Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2025 29.02.2024 yildagi 107-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.02.2024 yildagi 107-son
Date of entry into force
04.03.2024
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.10.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada meva-sabzavot mahsulotlari eksportini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-sonli “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxlarini sunʼiy pasaytirib koʻrsatish holatlarining oldini olish, valyuta tushumlari oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanishini nazorat qilish hamda ushbu sohada yashirin iqtisodiyot ulushini keskin qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Meva-sabzavot mahsulotlariga eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida 2024-yil 1-maydan boshlab belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha respublikadan eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha shartnomalar qiymatini monitoring qilish va eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatish tartibi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, minimal eksport narxlari belgilanadigan meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) Savdo-sanoat palatasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi takliflariga asosan Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Savdo-sanoat palatasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha minimal eksport narxlarini belgilash vakolati berilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari boʻyicha ichki va tashqi bozor konyunkturasini oʻrganib boradi hamda har haftada respublikadagi yirik ulgurji bozorlarda shakllangan meva-sabzavotlarning eng past narxlari asosida roʻyxatda koʻrsatilgan meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlarini tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda zarur hollarda ichki va tashqi bozor konyunkturasida boʻlgan oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda, minimal eksport narxlari har kuni eʼlon qilib borilishi mumkin;
(3-bandning “a” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Savdo-sanoat palatasi har hafta (zarur hollarda har kuni) meva-sabzavot mahsulotlari uchun minimal eksport narxlari Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilishini taʼminlaydi, Palataning hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytlarida ularni eʼlon qilib boradi.
(3-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda meva-sabzavot mahsulotlariga minimal eksport narxlari Savdo-sanoat palatasining hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilingan kundan 2 ish kuni oʻtgach amalga kiritiladi;
(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxi minimal eksport narxlaridan pasaytirib koʻrsatilganligi aniqlaganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu holat boʻyicha yigirma toʻrt soat ichida elektron axborot almashinuvi tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar beriladi.
(3-band “v” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-maydagi 274-sonli qaroriga asosan birinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan aniqlangan dalillar yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻrib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona xizmati organlarining tegishli axborot tizimlarini Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch kun muddatda ushbu qaror bilan joriy etilayotgan yangi tizimning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritish boʻyicha tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlarining eksporti bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida brifing tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Savdo-sanoat palatasi raisi D. Vahobov hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktori I. Ergashev hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov mazkur qaror bilan joriy etilayotgan yangi tizimning samarali faoliyati uchun masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 29-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 09/24/107/0180-son, 13.05.2024-y., 09/24/274/0341-son)