07.08.2024 yildagi O‘RQ-940-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.08.2024 yildagi O‘RQ-940-son
Date of entry into force
09.11.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 9-iyulda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi energiya resurslari — bevosita yoqilg‘i sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan tabiiy resurslar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat energetika reyestri — energiya subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlar — yiliga besh yuz hamda undan ortiq tonna shartli yoqilg‘ini va (yoki) ikki yuz ellik va undan ortiq tonna motor yoqilg‘isini iste’mol qiladigan yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i — xom neft, uchuvchan neft, og‘ir neft va boshqa neft mahsulotlari, tabiiy gaz, shuningdek yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan ko‘mir, koks va boshqa mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari — tabiiy va boshqa manbalardan ishlab chiqariladigan yoqilg‘i va energiyaning barcha turlari yig‘indisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari — yoqilg‘i-energetika resurslarining bir yoki bir nechta turlarini iste’mol qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqaruvchilar — yoqilg‘i-energetika resurslarining bir yoki bir nechta turlarini ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarining iste’mol normasi — shartli yoki natural birliklarda o‘lchanadigan, ma’lum bir sifatdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasining miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilishning yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori hajmi — bir yilgacha bo‘lgan muddatga talab qilinadigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining yo‘l qo‘yiladigan hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining progressiv normalari — bir yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatga shakllantiriladigan va yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarini kamaytirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarga mos keladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarining kamayib boruvchi qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish — yoqilg‘i-energetika resurslarining asossiz sarflanishini bartaraf etishga va ularning eng maqbul turlaridan foydalanishga qaratilgan tadbirlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilishning amaldagi normalari — yoqilg‘i-energetika resurslarining mahsulotini (ishlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish chog‘idagi resurslar iste’molining yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini minimallashtirishni hisobga olgan holda bir yilgacha bo‘lgan muddatga shakllantiriladigan normalari qiymatlarining toifasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkilamchi energiya resurslari — birlamchi energiya resurslarini texnologik jarayonlarda o‘zgartirish orqali olinadigan yoqilg‘i-energetika resurslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy yoqilg‘i-energetika resurslari — tabiatda mavjud bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha tabiiy hamda boshqa manbalardan ishlab chiqariladigan yoqilg‘i va energiya turlarining yig‘indisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tartibga solinadigan faoliyat turlari — issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv ta’minoti bilan shug‘ullanadigan, o‘ziga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq narxlar (tariflar) tartibga solinadigan tabiiy monopoliyalar subyektlari, tashkilotlar, kommunal xo‘jaligi korxonalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartli yoqilg‘i — texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarda qabul qilingan, normativ hujjatlar va standartlar bilan tartibga solinadigan, har xil turdagi organik yoqilg‘ining issiqlik qiymatini solishtirish uchun xizmat qiladigan birlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya auditi — foydalanilgan yoqilg‘i-energetika resurslari va energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarni to‘plashga, ularga ishlov berishga hamda ularni tahlil qilishga, shuningdek xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya samaradorligi — yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish natijasida olingan samaraning unga sarflangan yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlariga nisbatini aks ettiruvchi ko‘rsatkich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyani tejash va energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari — yuridik va jismoniy shaxslarning energiyani tejash va energiya samaradorligiga doir tadbirlarni amalga oshirish chog‘idagi faoliyati natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash — yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish chog‘idagi energiya sarfini mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar ko‘rsatish hajmini qisqartirmagan holda kamaytirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, texnik, texnologik, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonuniylik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobdorlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ochiqlik;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaffoflik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Energiya samaradorligini oshirishga doir standartlarni ishlab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa mas’ul vazirliklar va idoralar bilan birgalikda energiyani tejovchi texnologiyalar va asbob-uskunalarga doir talablarni belgilovchi milliy standartlarni xatlovdan o‘tkazadi, shuningdek energiyani tejovchi texnologiyalarga, mahsulotlar, asbob-uskunalar, maishiy texnika vositalariga va ularda energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga oid zarur talablarni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarni ko‘rib chiqadi hamda quyidagi tadbirlarni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat obyektlarida va binolarda energiya iste’moli yuqori bo‘lgan qurilmalar, asbob-uskunalar, mahsulotlar, jarayonlarning va texnologiyalarning energiya samaradorligini oshirishning milliy standartlari tasdiqlanishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

