Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“AHOLINI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qaror Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 17-avgustdagi OʻRQ-790-sonli “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 19-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 20-avgust,
825-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 222-modda)