17.10.2024 yildagi O‘RQ-976-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.10.2024 yildagi O‘RQ-976-son
Date of entry into force
19.10.2024
Hujjat 19.10.2024 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 23-iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 20-sentabrda maʼqullangan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda 2023-yil 30-aprelda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Yangi Oʻzbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hokim va xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimlari ajratilayotganligi amaldagi huquqiy hujjatlarning qayta koʻrib chiqilishi hamda takomillashtirilishini talab qilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususan, hududlarni rivojlantirish borasida xalq deputatlari Kengashlarining rolini yanada oshirish talab etilmoqda, bugungi kun talablariga asosan vakillik nazoratining yangi shakllarini joriy etish, hokimlarning tegishli Kengashlar oldidagi masʼuliyati va hisobdorligini kuchaytirish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hokimlarning hamda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidagi viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning oʻzida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda. Hokimlarga tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat boʻlganda Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid boʻlgan qarorlarini bekor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qilish kabi qator yangi vakolatlar berilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi nazarda tutilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi talab mustahkamlanmoqda. Bunda ushbu tizimda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirishga, joylarda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishga va hududlarni boshqarishni aholi manfaatlariga xizmat qilish prinsipi asosida yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Prokuratura toʻgʻrisida”gi 746-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 168-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 249-modda; 2008-yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2012-yil, № 9/2, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 4, 218-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 5, 267-modda, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 5, 466-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, №10, 797-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) 5-moddasi sakkizinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “hisobot” degan soʻz “axborot” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 8, 383-modda, № 9, 510-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 4-modda, № 11, 792-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 3, 7, 13-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800-modda, № 12, 1198-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 1, 2-modda, № 10, 794-modda, № 12, 1003-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismining ruscha matnidagi “Soveti narodnix deputatov” degan soʻzlar “Kengashi narodnix deputatov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomidagi “vakillik va ijroiya hokimiyati” degan soʻzlar “ijro etuvchi hokimiyat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismidagi “partiya guruhlarining” degan soʻzlar “partiya guruhlarining (bundan buyon matnda partiya guruhlari deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturini taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi — oʻn birinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati etib saylanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi lavozimiga nomzod tegishli xalq deputatlari Kengashida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga moʻljallangan dasturini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanga boʻysunadigan shahar hokimi tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda shahar hokimini tuman (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar bundan mustasno) hokimiga boʻysundirish va yagona boshqaruv organlarini tuzish vakolatiga ega boʻlib, bu xususda qabul qilingan qaror keyinchalik xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar hokimi etib tayinlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorlar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar hokimi qarorlar qabul qiladi va farmoyishlar chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlari Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimida (bundan buyon matnda Yagona elektron tizim deb yuritiladi) ishlab chiqiladi, kelishiladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan hujjatlar, bundan normativ-huquqiy tusga ega boʻlmagan hujjatlar mustasno, agar shu hujjatning oʻzida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Yagona elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashining va hokimning Yagona elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazilmagan hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi va hokim oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan hujjatlar viloyat, tuman, shahar hududida joylashgan barcha tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiydir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 7-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspeksiyasining xulosasiga koʻra yaroqsiz deb topilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish huquqiga ega”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Viloyat va Toshkent shahar hokimi faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) IV bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV BOB. MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARI”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati — besh yil”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki ayrim joylarida joriy etilgan favqulodda holat amal qilishining butun muddati ichida xalq deputatlari Kengashlariga saylovlar oʻtkazilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) quyidagi mazmundagi 161 — 164-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161-modda. Xalq deputatlari Kengashining raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylanadigan rais boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi Kengashning vakolatlari muddatiga saylanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi oʻz vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga aʼzolikni toʻxtatib turadi, shuningdek doimiy va boshqa komissiyalar, partiya guruhlari tarkibiga kirishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