asbob-anjomlar, uskunalar, mahsulotlar, mashinalar va texnologiyalarning energetik xususiyatlariga doir eng kam va eng ko‘p talablarni belgilaydi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga energiya samaradorligining milliy standartlariga mos bo‘lmagan har qanday qurilmalar, uskunalar, mahsulotlarni va texnologiyalarni sotishni taqiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qiluvchilar, ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilarga nisbatan ularning qurilmalari, asbob-uskunalari, mahsulotlari va texnologiyalari energiya samaradorligining milliy standartlariga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikat olish uchun sinovlar va o‘lchovlarni amalga oshirish talablarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Sinovlar, o‘lchovlar va sertifikatlashtirishga doir ishlar belgilangan tartibda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilmalar, asbob-uskunalar, mahsulotlar va texnologiyalar uchun energiya samaradorligi milliy standartlari e’lon qilinganidan keyin bir yil o‘tgach majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani ishlab chiqarish va iste’mol qilishda energiyadan samarali hamda xavfsiz foydalanishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etishni rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanilishini yo‘lga qo‘yish hamda yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilishning maqbul yo‘llari va usullarini belgilash;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni ta’minlashda zamonaviy boshqaruv usullarini qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejovchi zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar, o‘lchov vositalari hamda samarali nazorat tizimlari joriy etilishini rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va iste’mol qiluvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarish va iste’molga keng joriy etish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energetika xizmatlari bozorini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishda davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorning ishtirokini yanada kengaytirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda energiya samaradorligini va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish darajasini oshirish uchun moliyaviy va fiskal mexanizmlarni hamda rag‘batlantirish shakllarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishini hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlarini, shuningdek energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi boshqa ko‘rsatkichlarni tasdiqlaydi hamda ularga erishish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilish normalarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya samaradorligini davlat ekspertizasidan o‘tkazish tartibini va shartlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energiya auditidan o‘tkazish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malakali energetika menejerini tayyorlashni tashkil etish, energetika menejerini sertifikatlashtirish va sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar orasidan energetika menejerini tanlab olish tartibini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya samaradorligi sertifikatlarini (oq sertifikatlarni) joriy etish tartibini belgilaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, strategiyalarni ishlab chiqadi, amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat dasturlarining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish tadbirlarining rejalari bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi hamda muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish uslubiyotini ishlab chiqadi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi uslubiy va axborot ta’minotini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlar tomonidan energiya auditi natijalarining bajarilishi monitoringini yuritadi va tahlil qiladi, shuningdek ushbu subyektlar energetika pasportlarining elektron reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlarining reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejashni, undan oqilona foydalanishni va energiya samaradorligini oshirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi yillik hisobotni tayyorlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan energiyani tejaydigan texnologiyalardan va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning afzalliklari to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qiladi hamda tushuntirish ishlarini tashkil etadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda O‘zenergoinspeksiya deb yuritiladi) o‘z vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanishga topshirishda ularda energiyani tejaydigan va energiya jihatidan samarador texnologiyalardan foydalanishning shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlarni, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlashda issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini, shuningdek konstruksiyalarni qo‘llashga hamda muqobil energiya manbalarini va energiyani tejaydigan qurilmalarni majburiy tarzda o‘rnatish talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bundan yakka tartibdagi uylar qurilishi mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

tovarlar (ishlar, xizmatlar), binolar va inshootlarning energiya samaradorligi va energiyani tejash, shuningdek energiyadan oqilona foydalanish normalariga hamda uning sifat ko‘rsatkichlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonunda belgilangan hollarda yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qo‘llash choralarini ko‘radi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(10-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi hamda amalga oshiradi;
(10-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish masalalarini ommaviy axborot vositalari yordamida keng targ‘ib etadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Energiya servis kompaniyalari va energiya servis shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Energiya servis kompaniyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis kompaniyasi energetika xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasiga muvofiq energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirish maqsadida qurilish, qurilish-montaj va sozlash ishlarini bajarish, energiya qurilmalarini ishga tushirish hamda bunday qurilmalar mavjud bo‘lgan obyektlarda energiya auditini o‘tkazish, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bilan kompleks ravishda shug‘ullanadigan yuridik shaxsdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi energiya servis kompaniyalari faoliyatini rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqadi va kelishadi, mazkur reja quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarining hamda ijtimoiy soha obyektlarining binolari va inshootlarida energiya samaradorligini oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha talablarni belgilashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya servis kompaniyalarini moliyalashtirish va rivojlantirishga ko‘maklashishni.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi energiya servis kompaniyalarini akkreditatsiya qilish jarayonini (arizalarni ko‘rib chiqish, baholash, energiya servis kompaniyalarini akkreditatsiya qilish va ularning ro‘yxatini yuritish) qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etadi va amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha energiya servis shartnomalariga doir talablarni ishlab chiqadi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda energiya servis kompaniyalarining ularni amalga oshirish borasidagi majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar rejasi, shu jumladan maqsadli dasturni amalga oshirish bosqichlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir chora-tadbirga doir investitsiyalar qiymatini baholash hamda energiya hajmlari va xarajatlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomani tuzish va bekor qilish shartlarini ko‘rsatgan holda, shartnomaning mezonlarini, shuningdek boshqa qoidalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya servis kompaniyalariga rejadagi ishlarni bajarishda ko‘maklashadigan pudrat va yordamchi pudrat tashkilotlarining yoki boshqa servis tashkilotlarining ishtirokini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan ishlarni baholash va sinovlardan o‘tkazish rejasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

