Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2003 21.07.1994 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.07.1994 yildagi 379-son
Date of entry into force
21.07.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.10.2003
Hujjat 30.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY VALYuTASINING IChKI ERKIN ALMAShUVINI TAʼMINLAShGA OID ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-oktabrdagi 434-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ayrimlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta—soʻmning xarid qobiliyatini oshirish va ichki erkin muomalada boʻlishini bosqichma-bosqich taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar qoʻlidagi naqd soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish taʼminlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan )
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank ikki hafta muddatda vakil qilingan tijorat banklariga naqd soʻmlarni oʻzlarining valyuta resurslari hisobidan erkin muomaladagi valyuta (EMV)ga almashtirish uchun ruxsatnoma (litsenziya)lar berish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — taqdim etiladigan naqd soʻmlargina EMVga almashtiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bir jismoniy shaxsga (yoki unga tenglashtirilgan rezidentlarga) almashtirish 1994-yilning oxirigacha 250 AQSh dollariga qadar miqdorni tashkil etishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezident boʻlmagan shaxslarga soʻmlarni erkin muomaladagi valyutaga almashtirish ulardan ilgari sotib olingan almashtirilgan EMV miqdori doirasida, almashtirish punktining tegishli maʼlumotnomasi taqdim etilgandan keyin amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda naqd pul muomalasini tartibga solish chogʻida ehtiyoj va taklifni hisobga olgan holda soʻm bilan EMV miqdori oʻrtasidagi eng maqbul nisbatni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-oktabrdagi 499-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining vakil qilingan banklarida chet el valyutasi uchun schyotlar ochish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzlarining valyuta schyotlaridan mablagʻ, shuningdek, ular yuzasidan foizlarni belgilangan tartibda chet el valyutasida yoki operatsiya bajarilgan kuni amalda boʻlgan kurs boʻyicha soʻmlarda olish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Belgilab qoʻyilsinki,
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlatlararo hisob-kitoblar kliring asosida tovarlar va xizmatlarni erkin muomaladagi valyutada baholash yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 250-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ichki ishlar vazirligi, Aloqa vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtisoslashtirilgan almashtirish punktlarining tegishlicha ishlashlarini, ularning zarur uskunalar bilan jihozlanishi va qoʻriqlanishini, malakali kadrlar bilan butlanishini, almashtirish operatsiyalari qoidalariga rioya etish qattiq nazorat qilinishini taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjalik hisobidagi korxonalarga, tashkilotlar va muassasalarga ish haqi belgilangan tartibda ularning oʻz mablagʻlari doirasida toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda hollarda korxonalarga ish haqi toʻlash uchun kreditlar berish bilan bogʻliq masalalarni hal qilish uchun viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzurida maxsus komissiyalar tuzilsin, ularning zimmasiga pul-kredit siyosati boʻyicha Respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi)ga tegishli takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish vazifasi yuklansin. Ushbu masala boʻyicha uzil-kesil qarorni respublika komissiyasi qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir hafta muddatda yuqorida koʻrsatilgan maxsus komissiyalarning tashkil etilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari ushbu qaror chiqqan kundan boshlab mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ish haqi toʻlash uchun maqsadli kreditlarni faqat respublika komissiyasining qaroriga binoan bersinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur topshiriqning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Prokuraturasi valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda belgilangan, tartibga ogʻishmay rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasinlar, qoidabuzarlarni amaldagi qonunlarda koʻzda tutilgan qatʼi javobgarlikka tortsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasining valyuta qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikni, shu jumladan, jinoiy javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda oʻzlarining meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiq holga keltirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1994-yil 21-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
379-son