12.02.2024 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.02.2024 yildagi 87-son
Date of entry into force
13.02.2024
Hujjat 01.03.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni 3-bandida 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilishi, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritishi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyor-oʻqituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy maʼlumotli (toifasiz) oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy sertifikat olish uchun murojaat qilish hamda nazorat sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovlari yakunlari boʻyicha pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyor-oʻqituvchilar bir yilga ishga qabul qilinadilar, muddat yakunlangandan soʻng, faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun pedagog kadrlar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali 2024-yil 1-martdan boshlab murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglamentga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP orqali joriy etilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishi kuzatib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilansinki, kasbiy sertifikatlash boʻyicha nazorat sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 12-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qaroriga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Reglament qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari, maktab-internatlar, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy maʼlumotli talabgorlar stajyor-oʻqituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasbiy sertifikat olganidan soʻng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan koʻp yil davomida uzilishlar boʻlgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy sertifikat — nazorat sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxsga pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beradigan, cheklanmagan muddatga beriladigan QR-kod qoʻyilgan davlat namunasidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovi — kasbiy sertifikat olish uchun jismoniy shaxsning pedagogik kasbi boʻyicha bilimi va pedagogik mahoratini aniqlash jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
navbatdan tashqari nazorat sinovi — uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgorlar uchun tashkil etiladigan nazorat sinovi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyor-oʻqituvchi — davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilingan oliy maʼlumotli jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib, oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi, shuningdek, pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) oʻrtasida axborot almashinuvi faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kasbiy sertifikatlashga talabgorlar jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajyor-oʻqituvchi ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat ichida kasbiy sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor nazorat sinovlariga Vazirlik tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kasbiy sertifikatlash jarayoni Vazirlik tomonidan tashkil etiladi, nazorat qilinadi va muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor oʻz muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat koʻrsatayotgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining rahbari masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Talabgor asosiy ish joyi boʻyicha kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻrindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi boʻyicha pedagogik faoliyat bilan shugʻullanmaydigan talabgor oʻrindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan taʼlim tashkilotidan kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda belgilangan muddat davomida kasbiy sertifikatni ola olmaganligi sababli oʻqituvchi sifatida mehnat shartnomasi tuzilmagan yoki pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar oxirgi ish joylarini koʻrsatgan holda roʻyxatdan oʻtadilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Talabgor oliy maʼlumotga egaligi yoki qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomda (keyingi oʻrinlarda — diplom) koʻrsatilgan tayyorlov, taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan oʻquv fanlari boʻyicha kasbiy sertifikatlashdan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida kasbiy sertifikat olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoxud ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa yoki diplomida koʻrsatilmagan oʻquv fanlaridan dars berish huquqiga ega boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida kasbiy sertifikat olishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistr darajasiga ega mutaxassislar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifaga ega pedagog kadrlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YIDXPda toʻldirgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatga olish davriyligi kamida bir oy davom etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatga olish sanasi Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Birinchi marta kasbiy sertifikat olish boʻyicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan toʻlov undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtib, nazorat sinovida uzrli sabablar (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlib turganligi, yaqin qarindoshi vafot etganligi, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan asoslar)ga koʻra ishtirok etmagan talabgor, tegishli hujjatlar taqdim etilgan holda, nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi hamda keyingi tashkil etiladigan nazorat sinovida ishtirok etish uchun qaytadan roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlovlar boʻyicha 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtilganda, talabgordan belgilangan toʻlov miqdorining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok etmagan talabgordan navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun takroran toʻlov undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, toʻlov summasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
0,5 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan qismi — Vazirlik huzuridagi Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) YIDXP orqali roʻyxatdan oʻtilganda, toʻlov summasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmati koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan qismi — Vazirlik huzuridagi Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida nazorat sinovida ishtirok etishdan bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda yoki nazorat sinovidan oʻta olmaganda, toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nazorat sinovini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart — may oylarida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning ichki imkoniyati hamda talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqib, yilning boshqa oylarida ham nazorat sinovlari oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Nazorat sinovi test shaklida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovini oʻtkazish joyi va sanasi oʻtkaziladigan kundan kamida oʻn kun oldin Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda YIDXP orqali talabgorlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Nazorat sinovi 50 ta topshiriqdan iborat boʻladi, har bir toʻgʻri bajarilgan topshiriq 2 ball bilan baholanib, nazorat sinovi uchun jami 100 ball beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Nazorat sinovi materiallari Vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan testologiyaning xalqaro talablari asosida xolislik va maxfiylikni taʼminlagan holda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovi materiallarini shakllantirish uchun Markaz tomonidan manfaatdor idoralar, ularning hududiy boʻysunuvidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari, malakali mutaxassislar, mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Talabgor nazorat sinovida uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, nazorat sinovi oʻtkaziladigan sanadan boshlab 5 ish kuni davomida davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali Vazirlikka murojaat etishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda faqat Vazirlikning Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori talabgorga qaytariladi (toʻlov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, koʻrsatilgan xizmat uchun undirilgan toʻlovdan tashqari). Talabgorga xizmat koʻrsatilishi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan pul miqdori qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor belgilangan nazorat sinoviga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hamda nazorat sinovi qoidalarini buzganlik uchun jarayondan chetlatilgan taqdirda, toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Nazorat sinovi kompyuterda (onlayn platforma) oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Nazorat sinovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida joylashgan taʼlim tashkilotlarida hamda boshqa tashkilotlarning katta sigʻimdagi binolarida oshkoralik va shaffoflikni taʼminlagan holda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nazorat sinovini oʻtkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Nazorat sinoviga jalb etiladigan kuzatuvchilarga Vazirlik yoki Markaz bilan tuziladigan shartnoma asosida har bir kun uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida haq toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Nazorat sinovini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining aslini taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Talabgor quyidagi hollarda nazorat sinovidan chetlashtirilgan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovi oʻtkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovi oʻtkazilayotgan vaqtda boshqa talabgorlar bilan muloqot qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat materiallarini auditoriyadan olib chiqishga harakat qilsa, savollarni koʻchirib olsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savollarni boshqa talabgorga bersa, nazorat sinovini oʻtkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovi jarayonida videokuzatuv orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Nazorat sinovi natijalari nazorat sinovi tugallanganidan soʻng shu vaqtning oʻzida maʼlum qilinadi, shuningdek, nazorat sinovi natijalari talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovi natijalari apellyatsiya yakunlariga muvofiq oʻzgarishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Nazorat sinovlari natijalari tahliliga koʻra testologiya meʼyorlari buzilishi holati aniqlansa, Vazirlik tomonidan nazorat sinovi natijalari bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat materiallari xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash qoidalari buzilsa, xususan, talabgorlar tomonidan nazorat materiallarini oldindan qoʻlga kiritish holati aniqlansa, testologiya meʼyorlari buzilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovi natijasi bekor qilinganda talabgorning xohishiga koʻra Vazirlik huzuridagi Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori qaytariladi yoki qayta nazorat sinovlari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Nazorat sinovi natijalari boʻyicha kasbiy sertifikatni rasmiylashtirish, berish va ularning reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor nazorat sinovidan oʻtgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovi yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda nazorat sinovi natijasiga koʻra nazorat sinovlaridan oʻtgan talabgorlarning roʻyxati tasdiqlanadi hamda roʻyxatga asosan mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi sertifikat talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor YAIDPXdagi boʻlim orqali kasbiy sertifikatni yuklab oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Vazirlik tomonidan kasbiy sertifikatning elektron reyestri yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nazorat sinovi natijasi boʻyicha 56 balldan kam koʻrsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va uni oʻtkazish tartibi mazkur Reglamentga muvofiq tartibda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball toʻplay olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan talabgor tugatgan oliy taʼlim tashkilotiga talabgorning kasbiy sertifikatlashdan oʻta olmaganligi toʻgʻrisida reklamatsiya yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgor natija eʼlon qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan 3 — 7 nafar Vazirlik xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga nazorat sinovida qatnashgan xodimlar kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Apellyatsiya shikoyati ikki hafta mobaynida koʻrib chiqiladi va talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovi natijasini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazorat sinovi natijasini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovi natijasini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya mazkur Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyada koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat sinovi natijasini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish toʻgʻrisidagi qaror shikoyatda koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Appelyatsiya natijalariga koʻra talabgorning eʼtirozlari oʻrinli deb topilgan taqdirda, notoʻgʻri tuzilgan topshiriq uchun beriladigan ball mazkur topshiriq berilgan barcha talabgorlar foydasiga qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Vazirlik xodimlari tomonidan talabgor toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tomonidan baholash mezonlari, nazorat sinovi materiallari formati hamda nazorat sinovi uchun ajratiladigan vaqtga milliy va xorijiy tajribadan kelib chiqib, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