162-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi sessiyasiga raislik qiladi va Kengash sessiyasining ishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi Kotibiyati mudiri va xodimlarini lavozimga tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash Kotibiyatiga xalq deputatlari Kengashi ishini tashkil etish boʻyicha topshiriqlar beradi, Kotibiyat xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashining qarorlarini va Kengash sessiyasi bayonnomalarini imzolaydi, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashining sessiyasini, shu jumladan navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari ishini muvofiqlashtirib boradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislari hamda ekspertlarini jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deputatlarga oʻz vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash choralarini koʻradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi faoliyatining tashkiliy, axborot, moddiy-texnika taʼminotini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashining birinchi sessiyasi xalq deputatlari Kengashi raisini saylashdan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisini saylash uchun deputatlar orasidan xalq deputatlari Kengashiga saylovda ishtirok etgan har bir siyosiy partiya deputatlaridan iborat siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etiladi. Siyosiy partiyalar vakillari guruhining tarkibi toʻgʻrisidagi qaror deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Siyosiy partiyalar vakillari guruhining majlisida xalq deputatlari Kengashiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyaning vakili raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzodlar siyosiy partiyalar vakillari guruhining tavsiyasi asosida deputatlar orasidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni bir shaxs bir vaqtning oʻzida boshqa viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimiga nomzod, agar u ovoz berish natijasida Kengash deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan boʻlsa, saylangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi saylanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, uni xalq deputatlari Kengashi sessiyasida raislik qiluvchi imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
164-modda. Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisi ovoz berish orqali Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Kengash qaroriga binoan muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala Kengash deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismidan iborat deputatlar guruhining taklifiga binoan Kengash tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda sessiyada Kengashning doimiy komissiyalari raislaridan biri raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi raisini muddatidan ilgari lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, qaror sessiyada raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi mazmundagi birinchi — toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi faoliyatining tashkiliy shakli uning sessiyalaridir. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining sessiyalari tegishli Kengashning faoliyatni jamoatchilik asosida amalga oshiradigan raisi, u yoʻqligida esa tegishli Kengashga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari tomonidan, zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Sessiya xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga yoki hokimning taklifiga binoan ham chaqirilishi mumkin. Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi. Kengashning birinchi sessiyasini tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi raisi ochib beradi hamda u Kengash raisi saylanguniga qadar sessiyada raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarida rais, u yoʻqligida esa tegishli Kengashga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari raislik qiladi. Agar bir nechta siyosiy partiya teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini egallasa, ularning oʻzaro kelishuviga koʻra tegishli partiyaning rahbari raislik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining birinchi sessiyasi oʻtkazilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay Kengashning organlari tuziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Elektron ovoz berish tizimlari oʻrnatilgan zallarda ochiq yoki yashirin ovoz berish elektron ovoz berish tizimidan foydalanilgan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Deputat oʻzining ovoz berish huquqini shaxsan amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari Kengashi sessiyalarini chaqirish va oʻtkazish, sessiya muhokamasiga masalalar kiritish va ularni koʻrib chiqish, xalq deputatlari Kengashi organlarini tashkil etish va saylash, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitish, Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish, Kengash tekshiruvini oʻtkazish, deputatlar soʻrovlarini yuborish, qarorlar loyihalarini koʻrib chiqish, ovoz berish, qarorlarni oʻqib eshittirish, sessiyaga taklif etilgan shaxslar sonini aniqlash tartibi, shuningdek deputatlarning masʼuliyati va sessiya ishini tashkil etishga doir boshqa masalalar xalq deputatlari Kengashining reglamentiga muvofiq belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 19-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish va tayyorlash, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini roʻyobga chiqarish uchun koʻmaklashish, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish uchun xalq deputatlari Kengashi oʻz vakolatlari muddatiga doimiy va muvaqqat komissiyalar tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashlarida, qoida tariqasida, quyidagi doimiy komissiyalar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash va huquqiy masalalar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashida muvaqqat komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomlar tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) quyidagi mazmundagi 191-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
191-modda. Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz tashabbusiga koʻra yoki Kengashning topshirigʻiga binoan Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat yoʻnalishi doirasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi qarorlari loyihalarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi va ularni Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashi qarorlarining loyihalari yuzasidan xulosalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari loyihalari yuzasidan xulosalar hamda takliflar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashining tavsiyasiga koʻra budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi holatini oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi guruhlar tuzadi, ularning tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlaridan, mansabdor shaxslardan maʼlumotlarni va ekspert xulosalarini, shuningdek boshqa axborotni talab qilib oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda qonun hujjatlarining va xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilish holatini, huquqning qoʻllanilish amaliyotini joylarga chiqqan holda oʻrganadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlarni, xalq deputatlari Kengashi qarorlarini targʻib etish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Doimiy va muvaqqat komissiyalar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari orasidan Kengash raisi tomonidan tayinlanadi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatining mudiri oʻz vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) IV bob quyidagi mazmundagi 201-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
