Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 14.05.1994 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.05.1994 yildagi 258-son
Date of entry into force
14.05.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 24.06.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika oʻquv yurtlariga abituriyentlarni test usulida tanlash sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash maqsadida va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlarini test sinovidan oʻtkazishning ijobiy tajribasini eʼtiborga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1994-yildan boshlab oliy oʻquv yurtlari bilan bir qatorda barcha turdagi oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga abituriyentlarni bilimlariga baho berishning test usulini qoʻllagan holda tanlash amaliyotga joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, test sinovlari natijalari boʻyicha abituriyentlar tanlash 1994-yilda 1-ilovaga muvofiq ayrim oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquvchilar qabul qilish boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasining tarkibi* va uning toʻgʻrisidagi Nizom 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Komissiya tarkibi berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquvchilar qabul qilish boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasining oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlari oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abituriyentlar tanlash boʻyicha Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat test markazi moliya va mulk masalalarida oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abituriyentlar tanlash boʻyicha Respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish Davlat test markazi zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq taʼlimi vazirligi har yili test sinovi natijalarini tahlil qilish asosida taʼlim sifatini yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi xodimlarining soni 47 nafarga koʻpayganligi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplashga qoʻshimcha mablagʻ ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazining direktori lavozimi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tenglashtirilsin, unga tibbiy, transport va maishiy xizmat koʻrsatish boʻyicha imtiyozlar tatbiq etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8 Bir oy muddatda Davlat test markaziga test materiallari va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar chiqarishga litsenziya rasmiylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Davlat test markazini turlari boʻyicha va zarur miqdordagi qogʻoz bilan davlat buyurtmasi sifatida taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat test markaziga hukumat ATSining 2 ta telefoni oʻrnatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi 1994-yildan boshlab test sinovining istiqbolli texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha tanlov asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat test markaziga 1994-yildan boshlab test sinovlarini oʻtkazishga sarflanadigan xarajatlarni qisman qoplash uchun oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlari oʻtkazganlik uchun haq belgilashga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat test markazi Moliya vazirligi bilan birgalikda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlari oʻtkazganlik uchun haq toʻlash normativlarini ishlab chiqsin hamda indeksatsiyalashni nazarda tutgan holda ularni belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar abituriyentlar va talabalarni test sinovidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, oliy oʻquv yurtlari rektorlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari direktorlari joy ajratish, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Moliya vazirligi abituriyentlar tanlash boʻyicha Respublika markazi uchun nazarda tutilgan xizmat yengil avtomobillarini ijaraga olish limitini Davlat test markaziga bersin hamda test sinovlarini oʻtkazish va Davlat test markazi xarajatlari uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Bobur koʻchasi, 22a-uy. Toshkent shahar hokimi bir oy muddatda qayd etib oʻtilgan manzildagi Toshkent restoranlar tresti tomonidan ijaraga olingan binoning bir qismini Davlat test markaziga berish masalasini hal etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilish boʻyicha eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” 1992-yil 9-apreldagi 181-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258-son

Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
14-maydagi 258-son qaroriga
1-ILOVA

1994-yilda oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga qabul test sinovlari asosida amalga oshiriladigan oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adliya vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekbirlashuv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy taʼminot vazirligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil
14-maydagi 258-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquvchilar qabul qilish boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquvchilar qabul qilish boʻyicha Davlat idoralararo komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) abituriyentlar bilimini attestatsiyadan oʻtkazish, ularni respublika oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga qabul qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha idoralararo organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Komissiyaning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatning aql-zakovat imkoniyatlarini kuchaytirish va ijtimoiy adolat prinsiplarini roʻyobga chiqarish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻqishga tanlashda xolislik va ishonchlilikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
abituriyentlar bilimini attestatsiyadan oʻtkazishda test sinovlarini takomillashtirishga doir takliflarni va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va oʻrta maxsus taʼlimning har bir yoʻnalishi boʻyicha test sinovi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxatini va baholash mezonlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy va oʻrta maxsus taʼlimning test sinoviga qoʻshimcha ravishda koʻp balli tizim boʻyicha ijodiy imtihonlar oʻtkaziladigan yoʻnalishlari roʻyxatini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb taʼlimining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy imtihonlar dasturlari va baholash mezonlarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi natijalarini yakunlash, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilarini abituriyentlarning bilim darajasini, kasb taʼlimining tanlangan yoʻnalishiga qobiliyatlari va mayllarini hisobga oluvchi yagona mezonlar boʻyicha tanlash va shakllantirishni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Komissiya oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish, zarur materiallar tayyorlash uchun vakolatli ishchi guruh tuzadi. Ishchi guruh tarkibi Komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. QABUL QILISH VA TALABALIKKA OʻTKAZISH
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquvchilar qabul qilish Komissiya tomonidan kasb taʼlimining har bir yoʻnalishi boʻyicha tasdiqlangan qabul rejasi hisobga olingan holda abituriyentlar attestatsiya sinovlarida olgan yakuniy ballar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga qabul qilish Komissiyaning qarori asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻquvchi oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurtiga faqat bir dastur (taʼlim yoʻnalishi) boʻyicha qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy oʻquv yurtlari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari Komissiyaning qarori va respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquvchilar qabul qilish Qoidalari asosida oʻquvchilarni tegishli oʻquv yurtlariga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-iyuldagi 293-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.— OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 289-modda)