14.12.2000 yildagi 163-II-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 14.12.2000 yildagi 163-II-son
Date of entry into force
27.02.2001
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT-PROTSESSUAL, XOʻJALIK PROTSESSUAL VA FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSLARIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5—6, 153-modda, № 7—8, 217-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 13-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tegishli sud hayʼatlarida apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlarida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 25-moddasi quyidagi mazmundagi qismlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud ayblov yoki himoya tarafida turmaydi hamda ularning biron-bir manfaatlarini ifodalamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflar protsessual majburiyatlarini bajarishlari va berilgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) 27-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari birinchi instansiya sudining hukmi (ajrimi) ustidan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga, prokuror protest bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protsessning istalgan paytida iltimosnoma bildirish va shikoyat berish mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 28-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi. Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan protestlar boʻyicha ishlarni ular apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan keyin koʻrib, qaror (ajrim) chiqaradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 29-moddasining birinchi qismidagi “kassatsiya” degan soʻz “apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 46-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ayblanuvchi: oʻzining nimada ayblanayotganini bilish; oʻziga qoʻyilgan ayblov yuzasidan va ishning boshqa har qanday holatlari boʻyicha koʻrsatuv va tushuntirish berish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; himoyachiga ega boʻlish va u bilan xoli uchrashish; oʻz huquqlarini himoya qilishni shaxsan oʻzi amalga oshirish; iltimosnoma berish va rad etish; dalillar taqdim qilish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishib chiqish va undan kerakli maʼlumotlarni yozib olish; tergovchi yoki prokuror tomonidan jinoyat ishining tugatilganligiga norozilik bildirish va sud muhokamasi oʻtkazishni talab qilish; birinchi instansiya va apellatsiya instansiyasi sudining majlislarida, sudning ruxsati bilan esa kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan protestlar, apellatsiya, kassatsiya shikoyatlaridan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga ega. Sudlanuvchi oxirgi soʻz bilan chiqish huquqiga egadir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 53-moddasining birinchi qismidagi “kassatsiya” degan soʻz “apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 55-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jabrlanuvchi: koʻrsatuv berish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; oʻz ona tilidan va tarjimon xizmatidan foydalanish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; tergovchi yoki surishtiruvchining ruxsati bilan tergov harakatlarida ishtirok etish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ishning barcha materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; shaxsan oʻzi yoki vakili orqali sudda ayblovni quvvatlash; sud majlisining bayonnomasi bilan tanishish va u haqda oʻz mulohazalarini bildirish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 57-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqaroviy daʼvogar: fuqaroviy daʼvo qoʻzgʻatish va uni quvvatlash; dalillar taqdim qilish; qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha tushuntirishlar berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; iltimosnoma berish va rad qilish; surishtiruvchidan, tergovchidan, prokurordan yoki suddan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish haqida iltimos qilish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlar yozib olish; birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari hamda qarorlari ustidan shikoyatlar berish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyat qilish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyatlar, protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) 59-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fuqaroviy javobgar: ayblov va fuqaroviy daʼvoning mazmunini bilish; daʼvoga eʼtiroz bildirish; tushuntirish berish; oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun vakil olish; dalillar taqdim qilish; iltimosnoma berish va rad qilish; dastlabki tergov tamom boʻlganidan soʻng ish materiallari bilan tanishish va undan zarur maʼlumotlarni yozib olish; birinchi instansiya, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish; surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlar keltirish; sud hukmi va ajrimining fuqaroviy daʼvoga tegishli qismi ustidan shikoyatlar berish; ish boʻyicha keltirilgan shikoyat va protestlardan xabardor boʻlish va ularga nisbatan eʼtirozlar bildirish huquqiga egadir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) 76-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya uning ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) 389-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining sudloviga yuqori sudlarning va harbiy sudlarning sudloviga tegishli boʻlgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudloviga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasining ikkinchi qismi, 118-moddasining toʻrtinchi qismi, 150, 153, 155, 157, 158-moddalari, 159-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari, 160, 161-moddalari, 210-moddasining uchinchi qismi, 230, 231, 242, 244-moddalari, 273-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga oʻta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat toʻgʻrisidagi ishni, agar u mazmunan murakkab boʻlmasa, jinoyat ishlari boʻyicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek okrug yoki hududiy harbiy sudga koʻrish uchun topshirishga haqli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13) 409-moddasining yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Prokuror jinoyat ishlarini koʻrishda yoki hukmni ijro etish bilan bogʻliq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudida ishtirok etadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14) 473-moddasi toʻrtinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Raislik qiluvchi sudlanuvchiga va boshqa taraflarga hukmning mazmunini, hukm ustidan ular istagi boʻyicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish muddati va tartibini tushuntiradi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15) 478-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sud hukmi, ajrimi va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida tekshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni yuqori sud tomonidan koʻrish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) apellatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) kassatsiya tartibida — ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) nazorat tartibida — qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ular oʻrinbosarlarining protestlariga binoan, yangi ochilgan holatlar munosabati bilan esa, qonunda protest bildirish huquqi berilgan prokuror yoki uning oʻrinbosari protestiga binoan amalga oshiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16) 479-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu Kodeksning 4972, 498 va 516-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga, shuningdek sud qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqishni iltimos qilishga haqlidir. Bu holda ular oʻz vajlarini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar taqdim etishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat protesti tushganligi toʻgʻrisida sud tushgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu protsess ishtirokchilariga maʼlum qiladi va ayni vaqtda mazkur hujjatlarning nusxasini mahkumga, jabrlanuvchiga va oqlangan shaxsga joʻnatadi. Koʻrsatilgan shaxslar ish bilan, shu jumladan qoʻshimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga hamda sudga oʻz eʼtirozlarini bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati bergan shaxs, shuningdek berilgan shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, ana shu protsess ishtirokchilari sud tomonidan ishning koʻrilish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda ularning vakillari ishni apellatsiya instansiyasida koʻrish chogʻida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya va nazorat tartibida koʻrish chogʻida ham ishtirok etishga haqlidir, jazoni ijro etish muassasasidagi mahkum bundan mustasno. Jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi, shuningdek uni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi. Ish koʻriladigan joy va vaqt haqida oʻz vaqtida ogohlantirilgan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga koʻra kelmaganliklari ishni koʻrishga monelik qilmaydi. Lekin sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy daʼvogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirish berish uchun chaqirishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17) 480-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat ishining apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilishida prokuror qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning koʻrilishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi hayʼatlarida — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatlarida — tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18) 481-moddasining birinchi qismidagi “Kassatsiya” degan soʻz “Apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19) 482-moddasining birinchi qismidagi “kassatsiya” degan soʻz “apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20) 483-moddasining birinchi qismidagi “Kassatsiya” degan soʻz “Apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21) 484-moddasining matnidagi “Kassatsiya” degan soʻz “Apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan, “ishni kassatsiya” degan soʻzlar “ishni apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22) 490-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“490-modda. Jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻruvchi sudning vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) sudning hukmi yoki ajrimini (qarorini) oʻzgarishsiz qoldiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) hukmni yoki ajrimni (qarorni) oʻzgartiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) hukmni yoki ajrimni (qarorni) bekor qiladi va ishni qoʻshimcha tergovga yoki yangitdan sudda koʻrish uchun joʻnatadi yoxud ishni tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat instansiyasi sudi jinoyat ishini nazorat tartibida koʻrib, apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini bekor qiladi, shuningdek agar keyin sud ajrimlari, qarorlari chiqarilgan boʻlsa, ularni ham bekor qiladi va ishni yangitdan apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqishga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, toʻliq yoki qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartishlar kiritishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi, agar birinchi instansiya sudi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish va protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlsa, qisman sud tergovi oʻtkazish va hukmga oʻzgartishlar kiritishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori instansiya sudi asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga, unga tarbiya koloniyasi yoki jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilashga, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqori instansiya sudi hukmning ayrim mahkumlarga qoʻyilgan ayblov qismini yoki fuqaroviy daʼvo qismini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23) 491-moddasining matnidagi “kassatsiya” degan soʻz “apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24) 493-moddasining matnidagi “kassatsiya” degan soʻz “apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25) 494-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“494-modda. Jazoni kuchaytirishga va ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllanishga yoʻl qoʻyilmasligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrgan vaqtida jazoni kuchaytirishga, shuningdek ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllashga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi munosabati bilan yoxud jazoning yengilligi uchun jabrlanuvchi tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina ana shu asoslar boʻyicha apellatsiya yoki kassatsiya tartibida hukm bekor qilinishi va ish yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oqlov hukmi yuqori sud tomonidan