21.11.2024 yildagi O‘RQ-1004-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 21.11.2024 yildagi O‘RQ-1004-son
Date of entry into force
22.11.2024
Hujjat 22.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda tabiiy muhitni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni kengaytirish, kamyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimliklar hamda hayvonlarning barqaror yashash va oʻsish sharoitlarini taʼminlash, bioxilmaxillikni saqlab qolish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq qonunchilikda belgilangan taqiqlarga qaramay, elektr toki, portlovchi va kimyoviy moddalar hamda biologik preparatlar kabi taqiqlangan qurollar va usullardan foydalangan holda ov qilish hamda baliq ovlash hollari ortib bormoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga hayvonot va oʻsimlik dunyosidan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Shuningdek “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi va “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari normalari muvofiqlashtirilmoqda, ov quroli, shu jumladan baliq ovlash quroli bilan bogʻliq huquqiy boʻshliqlar bartaraf etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirganlik, payhon qilganlik yoki yoʻq qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, shuningdek uning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etishga doir koʻrsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun elektr toki, portlovchi va kimyoviy moddalar hamda biologik preparatlar kabi taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda ov qilish hollarining oldini olish orqali biologik resurslarni muhofaza qilishga, daraxtlarni va butalarni yoʻq qilish boʻyicha huquqbuzarliklarning oldini olishga, shuningdek davlat inspektorlarining qonuniy koʻrsatmalariga rioya etilishini taʼminlashga va davlat ekologik nazorati instituti samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar) 202-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismning sanksiyasi “ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud” degan soʻzlardan keyin “muayyan huquqdan mahrum qilib” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dispozitsiyasining “g” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllagan holda ov qilish yoxud baliq ovlash, –
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qism “ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi” degan soʻzlardan keyin “bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻz hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chogʻida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qoʻllagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa oʻsimliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yoʻq qilish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli boʻlgan ashyoni yoki maʼmuriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 90-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmasa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi ikki marta qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli ruxsati boʻlmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish yoxud baliq ovlash (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qoʻllash hollari mustasno), —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanksiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 245-moddaning birinchi qismidagi “79-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “79-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining 1-bandidagi “79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismidagi “79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida” degan soʻzlar “79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “79-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “79-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 261-moddaning birinchi qismidagi “79-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 9, 771-modda; 2024-yil, № 8, 831-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 32-moddaning birinchi qismidagi “boshqa ov qilish vositalari” degan soʻzlar “ov qilish qurollarining boshqa turlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 33-moddaning oltinchi qismidagi “boshqa ov qilish vositalari” degan soʻzlar “ov qilish qurollarining boshqa turlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 34-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi “baliq tutish vositalari” degan soʻzlar “baliq ovlash qurollari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 45-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Soni tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi hayvonlarning turlari hamda yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish usullari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan, yovvoyi hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasalliklar belgilari aniqlangan taqdirda esa Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 49-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“49-modda. Qonunga xilof ravishda tutilgan yovvoyi hayvonlarni, ularning yashash faoliyati mahsulotlarini, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda tutishda foydalanilgan ov qurolini va ov qilish qurolining boshqa turlarini olib qoʻyish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga xilof ravishda tutilgan yovvoyi hayvonlar, ularning yashash faoliyati mahsulotlari, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda tutishda foydalanilgan ov quroli va ov qilish qurolining boshqa turlari qonunchilikda belgilangan tartibda olib qoʻyilishi yoki musodara qilinishi lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-627-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 447-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda, № 8, 831-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 3-modda birinchi qismi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matnidagi “ov qurollarining” degan soʻzlar “ov qilish qurollarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“baliq ovlash qurollaridan”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qarmoqlar, ikki tomonlama mahkamlanadigan oʻntadan koʻp boʻlmagan ilgakli vositalar (peredmetlar), katak oʻlchami ruxsat etilgan hajmdagi toʻrlar baliq ovlash qurollaridir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ilgaklardan va toʻrlardan, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan baliq ovlash qurollari mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuyoqli yovvoyi hayvonlar uchun qopqonlardan”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 21-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-1004-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2024-y., 03/24/1004/0948-son)