22.07.2024 yildagi PF-103-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 22.07.2024 yildagi PF-103-son
Date of entry into force
23.07.2024
Hujjat 20.01.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxtachilik sohasi korxonalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy barqarorligini va paxta xom ashyosini chuqur qayta ishlash uzluksizligini taʼminlash hamda sohada hisob-kitob intizomini mustahkamlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Paxta-toʻqimachilik klasterlarini (keyingi oʻrinlarda — klasterlar) moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan quyidagi choralar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan 2023-yil hosili uchun paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlariga tijorat banklari tomonidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni toʻliq qaytargan, shu bilan birga imtiyozli kreditlarning qoldigʻini qaytarish muddatini 2025-yil 1-aprelga qadar uzaytirgan biroq 2024-yil 1-dekabrga qadar toʻliq qaytargan klasterlarga ushbu kredit boʻyicha foiz toʻlovlari (bank marjasidan tashqari) 2025-yil 1-martga qadar Jamgʻarma hisobidan qaytarib beriladi;
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yilgi paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun klasterlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning, mos ravishda Jamgʻarmaning tijorat banklariga ajratgan kredit resurslarining qoldigʻini qaytarish muddati tijorat banklarining ijobiy xulosasi asosida 2025-yil 1-aprelga qadar uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari va qishloq xoʻjaligi vaziriga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klasterlarni tashkil etish va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ularga biriktirishda talabgorlarning paxtachilik sohasidagi tajribasi, moddiy va moliyaviy salohiyati inobatga olinmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klaster faoliyati doirasida tuzilgan bitimlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini surunkali ravishda bajarmay kelayotgan, tijorat banklari oldidagi kredit qarzlarini muntazam qaytarmayotgan, oʻz moliyaviy salohiyatini inobatga olmasdan yuqori kredit yukini yuzaga keltirgan, fermerlar bilan 2023-yilgi paxta xom ashyosi uchun hanuzgacha toʻliq hisob-kitob qilmagan klasterlar bilan ishlash va tegishli choralarni koʻrishda sustkashlik va masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
klasterlar zimmasiga turli yoʻnalishdagi samarasiz loyihalarni, ularning toʻgʻridan-toʻgʻri faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan tadbirlarni amalga oshirishni yuklash orqali klasterlarning moliyaviy holatiga putur yetkazilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tarozi orqali qabul qilingan paxta xom ashyosi va ishlab chiqarilgan paxta tolasini avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimini joriy qilish va uni “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilish boʻyicha ishlar yakunlanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki, 2024-yil 1-avgustdan boshlab Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha klasterlar taʼsischilarining shaxsiy kafilligi qoʻshimcha ravishda rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilarga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotib olingan va sotib olish qiymatining 35 foizi va undan yuqori qismi toʻlangan paxta tozalash zavodlari va paxta qabul qilish maskanlarini (keyingi oʻrinlarda — mulkiy majmua) jalb etiladigan kredit boʻyicha mulkiy majmua sifatida garovga qoʻyishga ruxsat berish. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkiy majmualarni sotib olish boʻyicha toʻlovlarning qolgan qismini amalga oshirish taʼminoti sifatida sugʻurta kompaniyasining toʻlovni amalga oshirmaslik sugʻurta polisi va (yoki) uchinchi shaxs kafilligi yoxud boshqa bank kafolati taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit qarzdorligi hisobiga mulkiy majmualar garov mulki sifatida tijorat banklari tasarrufiga oʻtkazilganda, mulkiy majmuani savdolarga chiqarish ularning faoliyat turlarini saqlab qolish sharti bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tugatilayotgan “Oʻzpaxtasanoat” AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlov grafigi boʻyicha qarzdorliklar muddatini bir yilga uzaytirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Hisob palatasi boshchiligida Bosh prokuratura, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Soliq qoʻmitasi, Jamgʻarma, tijorat banklari vakillaridan iborat Majburiyatlarni bajarmagan paxta-toʻqimachilik klasterlarining faoliyatini tartibga solish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) bir hafta muddatda Ishchi guruhning asosiy vazifalarini belgilab bersin va uning faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Klasterlarning toʻlovga qobiliyatsizligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan boʻlsa, klasterning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov klasterlarning paxta xom ashyosini qayta ishlashdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan quvvatlari samarali ishlashini taʼminlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 22-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-103-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiyatlarni bajarmagan paxta-toʻqimachilik klasterlarining faoliyatini tartibga solish boʻyicha ishchi guruh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