faqat prokurorning apellatsiya yoki kassatsiya protesti, jabrlanuvchining yoki uning vakilining shikoyati yoxud oqlangan shaxsning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati, shuningdek nazorat tartibida berilgan protest boʻyicha bekor qilinishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26) 495-moddasining birinchi va ikkinchi qismlaridagi “kassatsiya” degan soʻz “apellatsiya, kassatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27) 496-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jinoyat ishini apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrayotgan sudning ajrimida (qarorida) quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ajrim (qaror) chiqarilgan vaqt va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ajrim (qaror) chiqargan sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda qatnashgan prokuror va boshqa shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) apellatsiya, kassatsiya shikoyati, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida protest bergan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) shikoyat yoki protest berilgan hukmning, ajrimning (qarorning) qaror qismi mazmuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) shikoyatning, protestning, ularga nisbatan bildirilgan eʼtirozlarning mazmuni, ishda ishtirok etayotgan shaxslar tushuntirishlarining qisqacha bayoni va prokurorning fikri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) shikoyat, protest boʻyicha sudning qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ularda keltirilgan vajlar qanday sabablarga koʻra asossiz yoki ahamiyatsiz deb topilganligi ajrimda (qarorda) koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm, ajrim (qaror) bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan hollarda apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi qonunning qaysi moddalaridagi talablar buzilganligini hamda bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligini koʻrsatib oʻtishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha tergovga yoki yangitdan sudda koʻrish uchun yuborilayotganda aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar koʻrsatilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning eʼtiborini surishtiruv, dastlabki tergov oʻtkazishda va sud muhokamasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga jalb qilish zarur boʻlganda xususiy ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrim sudning toʻliq tarkibi tomonidan, sud rayosatining qarori raislik qiluvchi tomonidan, Plenum qarori esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Plenum kotibi tomonidan imzolanadi. Chiqarilgan ajrim (qaror) raislik qiluvchi yoki sud tarkibidagi sudyalardan biri tomonidan sud majlisi zalida darhol oʻqib eshittiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28) 497-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“497-modda. Ajrimni (qarorni) ijro etish uchun yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrim (qaror) chiqarilganidan keyin u uzogʻi bilan besh sutka ichida jinoyat ishi bilan birga qoʻshib hukm yoki apellatsiya yoxud kassatsiya ajrimi chiqargan sudga yoki boshqa sudga, ish qoʻshimcha tergovga joʻnatilgan taqdirda esa, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro etish uchun yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qamoqdan ozod etilishi lozim boʻlgan mahkumni, agar u sud majlisida qatnashayotgan boʻlsa, ozod etishga doir ajrim (qaror) zalning oʻzidayoq ijro etiladi. Boshqa hollarda ajrim (qaror) chiqarilgan vaqtdan eʼtiboran uzogʻi bilan yigirma toʻrt soat ichida uning nusxasi sud tomonidan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatiga yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29) Kodeks quyidagi mazmundagi 551-bob bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“551-bob. APELLATSIYA TARTIBIDA ISh YURITISh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4971-modda. Apellatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4972-modda. Hukm ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy daʼvoga daxldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari va asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan shaxslar apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berish yoki protest bildirishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4973-modda. Hukmlar ustidan apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga apellatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hukmlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlari va protestlari ayni shu sudlarning oʻzi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellatsiya instansiya sudiga topshirilgan boʻlsa, sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun ularni hukm chiqargan sudga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4974-modda. Hukm ustidan apellatsiya shikoyatlari va protestlari berish muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan apellatsiya shikoyatlari va protestlari hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm ustidan shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddatdan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaxslarga xabar qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4975-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protesti berish muddatini tiklash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishlari mumkin. Zarur hollarda bu masala iltimosnoma bergan shaxsning ishtirokida hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashning rad etilganligi ustidan yuqori sudga shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin, u muddatni tiklashga va ishni xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha koʻrib chiqishga haqlidir. Bunda ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablar bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4976-modda. Hukm ustidan apellatsiya shikoyati yoki protesti berish oqibatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya shikoyati berilishi yoki apellatsiya protesti bildirilishi hukmni ijro etishni toʻxtatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4977-modda. Apellatsiya shikoyati va protestining mazmuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) shikoyat, protest bergan shaxsning vajlari, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) arizachi oʻz talablarini asoslayotgan va apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi lozim boʻlgan dalillar, shu