11.11.2024 yildagi 749-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.11.2024 yildagi 749-son
Date of entry into force
12.11.2024
Hujjat 12.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2024-yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni toʻlab berishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlab beriladigan fuqarolarni tanlab olish mezonlarini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan fuqarolarga ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy islohotlardan kelib chiqib, manfaatdor vazirlik va idoralar nomlariga tuzatishlar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning mohiyati hamda ahamiyatini aholi oʻrtasida keng tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 11-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
749-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-noyabrdagi 749-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-banddagi “yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 5-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyani markazlashtirilgan tartibda toʻlab bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buyurtmanomalar tegishli tijorat banklarining Bosh ofisi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomalar boʻyicha toʻlovlarni 5 ish kuni ichida amalga oshirsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan joriy etilgan Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining har yili tasdiqlanadigan tegishli Farmon va qarorlari asosida ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish uchun daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni aniqlash mezonlarini, subsidiyani hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshidagi “yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya (mukammal va joriy taʼmir bundan mustasno) qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshidagi “yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrtinchi — oʻn oltinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“subsidiya — ipoteka kreditlari asosida kvartira sotib olish uchun boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yettinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn beshinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn oltinchi xatboshidagi “hamda fuqaroga umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn yettinchi xatboshidagi “yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma va yigirma birinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) kesimida qayta taqsimlanmagan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin hamda uchinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. Ariza beruvchining taqdim etilgan arizasi asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi masʼul tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrganib chiqish jarayonida oʻzlarining mavjud elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimida avtomat tarzda ishtirok etuvchi tashkilotlar — Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrganib chiqish jarayonida fuqaroning anketa-arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqib, ushbu maʼlumotlarni baholash uchun ishtirok etuvchi masʼul tashkilotlar — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari, tuman (shahar) soliq inspeksiyalari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun ariza har yili tasdiqlanadigan davlat dasturlarida belgilangan muddatlarda topshirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi — uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Davlat xizmatlari markazi soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni “subsidiya.idm.uz” elektron platformasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXP orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda “subsidiya.idm.uz” elektron platformasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining arizasi ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masʼul tashkilotlar hamda ariza beruvchi roʻyxatga olingan doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi besh ish kunida anketa-arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarni quyidagi maʼsul tashkilotlarning mavjud elektron maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan tizim orqali “subsidiya.idm.uz” dasturiy taʼminot tizimida tekshiriladi va ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy himoya milliy agentligi — ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan shaxslar mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini (arizada “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi koʻrsatilgan ariza beruvchi bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq inspeksiyasidan ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi hamda yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlari boʻyicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa masʼul tashkilotlar tomonidan koʻrib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish boʻyicha komissiya kotibiga yuboriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchining daromadlari 0 ga teng boʻlgan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining daromadlari inobatga olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Adliya vazirligi — “FHDYning yagona elektron arxivi” maʼlumotlari bazasidan ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar (beva, ajrashgan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan ayol) toifasiga mansubligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi oʻrtasida rasmiy nikoh tuzilganligi hamda arizada koʻrsatilgan yaqin qarindoshlarining ariza beruvchi bilan qarindoshchilik darajasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimligi iqtisodiyot va moliya boʻlimi — ariza beruvchining olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligini hamda professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari toifasiga mansubligini”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kadastr agentligi — ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchining “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchining yoshlar toifasiga mansubligi va 30 yoshdan oshmaganligi aniqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