shartnomaning moliyaviy shartlari;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Energiya servis shartnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis shartnomasi energiya servis kompaniyasi va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuv bo‘lib, u energiya servis kompaniyasining energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan xizmatlari (ishlari) yuzasidan taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis shartnomasida quyidagilar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya servis kompaniyasi tomonidan energiya servis shartnomasini bajarish natijasida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan xizmatlar (ishlar) ko‘rsatish shartlari hamda ushbu xizmatlarning (ishlarning) hajmi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya servis shartnomasining amal qilish muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan boshqa shartlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya servis shartnomasiga qo‘shimcha ravishda quyidagilar kiritilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaning amal qilish davrida yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning boshqa shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalaniladigan yoqilg‘i-energetika resurslarini o‘lchash vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish yuzasidan energiya servis kompaniyasining majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya servis shartnomasini amalga oshirish natijasida tejalgan yoqilg‘i-energetika resurslarining miqdoridan kelib chiqib, energiya servis xizmati uchun mukofot pullarini to‘lash.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari bilan energiya servis shartnomalari qonunchilikka muvofiq tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Energetika menejmenti, energiya auditi va energetika ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Energetika menejmenti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika menejmenti yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamaytirish va maqbullashtirish, iste’molchilar uchun zarur miqdordagi yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish, tashish va ulardan foydalanish jarayonlarini doimiy boshqarish tizimidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika menejmenti Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika menejmenti joriy etilgan subyektlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari sarfini kamaytirish va maqbullashtirishga oid tadbirlarni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energetika menejmenti sohasidagi xodimlarni (energetika menejerlarini) o‘qitish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalqaro standartlar talablariga muvofiq energetika menejmenti tizimi joriy etiladigan vazirliklar va idoralarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasini uslubiy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladigan uslubiy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy va axborotga oid hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va tashkilotlariga yetkazib berish hamda ularning qo‘llanilishini monitoring qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi eng samarali loyihalarni tanlab olishni va amalga oshirishni ta’minlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

monitoring tizimini joriy etish va uni takomillashtirishga;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida rivojlangan davlatlarning uslubiy, axborot, texnik va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalarni amalga oshirishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida xodimlarning malakasini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat organlari va tashkilotlari energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlarni tayinlaydi, shuningdek ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarning malakasini oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarida, shu jumladan Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda energiya menejmenti bo‘yicha o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi energiya auditorlari va energetika menejerlarining attestatsiyasini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maxsus vakolatli davlat organi energiya auditorlari va energetika menejerlariga sertifikatlashtirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda e’lon qiladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya auditorlari va energetika menejerlari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan o‘quv markazlarida, shu jumladan oliy ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradi. O‘quv markazlarining ro‘yxati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi va belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Energiya auditini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya auditi majburiy va ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy energiya auditi Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda dastlabki, davriy, navbatdan tashqari va ekspress energiya auditi shaklida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki energiya auditi energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishni baholash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davriy energiya auditi besh yilda kamida bir marta majburiy tartibda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Navbatdan tashqari energiya auditi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq o‘tkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspress energiya auditi energiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek texnik va texnologik modernizatsiya ishlarini amalga oshirish natijasida erishilgan energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini tezkor aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ixtiyoriy energiya auditi Davlat energetika reyestriga kiritilmagan iste’molchilarda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki energiya auditi yoqilg‘i-energetika resurslarining aniq turi, ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanish, alohida agregat (agregatlar guruhi) yoki energiya samaradorligining alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkaziladigan energiya auditidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Energiya auditini o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya auditi energiya auditi xizmatlarini ko‘rsatuvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya auditining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish salohiyatini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining progressiv normalariga o‘tish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika pasportini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya auditi natijalari bo‘yicha ishlab chiqilgan energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar maqsadli, hududiy va tarmoq dasturlariga hamda audit o‘tkazilayotgan yuridik shaxslarning energiyani tejash dasturlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davriy energiya auditi O‘zenergoinspeksiya bilan kelishilgan holda, har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan jadvallarga asosan besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy energiya auditi yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uskunalarini uch yildan kam bo‘lgan davr ichida o‘rnatgan va asosiy texnologik uskunalarni shu davr ichida modernizatsiya qilgan hamda Davlat energetika reyestriga kiritilgan subyektlarda ekspress energiya audit shaklida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy energiya auditini o‘tkazish O‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan texnik topshiriqqa asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtiyoriy energiya auditi energiya auditini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan texnik topshiriqqa asosan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki energiya auditi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq korxonalar va tashkilotlarning energetika menejmenti bo‘limlari (guruhlari) tomonidan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki energiya auditini o‘tkazuvchi shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ichki energiya auditini o‘tkazish va uning natijalarini ko‘rib chiqish uchun malakali mutaxassislarni jalb etish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit o‘tkazishda yuzaga kelgan masalalar yuzasidan energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslardan tushuntirishlar va boshqa qo‘shimcha axborot olish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Energiya auditi natijalari bo‘yicha energetika pasportini yuritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya auditi natijalari bo‘yicha tuzilgan energetika pasportlarini umumlashtiradi, tahlil qiladi, ularga ishlov beradi, ularni tizimlashtiradi va tegishli qaror qabul qilish uchun maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya auditi natijalari bo‘yicha tuzilgan energetika pasportlarining Davlat energetika reyestriga kiritilishini ta’minlaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika pasportlarini yuritish jarayonida olingan axborot iste’molchilarning (bundan jismoniy shaxslar mustasno) yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar monitoringini yuritish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