jumladan ilgari birinchi instansiya sudida tekshirilmagan dalillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest beruvchi shaxsning imzosi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4978-modda. Apellatsiya shikoyati yoki protestini qaytarib olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs oʻz shikoyati yoki protestini qaytarib olishga haqlidir. Protestni qaytarib olish huquqiga yuqori turuvchi prokuror ham ega. Mahkum oʻz himoyachisining shikoyatini qaytarib olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4979-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat berish va protest bildirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda ushbu Kodeksning 4972-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoxud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, uni oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyatlar berish va protestlar bildirish mumkin emas. Bularga qarshi eʼtirozlar apellatsiya shikoyati yoxud apellatsiya protestiga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, basharti ajrim ularning manfaatlariga daxldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49710-modda. Apellatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudining raisi apellatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ishni yuqori turuvchi sudda koʻrib chiqiladigan kun va joyni belgilaydi, ushbu Kodeksning 4972-moddasida koʻrsatilgan shaxslar bundan xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar sud majlisiga sudning ixtiyoriga binoan taklif qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49711-modda. Apellatsiya instansiyasida ish yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasida ish yuritish birinchi instansiya sudidagi ish yuritish qoidalari boʻyicha, shuningdek ushbu bobda bayon etilgan qoidalar boʻyicha oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish koʻriladigan joy va sana haqida vaqtida xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi ishni koʻrish va qaror chiqarishga monelik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi qanday ish koʻrilishini maʼlum qiladi va taraflarning kelgan-kelmaganligini aniqlaydi, soʻngra sud tarkibi aʼzolarining, prokurorning, sud kotibining, agar tarjimon majlisda ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning hamda himoyachining familiyasi va ismini eʼlon qiladi, rad qilish haqida arzlar bor-yoʻqligini tekshiradi. Raislik qiluvchi hozir boʻlgan protsess ishtirokchilariga ularning apellatsiya instansiyasida ishni koʻrish chogʻidagi huquqlarini tushuntiradi. Shundan keyin raislik qiluvchi hozir boʻlgan taraflardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi va bildirilgan iltimoslar boʻyicha apellatsiya instansiyasi ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni koʻrish sudyalardan birining maʼruzasi bilan boshlanadi. U ishning mohiyati, shikoyat yoki protestning vajlari hamda ularga qarshi bildirilgan eʼtirozlarning mohiyatini bayon qiladi. Sudga qoʻshimcha materiallar taqdim etilgan yoxud sudning oʻzi bunday materiallarni talab qilib olgan hollarda raislik qiluvchi yoki sudya ularni oʻqib eshittiradi va ishda ishtirok etayotgan shaxslarga tanishish uchun taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raislik qiluvchi apellatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Agar berilgan apellatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni taʼminlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻgʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaxslarni chaqirish toʻgʻrisida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud taraflarning iltimosi boʻyicha yoki oʻzining tashabbusi bilan ularni chaqirishni zarur deb topgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taraflar yangi guvohlarni chaqirish, ekspertiza oʻtkazish, ularga birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib koʻrish rad etilgan ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish toʻgʻrisida iltimos qilishga haqlidir. Arz qilingan iltimoslarni hal etish ushbu Kodeksning 438-moddasi qoidalari asosida amalga oshiriladi, bunda apellatsiya instansiyasi sudi iltimos birinchi instansiya sudida qanoatlantirilmagan degan asosda iltimosni qanoatlantirishni rad etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalillarni tekshirish tugagach, sudya taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish haqida iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi, sud bu iltimoslarni hal etadi va sud muzokaralariga oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49712-modda. Sud muzokaralari. Sudlanuvchining oxirgi soʻzi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u ishtirok etayotgan boʻlsa, oxirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49713-modda. Apellatsiya instansiya sudining vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud ishni apellatsiya tartibida koʻrib, oʻzining ajrimi bilan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) birinchi instansiya sudining hukmini oʻzgarishsiz, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirishsiz qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) birinchi instansiya sudining ayblov hukmini bekor qilish va ishni tugatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) birinchi instansiya sudi hukmini oʻzgartirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) birinchi instansiya sudining hukmni bekor qilish va ushbu Kodeks 419-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha ishni qoʻshimcha tergov yuritish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) birinchi instansiya sudining hukmini yoki ajrimini bekor qilish va ishni yangitdan sudda koʻrish uchun yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar birinchi instansiya sudi ish yuzasidan kamchiliklarga yoki sud tergovini bir tomonlama olib borishga yoxud jiddiy boʻlmagan protsessual qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi ishni birinchi instansiya sudiga yangitdan sudda koʻrishga yubormay, kamchiliklarni toʻldirish, protsessual qoidabuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi hamda koʻrib chiqish natijalarini inobatga olgan holda hukmga oʻzgartirishlar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi qarorida qanday asoslarga koʻra birinchi instansiya sudining hukmi toʻgʻri deb, shikoyat yoki protestning vajlari esa asossiz deb topilganligi, birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga yoki uni oʻzgartirishga nimalar asos