151-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“16. Agar ariza beruvchining va uning turmush oʻrtogʻining oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan meʼyorlardan kam boʻlsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning yaqin qarindoshlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining jami oʻrtacha oylik daromadlari boʻyicha ball berilmagan taqdirda, ariza boshqa mezonlar asosida koʻrib chiqilmaydi va avtomat ravishda subsidiya ajratishni rad etish uchun komissiya kotibiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda soʻngi bir yildagi oʻrtacha oylik daromadlar miqdorini aniqlashda kamida uch oylik daromadlarining oʻrtacha koʻrsatkichlari inobatga olinadi. Ushbu holatda soʻngi uch oyning kamida bir oyida daromadga ega boʻlishi talab etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda ariza koʻrib chiqish jarayoniga oʻtkazilmaydi va avtomat ravishda rad etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“d” kichik bandi quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda tizim tomonidan barcha arizalarni koʻrib chiqish avtomat ravishda toʻxtatiladi va rad etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) ilgari ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyadan foydalangan (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini soʻndirgan va uy-joyni boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) ariza beruvchi shu jumladan turmush oʻrtogʻi takroriy murojaat qilganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi “j” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“j) arizani koʻrib chiqishda ariza beruvchining turmush oʻrtogʻi tomonidan avval topshirilgan va koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan ariza aniqlanganda”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-band birinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kvartira sotib olishga beriladigan ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma berilgan vaqtidan boshlab qonunchilik xujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“40. Joriy yil uchun hududga ajratilgan subsidiya soni tugagan taqdirda, dasturiy taʼminot tizimida arizalar qabul qilinishi avtomat ravishda toʻxtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arizani koʻrib chiqish davri yakunlanguniga qadar komissiya va masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazasida xatolik tufayli notoʻgʻri xulosa shakllangan taqdirda komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan dasturiy taʼminot tizim administratori tomonidan maʼlumotlarga tuzatish kiritish uchun bir qadam ortga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalqparvar” komissiyalari va sud qarorlari bilan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalarini dasturiy taʼminotdan toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilish va toʻlovlarni toʻxtatish Komissiya raisining dasturiy taʼminot tizimida yaratilgan va ERI bilan tasdiqlangan murojaatiga asosan tizim administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya yoki masʼul tashkilot tuzatish kiritish uchun qaytarilgan maʼlumotlarni tizimga qayta kiritish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli tashkilotlar tomonidan xato ajratilgan deb topilgan subsidiya xabarnomalar bekor qilinganda komissiya tomonidan 3 ish kunida fuqaro va xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar boʻyicha baholash adolatli va haqqoniyligi uchun tegishliligi boʻyicha komissiya aʼzolari va axborot bazalariga masʼul boʻlgan tashkilotning xodimlari shaxsan javobgardirlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi “bilan” soʻzidan keyin “birlamchi” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar ham inobatga olinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidan “yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi “tuzilgan” soʻzidan keyin “birlamchi” soʻzi bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda notarial harakatlarni amalga oshirish uchun subsidiyali ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“44. Subsidiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boshlangʻich badalning bir qismini toʻlash uchun subsidiya — har yil uchun qatʼiy belgilangan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 451-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“451. Ariza beruvchi va (yoki) uning turmush oʻrtogʻining hamda kafil sifatida keltirilgan yaqin qarindoshlarining oʻrtacha daromadlari miqdori ularning har biri boʻyicha quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻd = Dm / Os
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻd — oʻrtacha daromad miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dm — ariza beruvchining oxirgi oʻn ikki oy davomidagi daromadlari miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Os — oxirgi oʻn ikki oy davomida haqiqatda daromad hisoblangan oylar soni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda har bir subyekt boʻyicha oʻrtacha daromad miqdori yuqoridagi formula asosida aniqlanadi va umumiy oʻrtacha daromad miqdori umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) moliya boʻlimlariga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgan buyurtmanomalar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berilishi boʻyicha Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) avtomat tarzda buyurtmanoma shakllanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“50. Iqtisodiyot va moliya vazirligi toʻrt ish kuni mobaynida tijorat banki tomonidan “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali kiritilgan buyurtmanomaga asosan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyani tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-banddagi “tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining tegishli hisobvaragʻiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“52. Talabgorga uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga buyurtmanoma yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“53. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlangʻich badalning bir qismini qoplab berish uchun subsidiyalarni — tijorat bankining buyurtmanomasiga asosan har bir fuqaro kesimida bankda fuqaroning nomiga ochilgan hisobvaraqqa 4 ish kunida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ipoteka kreditlari boʻyicha hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni — ipoteka kreditining foiz toʻlovlarini amalga oshirish uchun bankda har bir fuqaro nomiga ochilgan hisobvaraqqa har oyning beshinchi ish kunidan yigirma beshinchi kuniga qadar oʻtkazib beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan toʻlab berilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Soliq qoʻmitasining axborot tizimlariga onlayn tarzda uzatib boriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“57. Ishtirok etuvchi tijorat banki qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzdorlik toʻliq qoplanganda yoki foiz uchun subsidiya boʻyicha oxirgi toʻlov amalga oshirilganidan soʻng 10 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ushbu subsidiya toʻlab berilishi yakunlangan talabgorlar roʻyxatini taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59-banddagi “tegishli tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlimining hisobvaragʻiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Subsidiya ajratiladigan fuqarolarni baholashning ijtimoiy

