25.06.2024 yildagi 20-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.06.2024 yildagi 20-son
Date of entry into force
25.06.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini taftish tartibida koʻrishning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, fuqarolik ishlarining taftish tartibida qayta koʻrilishi sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini, sudlar tomonidan moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilishini va protsessual qonun talablariga rioya etilishini taʼminlovchi huquqiy institutning muhim qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 4194-moddasida koʻrsatilgan sud hujjatlari ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish huquqi quyidagilarga berilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvogar (arizachi), javobgar, uchinchi shaxs, alohida tartibda yuritiladigan ishlar boʻyicha manfaatdor shaxsga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daʼvogar (arizachi), javobgar, uchinchi shaxslarning qonuniy vakillari va huquqiy vorislariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalariga palata aʼzolarining manfaatida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prokurorga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning vakili, shu jumladan advokat, sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilishga, basharti bunday huquq vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlgandagina haqli (FPK 69-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxsning qonuniy vakili (ota-ona, farzandlikka olganlar, vasiy, homiy va hokazo.) oʻz vakilligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilishi talab qilinadi (FPK 66-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi tomonidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatga huquq oʻtganligi faktini yoki bunday huquq oʻtishi mumkinligini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar, vasiyatnoma va hokazo.) ilova qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, viloyat prokurori, unga tenglashtirilgan prokuror va ularning oʻrinbosarlari prokuror ishtirokida koʻrilgan hamda qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha taftish tartibida protest keltirishga haqli. Prokuror ishtiroki nazarda tutilmagan ishlar boʻyicha taftish tartibidagi protest ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlganda, keltirilishi mumkin.
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 52-moddasining birinchi qismiga muvofiq, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar (masalan, Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va sh.k.) va ayrim fuqarolar faqat daʼvo ariza (ariza) ular tomonidan berilgan holdagina sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat berishi mumkin. Ular daʼvogar boʻlmagan ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjati ustidan taftish tartibidagi shikoyat berilgan holda shikoyatni qabul qilish FPK 41911-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari ular sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan yoki qilmaganligidan qatʼi nazar, sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. FPK 4195-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi (bundan buyon matnda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati va Rayosati taftish instansiyasi sudlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyasining apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (protestlar) tegishincha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida koʻrilgan fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan qabul qilingan ishlar boʻyicha sud hujjatlari, shu sudlar sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (protestlar), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (protestlar) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. FPK 4196-moddasiga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudi tomonidan qabul qilingan va apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjati, shuningdek, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar sudyasining apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) viloyat yoki unga tenglashtirilgan sudning nomiga yoʻllanadi, lekin sud hujjatini qabul qilgan sudga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatini qabul qilgan sud shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda taftish instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, sud hujjatini qabul qilgan sud taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) protsessual qonunning biror-bir talablariga mos emasligi asosi bilan qaytarishga yoki uni qabul qilishni rad qilishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha sud hujjati ustidan berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati nomiga yoʻllanadi va bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining taftish tartibida koʻrilgan ishlar boʻyicha qabul qilingan sud hujjati ustidan protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki Bosh prokurorning nomiga yoʻllanadi va tegishincha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Bosh prokuraturasiga beriladi. Ushbu sud hujjati ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga yoʻllangan protest bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qonunga muvofiq, taftish tartibidagi shikoyat (protest) birinchi instansiyasi sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yil ichida berilishi mumkin (FPK 4196-moddasining beshinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati birinchi instansiya sudining sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin (FPK 4196-moddasining oltinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berish muddati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ajrim chiqarilguniga qadar oʻtgan taqdirda, shikoyat (protest) ushbu sudlar tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin (FPK 4196-moddasining yettinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest kiritish toʻgʻrisidagi ariza taftish shikoyati berish muddati ichida, mazkur muddat Oliy sudning Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ishni taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilgunga qadar oʻtgan taqdirda, ushbu sudlov hayʼatining ajrimi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha sud (sudya) tomonidan, agar iltimosnoma shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtgan kundan eʼtiboran uch oy ichida berilgan va shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin (FPK 4196-moddasining toʻqqizinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu muddatning oʻtishi muddatni tiklash haqidagi iltimosnomani rad qilishga asos boʻladi, shikoyat (protest) esa, koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tushuntirilsinki, taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash masalasi shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi asosida viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi va bu haqda shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash masalasi alohida ajrim yoxud shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim bilan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi sababli (FPK 41911-moddasi birinchi qismining 6-bandi) uni qabul qilishni rad etish haqidagi ajrimda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash qaysi asoslarga koʻra rad etilganligi, ajrimning xulosa qismida esa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati uzrli deb topilgan sabablarga asosan tiklanganda, shikoyat (protest) berish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatni, oʻtkazib yuborilishi sabablaridan qatʼi nazar, tiklash toʻgʻrisidagi masala qoʻshimcha ravishda koʻrib chiqilishi talab etilmaydi. Shikoyat (protest) bu shaxslar tomonidan protsessual qonun talablariga rioya etgan holda sud muhokamasi tugaguniga qadar taftish instansiyasi sudiga berilishi mumkin va umumiy asoslarda koʻrib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash haqidagi iltimosnoma shikoyat (protest) bilan birga beriladi. Protsessual muddatni tiklash haqidagi iltimos bevosita shikoyat (protest) matnida ham bayon qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat (protest) berish muddati oʻtishini uzrli sabablariga protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, pandemiya, karantin, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxsning sud hujjatidan bexabarligi va boshqalar) kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning kasalligi, uning oilaviy sharoiti (masalan, oila aʼzosining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda taftish shikoyatini berishni istisno etgan yoxud jiddiy ravishda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli sabablar deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakilning yordami uchun yoki davlat boji toʻlash uchun pul mablagʻlarining mavjud emasligi, yuridik shaxs vakilining xizmat safarida yoki mehnat taʼtilida boʻlishi, huquqshunosning yoʻqligi kabi holatlar taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish muddati oʻtkazilganligining uzrli sabablari deb hisoblanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tushuntirilsinki, belgilangan muddat oʻtganidan keyin oʻtkazib yuborilgan shikoyat (protest) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomasiz berilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) FPK 41910-moddasi birinchi qismining 4-bandiga muvofiq qaytarishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilganligi esa, uni FPK 41911-moddasi birinchi qismining 6-bandiga muvofiq ish yuritishga qabul qilishni rad etishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 41910, 41911-moddalarida keltirilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslarining roʻyxatlari tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, agar taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish uchun bir nechta asoslar mavjud boʻlsa, sud ajrimida ushbu asoslarning har biri koʻrsatib oʻtilishi va ular bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs taftish tartibidagi shikoyat (protest) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli ekanligi tushuntirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatilgan ayni bir xil kamchilik bilan takroran shikoyat (protest) bilan murojaat qilinganda, ayni bir asoslar bilan shikoyatni (protestni) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqarilmasdan, shikoyat (protest) bergan shaxsga ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish haqida yozma tushuntirish berish hamda shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlarni qaytarish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal qilishda sudlar shikoyat (protest) bergan shaxs tomonidan FPK 4197-moddasining har bir talabiga rioya qilinganligini chuqur tekshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunning ushbu moddasi mazmuni taftish tartibidagi shikoyat (protest) bitta ish doirasida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan berilishini nazarda tutadi. Aynan qaysi sud hujjati ustidan shikoyat (protest) berilganligi noaniq yoki shikoyat (protest) bir nechta ish boʻyicha qabul qilingan turli sud hujjatlari ustidan berilgan boʻlsa, shikoyat (protest) FPK 41910-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxs tomonidan davlat boji toʻlashning qonun bilan belgilangan tartibi va miqdorlariga oid talablarga rioya qilinganligi haqidagi masalani hal qilishda taftish instansiyasi sudining sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining 1-bandi, 8-moddasi va ushbu Qonunning ilovasi boʻlgan “Davlat boji stavkalarining miqdorlari”ga amal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki uning miqdorini kamaytirish haqidagi iltimosnoma sudya tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishda hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Taftish instansiyasi sudining sudyasi sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnomani hal qilishda, agar bunday chorani koʻrmaslik sud hujjatining qaytarma ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin deb hisoblasa, uning ijrosini toʻxtatib turishga haqli, bundan darhol ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda yoki alohida ajrimda koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatining ijrosi taftish instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turiladi. Agar shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijasida sud hujjati oʻz kuchida qoldirilgan boʻlsa, uning ijrosini tiklash haqida alohida protsessual hujjat qabul qilinishi talab qilinmaydi va yozma koʻrsatma yuborilishi yetarli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Shuni inobatga olishi lozimki, sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish masalasi sudning tashabbusi bilan hal qilinmaydi. Bu masala nafaqat shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra, balki shikoyat (protest) berish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslarning iltimosnomasi asosida ham hal qilinishi mumkin. Iltimosnoma taftish instansiyasida ish yuritishning har qanday bosqichida berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) sudlov hayʼatida koʻrilayotganda berilgan sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqidagi iltimosnoma shu hayʼat tarkibi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Taftish instansiyasi sudi FPKning 105-moddasiga asosan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan taftish instansiyasi sudida ish yuritish tamomlanguniga qadar FPK 106-moddasida nazarda tutilgan daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tushuntirilsinki, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish yoki qabul qilish masalasini yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimda shikoyatni qaytarish, ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari bilan birga shikoyat berishda toʻlangan davlat bojini qaytarish masalasi ham hal etilishi lozim. Bunda pochta xarajatlarini qaytarish qonunda nazarda tutilmaganligi bois, ular qaytarilmasligi tushuntirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
FPKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilgan holda berilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda uni koʻrib chiqish vaqti va joyi koʻrsatiladi (FPK 41912-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkaziladigan boʻlsa, bu haqda sudning ajrimida koʻrsatilib, ushbu ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va videokonferensaloqa oʻtkazilishida koʻmaklashadigan sudga yuboriladi (FPK 209-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish taftish tartibida koʻrilayotganda boshqa shaxsdan shikoyat (protest) kelib tushgan taqdirda uni ish yuritishga qabul qilish, qaytarish yoki qabul qilishni rad etish masalasi sudlov hayʼati tarkibi tomonidan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi FPKning 4194 — 4198-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan hujjatlar asosida, zarur boʻlganda esa, FPKning 41914-moddasiga muvofiq ishni talab qilib olib oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) oʻrganish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan biri chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) FPK 41910-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra qaytarish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) FPK 41911-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish asoslari mavjud boʻlmasa, taftish tartibidagi shikoyatni sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish masalasini yakka tartibda shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish taftish tartibida koʻrilayotganda boshqa shaxsdan shikoyat (protest) kelib tushgan taqdirda uni ish yuritishga qabul qilish, qaytarish yoki qabul qilishni rad etish masalasi sudlov hayʼati tarkibi tomonidan hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudya taftish tartibidagi shikoyatni sudlov hayʼatida koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish yoki shikoyatni ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish masalasini yakka tartibda shikoyat kelib tushgan kundan eʼtiboran bir oy ichida, ish talab qilib olingan taqdirda esa, ikki oy ichida hal qilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, FPKda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda keltirilgan taftish tartibidagi protest FPK 41915-moddasi ikkinchi qismining 4-bandiga asosan ish yuritishga qabul qilinib, koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi shikoyat (protest) bergan shaxsning arizasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari sudyaning shikoyatni sudlov hayʼatiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi bilan kelishmaslikka hamda shikoyatni bergan shaxsning arizasiga asosan uni bekor qilish, shikoyatni ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqish uchun ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqida ajrim chiqarishga haqli (FPK 41916-moddasining oltinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilish va sudlov hayʼatiga oʻtkazish haqidagi ajrimi chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay FPKning 41917-moddasi tartibida shikoyatni koʻrib chiqishga tayinlash haqida ajrim chiqarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, taftish tartibidagi shikoyatni koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimni bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan muddat ichida berilishi mumkin. Ushbu muddat oʻtganidan keyin berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimni bekor qilishga asoslar mavjud boʻlmaganda bu haqda taftish tartibidagi shikoyatni bergan shaxsga yozma xabar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonunda ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish taftish instansiyasi sudida koʻrilishining vaqti va joyi toʻgʻrisida sud tomonidan xabardor qilinishi majburiyligi belgilanganligi sababli, ushbu shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, ulardan birining sud majlisiga kelmaganligi, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish instansiyasi sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlganda ham, agar ulardan biri kelmaganligi sababini uzrli deb topsa, ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud muhokamasining oʻtkazish vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilingan shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi (FPK 41912-moddasining uchinchi qismi, 41918-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Sudlarga tushuntirilsinki, FPK 41919, 41920-moddalarida koʻrsatilgan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish, u boʻyicha ish yuritishni tugatish asoslari shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilganidan soʻng aniqlangan boʻlishini nazarda tutganligi sababli, shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish, u boʻyicha ish yuritishni tugatish masalasi sudlov hayʼati tarkibi tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. FPKning 41923-moddasiga muvofiq, taftish instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyat bergan shaxs uni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki undan voz kechishga, protest keltirgan prokuror, shuningdek, yuqori turuvchi prokuror protestni toʻldirishga, oʻzgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatdan voz kechilishi (protest qaytarib olinishi) munosabati bilan taftish tartibida ish yuritishni tugatish masalasi sud majlisida shaxsning shikoyatdan voz kechishga (protestni qaytarib olishga) vakolati borligi tekshirilganidan soʻng hal qilinadi. Bunda shuni inobatga olish lozimki, FPKning 69-moddasi mazmuniga koʻra, vakilning ishonchnomada koʻrsatilgan sud hujjati ustidan shikoyat berish huquqi oʻz-oʻzidan, basharti bu holat ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlmasa, shikoyatdan voz kechish huquqini bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatdan voz kechilganda (protest qaytarib olinganda) sud ushbu shikoyat (protest) boʻyicha taftish tartibida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqaradi. Sud hujjatiga nisbatan shikoyat (protest) qilish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxs tomonidan ish boʻyicha shikoyat (protest) berilgan boʻlsa, u umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. FPKning 47-moddasiga asosan protsessual huquqiy vorislik sud protsessining har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkinligini inobatga olgan holda, taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili nizoli yoxud sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning oʻlimi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi va hokazo.) taftish instansiyasi sudi bunday shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtiradi hamda ularga ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga imkon beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Huquqiy vorisning protsessga kirishganligi haqida taftish instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va protsessdan chiqib ketgan ishtirokchining barcha huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtishini tushuntiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. FPKning 41925-moddasiga muvofiq, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish taftish instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrayotgan sudlov hayʼati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Taftish instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqish FPKning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda, FPKning 46-bobida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Taftish instansiyasi sudi tomonidan ish yuritishni toʻxtatib turish FPKning 10-bobida nazarda tutilgan asoslar va tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritish tiklanganligi toʻgʻrisida taftish instansiyasi sudi ajrim chiqaradi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni ish koʻriladigan vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. FPKning 41927-moddasiga muvofiq, taftish instansiyasi sudi ishni taftish tartibida koʻrayotganida sud hujjatlarini toʻliq hajmda tekshirib quyidagilarni aniqlashi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanganligi va isbotlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiqligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha bildirilgan talablar boʻyicha sud hujjati qabul qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya etilganligi (FPKning 3722-moddasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjati uning mazmuni va shakliga nisbatan qonunda belgilangan talablarga muvofiqligini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, ishni taftish tartibida koʻrishda sud yangi dalillarni oʻrganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori birinchi instansiya sudida muhokama predmeti boʻlmagan yangi talablar, shu jumladan, tarafning daʼvo muddatini qoʻllash toʻgʻrisidagi talabi, taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqilmasligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Taftish instansiyasi sudi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish instansiyasi sudi ajrimi ish muhokamasi tugaganidan keyin darhol chiqariladi. Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq ajrimning xulosa qismi sud tomonidan taftish muhokamasi tamomlangan majlisda eʼlon qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Taftish instansiyasi sudining eʼtibori taftish tartibidagi shikoyatda (protestda) keltirilgan har bir vajni uning asosli yoki asossizligi haqidagi xulosani ajrimda koʻrsatgan holda muhokama qilish zarurligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish instansiyasi sudi ajrimining xulosa qismida shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari toʻgʻrisidagi xulosalar, shu jumladan, sud xarajatlari taqsimlanishi koʻrsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taftish instansiyasi sudi ajrimni eʼlon qilganidan soʻng, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qabul qilingan ajrimning mazmun-mohiyatini, uning ustidan shikoyat qilish tartibini, shuningdek, sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish muddatini tushuntirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. FPKning 3722-moddasiga muvofiq, taftish tartibida sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud hujjatida bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bildirilgan talab boʻyicha qaror qabul qilinmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning eʼtibori mazmunan toʻgʻri boʻlgan sud hujjatini faqat rasmiy asoslarga koʻra bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Moddiy huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllash deganda, sudlar tomonidan qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilmaganligi, qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi, qonun yoki boshqa qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual huquq normalari buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, basharti bu ishning notoʻgʻri hal etilishiga olib kelgan boʻlsa, sud hujjatini bekor qilishga asos boʻladi. Shu bilan birga, protsessual huquq normalarning FPKning 3724-moddasida nazarda tutilgan hollarda buzilishi har qanday holda sud hujjatini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, agar qonunda nizoli huquqiy munosabat vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjati qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjati qoʻllanilganligi sud hujjatini bekor qilish uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Taftish instansiyasi sudi, agar sud hujjatlari qonunga muvofiq qabul qilingan degan xulosaga kelsa, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qanoatlantirmasdan, sud hujjatlarini oʻzgarishsiz qoldirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Taftish instansiyasi sudi FPKning 122 va 124-moddalarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha sud hujjatlarini toʻliq yoki qisman bekor qilishga, arizani koʻrmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni toʻliq yoki qisman tugatishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Tushuntirilsinki, taftish instansiyasi sudi FPK 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandi va 3724-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda sud hujjatlarini bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatlari bekor qilinganda ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrishga yuborishga qonun yoʻl qoʻymasligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin, bundan birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmagan ajrimlari bekor qilingan hollar mustasno (masalan, ish yuritishni tugatish, arizani koʻrmasdan qoldirish va hokazo.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. FPK 3722-moddasi birinchi qismining 4-bandini qoʻllashda shuni inobatga olish lozimki, ushbu asos boʻyicha ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga arz qilingan talab boʻyicha sud tomonidan sud hujjati qabul qilinmagan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi instansiya sudi tomonidan daʼvo talablarining asosi yoki predmetini yoxud daʼvo miqdorini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi arizani (FPK 44-moddasining ikkinchi qismi), shuningdek, qarshi daʼvo arizani (FPKning 200-moddasi) ish yuritishga qabul qilishni asossiz rad etilishi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimini bekor qilish uchun asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. FPK 3-moddasining ikkinchi qismiga koʻra, har qanday manfaatdor shaxs buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqi yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli ekanligidan kelib chiqib, FPK 3724-moddasi birinchi qismining 4-bandini qoʻllashda shuni inobatga olish lozimki, ushbu asos boʻyicha ishni yangidan koʻrish uchun apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi masalani hal qilganda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Shuni nazarda tutish lozimki, sud xarajatlarini taqsimlash masalasining hal etilmaganligi yoki notoʻgʻri hal etilganligi oʻz-oʻzidan sud hujjatini bekor qilishga yoxud oʻzgartirishga asos boʻlmaydi. Bunday holda taftish instansiyasi sudi ajrimning xulosa qismida sud xarajatlarini FPKning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha taqsimlanishini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. FPKning 261 — 263-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda taftish instansiyasi sudi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrim yozuvida yoʻl qoʻyilgan xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha ajrim chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrimni tushuntirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu masalalar sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni uni oʻtkazilish vaqti va joyi haqida xabardor qilgan holda koʻriladi. Biroq mazkur shaxslarning kelmaganligi bu masalalarni koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan, agar unga nisbatan shikoyat (protest) berish qonunda nazarda tutilgan yoki u ishning keyingi harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan boʻlsa, taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilgan birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berish va uni koʻrish, hal qiluv qarori ustidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) berish va koʻrish uchun nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan ish taftish tartibida koʻrilganidan soʻng shikoyat kelib tushganda, uni bergan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest kiritish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki Bosh prokuroriga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi (FPK 4195-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Taftish instansiyasi sudi davlat organi yoki boshqa organ, tashkilot, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi fakti aniqlaganda, ularning sud protsessida ishtirokidan qatʼi nazar, FPKning 275-moddasiga muvofiq xususiy ajrim chiqarishga haqli. Agar sud shaxslarning harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun bu haqda tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy ajrim chiqarilganligi va xabarnoma yuborilishi haqida sud majlisida eʼlon qilinadi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Protsessual qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi amaliyotini shakllantirish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga fuqarolik ishlarini taftish tartibida koʻrish sud amaliyotini umumlashtirib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-son