boʻlganligi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi qaror qabul qilayotganda birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirib koʻrilgan va ishonchli deb topilgan dalillarga apellatsiya shikoyatlari, protestlarini koʻrib chiqishda tekshirilgan yangi dalillarni qoʻshgan holda tayanishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalari asosida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49714-modda. Apellatsiya instansiyasi sud majlisining bayonnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar asosida bayonnoma yuritadi. Sud majlisi bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49715-modda. Xususiy shikoyat va protestlarni hal qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy shikoyat yoki protest apellatsiya shikoyatlari yoki protestlari bilan bir vaqtda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy shikoyat yoki protestni hal qila turib, raislik qiluvchi sud muhokamasi barcha ishtirokchilarining fikrini soʻraydi, zarur hollarda jinoyat ishining berilgan shikoyat yoki protestga aloqador materiallarini oʻqib eshittiradi. Xar bir xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha sud oʻsha erning oʻzida yoki maslahatxonada ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuzasidan faqat xususiy shikoyat yoki protest tushgan boʻlsa, hukm chiqargan sud apellatsiya shikoyati berish yoki protest bildirish uchun belgilangan muddat tugashi bilan ishni yuqori sudga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy shikoyat yoki protestni hal qilish sud tomonidan shikoyat yoki protest bergan shaxsni, shuningdek uning tomonidan kelishi soʻralgan shaxslarni yoxud sudning oʻzi lozim deb topgan shaxslarni taklif etgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy shikoyat yoki protest boʻyicha chiqarilgan sud ajrimi qatʼiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49716-modda. Apellatsiya instansiyasi qarorlarining qonuniy kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi qarorlari eʼlon qilinishi bilanoq darhol qonuniy kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49717-modda. Apellatsiya instansiyasida shikoyat ishni qoʻshimcha koʻrish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 4975-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessining boshqa ishtirokchisi bergan apellatsiya shikoyati yoxud protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu ajrim avval chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish bir yoki har ikkala ajrim ustidan protest berish masalasini hal qilish uchun nazorat tartibida protest bildirish vakolatiga ega boʻlgan sud raisiga joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyat va xususiy protestni hal qilishga ham taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49718-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrim sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ajrim barcha sudyalar tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilikni tashkil etgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan nazorat tartibida shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30) 498-moddasining nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“498-modda. Hukm va ajrim ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi ustidan, agar ish apellatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir. Ushbu Kodeksning 511-moddasida koʻrsatilgan shaxslar qonuniy kuchga kirgan hukm va ajrim (qaror) ustidan, agar ish apellatsiya tartibida koʻrilgan boʻlmasa, kassatsiya tartibida protest bildirishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31) 499-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagilarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudlarning sudlov hayʼatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — shu sudning sudlov hayʼatiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) okrug va hududiy harbiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan — Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining qonuniy kuchga kirgan hukmlari ustidan esa shu sudning sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32) 500-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“500-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini (qarorlarini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladigan muddat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat yoki protestda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar nazarda tutilgan boʻlsa, sudning ayblov hukmini yoki ajrimini (qarorini), shuningdek sudning oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini (qarorini) kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqishga ular qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil mobaynidagina yoʻl qoʻyiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33) 501-moddasi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34) 502-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hukm chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oylik muddat ichida ishni shikoyatlar, protestlar va ular yuzasidan bildirilgan eʼtirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuboradi. Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35) 504-moddasi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36) 505-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Birinchi instansiya sudining raisi kassatsiya shikoyati yoki protesti tushgan ish kassatsiya instansiyasi sudida koʻriladigan kun va joyni belgilaydi, bu haqda ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslar xabardor qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37) 507-moddasi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38) 508-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Baʼzi mahkumlarga daxli boʻlgan kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39) 510-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“510-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida shikoyat berish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan hukm va ajrim (qaror) ustidan ushbu Kodeksning 498-moddasida koʻrsatilgan shaxslar nazorat tartibida shikoyat berishlari mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40) 511-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“511-modda. Hukm va ajrim (qaror) ustidan nazorat tartibida protest bildirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chiqarilgan hukmlar va ajrimlar (qarorlar) bilan birga ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqishga ular faqat apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilganidan keyin qonunda protest bildirish huquqi berilgan sud raisi, prokuror yoki ularning oʻrinbosarlari protest bildirgandagina yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar protest bildirishga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi — barcha instansiya sudlarining hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlaridan tashqari, har qanday sudning hukmlari va ajrimlari (qarorlari) ustidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar — jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan; ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrgan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudlov hayʼatlarining ajrimlari ustidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya boʻyicha koʻrilgan ishlar boʻyicha apellatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori — okrug va hududiy harbiy sudlarning hukmlari va ajrimlari ustidan, ishni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrgan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining ajrimlari ustidan, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha koʻrilgan ishlar boʻyicha apellatsiya va kassatsiya ajrimlari bundan mustasno”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41) 512-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ishlarni jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlaridan talab qilib olish huquqiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi raisining oʻrinbosari, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining oʻrinbosarlari, tuman, shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ham egadir. Ishlarni okrug va hududiy harbiy sudlardan talab qilib olish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosarlari, okruglar harbiy prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ham egadir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42) 516-moddasi ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hukmni yoki ajrimni (qarorni) qonunga xilof va asossiz deb topgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar protest bildiradilar va ishni shu protest bilan birga tegishli nazorat instansiyasi sudiga yuboradilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43) 517-moddasi matnining birinchi jumlasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44) 519-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatlari mazkur sudlarning jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari koʻrgan ishlar boʻyicha chiqarilgan tegishli apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari rayosatlarining qarorlari ustidan, shuningdek mazkur sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining rayosati mazkur sudning okrug va hududiy harbiy sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Harbiy hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi rayosatining qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi birinchi instansiya tariqasida koʻrgan ishlar boʻyicha mazkur sud chiqargan apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining apellatsiya va kassatsiya ajrimlari ustidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlarining nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlari ustidan bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarorlari ustidan nazorat tartibida bildirilgan protestlar boʻyicha ishlarni koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur hollarda protestlar boʻyicha ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudini, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudini chetlab oʻtib, nazorat tartibida bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan koʻrilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45) 520-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nazorat instansiyasi sudida jinoyat ishi ushbu Kodeksning 506-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan koʻriladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rayosatida ishni koʻrish chogʻida protestni qanoatlantirish tarafdorlari bilan qarshilar ovozi teng kelib qolsa, protest mahkum (oqlangan shaxs) foydasiga hal qilingan hisoblanadi, mahkumning (oqlangan shaxsning) ahvolini ogʻirlashtirish haqidagi masala qoʻyilgan protest esa rad etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46) 521-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Nazorat instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi chiqargan hukmni qonunga xilof va asossiz deb topib, bu hukmni hamda shuningdek apellatsiya yoki kassatsiya ajrimini, shuningdek nazorat tartibida chiqarilgan ajrimlar va qarorlarni, agar ular tufayli hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan boʻlsa, bekor qiladi yoki oʻzgartiradi. Bunda ushbu Kodeks 490-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qarorlardan biri qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Protestni koʻrib chiqayotgan sud oldingi hukm yoki ajrim asossiz ravishda bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida ishni koʻrish chogʻida qonunning buzilishiga yoʻl qoʻyilgan va bu ajrim yoki qarorni toʻgʻri chiqarishga taʼsir qilgan yoki taʼsir qilishi mumkin edi deb eʼtirof etgan taqdirda apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimlari, nazorat instansiyasi sudining ajrimlari va qarorlari ham bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud nazorat tartibida chiqarilgan ajrim yoki qarorni bekor qilar ekan, birinchi instansiya sudining hukmini va apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini oʻzgartirishlar bilan yoki oʻzgartirishsiz oʻz kuchida qoldirishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47) 528-moddasining matnidagi “kassatsiya” degan soʻzlar “apellatsiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48) 531-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ish apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrilganda hukm oʻzgartirilgan boʻlsa, hukm nusxasiga apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49) 540-moddasidagi “tuman (shahar) sudi” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50) 541-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “tuman (shahar) sudining”, “tuman (shahar) sudi” degan soʻzlar tegishli kelishikdagi “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 14-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
163-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)