MEZONLARI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Mezonlar

Ball

Masʼul organ

I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida)

Hududlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar)

1.

MHTEKMning 2,7 baravariga teng va koʻp boʻlgan, 7 baravariga teng va kam boʻlgan

10

Soliq qoʻmitasi

2.

MHTEKMning 7 baravaridan koʻp boʻlgan, 8 baravariga teng va kam boʻlgan

5

Toshkent shahrida

1.

MHTEKMning 2,7 baravariga teng va koʻp boʻlgan, 8 baravariga teng va kam boʻlgan

10

Soliq qoʻmitasi

2.

MHTEKMning 8 baravaridan koʻp boʻlgan, 9,2 baravariga teng va kam boʻlgan

5

II. Hozirgi turar joy maqomi*

1.

Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud emasligi

20

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastrlar palatasi

III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar**

1.

Ariza beruvchining  “Labor-migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migranti ekanligi

10

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

2.

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi

5

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari

3.

Ariza beruvchining yoshlar toifasiga mansubligi (30 yoshdan oshmagan fuqarolar)

5

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

Ariza beruvchining ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar (ajrashgan, beva va/yoki yolgʻiz onalar) toifasiga mansubligi

5

Adliya vazirligi

IV. Ariza beruvchi va uning oilasidagi shaxslarning quyidagi toifaga mansubligi**

1.

 “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan shaxslar

5

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Jami ball:

35

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Toʻliq oʻz mulkida uy-joyga ega boʻlgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** III va IV boʻlimlar boʻyicha ball bitta mezonga beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

 “UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA
AJRATISH TOG`RISIDA
 
000000-son
 
XABARNOMA
 
Ariza raqami: _________

Berilgan sanasi  “___” _________ 20___ yil

Amal qilish muddati  “___” _________ 20___ yil

Fuqaro ______________________________________________________________________________
(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq __________________________________________________ deb topildi.

(ijtimoiy mezonga muvofiqligi)

Passport ma`lumotlari: seriyasi ___________ raqami_____________________________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)______________________________________________

Kim tomonidan berilgan ____________________________________, berilgan sanasi _________________________

Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili ___________________________________________________________________

Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalar quyidagicha toʻlab beriladi:

1. Dastlabki badalning bir qismini qoplab berish uchun - 30 000 000 so'm;

2. Foiz toʻlovlarining bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun toʻlab beriladi.

Bunda subsidiyalar bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmagan ipoteka kreditlari boʼyicha toʻlab beriladi.

Izoh. Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka kreditini ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish tijorat banklari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaxri)dan biriktirilgan
hodim F.I.O va ishonch raqami

QR-kod

 ”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

 “UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA
AJRATISHNI RAD ETISH TOG`RISIDA

000000-son

XABARNOMA

Berilgan sanasi  “____” __________ 20___ yil

Fuqaro __________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O.)

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomga muvofiq 

_____________________________________________________________________________________________________________

________________________sababli
rad etishga asosli deb topildi. (Nizomning qaysi talablariga muvofiq emasligi koʼrsatilishi kerak)

Passport ma`lumotlari: seriyasi __________ raqami _______________________________________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSH SHIR)_______________________________________________________

Kim tomonidan berilgan __________________________________, berilgan sanasi _____________________________________

Doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili _____________________________________________________________________________

QR-kod

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston
Respublikasi, viloyatlar
va Toshkent shaxri)dan
biriktirilgan hodim FIO
va ishonch raqami”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“________ tumani (shahri)da subsidiya ajratiladigan talabgorlarni tanlab olish boʻyicha komissiyaning namunaviy tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi, Komissiya raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Xalq qabulxonasi rahbari, Komissiya raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)

3.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) soliq inspeksiyasi rahbari

5.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi masʼul xodimi, Komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya ajratish va toʻlash

SXEMASI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda istalgan vaqtida toʻldiradi.

Qonunchilikda belgilangan muddat  davomida (haftaning dushanba —
juma kunlari soat 9.00 dan 18.00 gacha)*

2-bosqich

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi

1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan qabul qilinadi.

2. Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga koʻra ularni ijtimoiy mezonlar boʻyicha koʻrib chiqish uchun  “subsidiya.idm.uz” elektron platformasi orqali Adliya vazirligiga, Soliq qoʻmitasiga, Kadastrlar palatasiga, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga, tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimiga, tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga elektron shaklda taqdim etadi.

1 ish kuni
ichida

Tuman (shahar) soliq inspeksiyasi

Harbiylashtirilgan organlarga aloqasi boʻlgan ariza beruvchilarni va oila aʼzosi sifatida keltirilgan shaxslarning (arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini dasturiy taʼminotga kiritadi va tasdiqlaydi.

3 ish kuni
ichida

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Ariza beruvchini quyidagi toifaga mansub ekanligini kiritadi va tasdiqlaydi.

1. Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi ekanligi;

2. Professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalari toifasiga mansubli.

3 ish kuni
ichida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(subsidiya.idm.uz dasturiy tizimida tegishli tashkilotlarning elektron bazasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida avtomatlashtirilgan tarzda baholanadi)

1. Soliq toʻlovchining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) boʻyicha ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlari arizada koʻrsatilgan holatlarda) daromadlarini aniqlaydi.

2. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari orasida  “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan shaxslar mavjudligini aniqlaydi.

3. Ariza beruvchining farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan ayol, beva va ajrashganlar toifasiga mansubligini  “FHDYning yagona elektron arxivi” maʼlumotlar bazasidan aniqlaydi.

4. Ariza beruvchining  “Labor — migration” dasturida roʻyxatdan oʻtganligi, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligini aniqlaydi.

5. Ariza beruvchining 30 yoshdan oshmagan yoshlar toifasiga mansubligini aniqlaydi.

6. Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joyning mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.

3 ish kuni
ichida

4-bosqich

Komissiya raisi

Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kuni
ichida

5-bosqich

Talabgor

Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib moʻljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.

Bunda subsidiya xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosidagi shartnomalar ham inobatga olinadi.

Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma olgunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida

Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirganligi yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga toʻlaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.

Xabarnoma
amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

6-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgorning subsidiya xabarnomasini  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasidan roʻyxatdan oʻtkazadi.

2. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.

3. Ipoteka krediti ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi.

Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda tijorat banki tomonidan  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qilinadi.

5 ish kuni
ichida

7-bosqich

Talabgor

1. Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan kvartirani oldi-sotdi shartnomasini notariat idorasida rasmiylashtiradi.

2. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtiradi.

3. Rasmiylashtirilgan shartnomani va kadastr hujjatlarini tijorat bankiga yetkazadi.

Ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatida koʻrsatilgan muddat doirasida

8-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani yuboradi.

1 ish kuni
ichida

9-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sotib olinayotgan uy-joy (kvartira) uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazib beradi.

5 ish kuni
ichida

10-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

Ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha foiz subsidiyasini toʻlab berish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali buyurtmanoma yuboradi.

Ipoteka krediti taqdim etilgandan soʻng birinchi toʻlov kuniga qadar

11-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ipoteka boʻyicha foizlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” platformasi orqali toʻlab beradi.

Har oyning

beshinchi ish kunidan 
25-kuniga qadar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ANKETA-ARIZA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ariza raqami _____________

Qabul qilish sanasi________

Qabul qilgan shaxs ________

1. _____________________

            (familiyasi)

__________________________

(ismi)

______________________

(otasining ismi)

2. Manzil:________________

                    (aholi punkti)

________________

(tuman, shahar)

_________________

(viloyat)

3. Tugʻilgan sanasi  ___ /_____ / ______

4. Jinsi ____ ayol _____ erkak

5. Oilaviy ahvolingiz:

boʻydoq / turmushga chiqmagan_____

uylangan / turmushga chiqqan _____

ajrashgan _____

ajrashgan (farzandi bor)_____

beva _____

beva (farzandi bor)

yolgʻiz ona _______

6. Pasport yoki ID karta boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamingiz (JSH SHIR)*: ________________________

7. Turmush oʻrtogʻining pasport boʻyicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

______________

(JSH SHIR)

8. Kafil sifatida ishtirok etadigan yaqin qarindoshingizni

_____________________

(JSH SHIR)

_____________________

(JSH SHIR)

9. Siz va/yoki oila aʼzolaringiz nogironligi yoki ogʻir turdagi kasallikka chalinganligi boʻyicha
 “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtganmi? Agar roʻyxatda boʻlsa,
kimligini koʻrsating:

1) Ariza beruvchining oʻzi  (ha/yoʻq)_______;
2) Turmush oʻrtogʻi ________________________ (JSH SHIR)
3) Farzandi           ________________________ (JSH SHIR)

10. Siz bilan bogʻlanish uchun maʼlumotlar?

el.pochta _______________

uy tel: ________________

ish tel: ________________

mobil tel: _______________

11. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub boʻlsangiz, qaysiligiga koʻrsating:

 “Labor migration” dasturida roʻyxatdan oʻtgan (ha/yoʻq)_______;

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, (ajrashgan, beva va/yoki yolgʻiz onalar) (ha/yoʻq)_______;

Olis va chekka hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy maʼlumotli mutaxassis va (yoki) tibbiyot xodimi sifatida faoliyat yuritasizmi? (ha/yoʻq)_______;

Professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustasi sifatida faoliyat yuritasizmi? Agar faoliyat yuritsangiz quyidagilardan birini koʻrsating: maxsus fan oʻqituvchi/murabbiy/ishlab chiqarish taʼlim ustasi _______;

Siz, turmush oʻrtogʻingiz yoki farzandlaringiz harbiylashtirilgan organlarga aloqasi bormi? (ha/yoʻq)_______,
agar bor boʻlsa ularni belgilang.