O‘zenergoinspeksiyaning hududiy boshqarmalari energiya auditorlari tashkilotlaridan energetika pasportlari to‘g‘risidagi axborotni energiya auditidan ixtiyoriy ravishda o‘tkazilgan iste’molchilarning roziligi bilan olishga haqli.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi davlat energetika reyestrining, davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari asosida respublika yalpi ichki mahsulotining energiya sig‘imini hamda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini hisoblaydi va tahlil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Energetika ekspertizasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika ekspertizasi akkreditatsiya qilingan ekspert tashkiloti tomonidan yangi qurilayotgan va (yoki) rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika ekspertizasini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika ekspertizasini o‘tkazishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarining energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan majburiy texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan energiya samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlarning yetarliligi va asoslantirilganligini baholash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Energetika ekspertizasi yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va iste’mol qilish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda foydalaniladigan asbob-uskunalar va qurilmalarning energiya samaradorligini baholash uchun o‘tkaziladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlar, texnologiyalar va asbob-uskunalar loyiha-smeta hujjatlarining energiya samaradorligini oshirish normalariga muvofiqligi yuzasidan energetika ekspertizasidan majburiy tartibda o‘tkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishning iqtisodiy mexanizmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi dasturlar va loyihalarni moliyalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi milliy, tarmoq va hududiy dasturlar hamda loyihalar O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) mablag‘larini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlashdan va jamg‘armaning boshqa moliya-xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi milliy, tarmoq va hududiy dasturlarni hamda loyihalarni amalga oshirishdan olingan foydaning ulushi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya institutlari hamda donor tashkilotlar tomonidan ajratiladigan grantlar va kreditlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisobidan neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan ajratiladigan transfertlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yoqilg‘i-energetika resurslarini shartnomada belgilangan normalardan ortiq iste’mol qilganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlardan olingan tushumlar;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Energiya iste’molchilariga beriladigan imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya iste’molchilariga imtiyozlar qonunga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha obyektlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha obyektlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy soha obyektlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida monitoring tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida uslubiy va axborot jihatdan ta’minlashni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarlar va mutaxassislarning energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi bilimlari hamda ko‘nikmalarini oshirib borish;

energiya auditi muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining belgilangan normalariga qat’iy rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligi uchun sarflanayotgan yoqilg‘i-energetika resurslari yo‘qotishlarini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi xalqaro standartlarni qo‘llash;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi binolarni isitish va sovutish, yoritish, issiq va sovuq suv ta’minoti chog‘idagi energiya sarfini tartibga soluvchi avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Sanoat korxonalarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanoat korxonalarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi zamonaviy, innovatsion, energiyani tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan energiyani tejaydigan xorijiy texnologiyalarini jalb etish orqali sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya va rekonstruksiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik jihatdan qayta jihozlashga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sexlarning alohida uchastkalarida yoqilg‘i-energetika resurslari hisobini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarlar va mutaxassislarning energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi bilimlari hamda ko‘nikmalarini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilayotgan ayrim asbob-uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining eng yuqori normalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi uchun sarflanadigan yoqilg‘i-energetika resurslari normalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

xalqaro standartlarga muvofiq energetika menejmenti tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining, xorijiy va mahalliy investorlarning mablag‘larini jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Qurilish sohasida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish sohasida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar, inshootlar qurilishida hamda turar joylarda energiya samaradorligini oshirishga va energiyani tejashga oid normativ ko‘rsatkichlarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarlar va mutaxassislarning energiyani tejash, undan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqdagi korxonalar va tashkilotlarda foydalanishda bo‘lgan asbob-anjomlar hamda uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining eng yuqori normalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan binolar va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolar va inshootlar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining eng kam normalarini belgilash hamda ushbu normalarni har besh yilda qayta ko‘rib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya sarfi past bo‘lgan binolar qurilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markaziy yoki lokal isitish tizimiga ulangan ko‘p kvartirali uylarda va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarda individual hisoblagichlarni o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ko‘p kvartirali uylarni va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarni isitish (sovitish) tizimlarida energiya sarfi shaffofligini ta’minlash maqsadida hisob-kitobni har bir iste’molchiga alohida o‘rnatilgan hisoblagichlar orqali amalga oshirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining, xorijiy hamda mahalliy investorlarning mablag‘larini jalb etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Binolar va inshootlarni qurishda hamda rekonstruksiya qilishda issiqlik izolyatsiyasi ko‘rsatkichlarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik izolyatsiyasi bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga rioya etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlikni izolyatsiya qiladigan materiallardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki kamerali derazalar o‘rnatilishini rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

