27.02.2024 yildagi O‘RQ-914-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 27.02.2024 yildagi O‘RQ-914-son
Date of entry into force
28.02.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish hamda aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 17-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 9-fevralda maʼqullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi yillarda aholi va tadbirkorlik subyektlariga banklar hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan koʻrsatilayotgan moliyaviy xizmatlarni yanada kengaytirishga va ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz navbatida kredit tashkilotlaridan kredit olgan aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim obyektiv sabablarga koʻra kredit toʻlovlarini toʻlash kechiktirilgan yoki ular qisman toʻlangan hollarda, kredit qarzdorligini uzishning amaldagi tartibini takomillashtirish zarurati yuzaga kelmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga aholining mikromoliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabi oshib borayotganligi mikroqarz berishning eng yuqori miqdori qayta koʻrib chiqilishini taqozo etmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga amalga oshirilgan toʻlov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik subyektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, birinchi navbatda asosiy qarzning uzilishini, shuningdek ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, foizlar va neustoykani hisoblash toʻxtatilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga mikroqarzning eng yuqori miqdori ellik million soʻmdan yuz million soʻmgacha oshirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun kredit oluvchilar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratishga va aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 3, 161, 166-moddalar, № 5, 267-modda, № 10, 671-modda, № 12, 880, 886-moddalar; 2020-yil, № 1, 3, 4-moddalar, № 10, 593-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 801-modda, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 217, 218-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570, 577-moddalar, № 11, 1061, 1062-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 921-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) 248-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Amalga oshirilgan toʻlov summasi pul majburiyatini batamom bajarish uchun yetarli boʻlmaganda, boshqa kelishuv boʻlmasa, u eng avvalo, kreditorning ijroni olishga qaratilgan chiqimlarini, soʻngra foizlarni, uning qolgan qismi esa — qarzning asosiy summasini uzadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar amalga oshirilgan toʻlov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorlik subyektiga ajratilgan mikroqarz yoki kredit boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) asosiy qarz boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik va muddati oʻtgan foiz toʻlovlari mutanosib ravishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz boʻyicha qarzdorlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) neustoyka (jarima, penya);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlari”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Kredit boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida koʻrsatilgan, kredit boʻyicha undiriladigan summaga nisbatan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida hamda 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelda qabul qilingan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-765-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 4, 340-modda) 5-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “ellik million soʻmdan oshmaydigan” degan soʻzlar “yuz million soʻmdan oshmaydigan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 1-moddasining qoidalari 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Bunda ushbu Qonun 1-moddasining 1-bandi qarz oluvchining mikroqarz yoki kredit boʻyicha mazkur modda amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan, bajarilmagan pul majburiyatlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 27-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻRQ-914-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/914/0161-son)