1) ariza beruvchining oʻzi  (ha/yoʻq)_______;
2) turmush oʻrtogʻi ________________________ (JSH SHIR)
3) kafil sifatida keltirilgan farzandi ________________________ (JSH SHIR)

Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman va tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

____________

__________ ____________ _________

imzo

kun

oy

yil

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* JSH SHIRni aniqlash quyida koʻrsatilgan (bu yerda JSH SHIR sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va ikkinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi birinchi — uchinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan tijorat banklariga mablagʻlarni joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan moliyaviy resurslar “resurs.imv.uz” elektron platformasi orqali joylashtiriladi va qaytariladi. Bunda tijorat banklari fuqarolarga ipoteka kreditlari ajratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan bugungi kunga qadar joylashtirilgan resurs mablagʻlari qoldigʻi boʻyicha tegishli maʼlumotlarni platformaga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joylashtirilgan resurs mablagʻlari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha tegishli maʼlumotlar fuqarolar kesimida “resurs.imv.uz” platformaga kiritib boriladi va shartnomalarga biriktiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusida ajratiladigan yoki qayta moliyalashtiriladigan resurslar “resurs.imv.uz” platforma orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari va qayta moliyalashtirish tashkilotlari oʻz axborot tizimlarini toʻgʻridan-toʻgʻri “resurs.imv.uz” elektron platformasi bilan integratsiya qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Manfaatdor tijorat banklariga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha alohida ichki tartiblarni ishlab chiqish tavsiya etilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisida nizom”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Ushbu Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda — yangi tartib) doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tomonidan mablagʻlar joylashtirish va tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi oʻrinlarda — fuqarolar) ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom qoidalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni (keyingi oʻrinlarda — kvartiralar) sotib olishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi uy-joylarni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun uy-joylardan foydalanishga ruxsatnoma berilib, mulk huquqi asosida kadastr hujjatlari davlat roʻyxatidan oʻtqazilgandan soʻng toʻliq ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan ulushdor-jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobidan qayta moliyalashtirishda qoʻllaniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi yangi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat dasturlari — ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari asosida har yili tasdiqlanadigan dastur”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibdagi loyihalar — fuqaroning belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida (keyingi oʻrinlarda — yer uchastkasi) belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida (keyingi oʻrinlarda — loyiha asosida) fuqaroning oʻz kuchi bilan, xususiy pudrat tashkilotini yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilarni yollagan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish, qayta qurish, rekonsturksiya qilish yoki taʼmirlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshida quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ariza beruvchi — birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish yoki yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida ipoteka krediti olish uchun bankka ariza taqdim etgan fuqaro” ;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “4 va undan yuqori qavatli uy-joylar yoki undagi” soʻzlari “4 qavatdan past boʻlmagan koʻp kvartirali uy-joylardagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshidagi “quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joy” soʻzlari “yakka tartibdagi loyihalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ipoteka krediti — aholiga birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun yoki yakka tartibdagi loyihalar uchun banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan va keyinchalik Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan kreditlar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshidagi “uy-joylarni qurishga (rekonstruksiya qilishga) Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan” soʻzlari “loyihalarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“pudrat tashkiloti — koʻp kvartirali uylarni oʻz mablagʻlari, bank krediti va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qurish yoki yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshiruvchi hamda birlamchi uy-joy bozorida qurilgan kvartiralarni sotish uchun taklif etuvchi tadbirkorlik subyekti”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“subsidiya — uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badal va kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻ”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi xatboshidagi “qurilgan (rekonstruksiya qilingan)” soʻzlari “qurilgan, rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ipoteka kreditining eng koʻp miqdori — amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdori”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrtinchi xatboshidagi “uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish)” soʻzlari “yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshirish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish banklar va ularning filiallari tomonidan mazkur Nizomga va banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar tomonidan ajratiladigan ipoteka kreditlarining foiz stavkalari va muddati hamda ushbu ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligidan mablagʻlar jalb qilishning foiz stavkalari va muddati Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan Hamkorlik memorandumi va/yoki shartnomalarda belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi — uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga, amalda boʻlgan davlat dasturlarini tasdiqlovchi qonunchilik hujjatlarida belgilangan foiz stavkalarida ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ular boʻyicha annuitet yoki differensial toʻlovlar tartibi tatbiq etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“foiz toʻlovlaridagi oʻzgarishlar Markaziy bank asosiy stavkasining pasaytirilishi amalga kiritilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi va foiz stavkalarini mutanosib ravishda kamaytirish mexanizmi Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarz oluvchilarga ularning xohishiga koʻra kredit toʻlovlari boʻyicha differensial toʻlovlar tartibi tatbiq etilishi, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi qayta moliyalashtiriladigan mablagʻlar boʻyicha ham ushbu shartlar belgilanishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshida “Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan yoki qayta moliyalashtirilgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu shartlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi va banklar oʻrtasidagi Hamkorlik memorandumi va depozit shartnomalarida hamda banklar va qarz oluvchilar oʻrtasidagi ipoteka krediti shartnomalarida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mablagʻlar ajratishda yoki ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishda banklarga quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“bank Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan yoki qayta moliyalashtirilgan mablagʻlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-banddagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 — 15-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligi muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi bank tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun hamkorlik memorandumi tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan yoki keyinchalik qayta moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan mablagʻlar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Hamkorlik memorandumiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi banklar tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mablagʻlarning foiz stavkasi va boshqa shartlari har yili tasdiqlanadigan Davlat dasturlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan banklarga mablagʻlarni joylashtirishdan yoki qayta moliyalashtirishdan olingan daromadlar (foizlar) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Banklar hamkorlik memorandumiga muvofiq oʻz mablagʻlari hisobidan davlat dasturi doirasida ajratilgan yoki ajratilishi kutilayotgan ipoteka kreditlari portfelini qayta moliyalashtirish boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligiga shartnoma tuzish yuzasidan “resurs.imv.uz” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Banklardan ipoteka kreditlarni qayta moliyalashtirish yoki mablagʻ ajratish uchun shartnomasini tuzish boʻyicha buyurtmanomalar qabul qilingandan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligi banklar bilan qayta moliyalashtirilishi mumkin boʻlgan mablagʻ miqdori, foiz stavkasi va moliyalashtirishning boshqa shartlarini nazarda tutuvchi shartnomalarni “resurs.imv.uz” elektron platformasida elektron tarzda imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar ushbu mablagʻlar olingan sanadan boshlab uch oy mobaynida belgilangan maqsadlar uchun foydalanilmagan taqdirda, bank foydalanilmagan mablagʻlarni ushbu davr tugashidan oldingi sanagacha shartnomada koʻrsatilgan foizlar bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanilmagan mablagʻlar bank tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga belgilangan uch oy muddatda qaytarilmagan taqdirda, qaytarilmagan mablagʻlar ular olingan sanadan boshlab haqiqatda qaytarish sanasiga boʻlgan davr uchun shartnomada koʻrsatilgan foiz stavkasi ikki baravar miqdorda hisoblangan holda toʻlab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tegishli bank tomonidan moliya yili mobaynida ikki marta mablagʻlarning 50 foizdan ortiq qismi uchun belgilangan maqsadlar uchun uch oy muddat mobaynida foydalanilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu bankka keyingi uch oy muddatga mablagʻ ajratilishini vaqtincha toʻxtatishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan moliya yil yakunining oxirgi ish kuni holatiga oʻzlashtirilmagan mablagʻlar kelgusi yilning 30-yanvar sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligidan olingan mablagʻlar, qayta moliyalashtirilgan ipoteka kreditlari qarz oluvchilar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish muddatidan qatʼi nazar, banklar tomonidan hamkorlik memorandumi, shartnomalar va ularga ilova qilingan qaytarish grafiklariga asosan qaytariladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-bandning “b” kichik bandi “doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xoʻjaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga” soʻzlaridan soʻng “ega, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“28. Tayyor holda topshirish sharti bilan yoki tayyor holda topshirish shartisiz (xonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor holda) qurib bitkazilgan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash ishlari uchun banklarning oʻz mablagʻlari hisobidan fuqarolarga quyidagi shartlarda ajratilgan ipoteka kreditlari keyinchalik Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) amalda boʻlgan Davlat dasturlarida belgilangan foiz stavkasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) boshlangʻich badali sotib olinadigan kvartira yoki yakka tartibda yakka tartibdagi loyihalar qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdorida”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“30. Sotib olinadigan kvartira yoki yakka tartibdagi loyihalar qiymatining 85 foizi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan qiymatda ajratilgan ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtirib berilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-bandning birinchi xatboshisidagi “bankning ichki siyosatiga asosan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlarning foiz stavkasi hamda bank marjasini inobatga olgan holda” soʻzlari “amaldagi Davlat dasturlarida belgilangan stavkalarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-banddagi “uch” soʻzi “bir” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“38. Subsidiya xabarnomasi mavjud boʻlganda, bank qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr hujjatlari asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” elektron platformasiga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda boshlangʻich badalning qatʼiy belgilangan miqdorini qoplash uchun buyurtmanoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Subsidyplatform.mf.uz” elektron platformasida ikki ish kunida ushbu buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda unga asosan tegishli yuridik majburiyatlar va toʻlov topshiriqnomasi Davlat moliyasini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi DMBATda shakllangan toʻlov topshiriqnomasini moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib bir ish kunidan oʻn ish kunigacha boʻlgan davrda subsidiya mablagʻlarini qarz oluvchining bank tomonidan koʻrsatilgan omonat hisobraqamiga oʻtkazib beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“50. Bank foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchiga ipoteka krediti berilgan kundan boshlab 30 kundan kechiktirmasdan subsidiyani toʻlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” elektron platformasiga buyurtmanomani kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻn ish kunida “subsidyplatform.mf.uz” elektron platformasida ushbu buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda unga asosan tegishli yuridik majburiyatlar va toʻlov topshiriqnomasi DMBATda avtomat tarzda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika gʻaznachilik xizmati DMBATda shakllangan toʻlov topshiriqnomasini moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib bir ish kunidan oʻn ish kunigacha boʻlgan davrda subsidiya mablagʻlarini qarz oluvchining bank tomonidan koʻrsatilgan hisobraqamiga oʻtkazib beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58-banddagi “tuman (shahar) moliya boʻlimlariga” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 — 62-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“60. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari boʻyicha toʻlovlarni surunkali ravishda toʻlamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka krediti shartnomalari boʻyicha undiriladigan mablagʻlar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishidan) hisobidan talabgorga boshlangʻich badal uchun ajratilgan subsidiya mablagʻi belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan banklarga joylashtirilgan yoki qayta moliyalashtirilgan mablagʻlarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash banklar va Iqtisodiyot va moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Iqtisodiyot va moliya vazirligi zarur hollarda Markaziy bank bilan birgalikda banklarga joylashtirilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, maqsadliligi va qaytarilishi, shuningdek, qayta moliyalashtirilgan ipoteka krediti toʻgʻri ajratilganligini oʻrganib boradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64-band “haqida” soʻzidan keyin “yozma ravishda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratish toʻgʻrisida