quyosh suv isitkichlaridan, energiya sarflanishi jihatidan samarador qurilish materiallari va konstruksiyalardan foydalanish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mukammal ta’mirlanadigan binolar va inshootlarga nisbatan yangi binolar hamda inshootlarga qo‘yiladigan talablarni qo‘llash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining qarori bilan quyidagi toifadagi binolar hamda inshootlarga nisbatan ushbu moddada nazarda tutilgan talablar qo‘llanilmasligi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy madaniy meros obyektlari, davlat muzeylari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, agar energiya samaradorligi bo‘yicha belgilangan minimal talablarga rioya etish binolar va inshootlarning tashqi ko‘rinishi, tarixiy ahamiyati o‘zgarishiga olib kelishi yoki ularga boshqacha tarzda ta’sir etishi mumkin bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
diniy tashkilotlarning binolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ekspluatatsiya muddati ikki yildan oshmagan vaqtinchalik imoratlar, energiya samaradorligi past bo‘lgan sanoat obyektlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan qishloq xo‘jaligi binolari.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi har uch yilda bir marta binolar hamda inshootlarning energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, “energiya sarfi nol” bo‘lgan binolar hamda inshootlar sonini ko‘paytirish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hisobot e’lon qilib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Transport sohasida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport sohasida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha turdagi transport vositalari uchun yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining eng yuqori normalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

respublikada elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni rivojlantirish choralarini ko‘rish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektromobillarni quvvatlash stansiyalari, avtomobil zavodlarida elektromobillar ishlab chiqarish liniyalarini o‘rnatish va elektromobillarga o‘tishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Maishiy texnikadan foydalanishda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maishiy texnikadan foydalanishda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya samaradorligi past bo‘lgan maishiy texnika mahsulotlarini sotishga cheklovlar o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid xalqaro standartlarni qo‘llash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maishiy texnika asbob-anjomlarining energiya samaradorligi toifalarini belgilash (tamg‘alash);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qiladigan maishiy texnika asbob-anjomlarini belgilangan tartibda sertifikatlashtirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sinov laboratoriyalarini joriy etish va rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Issiqlik ta’minoti hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik ta’minoti hamda kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida foydalanishda bo‘lgan asbob-anjomlar hamda uskunalar uchun yoqilg‘i-energetika resurslari sarfining eng yuqori normalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona issiqlik dispetcherlik markazi orqali markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarini boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti korxonalari va iste’molchilar tomonidan iste’mol rejimlariga rioya etilishini monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sovitish, ventilyatsiya va issiqlik ta’minoti sifatini yaxshilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

issiqlik ta’minoti tarmoqlarida, shuningdek binolar va inshootlarda issiqlik himoya qilinishini yaxshilash;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti quvurlarini izolyatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yondirgichlarni yangilash, havo va yoqilg‘i nisbatini maqbullashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti miqdorining o‘zgarishiga nisbatan issiq suv miqdori o‘zgarishini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarida gidravlik rejimlarni sozlash va avtomatlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti sohasida tarif siyosatini takomillashtirish, shu jumladan issiqlik energiyasi iste’molchilarining hisob-kitoblarini ikki bosqichli kommunal to‘lovlar tariflariga o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

iste’molchilarda issiqlik energiyasi (issiq suv) sarfini o‘lchash asboblarini to‘liq o‘rnatish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga, energiya samaradorligi past bo‘lgan qozonxonalarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarishga, issiqlik energiyasini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i sarfini kamaytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga nisbatan sarf qilinadigan yoqilg‘i-energetika resurslari normalarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

xalqaro moliya institutlarining hamda xorijiy va mahalliy investorlarning mablag‘larini jalb etish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rahbarlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqlik ta’minoti markazlariga ulangan ijtimoiy soha obyektlari, xususiy sektor binolari va yangi qurilgan turar joy majmualarini issiqlik ta’minoti tizimlaridan ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
konditsioner yoki issiqlik nasosi va issiq suv ta’minoti uchun mustaqil sovitish (isitish) tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha obyektlarida, xususiy sektor binolarida va yangi qurilgan uylarda lokal qozonxonalardan foydalanish hisobiga tabiiy gaz iste’molini tejash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soha obyektlaridan, xususiy sektor binolaridan va yangi qurilgan uylardan iborat yangi majmuani qurishda binolar hamda inshootlar uchun maxsus issiqlik ta’minoti tizimini o‘rnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

