28.12.2023 yildagi PF-217-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.12.2023 yildagi PF-217-son
Date of entry into force
28.12.2023
Hujjat 28.12.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Isteʼmol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining xarid qobiliyatini mustahkamlash, asosiy turdagi oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash hamda inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmoniga 1-ilovada va 2023-yil 23-martdagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmoniga ilovada keltirilgan tovarlarga import bojxona bojining nol stavkasini qoʻllash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar 0105-tovar pozitsiyasida koʻrsatilgan yangi soʻyilgan, sovutilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi goʻshti va qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlar (TIF TN kodi 0207) va kimyoviy tarkibi oʻzgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalarini (TIFTN kodi 1512) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-fevralga qadar ichki bozorda shakar narxi keskin oʻzgarishining oldini olish va ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrga qadar mazkur Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarning samaradorligini ichki bozorda narxlar va ishlab chiqarishning barqarorligini taʼminlash nuqtai nazaridan baholash natijalariga koʻra imtiyozlar qoʻllashni davom ettirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 28-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-217-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-dekabrdagi PF-217-son Farmoniga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga va monopoliyaga qarshi choralarning taʼsirchanligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-145-son Farmoni 1 va 4-bandlarining birinchi xatboshisidagi hamda 1-ilovaning nomlanishidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi “Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmonining 1-bandidagi va 1-ilovaning nomlanishidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2023-y., 06/23/217/0983-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 30.12.2025-y., 06/25/269/1253-son)