201-modda. Xalq deputatlari Kengashlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashlari nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashlari hududiy dasturlarning, Kengash qarorlarining loyihalarini ishlab chiqish masalalari yuzasidan, shuningdek ularning ijrosi ustidan nazorat borasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) V bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V BOB. MAHALLIY IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI. HOKIMLARNING VAKOLATLARI”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzbekcha matnining nomidagi “ijroiya” degan soʻz “ijro etuvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi mazmundagi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman va shahar hokimi oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda oʻzi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan miqdorda birinchi oʻrinbosarga va oʻrinbosarlarga ega boʻladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
211-modda. Hokimlarning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar hokimi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini ijro etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquqlarini himoya qilish va sogʻligʻini muhofaza qilish bilan bogʻliq chora-tadbirlar koʻradi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda ishlarni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, tumanlar hamda shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini budjet soʻrovini tuzish uchun koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashlari sessiyalariga koʻrib chiqish uchun masalalar kiritadi, zarur hollarda Kengash sessiyasini chaqirish toʻgʻrisida Kengashga taklif kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashlarining sessiyalarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashining tasdigʻiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimlik apparati boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini (bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno), agar ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashining va hokimning qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalarining ishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari Kengashiga taqdimnoma kiritadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning vujudga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini bekor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalq deputatlari Kengashining va hokimning hujjatlarini bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqadi va takliflar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikada va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarni qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdagi yil uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining loyihalarini koʻrib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻtgan moliya yili uchun viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokim qonunchilikda oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan rejalashtirish, budjet, moliya, hisobga olish, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish hamda mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, qishloq xoʻjaligi, yerdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yoʻl xoʻjaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat koʻrsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylikni, huquq-tartibotni hamda xavfsizlikni taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kabi boshqa masalalarni ham hal etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) 22 va 23-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (hokimliklar) boshqarmalar, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi va faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari hokim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari hokim tomonidan yuqori turuvchi hokim bilan kelishilgan holda tegishli xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, tuman, shahar hokimliklari apparatining tuzilmasi va shtatlari tegishli hokim tomonidan viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashi tasdiqlagan budjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat va Toshkent shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari esa yuqori turuvchi hokim tomonidan belgilab qoʻyiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuman va shahar hokimligi apparatining namunaviy tuzilmasi va shtatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar qonunchilikda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning boshqacha tartibi belgilanmagan boʻlsa, tumanga boʻysunadigan shahar ijro etuvchi hokimiyat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari respublika ijro etuvchi hokimiyatining yuqori turuvchi organlari bilan kelishilgan holda tegishli hokim tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) VI bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI BOB. XALQ DEPUTATLARI KENGASHLARINING VAKOLATLARI”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Xalq qabulxonalarining tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati toʻgʻrisidagi axborotini har chorakda eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar muammolarini oʻrganish, ularni hal etishga koʻmaklashish, yosh avlodning isteʼdodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrishga qaratilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini har olti oyda eshitish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi — yigirma birinchi xatboshilari tegishincha oʻn ikkinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn uchinchi xatboshisidagi “boshqa” degan soʻz “muvaqqat” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“zarurat boʻlganda ijro etuvchi hokimiyat boʻlimlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli prokurorlarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini har yili eshitish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma birinchi, yigirma ikkinchi va yigirma uchinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yigirma birinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish, Kengash tekshiruvini oʻtkazish, deputat soʻrovlarini yuborish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimning xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taqdimnomasiga asosan Kengash qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimning va quyi Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boʻlmagan qarorlarini bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hokimning taqdimiga binoan hokimlikning tuzilmasini, shtatlarini va uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondini tasdiqlash kiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish va olib qoʻyilgan yer uchastkalarida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini qonunda belgilangan hollarda va tartibda buzib tashlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakilining inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini har yili eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati toʻgʻrisidagi maʼruzasini har yili eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli hududda mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda oʻrnatish va buzish (koʻchirish) toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi oʻz vakolatlari jumlasiga kiritilgan boshqa tashkiliy masalalarni