mavjud binolar va inshootlarni mukammal ta’mirlashda ularni yangi binolar va inshootlarga nisbatan qo‘llaniladigan talablarga muvofiq markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimidan ajratish.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslarining boshqa manbalariga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda issiqlik qabul qiluvchi va issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik yo‘qotilishining oldini olish bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilganidan keyin markazlashtirilgan issiqlik ta’minotiga ulanishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Qishloq va suv xo‘jaligida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xo‘jaligi tizimida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv resurslaridan foydalanuvchi iste’molchilarning mavjud nasos stansiyalarini har yili bir marta tekshiruvdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

energiya jihatidan samarador nasoslarda reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish va ularda quyosh fotoelektr tizimlarini joylashtirish imkoniyatlarini belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suv xo‘jaligi tizimida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va tashishda uskunalarning energiya samaradorligini oshirish uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda takomillashtirilgan texnologiyalarni qo‘llash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-modda. Tashqi yoritish tizimlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi yoritish tizimlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalash ishlarini xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya jihatidan tejamkor va yuqori samarali yoritish uskunalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya auditi natijalari bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda yoritish tizimlaridan vaqt oraliqlariga muvofiq tarzda foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-modda. Energiya ta’minoti va boshqa yoqilg‘i-energetika tarmog‘i tashkilotlarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi neft mahsulotlari, elektr va issiqlik energiyasi hamda tabiiy gazni yetkazib beruvchi energiya ta’minoti tashkilotlari, energiyaning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, suyuq yoqilg‘ining chakana sotuvchilari va yakuniy iste’molchilarga yoqilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib beruvchilar energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazorati hamda monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi monitoring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi monitoringni maxsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish monitoringi quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish obyektlarining texnik ko‘rsatkichlarini, yoqilg‘i-energetika resurslarining sarflanishi, shuningdek ishlab chiqarish hajmlari (tannarx) va moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazasini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’lumotlar bazasi asosida yagona axborot-tahlil tizimini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

integratsiyalashgan axborot-tahlil tizimi ma’lumotlari asosida iqtisodiyot tarmoqlari hamda faoliyat turlari bo‘yicha energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish yuzasidan muntazam monitoring olib borish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori malakali ekspertlarni jalb etgan holda korxonalarga energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazorati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish, shuningdek energiya sifatining normativ hujjatlarda belgilangan ko‘rsatkichlariga rioya etilishi sohasidagi davlat nazorati O‘zenergoinspeksiya hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid statistikani yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid statistikani yuritish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid statistika ma’lumotlarini shakllantirish yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

