14.03.2024 yildagi PQ-125-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 14.03.2024 yildagi PQ-125-son
Date of entry into force
15.03.2024
Hujjat 10.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektr energiyasini ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga ortib borayotgan ehtiyojini taʼminlash, elektr energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy va texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida “Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish, ishga tushirish va sinovdan oʻtkazish, unga egalik qilish, texnik xizmat koʻrsatish va undan foydalanish, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yetkazib berish (sotish), shuningdek, quyosh fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tizimiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va boshqa elektr infratuzilmasini barpo etish boʻyicha xalqaro tender natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi tender gʻolibi (keyingi oʻrinlarda — Tender gʻolibi) deb topilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Tender gʻolibi tomonidan Loyihani amalga oshirish uchun xususiy sherik sifatida Oʻzbekiston Respublikasida “Nur Kashkadarya Solar PV” MCHJ (keyingi oʻrinlarda — Xususiy sherik) taʼsis etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tender gʻolibi nomidan Xususiy sherik oʻrtasida 2023-yil 30-noyabrda Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tuzilganligi hamda unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirishning butun davri mobaynida Qashqadaryo viloyatida quvvati 300 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasini hamda 75 MVt boʻlgan elektr energiyasini saqlash tizimini Xususiy sherik loyihalashtirishi, moliyalashtirishi, qurishi va ekspluatatsiya qilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, dastlabki baholash boʻyicha jami 250,5 mln AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (keyingi oʻrinlarda — Davlat sherigi) va Xususiy sherik oʻrtasida 2023-yil 30-noyabrda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherik ishlab chiqarilgan elektr energiyasini va elektr energiyasini saqlash tizimidagi quvvatni Davlat sherigiga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherik qurilish davridagi oʻz majburiyatlari lozim darajada bajarilishining taʼminoti sifatida 60 mln AQSH dollari miqdorida birinchi darajali xorijiy bank kafolatini taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha doirasida fotoelektr stansiyasini yagona elektr energetika tarmogʻiga ulash uchun Xususiy sherik tomonidan havo elektr uzatish tarmoqlari qurilishi hamda ishga tushirilgandan soʻng ularni Davlat sherigiga topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sherigi 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olishi belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Loyiha doirasida yuzaga keladigan qisqartirilgan issiqxona gazi emissiyalari hajmi (yashil atributlar) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻliq tasarruf qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xususiy sherik oʻrtasida imzolangan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat sherigi va Xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasida ishlab chiqarilgan 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun chet el valyutasida denominatsiyalangan 0,03 AQSH dollari va elektr energiyasini saqlash tizimining foydalanishga tayyor holati uchun har bir megavattiga (soatiga) 6,33 AQSH dollari miqdorida tarif oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Davlat sherigiga Xususiy sherik tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Xususiy sherik va Tender gʻolibi huquqini Loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan boshqa kreditorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat sherigiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherik bilan birgalikda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartib-taomillarga muvofiq Loyihani amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini va boshqa maslahatchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda jalb qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olish majburiyati bajarilishining taʼminoti sifatida Xususiy sherik foydasiga xorijiy bankning chet el valyutasida tasdiqlangan va tiklanadigan akkreditivini ochishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Loyihani amalga oshirish doirasida Xususiy sherikka, barcha soliqlar va yigʻimlar toʻlangan holda, quyidagi huquqlar berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el valyutasida mablagʻlar olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, chet el valyutasida kredit tushumlari) uchun chet eldagi banklarda bank hisobvaraqlarini ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan xorijiy pudrat tashkilotlari, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Xususiy sherik bilan birgalikda uch oy muddatda Loyihani amalga oshirish uchun Qashqadaryo viloyati hududida quyosh fotoelektr stansiyasini, elektr energiyasini saqlash tizimini, elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin va ularning chegaralariga aniqlik kiritib, Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xususiy sherik tomonidan taqdim etiladigan Loyiha hujjatlari asosida tanlangan yer uchastkasini Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika vazirligi mazkur yer uchastkasi Loyihani amalga oshirish muddatiga teng davrga Xususiy sherikka ijaraga berilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Xususiy sherik tomonidan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi miqdori yer soligʻi miqdoriga tenglashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, Loyihani amalga oshirishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetika vazirligi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik (toifasi oʻzgartirilganligi) uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyosh fotoelektr stansiyasini va elektr energiyasini saqlash tizimini qurish bilan bogʻliq qurilish va yer ishlarini bajarish, bino va inshootlar poydevorini loyihalashtirish normalari va qoidalari xalqaro standartlar bilan tartibga solinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektr energiyasi va elektr energiyasini saqlash tizimidan foydalanganlik uchun toʻlovlar chet el valyutasida denominatsiyalangan qatʼiy tarif boʻyicha milliy valyutada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Xususiy sherikning buyurtmanomasiga binoan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashqi ishlar vazirligi — Loyihani amalga oshirish doirasida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar uchun kirish vizalari, zarur hollarda, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki ishlar vazirligi — Xususiy sherik va Loyiha doirasida jalb qilinadigan pudrat tashkilotlarining xorijiy mutaxassislari hamda ularning oila aʼzolariga koʻp martalik viza berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirishini) taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kadastr agentligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Loyihani amalga oshirish muddati davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stansiyadan 500 metr radius ichida stansiyaga soya tushishiga sabab boʻluvchi obyektlarning qurilmasligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda stansiyada havo ifloslanishiga olib keluvchi (radiatsiya kamayishiga sabab boʻladigan) 5 km radius hududda yangi sanoat obyektini qurish, qazilmalar qazib olish yoki chiqindilar bilan amaliyotlarning, shuningdek, mavjud suvning kamayishiga sabab boʻladigan ishlarning amalga oshirilmasligini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda Loyiha amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimlar doirasidagi majburiyatlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Adliya vazirligi Loyihani amalga oshirish doirasida Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va uning qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosalar bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Iqtisodiyot va moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki yoki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, mazkur bank bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi ushbu bank xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Loyiha hujjatlari belgilangan tartibda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin va Loyihani amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosi uchun masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-125-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.03.2024-y., 07/24/125/0213-son; 05.02.2025-y., 07/25/39/0108-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)