SXEMA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Muvofiqlik mezonlariga mos keladigan banklar bilan Hamkorlik memorandumi tuzadi.

Yil davomida

2-bosqich

Qarz oluvchi

Oʻz tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan birlamchi shartnomani imzolaydi.

Qarz oluvchi Bankka tegishli hujjatlar (boshlangʻich badal uchun subsidiya ajratilgan hollarda — subsidiya xabarnomasi) bilan boshlangʻich badal toʻlovini amalga oshirgan holda ipoteka krediti olish uchun ariza topshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Bank

Qarz oluvchining ipoteka kreditini olish toʻgʻrisidagi arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2 ish kunida

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda fuqaro bilan ipoteka krediti shartnomasini imzolaydi va ipoteka krediti ajratish toʻgʻrisida kafolat xati taqdim etadi.

1 ish kunida

4-bosqich

Qarz oluvchi

Bank tomonidan taqdim etilgan kafolat xati asosida kvartira sotib olish boʻyicha qurilish-pudrat tashkiloti bilan notarial ipoteka oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtiradi.

Kafolat xati muddati doirasida

Rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasiga asosan kvartiraning kadastr hujjatini rasmiylashtiradi va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

Oʻz xohishiga koʻra

Rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomasi hamda kvartiraning kadastr hujjatini va Bank tomonidan talab qilinadigan boshqa xujjatlarni taqdim etadi.

Oʻz xohishiga koʻra

5-bosqich

Bank

Qarz oluvchining bankda shakllantirgan mablagʻlarini unga ajratilgan ipoteka krediti mablagʻlari  bilan birga kvartira uchun pudrat tashkilotiga oʻtkazib beradi.

Subsidiya xabarnomasi mavjud boʻlganda, bank tomonidan qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr hujjatlari asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining  “subsidyplatform.mf.uz” platformasida boshlangʻich badalning bir qismini qoplab berish uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi subsidiya mablagʻini  toʻlash uchun buyurtmanoma yuboradi.

2 ish kunida

6-bosqich

Bank

Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan tuzilgan Hamkorlik memorandumiga asosan  ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun shartnomani tuzish yuzasidan  “resurs.imv.uz” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

Yil davomida

7-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bank tomonidan  “resurs.imv.uz” elektron platformasi orqali shartnoma tuzish boʻyicha yuborilgan murojaatini koʻrib chiqiladi imzolanadi yoki qaytariladi.

2 ish kunida

 “resurs.imv.uz” elektron platformasida  shartnomani avtomat tarzda shakllantiradi
va imzolagan holda Bankga yuboradi.

