15.11.2024 yildagi O‘RQ-997-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 15.11.2024 yildagi O‘RQ-997-son
Date of entry into force
15.11.2024
Hujjat 15.11.2024 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 30-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 23-oktabrda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda yerga oid munosabatlarda tenglik va shaffoflikni, yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlashga hamda yer uchastkalari oʻzboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga yerga oid huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi va Iqtisodiy protsessual kodeksi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha alohida ish yuritilishini nazarda tutuvchi qoidalar bilan toʻldirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirishga, ularni oʻzboshimchalik bilan egallab olish va oʻzboshimchalik bilan imoratlar qurish holatlarining kamayishiga, yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi bilan bogʻliq qilmishlarni sodir etganlik uchun qoʻllaniladigan taʼsir choralarining mutanosibligi va yetarliligi prinsiplarini taʼminlashga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda) quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “ikki yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining sanksiyasidagi “bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “bir yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dispozitsiyasi quyidagi mazmundagi “v” band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanksiyasidagi “uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar “besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 345-moddaning ikkinchi qismi “218 — 222” raqamlaridan keyin “2291” raqami bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3812-modda birinchi qismining 1-bandidagi “2281 — 2293-moddalarida” degan soʻzlar “2281, 229, 2292, 2293-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar) 60-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismning sanksiyasidagi “yigirma besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari” degan soʻzlar “oʻttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismning sanksiyasidagi “bir yuz ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravari” degan soʻzlar “ikki yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa — toʻrt yuz baravari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791, 792-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1, 3-moddalar, № 3, 198, 199-moddalar; 2021-yil, № 1, 8-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1007-modda; 2024-yil, № 2, 115-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) quyidagi mazmundagi 232-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232-bob. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2706-modda. Daʼvo arizasini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2707-modda. Daʼvo arizasining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 189-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 189 va 2708-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 195-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2708-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeksning 191-moddasida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2709-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, mazkur bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish sudya daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27010-modda. Sudning hal qiluv qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 23-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 253, 255 va 256-moddalarida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) buzilishi lozim boʻlgan imorat koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan boʻlib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 3851-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 395-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) u sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda, № 10, 671-modda, № 11, 791-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 198-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 10-modda, 4-songa ilova, № 8, 803-modda, № 9, 903-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 463-modda, № 6, 577-modda, № 8, 787-modda; 2023-yil, № 4, 269-modda, № 12, 1008-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 26-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“91) oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi mazmundagi 232-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
232-bob. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2036-modda. Daʼvo arizasini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Prokuror, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi bilan sudga murojaat etishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2037-modda. Daʼvo arizasining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Kodeksning 149 va 2038-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2038-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) qonunchilik talablari buzilganligi toʻgʻrisida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishni (buzib tashlashni) tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organining qonun buzilishlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi ogohlantirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) huquqbuzarlik sodir etilganligi toʻgʻrisidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2039-modda. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud muhokamasining oʻziga xos xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, ushbu bobda belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish sudya daʼvo arizasini ish yurituviga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqargan kundan eʼtiboran yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Javobgar daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrini daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda sudga oʻzi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning koʻchirma nusxasi daʼvogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Daʼvo arizasining sudga yuborilishi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi daʼvo arizasini koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20310-modda. Sudning hal qiluv qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 179-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) qaytarilayotgan yer uchastkasining maydoni va joylashgan joyi (manzili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yer uchastkasi tasarrufiga qaytarilayotgan davlat organi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi talab sud tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu Kodeksning 179-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning manzili va tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) buzilishi lozim boʻlgan imorat koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar daʼvo arizasida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish toʻgʻrisidagi va oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash haqidagi talablar birgalikda bildirilgan boʻlib, bu talablar qanoatlantirilgan taqdirda, hal qiluv qarorining xulosa qismida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, u qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining koʻchirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida berilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 277-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan, shuningdek huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111, 112-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 371-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“371) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “32 — 36” raqamlari “32 — 36 va 371” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi 221-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“221) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari — yer toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “20 va 21” degan soʻzlar “20, 21 va 221” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 15-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-997-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2024-y., 03/24/997/0923-son)