25.03.2024 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 25.03.2024 yildagi 7-son
Date of entry into force
25.03.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining birinchi instansiya sudining qarorlari ustidan shikoyat berishga boʻlgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 4972, 499-moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati, shuningdek, tegishli prokuror yoki uning oʻrinbosari protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish JPK 4972-moddasining toʻrtinchi qismi va 499-moddasining beshinchi qismiga muvofiq hukmning oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Bunday shaxslar jumlasiga ishda taraf boʻlmagan, biroq oʻzining haqiqiy holatiga koʻra ish boʻyicha hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan qismida sud himoyasiga muhtoj boʻlgan (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) shaxslar kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qonunga koʻra apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, (fuqaroviy daʼvogar) tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shuncha muddat ichida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan muddatlarda bevosita apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlariga berilgan shikoyat (protest) JPK 479-moddasi hamda 4976-moddasi, shuningdek, 503-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud majlisida JPK 4975-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sudya tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan JPK 49711 moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq oʻn kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi (bunda muddatni oʻtkazib yuborishning sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablari ajrimda koʻrsatilishi kerak) va ishni apellyatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) boʻyicha mazmunan koʻradi. Bunda, koʻrsatilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingandan soʻng apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 479-moddasi talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, protsessual harakatni amalga oshirishga obyektiv toʻsqinlik qiluvchi holatlar uzrli sabablar deb topilishi mumkin (masalan, favqulodda holatlar, suv toshqinlari, epidemiyalar, pandemiya, karantin).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning kasalligi, oilaviy ahvoli (oila aʼzolarining oʻlimi yoki ogʻir kasalligi), shuningdek, boshqa holatlar, agar ular qonunda belgilangan muddatda apellyatsiya shikoyati berishni istisno etgan yoxud jiddiy tarzda qiyinlashtirgan boʻlsa, uzrli holatlar deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 501-moddasining mazmuniga koʻra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng berilgan shikoyat (protest), basharti unda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar (mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini koʻpaytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirilishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek, oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan boʻlsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qoʻshilgan holda hisoblanishi kerak. Bir yillik muddat oʻtgandan soʻng berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqilmaydi va uni bergan shaxsga qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) JPK 501-moddasida koʻrsatilgan bir yillik muddat oʻtgunga qadar berilgan boʻlib, mazkur muddat ish boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar oʻtib ketsa, u qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha alohida muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid hamda JPK 416, 417-moddalari tartibida chiqarilgan ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar boʻyicha eʼtirozlar apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya tartibida alohida koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 5461-moddasiga muvofiq sudning hukmini, ajrimini va qarorlarini ijro etish chogʻida yuzaga kelgan masalalarni hal qilish toʻgʻrisidagi ajrim sud tomonidan oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi. Shu sababli sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) kassatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. JPK 480-moddasida apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularni bajarganligini tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan koʻrishga toʻsqinlik qilsa, sudya shikoyat (protest)ni ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest)ni qayta tuzish uchun JPK 4977, 502-moddalarida belgilangan doirada muddat belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud koʻrsatmalari bajarilmagan taqdirda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. JPK 4974, 501-moddalarida belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirish haqidagi talablar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan eʼtiborga olinmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. JPK 49710, 5041-moddalariga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunda, agar shikoyat (protest) apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisi boshlangunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, u shikoyat (protest) nusxasi, shuningdek uni qaytarib olish toʻgʻrisidagi hujjat ishda saqlangan holda shikoyat (protest) bergan shaxsga xat orqali qaytariladi, boshqa hollarda esa, sud, qaytarib olingan shikoyat (protest) boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi mazkur shaxs tomonidan qayta kassatsiya shikoyati (protesti) berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, shikoyat (protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishi boʻyicha sud majlisini tayinlash chogʻida JPK 49715 va 5095-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etiladi va ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishini oʻrganish chogʻida birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 4976-moddasining ikkinchi qismi va 503-moddasi talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning ishtirokini taʼminlash ushbu sudning majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan soʻng mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uni sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻllanilgan ehtiyot chorasi turidan qatʼiy nazar, mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish huquqidan mahrum etilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb baholanadi va sud ajrimining bekor boʻlishiga asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish masalasini hal etish sudning huquqiga tegishlidir. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan soʻng mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishiga zarurat borligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uning sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi choralari koʻrilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. JPK 481-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari mazkur instansiyada davlat ayblovini quvvatlash vakolatiga ega boʻlgan prokurorni har bir ish boʻyicha oldindan xabardor etish choralarini koʻrishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida ishtirok etish huquqiga ega shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasining toʻrtinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning koʻrilish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni koʻrish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayni paytda, qonunga koʻra apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida prokurorning ishtiroki shart boʻlib, bunday holda JPK 25-moddasining birinchi qismi hamda 51-moddasi birinchi qismining 6, 9-bandlari mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham taʼminlanishi shart. Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquqlarini amalga oshirishga va majburiyatlarini bajarishga zarur sharoit yaratib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ishning muhokamasi, JPK 483, 49717 va 5097-moddalarida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari qisman yoki toʻliq sud tergovi oʻtkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlarni inobatga olgan holda huquqiy baho berishi mumkin (JPK 483-moddasining uchinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qoʻshimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus koʻrsatishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga koʻra, qoʻshimcha materiallarni talab qilib olishda muayyan tergov harakatlarini oʻtkazish zarurati tugʻilsa, bu haqida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ajrim chiqarishi va ijro uchun tegishli tergov organiga yuborishi mumkin. Ishning muhokamasi esa, keyinga qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatida protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida keltirilgan vajlari bu shaxslarni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ishni koʻrishda, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 238-moddasi bilan bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilgan protsess ishtirokchisining bir-biridan jiddiy farq qilgan koʻrsatuvlariga, tegishli munosabat bildirishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida taraflar muzokaralari tegishlicha JPK 49718, 5097-moddalari qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha bir necha apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlganda, birinchi boʻlib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari soʻzga chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qonunga koʻra, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari majlisida ishtirok etayotgan mahkumga oxirgi soʻz berilmasligi, jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi ajrimining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik toʻgʻri aniqlanganligini, jinoyat va jinoyat-protsessual qonuni normalari qanchalik toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 494-moddasining birinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari sudning hukmini bekor qilishga va mahkumga jazoni kuchaytirgan yoki unga nisbatan dastlabki tergov organi tomonidan eʼlon qilingan ayblov doirasida (ayblovning ayrim qismlari birinchi instansiya sudi tomonidan muhokama qilinmagan holatlarda ham) ogʻirroq jinoyat toʻgʻrisidagi qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 494-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jazoni kuchaytirishga, shuningdek, ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan va JPK 4974, 501-moddalarida belgilangan muddatlar oʻtib ketmagan hollardagina haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni koʻrish vaqtida sudlanuvchi tomonidan ayb eʼlon qilinmagan boshqa jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK 416-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ishni koʻrish vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK 417-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari faqat prokuror tomonidan protest bildirilgan, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilgan hollardagina oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. JPK 483-moddasiga muvofiq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻla hajmda tekshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) oʻtgan boʻlib, hukm ustidan ulardan ayrimlari shikoyat bergan hollarda ham apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Biroq agar bu mahkum (oqlangan shaxs)ning ahvolini ogʻirlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati boʻlmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apellyatsiya, kassatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni koʻrishga haqli emas (JPK 494-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya tartibida shikoyat bermagan shaxs, agar apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor xulosalar qilinmagan boʻlsa, sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Muayyan sababga koʻra, ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat JPK 4975-moddasi tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, apellyatsiya instansiyasi sudi JPK 49735-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar muayyan sababga koʻra ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, kassatsiya instansiyasi sudi JPK 50913-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm oʻzgarishsiz qoldirilganida apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 533-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda, hukmning ijrosini kechiktirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amnistiya aktini qoʻllashga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan quyi instansiyasi sudi hukmi, ajrimining tavsif yoki qaror qismiga oʻzgartirish kiritilganda ham, basharti bu ayblov hajmi, qilmishning kvalifikatsiyasi, tayinlangan jazo turi va miqdori oʻzgarishiga olib kelmasa, sud qarorlari oʻzgarishsiz qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. JPK 485-moddasida hukm, ajrimni bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan boʻlib, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ularni ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda qoʻllashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hukm quyidagi hollarda oʻzgartirilishi shart, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tergovi toʻliq boʻlmasa yoki bir yoqlama olib borilgan boʻlib, biroq yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻldirilganidan soʻng apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat kvalifikatsiyasi oʻzgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlmay, biroq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ularga, shu jumladan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tegishli baho bera olsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish boʻyicha JPK normalari buzilgan boʻlib, ularning apellyatsiya, kassatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmning oʻzgartirilishiga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud tomonidan JK normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlib, biroq apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari bu xatoni, shu jumladan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirmagan holda tuzatishi mumkin boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tayinlangan jazo yengillashtirilishi lozim deb hisoblasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha