08.01.2024 yildagi 11-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.01.2024 yildagi 11-son
Date of entry into force
09.01.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini ta’minlash hamda talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasi va sifatini oshirish, shuningdek, amaliyot o‘tash davrida qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasini transformatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 8-bandida oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida tashkil etiladigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlarini “haq to‘lanadigan amaliyot” mexanizmi asosida tashkil etish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Amaliyot mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
ushbu Nizomning 13-bandida ko‘zda tutilgan hujjatlarni taqdim qilmaslik (to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim qilish);
17. Maxsus komissiya tomonidan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi talaba amaliyotini tashkil etish ish rejasi himoyasi (taqdimot ko‘rinishida) o‘tkazilib, 20 kun ichida yakuniy qaror qabul qilinadi.

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari


1-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Vazirlik)

Hududiy boshqarmalarda Maxsus komissiya tuzadi.

Tanlov boshlanishidan kamida bir oy oldin


2-bosqich


Vazirlik

Hududlar, sohalar, oliy ta’lim tashkilotlari kesimida amaliyot o‘tash uchun o‘rinlarni ajratadi hamda tanlov to‘g‘risida veb-saytda e’lon beradi.

Tanlov boshlanishidan bir oy oldin


3-bosqich

Talaba

Tanlovda ishtirok etish uchun arizani o‘zi ta’lim olayotgan oliy ta’lim tashkilotiga tegishli hujjatlari bilan pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Tanlov boshlanganidan so‘ng bir oy muddatda


4-bosqich

Oliy ta’lim tashkiloti

Tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘llanma xati bilan Maxsus komissiyaga taqdim etadi.

Ariza taqdim etilgandan so‘ng 5 ish kun davomida


5-bosqich

Maxsus komissiya

Yo‘llanma xati bilan taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqadi hamda tegishli qarorni qabul qiladi.

Ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni davomida


6-bosqich

Maxsus komissiya

Qabul qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi.

Hujjatlar qabuli yakunlangandan so‘ng 10 ish kuni davomida


7-bosqich

Maxsus komissiya

Talabalarning ish rejasi himoyasini o‘tkazadi hamda tanlov bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi.

20 ish kuni davomida


8-bosqich

Vazirlik

Tanlov g‘oliblari haqida Internet jahon axborot tarmog‘ida va o‘z veb-saytida e’lon qiladi.

Tanlovdan o‘tgan talabalarni amaliyotga yuboradi.

Yakuniy qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 ish kuni davomida


9-bosqich

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

Talabalarning amaliyoti bo‘yicha xarajatlarni qoplab beradi.

Yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng 15 ish kuni davomida