidan ratifikatsiya qilinganligi to‘g‘risida xabardor qilish. 3. Tadbirga sohadagi mas’ul vazirlik va idoralar vakillarini hamda mutaxassis va ekspertlarni taklif qilish. 4. Davra suhbatini o‘tkazish va tadbir natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish. | 2025-yil iyun | Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi |