20.11.2023 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 20.11.2023 yildagi 31-son
Date of entry into force
20.11.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan, shuningdek, moddiy va protsessual huquq normalarini bir xilda qoʻllash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 22-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Qonunga xilof ravishda qurolga egalik qilish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 1996-yil 27-fevraldagi 3-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Sudlarning eʼtibori oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash, ularga qonunga xilof ravishda egalik qilish, shuningdek, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni beparvolik bilan saqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarga qaratilsin va bu jinoyatlar jamiyat xavfsizligiga, fuqarolarning erkinligi, hayoti va sogʻligʻiga jiddiy tahdid solishi koʻrsatib oʻtilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qurol muomalasi — qurolni va uning oʻq-dorilarini, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini ishlab chiqarish, taʼmirlash, realizatsiya qilish, olish, hisobga olish, saqlash, olib yurish, tashish, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish, ulardan foydalanish, ularni olib qoʻyish, yoʻq qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish, shuningdek, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilish tushunilmogʻi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi tegishincha uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Bunday ishlarni tergov qilish va sudda koʻrish chogʻida oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini olish, tayyorlash manbalarini aniqlash lozim. Oʻqotar qurolni, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalari saqlanayotgan obyektlarni qoʻriqlashda mansab sovuqqonligiga yoʻl qoʻyilganlik hollari yoxud oʻqotar qurol yoki unga oʻq-dorilar tayyorlangan asbob-uskunalardan foydalanish ustidan tegishli nazoratning boʻlmaganligi aniqlangan taqdirda sudlar xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan oʻzlarining munosabatlarini bildirishlari, zarur hollarda esa, jinoyat ishi qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishlari shart. Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya hududiy boshqarmalari faoliyatida aholi qoʻlida qonunga xilof ravishda saqlanayotgan oʻqotar qurollarni olish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar ham sudlarning eʼtiboridan chetda qolmasligi lozim”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisidagi “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisidagi “oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar “oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisidagi “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshisidagi “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari” degan soʻzlar “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini tayyorlash deganda, ularni yasash yoki shikast yetkazish xususiyatlarini tiklash, shuningdek, qandaydir ashyo (masalan, raketnitsa, start va qurilish pistoletlari)ni qayta ishlash natijasida ularni oʻqotar qurol xususiyatiga keltirish tushunilishi lozim. Ashyoga shikast yetkazish xususiyatlarini berishga qaratilgan harakatlar aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra, oxirigacha yetkazilmagan boʻlsa, oʻqotar qurol, oʻq-dorilarni, oʻqotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda tayyorlashga suiqasd qilish tariqasida kvalifikatsiya qilinmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini olish deb ularni sotib olishni, boshqa narsalarga almashtirib olishni, qarzga yoki hadyaga, qarzi evaziga olishni va hokazolarni hisoblamoq kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saqlash deganda, oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini tegishli ruxsatnomasiz aybdorning egaligida: yonida, binoda, xufiya joylarda, transport vositalarida va boshqa yerlarda saqlash bilan bogʻliq boʻlgan har qanday qasddan qilingan harakatlar tushunilmogʻi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaroviy, xizmat qurolini, mukofot tarzida berilgan, kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun moʻljallangan qurolni va uning oʻq-dorilarini shaxs tomonidan tegishli ruxsatnoma boʻlgan holda, ammo bu ruxsatnomaning muddati oʻtgan, hisobga qoʻyish qoidalari buzilgan vaziyatda saqlanayotgan boʻlsa, aybdor Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 221-moddasi boʻyicha javobgarlikka tortilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini oʻtkazish deganda, ularni har xil usullarda tarqatish (sotish, oʻzgaga berish, hadya etish, qarzi evaziga berish, qarzga berish va sh.k.)ni tushunish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan ashyolar oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlangan, tashilgan, olingan boʻlsa, bunday harakatlar jinoyatga suiqasd qilish tariqasida Jinoyat kodeksining 25 va 248-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini olib yurish deganda, aybdorning qayd etilgan ashyolarning egasi ekanligi va bu ashyolarning uning yonida boʻlishi tushunilishi lozim. Bunda ushbu ashyolar bevosita uning yonida yoki masalan, chemodanida, avtomashinasida va hokazolarda boʻlishining ahamiyati yoʻq”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandidagi “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandidagi “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari” degan soʻzlar “Oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Aybdorning egaligida boʻlgan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, shuningdek, pnevmatik qurolni, tigʻli sovuq qurolni (ov pichoqlari, ov xanjarchalari va xanjarlar, rapiralar, shpagalar va qilichlarni), uloqtirish qurolini (kamonlar, arbaletlar va nayzalarni), signal beruvchi qurolni saqlash, olib yurish, tashish qoidalarini buzish odam oʻlishiga yoxud boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, Jinoyat kodeksining 249-moddasi bilan qamrab olinadi va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari bilan qushimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshisidagi “qurol va oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisidagi “qurol va oʻq-dorilarni” degan soʻzlar “oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, oʻqotar qurolning asosiy qismlari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari yoki portlatish qurilmalarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “Iqtisodiyot sohasidagi jinoiy ishlar boʻyicha sud amaliyotida yuzaga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida” 1998-yil 17-apreldagi 11-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandining birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasiga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasiga muvofiq” degan soʻzlar bilan, “shunday harakatlar uchun qoʻllanilgan maʼmuriy jazo ijrosi tugagan kundan eʼtiboran (maʼmuriy jazo ijro etilmagan hollarda esa — uni ijro etish muddati tugagan kundan eʼtiboran), bir yil davomida sodir etilgan boʻlsa,” degan soʻzlar “shunday harakatlar sodir etganlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandining birinchi xatboshisidagi “bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan-jamgʻarma daftarchasi,” degan soʻzlar “konosament,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazishga doir ishlar yuzasidan sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2000-yil 28-apreldagi 8-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandining ikkinchi xatboshisidagi “qoʻllanilgan maʼmuriy jazoni ijro etish tugagandan keyin bir yil davomida sodir etilsa,” degan soʻzlar “maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etilgan boʻlsa,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Yarashuv toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida” 2002-yil 25-oktabrdagi 27-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshisidagi “jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ga” degan soʻzlar “jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakiliga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshisidagi “jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)” degan soʻzlardan keyin “yoki uning qonuniy vakili” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi uchinchi xatboshisidagi “jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar)ning” degan soʻzlar “jabrlanuvchi (fuqaroviy daʼvogar) yoki uning qonuniy vakilining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 13-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-bandidagi “transplantant olish” degan soʻzlar “inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida” 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Aybni boʻyniga olib kelish” degan soʻzlar “Aybni boʻyniga olish toʻgʻrisidagi arz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan qoida: oʻta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma aʼzolariga nisbatan; tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom boʻlmagan jinoyatlarga; javobgarlikni ogʻirlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʻldirish bilan; oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish bilan; voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek, uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan; voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qoʻshmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan; yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirgʻin qurolini, bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon boʻlgan materiallarni hamda uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda qoʻllanilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
172-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “mehnatga qobiliyatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi guruh nogironi deb topilgan) shaxslarga” degan soʻzlar “birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-bandidagi birinchi xatboshisining uchinchi kichik xatboshisidagi “mehnatga qobiliyatsiz (belgilangan tartibda birinchi, ikkinchi guruh nogironi deb topilgan) shaxslarga;” degan soʻzlar “mehnatga qobiliyatsiz shaxslar (oʻziga nisbatan nogironlik belgilangan shaxslar)ga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49-bandi birinchi xatboshisining ikkinchi kichik xatboshisidagi “(masalan, JK 228, 248, 273-moddalari);” degan soʻzlar “(masalan, JK 1261, 228, 248, 273-moddalari);” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 14-noyabrdagi 16-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19, 25-moddalarida” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum qarorining sarlavhasi “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” deb oʻzgartirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
preambulada “va ularning ijro etilishiga toʻsqinlik qilish” degan soʻzlar “hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 138-moddasiga muvofiq sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash yoki sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga toʻsqinlik qilish odil sudlov obroʻsiga putur, davlat va jamoat manfaatlariga zarar yetkazadi, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlari tiklanishiga qaratilgan faoliyatga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu munosabat bilan Jinoyat kodeksi (bundan buyon — JK) sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash yoki sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq qator jinoyatlar, qaysiki voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (JK 122-moddasi), ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlash (JK 123-moddasi), mehnat qilish huquqini buzish (JK 148-moddasi birinchi qismi), sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi), sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish (JK 2321-moddasi), band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish (JK 233-moddasi) uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2. Jinoyat kodeksi 232, 2321-moddalarida dispozitsiyasida nazarda tutilgan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari deganda, qonuniy kuchga kirgan — fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarning, iqtisodiy va maʼmuriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi, shuningdek, jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud qarorlarining mulkiy undirishga oid qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alimentlar toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
notariuslarning ijro xatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hakamlik sudining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni maʼmuriy tartibda koʻchirish toʻgʻrisidagi prokurorlarning qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ijrochilarining qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari tushuniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“3. Surishtiruv, tergov organlari va sudlar eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 232-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlash uchun jinoiy javobgarlik nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatini, yaʼni muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi hujjatni bajarishdan boʻyin tovlaganda vujudga keladi. Mulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatini, yaʼni pul mablagʻlarini yoki mol-mulkni undirish toʻgʻrisidagi hujjatni bajarishdan boʻyin tovlanganda, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, jinoyat qonuni istisnolarni ham nazarda tutadi, qaysiki bunda nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan sud hujjatini