Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017 27.04.2000 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 27.04.2000 yildagi 165-son
Date of entry into force
27.04.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2017
Hujjat 06.02.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ARXITEKTURA VA QURiLISh SOHASIDAGI IShLARNI TAShKIL ETISh VA NAZORATNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi PQ-2936-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, keyingi yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi va Arxitektorlar uyushmasi tomonidan arxitektura-shahar qurilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilish, aholi punktlarini loyiha-rejalashtirish hujjatlari bilan taʼminlash va ularni amalga oshirish masalalariga zarur eʼtibor berilmayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻpchilik shaharlarda shahar markazlari, arxitektura komplekslarini shakllantirish, tarixiy-madaniy merosni rekonstruksiya qilish shahar qurilishi talablari buzilgan holda transport magistrallari, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, ijtimoiy va maishiy infratuzilma kompleks rivojlantirilmasdan rejasiz amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha-qidiruv institutlari va tashkilotlarining faoliyati sust tashkil etilgan, shahar qurilishi istiqbollarini belgilashda hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishda ularning roli yetarli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoniga muvofiq hamda shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari shaharsozlik jihatidan kompleks rivojlantirilishini taʼminlash, loyiha-qidiruv ishlari tashkil etilishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisining eʼtibori bir qancha shaharlar va boshqa aholi punktlari markazlarini barpo etishda yoʻl qoʻyilgan arxitektura va shaharsozlik sohasidagi amaldagi qonun hujjatlari qoʻpol ravishda buzilishi hollariga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan rahbarlar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shaharlar va aholi punktlarini rivojlantirishning bosh rejalari loyihalari va ularning markazlarini shakllantirishning batafsil rejalashtirilishi loyihalari bilan taʼminlash, ularni zamonaviy shart-sharoitlar va talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharlar va tuman markazlarida tegishli shaharsozlik hujjatlarisiz obyektlar qurish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharlar va aholi punktlarini barpo etishda normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va jazo jarimalarini qoʻllagan holda ushbu hujjatlarni buzish hollarini oʻz vaqtida bartaraf etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzshaharsozlik LITTI” aksiyadorlik jamiyati instituti shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh tashkilot etib belgilansin va unga quyidagilar yuklansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-rejalashtirish hujjatlari doimiy ravishda yangilanishi monitoringini yuritish, uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan normativ-uslubiy rahbarlik qilish, ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-avgustdagi PQ-165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi institutning tuzilmasi va ustavini belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqsin, viloyatlarda uning mintaqaviy filiallarini tashkil etsin, institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari “Oʻzshaharsozlik LITTI” aksiyadorlik jamiyati instituti filiallarini tegishli joylar, inventar va texnikaviy vositalar bilan taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha bosh tashkilot funksiyasi Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash institutida saqlab qolinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kapital qurilishda loyihadan oldingi hujjatlar va loyiha hujjatlari sifatini oshirish maqsadida bosh loyiha-qidiruv institutlarining tarmoq tizimi shakllantirilsin, ilmiy va texnikaviy siyosatni oʻtkazish, tegishli tarmoqlar boʻyicha loyihalashtirish meʼyorlari va qoidalarini ishlab chiqish, uslubiy rahbarlikni amalga oshirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, tegishli loyiha hujjatlarini kelishish ularning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ilmiy-tadqiqot, loyiha va qidiruv tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5 va 6-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, 2-bandi, 5-bandining uchinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2000-yil 27-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
165-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-apreldagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh ilmiy-tadqiqot, loyihalash va qidiruv tashkilotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r‎ Tashkilotlarning nomi‎

Bosh tashkilotlar funksiyalarini amalga oshirish yoʻnalishlari‎

1.‎ “OʻzshaharsozlikLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Shaharlar, tumanlar, tuman markazlari va shahar koʻrinishidagi posyolkalarning loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni doimiy yangilash monitoringini yuritish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish. ‎

2.‎ “OʻzLITTI” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Ilmiy-tadqiqot, eksperimental, loyihalash ishlari, ilgʻor hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlarni, yangi qurilish materiallarini ishlab chiqish va joriy etish, loyihalash yechimlarini birxillashtirish, turar joy va jamoat binolarining texnik holatini baholash.‎

3.‎ “Oʻzpoʻlatqurilmaloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Qurilish metall konstruksiyalari va nostandart uskunalarni loyihalashtirish, foydalanish davrida ularning holatini tekshirish.‎

4.‎ “Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti” davlat unitar korxonasi

Loyihalashtirish va qurilishda muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot tizimlarini joriy etish.‎

5.‎ “ZPLITI” instituti‎

Poydevorsozlik, asoslarni, yer osti inshootlarini qurishda va monolit qurishda tadqiqotchilik, eksperimental va loyihalash ishlari.‎

6.‎ “Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, yangi texnologiyalar ilmiy-tadqiqot” instituti ‎

Iqtisodiyot va qurilishni tashkil etish, qurilishga yangi va ilgʻor texnologiyalarni, boshqaruv usullarini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi.‎

7.‎ “Oʻzogʻirsanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida korxonalar va sanoat uzellarini loyihalashtirish, joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

8.‎ Toshkent qurilish bosh rejasi ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti ‎

Toshkent shahri va Toshkent viloyati boʻyicha loyiha-rejalashtirish hujjat-larini ishlab chiqish, ularni doimiy yangilash monitoringini yuritish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat oʻrnatish.‎

9.‎ “Oʻzbekkommunalloyiha” loyihalash instituti ‎

Uy-joy-kommunal xoʻjaligining (gaz taʼminoti xoʻjaligi bundan mustasno) muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishni loyihalashtirish, ushbu obyektlarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

10.‎ “Oʻzengsanloyiha” jamoa xoʻjaligi‎

Yengil sanoat va paxtani qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish, ushbu tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

11.‎ “Oʻzmevasabzavotuzum-sanoatloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Meva-sabzavot va oziq-ovqat sanoati obyektlarini loyihalashtirish, ushbu tarmoqlardagi korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

12.‎ “Oʻzqishloqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Qishloq aholi yashash joylari uchun ishlab chiqarish va tura� joy hamda jamoat obyektlarini loyihalashtirish, xoʻja-liklar hududlari va sxemalarini rejali tashkil etishni ishlab chiqish.‎

13.‎ “Toshqurilishmateriallari LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Qurilish materiallari ishlab chiqarish obyektlarini loyihalashtirish, tarmoq korxonalarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

14.‎ “Oʻzgazloyiha” loyihalash instituti‎

Yer osti-muhandislik kommunikatsiyalari va inshootlarining gaz taʼminoti va gazlashtirish, elektr-kimyoviy himoyalash tizimlarini loyihalashtirish, gaz taʼminoti va gazlashtirish tizimlarini rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

15.‎ “Oʻzyoʻlloyiha” loyihalash instituti‎

Avtomobil-yoʻl xoʻjaligi obyektlarini loyihalashtirish, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, koʻprik yoʻllar sxemalarini loyihalashtirish, yoʻl boʻyidagi inshootlarni joylashtirish.‎

16.‎ “Oʻzbekneftgaz” LITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎

Neft va gaz sanoati obyektlarini loyihalashtirish, korxonalarni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

17.‎ “Oʻzdavtibloyiha” loyihalash instituti ‎

Sogʻliqni saqlash obyektlarini loyiha-lashtirish va ularni joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.‎

18‎ “TransDLI” jamoa korxonasi‎

Temir yoʻllarni va tegishli infratuzilmalarni loyihalashtirish.‎

19.‎ “Oʻzmelioratsiyasuvxoʻjalik DLI” loyihalash instituti ‎

Mirzachoʻl, Jizzax va Qarshi choʻllari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi va melioratsiya obʼektlarini loyihalashtirish.‎

20.‎ “Oʻzsuvxoʻjaligi DLI” loyihalash instituti ‎

Boshqa mintaqalardagi suv xoʻjaligi va melioratsiya obyektlarini loyihalash-tirish.‎

21.‎ “Oʻzenergotarmoqloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎ Elektr taʼminoti obyektlarini va ularni joylashtirish sxemalarini loyihalashtirish.‎
22.‎ “Gidroloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎ Gidroelektr stansiyalarni loyihalashtirish.‎
23.‎ “Oʻzsanoattexnologiya LITI”‎ Kon-qazib chiqarish sanoati obyektlarini loyihalashtirish.‎
24.‎ “Harbiyloyiha” loyihalash instituti ‎ Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish.‎
25.‎ “Oʻzrangmetloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati ‎ Rangli metallurgiya obyektlarini loyihalashtirish.‎
(jadval Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-fevraldagi 14-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 6-7-son, 33-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-dekabrdagi 538-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 23-son, 233-modda)