14.05.2010 yildagi 6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining qarori, 14.05.2010 yildagi 6-son
Date of entry into force
14.05.2010
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga amnistiya aktlarini qoʻllash masalalari boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oliy sud Plenumi qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Jinoyat-protsessual qonuniga muvofiq amnistiya aktini qoʻllash masalasi, jinoyat protsessi bosqichidan qatʼiy nazar, faqat sud tomonidan hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga, jumladan, quyidagilarni koʻrib chiqish tegishlidir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni sudga qadar yuritish bosqichida — amnistiya aktiga asosan muayyan shaxsga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud muhokamasi bosqichida — amnistiya aktiga asosan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish yoki jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqarish yoxud mahkumni jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukmni ijro etish bosqichida — amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 12-band birinchi soʻzboshisi birinchi jumlasidan “surishtiruv, tergov organi” soʻzlari chiqarilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) quyidagi mazmundagi 13 va 14-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“13. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida JPK 587-moddasiga muvofiq prokurorga taqdimnoma bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonun bunday taqdimnomaga amnistiya aktini qoʻllash masalasi qoʻyilayotgan shaxs arizasi ham ilova qilinishini talab etishi tufayli, surishtiruvchi, tergovchi dastlab unga ariza berish huquqi va kelib chiqishi mumkin boʻlgan protsessual oqibatlarni tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Prokuror surishtiruvchi, tergovchining taqdimnomasiga rozi boʻlgan taqdirda, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi va u sud tomonidan JPK 63-bobida nazarda tutilgan tartib va qoidalarga binoan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnoma kiritish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, prokuror tergovga qadar oʻtkazilgan materiallarni yoki jinoyat ishini umumiy asoslarda yuritish uchun surishtiruvchiga, tergovchiga qaytarish toʻgʻrisida asoslantirilgan qaror chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar amnistiya aktini qoʻllash uchun asoslar mavjud emasligi sud majlisi davomida aniqlansa, tergovga qadar oʻtkazilgan materiallar yoki jinoyat ishi sud ajrimi bilan prokurorga yuboriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) 15, 16, 18, 19, 20, 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“15. Agar shaxs ishni sudga qadar yuritish bosqichida qandaydir sababga koʻra ariza berishdan (JPK 588-moddasi) bosh tortsa va bunday ariza bilan ish sudga kelib tushgandan soʻng murojaat etsa, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini tugatish masalasi sud tomonidan JPK 84-moddasining ikkinchi qismi, 401 va 421-moddalariga muvofiq hal etiladi. Mazkur masala amnistiya akti ish ayblov xulosasi bilan sudga kelib tushgandan keyin qabul qilingan hollarda ham shu tariqa hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ayblanuvchi, sudlanuvchi (u vafot etgan holda — yaqin qarindoshlaridan biri) eʼtiroz bildirsa, jinoyat ishini amnistiya aktiga muvofiq tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda jinoyat ishini yuritish umumiy tartibda olib boriladi va yetarli asoslar mavjud boʻlganda, sud aybdorni jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi yoki jazo tayinlamagan holda ayblov hukmi (JPK 463-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari) yoxud oqlov hukmi chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jazodan ozod qilishni, muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni, jazoni yengilroq jazo bilan almashtirishni yoki jazo muddatini kamaytirishni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qoʻllash uchun sudlanuvchi(mahkum)ning roziligi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sudga qadar yuritish bosqichida va birinchi instansiya sudida (sud maslahatxonaga kirgunga qadar) amnistiya aktini qoʻllash masalasini hal etish uchun gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi oʻz aybini boʻyniga olgan-olmaganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qonunga koʻra amnistiya aktini qoʻllash uchun jabrlanuvchining roziligi talab etilmaydi. Surishtiruvchi, tergovchi taqdimnomasi, prokurorning iltimosnomasi, sudning amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan jabrlanuvchi ular ustidan umumiy asoslarda shikoyat berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Shuni nazarda tutish lozimki, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining unga nisbatan amnistiya aktini qoʻllash chogʻida ishtiroki masalasi sud tomonidan JPK 410-moddasi, 590-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlariga muvofiq hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Agar birinchi bosqich sudi sudlanuvchining eʼtirozi boʻlmagan holda shaxsni javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga xilof ravishda ayblov hukmi chiqargan boʻlsa, garchi unda mahkumni jazodan ozod qilish nazarda tutilgan yoki jazo tayinlanmagan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish JPK 84-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan tugatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jinoyat ishining amnistiya aktiga asosan tugatilishi jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash toʻgʻrisidagi masalaning jinoyat protsessida hal etilishi imkoniyatini istisno etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishida fuqaroviy daʼvo mavjud boʻlganda sud amnistiya akti asosida jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda daʼvo koʻrilmasdan qoldirilganligini koʻrsatadi. Ayni paytda, JPK 276-moddasi beshinchi qismiga muvofiq, manfaatdor shaxslarga bunday daʼvoni fuqarolik sudida ishlarni yuritish tartibida taqdim etish huquqi tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Amnistiya akti qoʻllanilishi mumkinligi toʻgʻrisidagi sud xulosasi jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrimning, shuningdek hukmning tavsif qismida, uni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori - qaror qismida bayon etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) 21-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agar amnistiya aktida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, shaxsga nisbatan takroran amnistiya akti qoʻllanilgan paytda ham shunday qoidaga amal qilish lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) 29-bandning ikkinchi soʻzboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kassatsiya, nazorat instansiyasi sudida ayblov hukmi oʻzgartirilgan hollarda amnistiya akti qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi qaror, muqaddam u sud tomonidan JPK 5361-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻllanilganligidan qatʼiy nazar, ajrim (qaror)ning qaror qismida koʻrsatilishi shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“31. Amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad qilingan yoki tugatilgan hollarda ashyoviy dalillar taqdiri toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan JPK 211-moddasi 1 — 4, 6 bandlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq hal etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi V. NAZAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2010-yil 14-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-son