bajarishdan boʻyin tovlaganlik jinoiy javobgarlikni emas, balki boshqa oqibatlarni vujudga keltiradi. Jumladan, axloq tuzatish ishlaridan boʻyin tovlagan mahkumning javobgarligi uni jinoiy javobgarlikka tortish yoʻli bilan emas, balki axloq tuzatish ishlarining oʻtalmagan muddatini ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirish orqali taʼminlanadi (JK 46-moddasi toʻrtinchi qismi)”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 2321-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasidagi quyidagi jinoyat tarkiblari nazarda tutilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi sud yoki boshqa organlar hujjatlarini ijro etilishiga toʻsqinlik qilishni maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin davom ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud yoki boshqa organlar hujjatlarini ijro etilishi jarayonida davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazishni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin davom ettirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 2321-moddasi dispozitsiyasi mazmuniga koʻra, sud hujjati va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishiga toʻsqinlik qilganlik uchun shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun sud yoki boshqa organ hujjatining xususiyati ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bois, sud hujjati va boshqa organlar hujjatlarini ijro etilishiga toʻsqinlik qilinganlik uchun jinoiy javobgarlik hujjatning mulkiy yoki nomulkiy xususiyatga ega boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼiy nazar yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilganlik uchun ham, davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazganlik uchun ham shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun muqaddam unga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilgan boʻlishi talab etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish deganda, ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda qasddan taʼsir oʻtkazish tushunilib, sud hujjatlarini ijro etish organlari mansabdor shaxslarining faoliyatiga qarshilik koʻrsatishga, shu jumladan, sud hujjati talabi bajarilishini qiyinlashtirishga hamda uni oʻz vaqtida va soʻzsiz bajarish mumkin boʻlmaydigan holatga keltirishga qaratilgan qilmish tushuniladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Sud hujjatlarini va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashgan shaxsning harakatlarida boshqa, ogʻirroq jinoyat belgisi boʻlsa (masalan, qasddan badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazish, hujjatlarni qalbakilashtirish va h.k.), aybdorning harakatlari JK 2321-moddasi va Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlik belgilovchi tegishli moddasi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Sud hujjatini ijro etmaslik (JK 232-moddasi) uchun jinoiy javobgarlik shaxs oʻn sakkiz yoshga toʻlganda yuzaga keladi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bandining ikkinchi xatboshisidagi “uning” degan soʻzlar “sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“JK 232-moddasida” degan soʻzlar “JK 232, 2321-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yoki uning” degan soʻzlar “yoki sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Quyidagilar shaxsni JK 122-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlash haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bunday shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlaganlik uchun shaxsga nisbatan muqaddam maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida takroran sodir etganligi (JK 122-moddasida nazarda tutilgan jinoyat uzoqqa choʻzilgan jinoyat boʻlib, sodir etish boshlangan vaqtdan tugallangan hisoblanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu mablagʻ jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida toʻlanmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 122-moddasining 1-qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs sudlanganlik holati tugamasdan turib, ikki oydan ortiq muddat mobaynida voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlasa, uning qilmishi JK 122-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligi ahamiyat kasb etmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-bandi quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Sudlar hukm chiqarayotganda sudlanuvchidan sud hukmi bilan aniqlangan aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorligi bilan bir qatorda, muqaddam maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlgan aliment majburiyatlari boʻyicha qarzdorligini ham hisobga olib undirishni belgilashlari shart”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-bandidagi “uning” degan soʻzlar “sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-bandidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2009-yil 24-noyabrdagi 12-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“141. Sudlar odam savdosiga oid jinoyat ishlarini koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni 29-moddasiga muvofiq, jinoyat sodir etilishida aybdor deb topilgan shaxslardan odam savdosidan jabrlanganlarning taʼminoti va ularni reabilitatsiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni aniqlab, ularni undirish choralarini koʻrishi, shuningdek, dastlabki tergov jarayonida yetkazilgan moddiy zararlarni qoplanish choralari taʼminlanganligiga eʼtibor qaratishlari lozim”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Transport harakati va undan foydalanish xavfsizligiga qarshi jinoyatlar bilan bogʻliq ishlar yuzasidan sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-iyundagi 10-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”;” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari”;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “hukm chiqargan sud tomonidan” degan soʻzlar “mahkumning yashash joyidagi sud tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida” 2016-yil 27-dekabrdagi 26-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bandi birinchi xatboshisidagi “oqlangan shaxsga nisbatan fuqaroviy daʼvoni qanoatlantirishni rad etadi.” degan soʻzlar “oqlangan shaxsga nisbatan fuqaroviy daʼvoni JPK 283 — 285 moddalari qoidalariga muvofiq hal etadi.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini taʼminlash toʻgʻrisida” 2020-yil 21-fevraldagi 4-sonli qarori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bandidagi ““Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlardan keyin ““Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bandidagi “faqat Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 66-moddasiga muvofiq ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga qanday shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga haqli emas.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-son