M. Abdullayev

Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

J. Xatamov

Bosh prokuror oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

I. Abduraxmonov

qishloq xoʻjaligi vaziri, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

A. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

N. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

S. Nishanbayev

ichki ishlar vazirining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari

J. Abdiyev

Soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

A. Isroilov

Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori

Lavozimi boʻyicha

tijorat banklari boshqaruvi raislari

S. Qulmirzayev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi departament boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyuldagi PF-103-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6179-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paxta xom ashyosi, bugʻdoy yetishtirish xarajatlari hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitoblarini kreditlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini kreditlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “revolver” kreditlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga kredit resurslarini joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlash uchun zarur hajmdagi bugʻdoyni bozor narxlarida xarid qilish va birja savdolariga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zamonaviy va yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikalarini imtiyozli lizing shartlarida yetkazib berishni moliyalashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlari hisobidan qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda ularning foiz xarajatlari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislash agregati qiymatini qisman qoplash uchun subsidiya berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklariga joylashtirilgan maqsadli kredit resurslari va qarz mablagʻlaridan foydalanishni monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligini moliyalashtirish va hisob-kitob tizimini raqamlashtirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan xorijiy davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish boʻyicha tajribasini oʻrganish va ularni mamlakatimizda joriy qilish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 6-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“paxta xom ashyosi, bugʻdoy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, makkajoʻxori doni, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish xarajatlarini hamda paxta xom ashyosi xaridi yakuniy hisob-kitobini kreditlash, shuningdek, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda talab etiladigan aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun “revolver” kreditlar ajratish hamda yangi uzumzorlarni barpo qilish, koʻchat tayyorlash va “in-vitro” laboratoriyalarini ishga tushirish loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklariga resurs joylashtirish”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 13-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya va subsidiyalarni toʻlash Qishloq xoʻjaligi vazirligining buyurtmalari asosida” soʻzlari “Jamgʻarma tomonidan subsidiya toʻlash Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiyalar” portali orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashining

TARKIBI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. J.A. Qoʻchqorov — Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Sh.M. Gʻaniyev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Kengash raisining oʻrinbosari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. J.A. Xodjayev — Bosh vazir oʻrinbosari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. I.Y. Abduraxmonov — qishloq xoʻjaligi vaziri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. A.A. Xaitov — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. A.A. Isroilov — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Kengash kotibi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) 2-ilovadagi “Qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni moliyalashtirish shuʼbasi 2” bloki “Qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni moliyalashtirish boʻlimi 2” bloki bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-205-son Farmoni 5-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “klasterlarga” soʻzi “klasterlar hamda paxta xom ashyosini qayta ishlash va ip kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi “Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirishning uzluksizligini taʼminlash toʻgʻrisida”gi PF-98-son Farmonining 1-bandidagi “12 oy” soʻzlari “24 oy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4633-son qarori 2-bandi “b” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) respublikaning barcha hududlarida fermer xoʻjaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4634-son qarorining 6-bandi “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a) Jamgʻarma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklari, ijara huquqi mavjud boʻlgan yer uchastkasida bugʻdoy yetishtiruvchilar va urugʻchilik xoʻjaliklarining bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatgacha bugʻdoyning normativ hosildorligi umumiy qiymatining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40 foizigacha yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50 foizigacha yillik 12 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda fermer xoʻjaliklari, yer maydonlariga egalik qilish huquqi boʻlgan bugʻdoy yetishtiruvchilar va urugʻchilik xoʻjaliklari agrotexnik tadbirlardan kelib chiqib, kredit mablagʻlaridan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni ixtiyoriy tanlaydi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qaroriga 4-ilovaning 20-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil” soʻzlari “2023 — 2026-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)