1-ILOVA

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Ijrochilar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

Talabgor kasbiy sertifikatlash nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Roʻyxatga olish rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab bir oy davomida

2-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Talabgorning oʻz fanini bilishi, pedagogik mahorati, koʻnikma va malakalarini baholash uchun nazorat sinovini tashkil etadi.

Har yili mart-may oylarida

3-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Talabgor kasbiy sertifikatlash nazorat sinovidan muvaffaqiyatli oʻtganda, unga elektron shakldagi sertifikatni (QR-kod) rasmiylashtiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi.

Buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida

4-bosqich

Talabgor

Nazorat sinovi natijasidan norozi boʻlganda, Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyatini beradi.

Natija eʼlon qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida

5-bosqich

Apellyatsiya komissiyasi

1. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqadi.

2. Talabgorni Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabardor qiladi.

Ikki hafta mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

2-ILOVA

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Pasport (ID karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

5. Taʼlim tashkiloti joylashgan hudud

6. Taʼlim tashkiloti joylashgan tuman (shahar)

7. Taʼlim tashkiloti nomi yoki raqami

8. Sertifikat olinadigan fan nomi

9. Oʻqigan taʼlim muassasasi

10. Diplom boʻyicha mutaxassisligi

11. Taʼlim tili

12. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

13. Yashash manzili (kiritish orqali)

14. Telefon raqami

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

3-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlashdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning davlat namunasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBINING TASVIRI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI

DAVLAT UMUMIY OʻRTA TAʼLIM TASHKILOTLARI PEDAGOG KADRLARINING KASBIY SERTIFIKATLASHDAN OʻTGANLIGI TOʻGʻRISIDA

SERTIFIKAT

Sertifikat seriyasi

Sertifikat raqami

Pedagog kadr toʻgʻrisida maʼlumot:

Pedagog kadrning shaxsiy kodi

Familiyasi

Ismi

Otasining ismi

Tugʻilgan vaqti

Ish joyi

Tayyorlov yoki taʼlim yoʻnalishi, mutaxassislik yoxud ixtisoslik nomi

Pedagogik mahorat boʻyicha (nazorat) sinovi natijasi

Oʻquv (maxsus) fani boʻyicha (nazorat) sinovi natijasi

Jami toʻplangan ball

Berilgan sana

Sertifikatni imzolagan shaxs

QR — kod

Keyingi tahrirga qarang.