va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat qilishga doir masalalarni hal etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) 25-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan sessiyasida eshitiladi. Mazkur sessiya viloyatlarda va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan kechiktirmay oʻtkaziladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida berilgan baholar hamda belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) 252-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida har chorakda, jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida esa har olti oyda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida, shuningdek jamoat xavfsizligi toʻgʻrisida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yili tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyoti, huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismidagi “har chorakda” degan soʻzlar “har olti oyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) 254-modda chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) VI bob quyidagi mazmundagi 256, 257 va 258-moddalar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
256-modda. Kengash soʻrovi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari Kengashi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Kengash soʻrovini yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻrovi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklif Kengashning deputatlari, doimiy va muvaqqat komissiyalari, partiya guruhlarining tashabbusi asosida Kengash sessiyasida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻrovining tashabbuskorlari tomonidan Kengash soʻrovi loyihasi tayyorlanib, u Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun Kengash raisiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻrovi loyihasiga uni asoslantiruvchi zarur materiallar ilova qilinadi. Kengash soʻrovi loyihasida soʻrovga javob berishning shakli (ogʻzaki yoki yozma) toʻgʻrisidagi talablar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi qaror Kengash deputatlari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlarining mansabdor shaxslari Kengash soʻroviga ogʻzaki javobni Kengash tomonidan belgilangan muddatda Kengash sessiyasida beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari Kengashning soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻroviga javobda soʻrovda qoʻyilgan masalalarning har biri boʻyicha aniq va batafsil asoslantirilgan maʼlumotlar ochib berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengashning soʻroviga javob soʻrov oʻz nomiga yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻroviga yozma javob Kengashning sessiyasida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning koʻchirma nusxalari javob Kengashning sessiyasida oʻqib eshittirilguniga qadar deputatlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash soʻrovlariga javoblar Kengash sessiyasida muhokama qilinadi va uning yakunlari boʻyicha tegishli qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
257-modda. Kengash tekshiruvi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tekshiruvi tegishli hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni oʻrganish maqsadida oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi Kengash qarori deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat Kengash tekshiruvining obyekti boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258-modda. Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tekshiruvini oʻtkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya Kengash tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni komissiya ishiga jalb etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlaridan, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlarining, nodavlat tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash tekshiruvi natijalariga koʻra komissiyaning yakuniy hisoboti tayyorlanib, u Kengash sessiyasida koʻrib chiqish uchun Kengashga kiritiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) 26-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan qarorlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokim xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida Kengashga tegishli taqdimnoma kiritadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan qarorlar mustasno. Kengash hokimning taqdimnomasini bir oylik muddatda koʻrib chiqib, Kengash qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan hokimning taqdimnomasi qanoatlantirilmagan taqdirda, hokim Kengashning tegishli qarorini bekor qilish toʻgʻrisida yuqori turuvchi Kengashga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yoki sudga murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan bekor qilingan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlari oʻzining amal qilishini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimlarning hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan toʻxtatiladi yoki bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hokimlarning qonunchilikka, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid boʻlgan hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻxtatiladi yoki bekor qilinadi, bundan xususiy mulk huquqining, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqning yuzaga kelishi uchun asos boʻlgan hujjatlar mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) quyidagi mazmundagi 261-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
261-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini cheklash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish nazarda tutilishi mumkin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi 706-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda, № 9, 537-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 574-modda) 12-moddasining yettinchi qismidagi “Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar “Senatiga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-682-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 288-modda; 2022-yil, № 3, 213-modda, № 8, 788-modda, № 10, 983-modda; 2023-yil, № 8, 629-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 109-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 36-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga nisbatan — tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 39-moddaning toʻrtinchi qismi “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi” degan soʻzlardan keyin “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 2-moddasining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi, 2-bandi beshinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilari, 8 va 9-bandlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlardagi, shuningdek Toshkent shahridagi davlat hokimiyatining vakillik va ijro etuvchi organlariga nisbatan — viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari deputatlarining navbatdagi saylovi yakunlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman, shahar davlat hokimiyatining vakillik va ijro etuvchi organlariga nisbatan — 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 17-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-976-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)