maxsus vakolatli davlat organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga doir maqsadli ko‘rsatkichlarni (indikatorlarni) sohalar bo‘yicha shakllantirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarining iste’moli miqdori va tarkibi hamda ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish to‘g‘risidagi axborotni shakllantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-modda. Yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qazib olinayotgan, ishlab chiqarilayotgan, qayta ishlanayotgan, uzatilayotgan, saqlanayotgan, yetkazib berilayotgan (taqsimlanayotgan, sotilayotgan) va iste’mol qilinayotgan yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish belgilangan standartlar va normalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish to‘g‘risidagi axborotning ishonchliligi uchun javobgarlik tegishli korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Normativ darajadan yuqori bo‘lgan energetika resurslarini talab qiladigan hamda hisobga olish, nazorat qilish va tartibga solish qurilmalari rejalashtirilmagan sanoat, jamoat hamda turar joy binolarini qurish loyihalarini tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishga topshirilayotgan sanoat, jamoat va turar joy binolarida qurilmalar hamda o‘lchash tizimlari orqali energiya iste’moli normalariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yoqilg‘i-energetika resurslarining iste’moli normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37-modda. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarini belgilashning maqsad va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarini belgilash mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni rejalashtirishda yoqilg‘i-energetika resurslarining texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan sarflanishidan foydalanishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslarining energiya ta’minoti manbalaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish hamda ekspluatatsiya ehtiyojlari uchun sarflangan yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasi iste’mol qilish normasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarini belgilash energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi fan va texnikaning zamonaviy yutuqlariga, yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali hamda oqilona foydalanish talablarini inobatga oluvchi yagona uslubiy va tashkiliy prinsiplarga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarini belgilashning yagona uslubiy va tashkiliy prinsiplarini ishlab chiqish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’moli normalarini belgilash quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yagona uslubiy asosda mahsulotlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli turlariga muvofiq normalarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normalarni belgilashda ishlab chiqarish sharoitlarini, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish, energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish choralarini hisobga olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirishga qiziqishini kuchaytirish choralarini ko‘rish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning eng tejamkor ko‘rsatkichlariga erishish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38-modda. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining normalarini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslarining umumiy yillik iste’mol normasi besh yuz hamda undan ortiq tonna shartli yoqilg‘i va (yoki) ikki yuz ellik hamda undan ortiq tonna motor yoqilg‘isi sarflaydigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39-modda. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining amaldagi va progressiv normalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Besh yuz hamda undan ortiq tonna shartli yoqilg‘i va (yoki) ikki yuz ellik va undan ortiq tonna motor yoqilg‘isi hajmida yoqilg‘i-energetika resurslarini iste’mol qilishning amaldagi normalari energiya auditi natijalariga ko‘ra yoki eng yaxshi mavjud texnologiyalardan foydalangan holda taqqoslash usullarini qo‘llash asosida bir yilgacha bo‘lgan muddatga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslari yillik iste’molining progressiv normativlari yoqilg‘i-energetika resurslarining umumiy yillik iste’molidan kelib chiqib besh yil muddatga belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish ko‘rsatkichlarining normalarini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida maqsadli ko‘rsatkichlar hamda yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishning rejali va amaldagi qiymatlari, energiya sig‘imliligi, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘rsatkichlari hamda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq boshqa ko‘rsatkichlar normalari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid axborot ta’minoti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarmoqlar va sohalarda energiya sig‘imi, energiyani tejash imkoniyatlari to‘g‘risida axborot olish maqsadida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid davlat axborot tizimi yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid davlat axborot tizimini yuritish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid davlat axborot tizimi quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi hududlar va tashkilotlarning dasturlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotlar tomonidan iste’mol qilinadigan yoqilg‘i-energetika resurslarini qisqartirish hajmlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlariga taalluqli umumlashtirilgan yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish hajmini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlanganlikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energetika pasportlarida mavjud bo‘lgan axborotga ishlov berish, uni qayta ishlash tizimlashtirish va tahlil qilish jarayonida olingan ma’lumotlarni;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish jarayonida yoqilg‘i-energetika resurslarini rejalashtirilgan tejash hajmlari (shu jumladan qiymat ifodasida) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq va yuqori energiya samaradorligiga ega bo‘lgan mahsulotlar, texnologik jarayonlar, energiyani tejashning eng samarali chora-tadbirlarini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘rsatkichlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga doir normativ huquqiy hujjatlarni;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa axborotni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga majburiy tartibda joylashtiriladi hamda har chorakda bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq yangilanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga oid davlat axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda oshkor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi axborotni ommalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi axborotni ommalashtirish bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilar quyidagilarni amalga oshiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya jihatidan samarador ilg‘or texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklari to‘g‘risida axborot tayyorlash va barcha iste’molchilarga tarqatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organiga aniq tadbirlar bo‘yicha va energiyani tejash, undan oqilona foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirishda erishilgan natijalar to‘g‘risida yillik hisobotlarni taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yiliga kamida bir marta iste’molchilarni energiya sarfi va iste’moli hamda xarajatlar tendensiyalari va parametrlari to‘g‘risida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiya iste’molchilarini yetkazib beriladigan energiyadan, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan oqilona foydalanganda rag‘batlantirilishi to‘g‘risida xabardor qilish dasturini ishlab chiqish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya tejamkorligi yuqori bo‘lgan maishiy elektr jihozlari va asbob-anjomlardan, birinchi navbatda, energiya jihatidan samarador sovutkichlar, muzlatkichlar, suv isitkichlari va yoritish lampalaridan foydalanishni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilishni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43-modda. Neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi hamda sotuvchilar tomonidan sifati belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini realizatsiya qilish — sifati belgilangan