1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali xavfli yuklarning tranzitini nazorat qilish samaradorligini oshirish, transport sohasiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlar yaratish, tashuvchilarga elektron xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorigailovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirishni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha vakolatli organlarning vazifalarini aniq belgilash va idoralararo elektron hamkorligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berish boʻyicha arizani koʻrib chiqish muddatini qisqartirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-sentabrdan boshlab xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar olish uchun xulosalar “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali berilishini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrdan boshlab respublika hududi orqali oʻtayotgan xavfli yuklarni “onlayn” (GPS) rejimda masofadan kuzatib borish amaliyotini yoʻlga qoʻysin va idoralararo integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-noyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnomalar boʻlgan taqdirda, tranzit qilinadigan xavfli yuklar roʻyxatini Xavfli yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish toʻgʻrisida Yevropa bitimiga muvofiqlashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 17-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
434-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin qatʼiy belgilangan tartibda beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan imzolanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-sentabrdan boshlab xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Xavfli yuklar tranziti ularning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan elektron shaklda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi xavfli yuklar tranzitiga xulosalar berish hamda nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek, harbiy tarkiblarni tranzit tarzida oʻtkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 8-bandning birinchi xatboshisi “quyidagi hujjatlarni” soʻzlaridan keyin “pochta orqali yoki elektron shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarogʻlar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda, zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish boʻyicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq tranzitni amalga oshirish mumkinligi toʻgʻrisida asosli xulosalar chiqarish uchun yuboradi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda tashilayotgan yuklar turiga koʻra Transport vazirligiga xavfli yuklarning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda hamda Mudofaa vazirligiga qurol-yarogʻ, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar boʻyicha taqdim etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mudofaa vazirligi olingan xulosalar asosida oʻn kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vazirligi olingan xulosalar asosida besh kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va qarorni yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “yigirma kundan oshmasligi” soʻzlari “yigirma kundan, Transport vazirligi uchun oʻn besh kundan oshmasligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bu holda Mudofaa vazirligi ariza beruvchini ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy muddatning uzaytirilgani toʻgʻrisida uning sabablarini va uzaytirish muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda, Transport vazirligi esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali xabardor qiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza beruvchiga bunday qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda yozma ravishda, Transport vazirligi tomonidan esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) 17-band “tashkil etadi” soʻzlaridan keyin “va bir martalik xususiyatga ega” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda 24-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat bojxona qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) 31-banddagi “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) quyidagi mazmundagi 1-ilova bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma olish uchun Transport vazirligiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Xohishiga koʻra
2-bosqich
Transport vazirligi
Zarur hujjatlarni tegishli vakolatli organlarga tranzitni amalga oshirish boʻyicha xulosalar berish uchun yuboradi.
2 kun muddatda
3-bosqich
Vakolatli organlar
Zarur hujjatlarni oʻrganib chiqib, asosli xulosalarni Transport vazirligiga yuboradi.
7 kun muddatda
4-bosqich
Transport vazirligi
Olingan xulosalar asosida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga yuboradi.
5 kun muddatda
”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) quyidagi mazmundagi 2-ilova bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(asos, xalqaro shartnoma, normativ-huquqiy hujjat)
_____________________________________________________________________________________ muvofiq ___________ (davlat) ehtiyoji uchun moʻljallangan xavfli yukning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga Transport vazirligi tomonidan ____-son ruxsatnoma berildi.
Yuk joʻnatuvchi: ________________________________________________________________________
Yuk tashuvchi tashkilot: _________________________________________________________________
Yuk oluvchi tashkilot: ___________________________________________________________________
Kirish punkti: ________________________________________________________________________
Chiqish punkti: ________________________________________________________________________
Foydalaniladigan transport turi: _______________________________________________________
Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati: ___ kun
Tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida rejalashtirilayotgan harakatlanish marshruti:____________________________________________
Tranzitni amalga oshirish shartlari: xavfli yuk Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi koʻrsatilgan marshrutga muvofiq barcha xavfsizlik talablari va maxsus yuklarning tranziti sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga qatʼi rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ilova:_________
Transport vaziri
QR-kod
F.I.O.
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)