10.09.2024 yildagi O‘RQ-959-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 10.09.2024 yildagi O‘RQ-959-son
Date of entry into force
12.12.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 20-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-iyunda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalarini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda ularning qoʻshimcha qiymat bilan realizatsiya qilinishini taʼminlash maqsadida intellektual mulkni ishonchli tarzda huquqiy muhofaza va himoya qilish sohasida keng koʻlamli islohotlar olib borilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual faoliyati natijasida yaratilgan mulkning daxlsizligini taʼminlash, jamiyatda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish hamda fuqarolarning oʻz huquqlarini himoya qilishdan manfaatdorligini taʼminlovchi huquqiy mexanizmlarni qonunchilikda mustahkamlash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari intellektual mulkning taʼsirchan huquqiy mexanizmlar bilan himoya qilinishini taʼminlash ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish uchun qonunchilikni takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan tovon toʻlash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning intellektual mulkka boʻlgan huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga, mazkur sohadagi huquqbuzarliklar profilaktikasining sifatini oshirishga, shuningdek huquqbuzarliklar sonining kamayishiga hamda intellektual mulkning himoya qilinishini kuchaytirishga va raqamli muhitda ijodiy faoliyatga boʻlgan huquqlarni himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlari tizimini shakllantirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi 1062-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 397-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 355-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Patent egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 2, 111, 114-moddalar) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 1090-modda matnining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Patent egasi zararlarning qoplanishi oʻrniga qoidabuzardan qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon toʻlashini talab qilishga haqlidir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 1107-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovar belgisining egasi tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga qonunda belgilangan miqdorda va tartibda tovon toʻlashini talab qilishga haqlidir”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi 270-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustda qabul qilingan 395-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 9, 156-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 11, 791-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2024-yil, № 1, 5-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Patent egasining huquqlarini buzgan shaxslar yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi shart. Patent egasi oʻzining huquqlarini buzgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining huquqlarini buzgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi 267-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 418-modda; 2011-yil, № 12/2, 364-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda, № 2, 108-modda) 26-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tovar belgisidan uning egasining mutlaq huquqini buzgan holda foydalanayotgan shaxslar tovar belgisi egasining talabiga koʻra yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi shart. Tovar belgisining egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va tovar belgisi egasining mutlaq huquqini buzgan holda tovar belgisidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi qism beshinchi qism deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi 560-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda; 2021-yil, № 3, 217-modda, 4-songa ilova) 121-moddasining birinchi qismiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻzga shaxslarga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrda qabul qilingan “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-51-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 493-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214-modda; 2024-yil, № 1, 5-modda) 12-moddasiga quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi qism quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“zararlarning oʻrnini qoplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararlarning qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda tovon toʻlash”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qism uchinchi qism deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 10-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-959-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2024-y., 03/24/959/0698-son)