15.11.2024 yildagi O‘RQ-998-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2024 yildagi O‘RQ-998-son
Date of entry into force
15.11.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 25-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid boʻlgan, davlatlararo, milliy, diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, Oʻzbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning “Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati”ga kiritilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 4-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-692-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 6, 519-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 11-moddaning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilganda yoxud ushbu Qonunning 351-moddasida belgilangan tartibda deportatsiya qilinganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 29-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“agar shaxs Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) quyidagi mazmundagi 291-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
291-modda. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasining davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid boʻlgan, shuningdek davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, Oʻzbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlari yoki harakatlari ularni Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar roʻyxatiga (bundan buyon matnda Roʻyxat deb yuritiladi) kiritish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Roʻyxatga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi, shuningdek unga Oʻzbekistonda bank hisobvaraqlarini ochish, Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkni sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish taqiqlanadi, bundan unga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mulkni begonalashtirish mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Roʻyxatda boʻlish muddati besh yilni tashkil etadi va uni Roʻyxatga kiritishning tegishli asoslarini ushbu muddat ichida bartaraf etmagan taqdirda, Roʻyxatda boʻlish muddati besh yilga uzaytiriladi. Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Roʻyxatga kiritilishi uchun asoslar bartaraf etilganidan keyin shaxs Roʻyxatdan chiqarish toʻgʻrisidagi murojaatiga yoxud uni Roʻyxatga kiritish haqida taqdimnoma bergan tegishli davlat organining iltimosnomasiga asosan muddatidan ilgari Roʻyxatdan chiqarilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarosining yoki Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Roʻyxatga kiritilishi uning mamlakat hududida qonuniy asoslarda yashash va boʻlish huquqi bekor qilinishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Roʻyxatga kiritilganligi toʻgʻrisida mazkur shaxsni (uning qonuniy vakilini) belgilangan tartibda bevosita yoki diplomatik kanallar orqali uch ish kuni ichida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish hamda uni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) quyidagi mazmundagi 351-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“351-modda. Deportatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Roʻyxatga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishi kerak, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Roʻyxatga kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deportatsiya qilish deganda Roʻyxatga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida yashash va boʻlish huquqi qonuniy asoslarda bekor qilingan chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni majburiy tarzda mamlakatdan chiqarib yuborish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning ota-onasidan biri yoxud homiysi yoki vasiysi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda yashash huquqiga ega boʻlsa, ushbu shaxs deportatsiya qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning Roʻyxatga kiritilishiga asos boʻlgan harakatlarida jinoyat yoxud maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud boʻlsa, u Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyati yoki maʼmuriy huquqbuzarligi uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etib boʻlganidan yoki oʻtab boʻlganidan keyin yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganidan keyin, ushbu Qonunning 35-moddasida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Roʻyxatga kiritilgan, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarosini yoki Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxsni deportatsiya qilish ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari boʻyicha, oʻqish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turist sifatida kelgan, boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni deportatsiya qilish xarajatlari ularni taklif etgan hamda qabul qilgan jismoniy va yuridik shaxslarning zimmasida boʻladi. Boshqa chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni deportatsiya qilish xarajatlari ichki ishlar organlarining zimmasida boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa davlatlar hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosiga va fuqaroligi boʻlmagan shaxsga berilgan viza ular deportatsiya qilingan taqdirda, bekor qilinadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Roʻyxatga kiritish hamda uni yuritish tartibini bir oylik muddatda tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-998-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/998/0924-son)