13.03.2024 yildagi O‘RQ-920-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.03.2024 yildagi O‘RQ-920-son
Date of entry into force
14.03.2024
Hujjat 14.03.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 17-oktabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2024-yil 19-yanvarda maʼqullangan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamizda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shaxs, jamoat va davlat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha yaxlit huquqiy tizim yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar oldiga yangi vazifalarni qoʻymoqda hamda ushbu organlarning oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish boʻyicha tezkor va samarali qarorlar qabul qilishi uchun mustahkam huquqiy asos yaratishga qaratilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼlumotlarni toʻplash, tezkor kiritish, niqoblangan operatsiya kabi tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini aniqlashtirishni, shuningdek axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashni, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda, shu jumladan kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin ekanligini belgilashni nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga jinoyatlarning holatlarini aniqlash, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va qidirish, shuningdek jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan yoki bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanishga doir ichki ishlar organlarining huquqlarini aniqlashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan tashqari “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus muassasada tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish mumkin ekanligini belgilovchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun jamoat tartibini saqlashni va fuqarolar xavfsizligini yanada ishonchli taʼminlashga, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-344-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 335-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 9, 506-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 689-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 6, 524-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshisi “maʼlumotlar bazalarini” degan soʻzlardan keyin “axborot tizimlarini va axborot resurslarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tezkor kiritish — tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ xodimini yoxud maxfiylik asosida koʻmaklashuvchi shaxsni jinoiy-kriminogen muhitga yoki tezkor ahamiyatga ega boʻlgan obyektga tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida kiritishdan va ularning imkoniyatlaridan nooshkora foydalanishdan iborat boʻlgan tadbir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“niqoblangan operatsiya — ikki yoki undan ortiq tezkor-qidiruv tadbirini tezkor-qidiruv faoliyatining vazifalarini hal etish maqsadida oshkora va nooshkora usullardan foydalangan holda oʻtkazishni oʻz ichiga oladigan kompleks tadbir”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qoʻllanilgan holda, shu jumladan kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda oʻtkazilishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) 19-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Taqdim etiladigan materiallarning hajmi” degan soʻzlar “Taqdim etiladigan materiallarning turi, toifasi va hajmi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 16-sentabrda qabul qilingan “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-407-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 272-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 267-modda, № 9, 588, 591-moddalar, № 10, 674-modda, № 12, 891-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda, № 10, 984-modda) 17-moddasi birinchi qismining yigirma birinchi xatboshisi “davlat organlari” degan soʻzlardan keyin “va boshqa tashkilotlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Maʼmuriy qamoqni oʻtash tartibi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-420-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 1, 2-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda; 2022-yil, № 10, 984-modda; 2023-yil, № 3, 185-modda) 1-bobi quyidagi mazmundagi 61-modda bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61-modda. Maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik koʻrishga va ularni sodir etishga daxldor boʻlgan shaxslarni aniqlash, topish hamda qidirish maqsadida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 13-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-920-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son)