Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 11.03.2005 yildagi PQ-26-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 11.03.2005 yildagi PQ-26-son
Date of entry into force
11.03.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 19.09.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport-import operatsiyalarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Import operatsiyalarini boj-tarif bilan batartib boshqarishni takomillashtirish, tovarlarning ayrim turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishni yanada tartibga solish, mahalliy raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-sentabrdagi PQ-183-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 304-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2005-yilning 1-apreligacha bojxonaning “vaqtincha saqlash” rejimiga joylashtirilgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish chogʻida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-sonli va “Boj-tarif bilan tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 7-yanvardagi 4-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan stavkalar 2005-yilning 1-mayiga qadar qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, bunda isteʼmolda boʻlgan mashinalar, uskunalar va mexanizmlar (tashqi iqtisodiy faoliyat Tovar nomenklaturasi kodlari — TIF TN–84—89 guruhlar boʻyicha) eksporti 2005-yilning 1-martidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining vakolatli organi — “Oʻzbekekspertiza” OAJning tegishli xulosasi asosida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmalariga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 11-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 72-modda, 2005-y., 40-son, 304-modda, 37-38-son, 284-modda; 2014-y., 30-son, 366-modda; 2017-y., 25-son, 535-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 06/18/5459/1374-son)