1 ish kunida

8-bosqich

Bank

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan  “resurs.imv.uz” elektron platformasi orqali yuborilgan shartnomani imzolaydi.

5 ish kunida*

Mazkur shartnomaga asosan oʻz mablagʻlari hisobidan qarz oluvchilarga ajratgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun  “resurs.imv.uz” elektron platformasida buyurtmanoma shakllantiradi.

Hisobot oyining yakuniga qadar

9-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kelib tushgan buyurtmanomalarni tasdiqlaydi va tegishli mablagʻlarni Bankning shartnomada koʻrsatilgan hisob varagʻiga toʻlab beradi.

Har hisobot oyidan keyingi oyning
25-kunigacha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Yakka tartibdagi loyihalar uchun ipoteka kreditlari ajratish

SXEMASI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Muvofiqlik mezonlariga mos keladigan banklar bilan Hamkorlik memorandumi tuzadi.

Yil davomida

1-bosqich

Qarz oluvchi

Yer uchastkalarida belgilangan tartibda kelishilgan loyiha asosida hamda tuman (shahar) aholi punktlari bosh rejasi va shaharsozlik normalariga mos holda pudrat tashkiloti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilar bilan yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha shartnomani imzolaydi, oʻz kuchi bilan amalga oshirish holati bundan mustasno.

Oʻz xohishiga koʻra belgilangan muddatlarda

2-bosqich

Qarz oluvchi

Bankka tegishli hujjatlar bilan boshlangʻich badal toʻlovini amalga oshirgan holda ipoteka krediti olish uchun ariza topshiradi.

Bunda yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshirilishida, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinishi mumkin.

Oʻz xohishiga koʻra belgilangan muddatlarda

3-bosqich

Bank

Kredit olish boʻyicha taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.

Subsidiya toʻlanadigan qarz oluvchilar boʻyicha  bank tomonidan qarz oluvchi bilan tuzilgan asosida shartnomani ilova qilgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasida boshlangʻich badal boʻyicha  subsidiya mablagʻini  toʻlash uchun buyurtmanoma yuboradi.

3 ish kunida

4-bosqich

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun shartnomada koʻrsatilgan shartlar va miqdorlarda mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Bunda:

Shartnoma va loyiha asosida yakka tartibdagi loyihalar boʻyicha bajarilgan ishlarga toʻlovlar uchun ipoteka krediti va qarz oluvchi tomonidan bankda shakllangan mablagʻlarni pudrat tashkilotlarining depozit hisobvaragʻiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazib beradi.

Bunda qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshirgan taqdirda ajratilgan kreditlarni qarz oluvchining bank kartasiga oʻtkazib beradi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Qarz oluvchi

Yakka tartibdagi loyihalarni amalga oshiradi.

Loyihada koʻrsatilgan qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlangandan soʻng Bankka bu haqida asoslantiruvchi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Shartnomada belgilangan muddatlarda

6-bosqich

Bank

Yakka tartibdagi loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlari toʻliq yakunlanganligi va kredit mablagʻlaridan manzilli foydalanilganligiga ishonch hosil qilgandan soʻng qarz oluvchilarga oʻz mablagʻlari hisobidan ajratgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish uchun “resurs.imv.uz” elektron platformasida buyurtmanoma shakllantiradi.

5 ish kunida

Subsidiyali qarz oluvchilar boʻyicha ipoteka krediti qayta moliyalashtirilganidan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligining “subsidyplatform.mf.uz” platformasida foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash boʻyicha  subsidiya mablagʻini  toʻlash uchun buyurtmanoma yuboradi.

Yil davomida

7-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kelib tushgan buyurtmanomalarni tasdiqlaydi va tegishli mablagʻlarni Bankning shartnomada koʻrsatilgan hisobvaragʻiga toʻlab beradi.

Har hisobot oyidan keyingi oyning
25-kunigacha

8-bosqich

Qarz oluvchi

Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini toʻlab boradi.

Har oyning

25-kunigacha

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi 459-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda mahalliy ijro hokimiyati organlarining 2025-yil 31-dekabrga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolariga ajratiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha mahalliy hokimliklarning kafilliklarini berish va muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorliklarni qoplash tartibini joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Bank oʻz mablagʻlari hisobidan hokimlikning kafilligi taqdim etilgan qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini ajratadi va mazkur ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ajratilgan ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan qayta moliyalashtiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-banddagi “Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasining” soʻzlari “Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, ogʻir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-dekabrdagi 737-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi taxrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti boʻyicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlangʻich badalni toʻlab berish, shuningdek, foiz toʻlovlari bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda subsidiyalar ajratish”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 09/24/749/0910-son)