talablarga javob bermaydigan realizatsiya qilingan tovar qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Neft mahsulotlari va suyultirilgan uglevodorod gazini qonunchilikda belgilangan tartibda sertifikatlashtirishdan o‘tkazilmagan hamda belgilangan tartibda tamg‘alanmagan nazorat o‘lchov asboblari va yoqilg‘i tarqatish uskunalari orqali iste’molchilarga yetkazib berish, shuningdek nazorat o‘lchov asboblariga tashqaridan bevosita ta’sir ko‘rsatish — nazorat o‘lchov asboblari va yoqilg‘i tarqatish uskunalarining oxirgi tekshiruvi o‘tkazilgan kundan e’tiboran realizatsiya qilingan tovar qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44-modda. Tabiiy gazdan foydalanishdagi qoidabuzarliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazorati organlarining tegishli ruxsatnomasi va xulosasisiz tabiiy gazdan foydalanish qurilmalarida sinov-sozlash ishlarini amalga oshirish — ishlarni amalga oshirgan yuridik shaxslarga ishga tushirish-sozlash ishlari hisoblangan hajmining o‘n foizi miqdorida jarima solishga hamda barcha ishlarni to‘xtatib, iste’molchini (qurilmani) gaz tarmog‘idan uzishga sabab bo‘ladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimlash tarmoqlari orqali tabiiy gazni qabul qilish, tashish va yetkazib berishda belgilangan normadan ortiqcha texnologik yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yish, mazkur holat ularning harakatsizligi natijasida yuzaga kelgan bo‘lsa — gaz ta’minoti korxonalariga ortiqcha yo‘qotilgan gazning ellik foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45-modda. Elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish tartibini buzish yoki unga rioya etmaslik — asbob-uskunalar yoki normativ usullar bilan aniqlangan isrof bo‘lgan elektr energiyasi miqdori qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan elektr yoritgichlardan qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha, ishlab chiqarish zaruriyati bo‘lmagan holda foydalanish, shuningdek hududlarni kunning yorug‘ davri davomida maqsadsiz yoritish — normadan ortiqcha yoki kunning yorug‘ davrida foydalanilgan elektr energiyasi qiymatining ellik foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiya iste’molchilariga sifat ko‘rsatkichlari davlat standarti talablariga javob bermaydigan elektr energiyasi yetkazib berish — sifatsiz yetkazib berilgan elektr energiyasi qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46-modda. Issiqlik energiyasidan foydalanishdagi qoidabuzarliklar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yiliga besh yuz hamda undan ortiq tonna shartli yoqilg‘ini va (yoki) ikki yuz ellik hamda undan ortiq tonna motor yoqilg‘isini iste’mol qiladigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan isitish tarmoqlaridan issiq suv, bug‘ va bug‘ kondensatining asossiz ravishda sarflanishi, xususan, issiq suvning sirqib to‘kilishi, issiqlik va bug‘ quvurlaridan, issiqlikdan foydalanuvchi uskunalardan, issiqlik tarmoqlaridan issiqlik izolyatsiyasisiz foydalanish — o‘lchov asbob-anjomlari orqali yoki normativ usullar bilan aniqlangan yo‘qotilgan issiqlik energiyasi qiymatining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan issiqlikdan foydalanuvchi uskunalardan va issiqlik tarmoqlaridan texnik jihatdan foydalanish qoidalarida belgilangan talablarga javob bermaydigan texnik holatda foydalanish — mazkur uskuna tomonidan iste’mol qilinadigan, uzatiladigan yoki o‘zgartiriladigan issiqlik energiyasining o‘rtacha oylik miqdori qiymatining besh foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Issiqlik ta’minoti tashkiloti tomonidan normativ hujjatlarda yoki issiqlik ta’minoti shartnomasida nazarda tutilgan issiqlik energiyasi sifat ko‘rsatkichlaridan chetga chiqish — sifat ko‘rsatkichlari buzilgan holda iste’molchiga berilgan issiqlik energiyasi qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-modda. Sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalaridan, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlaridan foydalanish — sertifikatlashtirilmagan energetika uskunalari, energiya ta’minoti tarmoqlari va tizimlarining elementlari yordamida sarflangan yoki uzatilgan energiya qiymatining o‘n foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48-modda. Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan energetika tekshiruvlari va ekspertizalarini o‘tkazish qoidalarini buzish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yiliga besh yuz va undan ortiq tonna shartli yoqilg‘ini va (yoki) ikki yuz ellik va undan ortiq tonna motor yoqilg‘isini sarflaydigan yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari tomonidan belgilangan muddatlarda majburiy energetika tekshiruvlarini o‘tkazmaslik yoki ular tomonidan majburiy energetika tekshiruvlari natijasida belgilangan chora-tadbirlarni bajarmaslik — o‘rtacha oylik energiya iste’moli qiymatining uch foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-modda. Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi, bundan xo‘jalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va moliyaviy sanksiyaning summasini ixtiyoriy tarzda to‘lagan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy sanksiyalar energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish doirasida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari asosida qo‘llaniladi. Bunda energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazorati organlarining vakolatli shaxslari tomonidan nazorat tadbirlarini o‘tkazish davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazorati organlarining vakolatli shaxslari tomonidan ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq tuzilgan dalolatnoma hamda ushbu shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar undirilishi lozim bo‘lgan moliyaviy sanksiya miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot kunidagi joriy aktivlarining yigirma foizidan oshsa, moliyaviy sanksiya summasini moliyaviy sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Agar energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyekt yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlikni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan bo‘lsa, moliyaviy sanksiya qo‘llanilmaydi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarasiz foydalanish, ularning normadan ortiqcha sarflanishi va yo‘qotilishi tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlariga muvofiq bartaraf etish jarayonida yuzaga kelgan bo‘lsa, moliyaviy sanksiya qo‘llanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya jihatidan samarali texnologiyalarni xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlovchi qo‘shma davlatlararo loyihalarni respublikada ro‘yobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarning talablariga moslash, shuningdek sertifikatlashtirish natijalarini o‘zaro e’tirof etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-modda. Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi 412-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 118-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 413-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 119-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 482-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 67-modda) XX bo‘limi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-116-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 423-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-352-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 20-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-355-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 10, 263-modda) 14-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-396-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda) 13-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘RQ-401-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 2-modda) 3-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-iyulda qabul qilingan “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-628-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 448-modda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-683-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 78-moddasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-880-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 11, 923-modda) 18-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 7-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RQ-940-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2024-y., 03/24/940/0596-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)