modda yoki qismlariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 70 — 72, 87-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, mahkumni jazodan ozod qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jazo miqdorini oʻzgartirib, JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yengilroq yoxud JK 57-moddasini qoʻllagan holda jazo tayinlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan, qattiqroq turini belgilashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 96-moddasiga muvofiq mahkumga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻgʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. JPK 494-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga yoki bir moddaning bir necha qismlariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmga jazoni kuchaytirmagan holda tegishli oʻzgartirishlar kiritish va JK 59-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan jazodan ogʻirroq boʻlishi faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish Kodeksning bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda boʻyicha ilgari tayinlangan jazoni kuchaytirmagan holda yangi jazo belgilashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash qoidalari (JK 59-moddasining uchinchi qismi) notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlanganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jazolarni qoʻshish tartibini qoʻllashi mumkin. Bunda, agar shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilmagan yoki prokuror tomonidan protest bildirilmagan boʻlsa, yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni oʻzgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mahkum JKning turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini oʻzgartirib, oʻsha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm soʻzsiz bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 488-moddasida belgilangan. Bunday qonun buzilishi aniqlaganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga koʻra, koʻrilayotganligidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning toʻgʻriligi, jazoning adolatliligi toʻgʻrisida va h.k.) mazmunan koʻrib chiqish va ular boʻyicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jinoyat ishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan JPK ning jiddiy buzilishi hollari apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan hukm bekor qilinib, yangi hukm (ayblov yoki oqlov hukmi) chiqarilishiga yoki ishning JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgandan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qoʻllanilishini istisno etuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart boʻlgan qarorni chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JKning boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, ushbu modda boʻyicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismining 2-bandi hamda uchinchi qismining 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim boʻlgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. JPK 494-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa mahkumlar yoki ular himoyachilarining ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun asos boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmi chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) JPK 493-moddasining 4-qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sudning ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini birinchi instansiya sudiga yuborishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ushbu bandning 1 — 3-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya, kassatsiya hukmini chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. JPK 49734, 50911-moddalariga muvofiq, ishni xususiy shikoyat (protest) boʻyicha koʻrganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (xususiy protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ishni umumiy qoidalar boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) birinchi instansiya sudining xususiy ajrimini bekor qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) birinchi instansiya sudining ajrimini oʻzgartirishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) boʻyicha chiqarilgan ajrimi uzil-kesil hisoblanib, bundan JPK 308, 317-moddalarida va 59-bobida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi bu haqda shikoyat berilgan hollardagina oʻzgartirilishi mumkin (JPK 495-moddasining ikkinchi qismi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oqlov hukmi apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan, faqat shaxsning asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti boʻlgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Agar mahkumning oʻzi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan soʻng, biroq ish apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqaradi, boshqa hollarda esa, hukmni bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish tugatilganda, ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituvi tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituvi tartibida koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrib chiqishda ilgari aniqlangan holatlar bilan birga ish boʻyicha JPK 83-moddasi hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan boʻlsa yoki ish boʻyicha toʻplangan dalillar mahkumni aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa, shuningdek, qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa, JPK 496-moddasiga muvofiq, sud qarorini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 49726, 5099-moddalari birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — ajrim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JPK 49726, 5099-moddalari birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda — hukm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vaqtning oʻzida har ikkala holat yuzasidan qaror qabul qilish lozim boʻlsa, tegishlicha alohida hukm va ajrim chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi JPK 49731, 50910-moddalari talablariga muvofiq boʻlishi, jumladan, unda apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlarining hukmi, ajrimi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va JPK 49731-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari hamda 50910-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlarda ijro etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari JPK 49732, 50911-moddalariga asosan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga qaratishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudlari uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga qoʻyuvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishi holatini tahlil qilib borish maqsadida viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarga jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyotini har yarim yilda umumlashtirish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli hamda “Jinoyat ishlarini kassatsiya tartibida koʻrish boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2021-yil 27-noyabrdagi 37-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 25-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-son